Научная статья на тему '“GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING O„ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA TUTGAN O„RNI”'

“GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING O„ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA TUTGAN O„RNI” Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5163
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gimnastika / gimnos / ta‟lim / tarbiya / reabilitatsiya / egiluvchanlik / anpilituda / fediratsiyai

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Navruz Tursunpo„Latovich Muxammadiev

Ushbu maqolada Gimnastika sport turining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari va O„zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o„rni, davlat ta‟lim standartlarida uning bajarilishi, mamlakatimizda bu sport turi uchun yaratilayotgan shart sharoitlar hamda erishilayotgan yutuqlari xaqidagi materiallar o„rin olgan. Bo„lajak jismoniy tarbiya yo„nalishidagi mutaxassislarni gimnastika sport turining kelib chiqish tarixi va mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ta‟lim tizimidagi o„rni haqidagi bilimlarini oshirishda muhim axamiyat kasb etishi tadqiq qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article contains materials on the history of gymnastics, the stages of development and the role of gymnastics in the system of physical culture in Uzbekistan, its implementation in state educational standards, the conditions created for this sport in our country and its achievements. It has been studied that future specialists in the field of physical education play an important role in increasing their knowledge about the history of gymnastic sports and the role of physical education in the modern education system in our country

Текст научной работы на тему «“GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING O„ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA TUTGAN O„RNI”»

"GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING O'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA

TUTGAN O'RNI"

Navruz Tursunpo'latovich Muxammadiev

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat

kafedrasining katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Gimnastika sport turining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari va O'zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o'rni, davlat ta'lim standartlarida uning bajarilishi, mamlakatimizda bu sport turi uchun yaratilayotgan shart sharoitlar hamda erishilayotgan yutuqlari xaqidagi materiallar o'rin olgan. Bo'lajak jismoniy tarbiya yo'nalishidagi mutaxassislarni gimnastika sport turining kelib chiqish tarixi va mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ta'lim tizimidagi o'rni haqidagi bilimlarini oshirishda muhim axamiyat kasb etishi tadqiq qilingan.

Kalit so„zlar: Gimnastika, gimnos, ta'lim, tarbiya, reabilitatsiya, egiluvchanlik, anpilituda, fediratsiyai.

ABSTRACT

This article contains materials on the history of gymnastics, the stages of development and the role of gymnastics in the system of physical culture in Uzbekistan, its implementation in state educational standards, the conditions created for this sport in our country and its achievements.

It has been studied that future specialists in the field of physical education play an important role in increasing their knowledge about the history of gymnastic sports and the role of physical education in the modern education system in our country.

KIRISH

O'zbekistonda jismoniy tarbiya vosita va uslublarining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng ommaviylaridan biri bo'lgan Gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o'rin tutadi. Gimnastika mashg'ulotlari-«yosh avlodni bolalik chog'idan boshlab jismoniy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalashni, ularda jismoniy va ma'naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishni ta'minlash» vazifasini hal qilishga yordam beradi. Gimnastika sport turi qadimdan barcha sport turlarining onasi ham deb etirof

July, 2022

70

еtilganligi bejiz еmas, chunki juda kup sport turlari uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish vositalari ya'ni sport anjomlari va inshoatlardagi jixozlar gimnastika sport turining azaliy anjomlari bo'lib kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

«Gimnastika» yunoncha «gimnos» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «yalang'och» degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, yunoncha gimnotsike (gummazs-mashq qildiraman so'zidan) so'zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarining tizimi, degan ma'nosi ham bor.

Ayniqsa bolalar va o'smirlarni jismoniy shakllantirishda Gimnastikaning ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida boshlang'ich jismoniy tarbiya vazifalari muvafaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o'smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funksional va ko'nikish imkoniyatlari ancha kengayadi.

Gimnastikaning juda katta gigiena-sog'lomlashtirish ahamiyati bor. Qadimgi dunyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx Gimnastikaning sog'lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: «Gimnastika meditsinaning shifobaxsh qismidir»-degan edi. Jahon fanining atoqli arboblari bo'lgan rus olimlari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgaft, V.V. Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, Gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy va faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, shuningdek sog'lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar.

Gimnastika bilan hamma-bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko'rganlar-u endi boshlovchilar, sog'lom kishilar-u va, hatto notob kishilar-shug'ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, o'rta va oliy o'quv yurtlarida, ko'ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish joylari va davolash maskanlarida, dam olish oylari va sanatoriyalarida, O'zbekiston Armiyasi va flotida ham shug'ullaniladi. Gimnastika bilan ko'plar o'z uylarida radiodan eshitib, televizorlardan ko'rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy va hokazolarda ham shug'ullanishganlar. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.

July, 2022

71

Gimnastika mashg'ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko'nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. Gimnastikaning ta'limiy ahamiyati ham juda katta. O'quv topshiriqlari aniq taqsimlanishining shartliligi, harakatlar analizi va sintezining keng ishlatilishi o'rganilgan harakat faoliyatlarining xilma-xil ijro variantlarida murakkablashtirilishi, harakatlarni cheksiz kombinatsiyalash, forma va koordinatsiya jihatidan xilma-xil bo'lgan juda ko„p jismoniy mashqlarni o'rganish-bularning hammasi shug'ullanuvchilarga o'zlarining harakat imkoniyatlarini baholashni va harakat faoliyati umumiy, qonuniyatlarini aniqlab olishni o'rganish imkonini beradi.

XULOSA

Gimnastika insonni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Gimnastika mashqlarini ijro etish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bo'lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bo'lishi, ijrochining harakatlari o'ziga yarashadigan, nafis bo'lishi kerak. Gimnastika bilan shug'ullanish natijasida kelishgan qaddi-qomatga ega bo'linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdaning ayrim bug'inlari taraqqiyotida ham, umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi mutanosiblikka erishiladi.

Nihoyat, Gimnastika-aqliy ta'lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin namunasidir. Gimnastikada qullaniladigan uslublar shug'ullanuvchilarning intelektual faoliyati. Faolligini rag'batlantirish imkonini beradi, markaziy nerv tizimining moyilligini, uning muskul faoliyatining turli holatlariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. P.F. Lesgaft Gimnastikaning maktabdagi ahamiyatini baholab, bunday deb yozgan edi: «Aqliy va jismoniy ta'lim o'zaro shunchalik chambarchas bog'lanib ketadiki, natijada ular maktabning ajralmas vazifasini tashkil etadi; chunki har qanday bir yoqlama rivojlanish ta'lim berishni bo'zadi, albatta va barkamol inson bo'lib shakllanish uchun sharoit yaratib bermaydi».

REFERENCES

1. И.И Маргунова Гимнастика ва уни укитиш методикаси. Укув кулланма. 2013 йил Тошкент "ILM ZIYO"

2. Tursunpulatovich, M. N. (2022). ACTIVE FORMS OF REST FOR INCREASING THE WORKABILITY OF GYMNASTS. Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 4, 183-185. Retrieved from https://mj ssh.academicj ournal .io/index.php/mj ssh/article/view/97