Научная статья на тему 'GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI'

GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8818
375
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Giyohvandlik / narkomaniya / narkotik modda / kasallik / bangilik. / Drugs / narcotics / drugs / disease / addiction.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahliyo Bahodir Qizi Xushmatova

Ushbu maqolada asr vabosi – giyohvandlik va uning oqibatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DRUG ADDICTION AND ITS CONSEQUENCES

This article covers the plague of the century addiction and its consequences.

Текст научной работы на тему «GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI

Mahliyo Bahodir qizi Xushmatova

Mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada asr vabosi - giyohvandlik va uning oqibatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Giyohvandlik, narkomaniya, narkotik modda, kasallik, bangilik.

DRUG ADDICTION AND ITS CONSEQUENCES

Mahliyo Bahodir kizi Khushmatova

Independent researcher

ABSTRACT

This article covers the plague of the century - addiction and its consequences.

Keywords: Drugs, narcotics, drugs, disease, addiction.

Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jahl, shodhurramlik) narkotik va narkotik ta'sirga ega bo'lgan moddalarni iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu hastalik bilan og'rigan kishining jismoniy va ruhiy holati humorini bosadigan tegishli narkotik modda iste'mol qilishga bog'liq. Narkomaniya organizmda chuqur uzgarishlarga sabab bo'ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi [1-5].

Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaqtichog'lik, hotirjamlik hissini uyg'otib, kayf qildirishi sababli iste'mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o'rganib qolish mumkin. Birinchi holdakishi o'z hohishidan tashqari, e'tiborsizligi natijasida narkotik moddalar humor qiladigan bo'lib qoladi. Bunday bangilik ko'pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto'g'ri iste'mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta'sir qilib, tashvish kuchayib ketadi, ba'zi kasallar og'riq,uyqusizlik,va dardning boshqa tomonlaridan qutulish maqsadida oxirini o'ylamay, vrach ko'rsatmasini ham pisand qilmay, o'zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi. Bunday bemorlar odatda o'z ahvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo'layotganini sezib, uni ichishni davom ettira boshlaydilar va ko'pincha ahvollarining og'irligidan nolib vrachni aldaydilar. Bu zaylda ish tutishning oqibati yomon bo'lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo'lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta'siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo'lib qoladi [6-12].

Narkotik modda dozasini o'zboshimchalik bilan o'zgartirib borish, uni tez- tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi. Ikkinchi hol ongli ravishda ayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o'rganishdir. Narkomaniyaga odatda o'zini tiya bilmagan, ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan, humorni tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o'ta hudbin kishilargina beriladi. Bunday kishilar o'z mayillariga qarshi yurolmaydilar.shuning uchun ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo'ladi.bangilik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda hastalik juda og'ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Bangilikka mubtalo bo'lganlar narkotik moddalarni qayta -qayta va ko'p miqdorda iste'molqilgisi kelaveradi [13-18]. Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan turolmaydigan, usha bo'lmasa huddi " biror narsa yetishmayotganday " bo'lib qoladi.bunday ahvoldan qutulish va o'zini yengil his qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik-bangilik kelib chiqadi. Bora-bora organizmda narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yuqotgandek bo'lib qoladi, endi u avvalgidek humor tarqatish uchun doridan ko'proq miqdorda iste'mol qilgisi keladi [19].

Agar narkoman o'z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashliklarga boradi,sotqinlik, aldash, zo'rlik, o'g'riliklardan toymaydi. Organizmga narkotik modda kirmasa, humorlik boshlanadi: organizm og 'ir ahvolda qolib, chuqur ruhiy va va jismoniy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Hastalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishi ham kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organizm uchun og'irlik qiladi [20]. Narkotik moddalarning oldingi iste'mol qilib yurgan dozasi endi yomon ta'sir qila boshlaydi. Zaharlanish og'ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o'lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash faqat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.

Agar giyohvand shunday moddalarni tomir ichiga yuborsa, u 5-10 yil yashashi mumkin. Shu vaqtning 90% i mobaynida u kasalliklarga chalinadi, davolanadi, yor do'stlaridan ayriladi, insoniylik qiyofasini yo'qotadi. Lekin har doim giyohvand moddalar uchun puli bo'lgan, ularni oz-ozdan qabul qilib yuradigan, o'z salomatligini halokat yoqasiga borguncha davolanib turadigan giyohvandlar uchungina ko'rsatilgan muddat to'g'ri keladi. Keyingi paytlarda paydo bo'lgan sintetik giyohvand preparatlar-krek, ekstazm va boshqa ko'pgina turlar yoki ilgaridan ma'lum bo'lgan LSD giyohvandning hayotiga u bilan tanishganidan 7-8 oy o'tgandayoq chek qo'yadi [2125].

Giyohvand o'z organizmi bardosh bera oladiganidan ko'proq dozadagi giyohvand moddani qabul qilsa.

■ Sifatsiz giyohvand moddalardan zaharlanishga;

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

■ Kasalliklar qonning yiringli zaharlanishi; zotiljam; surunkali jigar yetishmovchiligiga;

■ Jigar faqat alkogolli ichimliklar iste'mol qilish natijasidagina emas, organizmning har qanday zaharlanishi tufayli ham qattiq zararlanishi mumkin.

REFERENCES

[1] www.google.uz

[2] www.ziyonet.uz

[3] www.arxiv.uz

[4] www.referat.uz

[5] Арипова, А. (2019). Межкультурная коммуникация-как необходимый процесс глоболизации.

[6] Хатамова, Д. А. (2010). Проблемы идентификации и эквивалентности литературоведческих терминов (на материале русско-узбекской терминологии): Автореф. дисс. канд. филол. наук.

[7] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A young scientist. Kazan, 45, 283.

[8] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарки. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[9] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[10] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[11] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[12] Хатамова, Д. А. К ПРОБЛЕМЕ АДЕКВАТНОСТИ ПЕРЕВОДА ЛИТЕРАТУРОВЕДЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ. In Стратеги мiжкулътурноi комуткаци в мовнт освiтi сучасного ВНЗ [Електронний ресурс]: зб. матерiалiв Мiжнар. наук.-практ. конф., м. Кшв (5 березня 2016р.).—К.: КНЕУ, 2016.—233 с. ISBN 978-966-956-090-1 (p. 213).

[13] Арипова, А. (2021). ^У^У^БУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА МУЛО^ОТ МАДАНИЯТИ. Scientific progress, 1(6), 913-921.

[14] Икрамова, Л., & Арипова, А. (2021). РОЛЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ В ПРЕДУПРЕЖДЕНИИ ПРЕСТУПНОСТИ. Scientific progress, 1(6), 476-479.

[15] Абдувалиев, Н., & Арипова, А. (2021). ВАЖНОСТЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ ПРАВОНАРУШЕНИЙ. Scientific progress, 2(1), 333-335.

[16] Абдужалилов, Д., & Арипова, А. (2021). КУЛЬТУРА ОБЩЕНИЯ СОТРУДНИКОВ ОВД. Scientific progress, 2(1), 328-332.

[17] Арипова, А., Убайдуллаев, С., Махмудхужаев, Ж., & Бобохонов, Ш. (2021). Идея совершенной и всесторонне развитой личности как социокультурный феномен в развитии человека. Science and Education, 2(4), 522-526.

[18] Арипова, А. (2020). Х, укукбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлашда фукаролик конунчилиги концепцияси асосида фаолият".

[19] Арипова, А. (2020). Х, укукбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлашда фукаролик конунчилиги концепцияси асосида фаолият".

[20] Aripova, A. K., & Khodjayeva, K. S. (2020). The ideal appearance of a modern teacher. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1816-1821.

[21] Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the Uzbek (Russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

[22] Khasanovna, A. A. (2021). The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence Of The Oratory Art. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 417-434.

[23] Aripova, A. K. (2020). Ancient Uzbek Tribes And Clans Inhabiting In Central Asia. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 384394.

[24] Aripova, A. (2018). Sociocultural realities in the development of personality.

[25] Саидалиев, С. С., & Арипова, А. Х. (2021). БОРЬБА С НАРКОТОРГОВЛЕЙ И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ. Scientific progress, 2(1), 900-906.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.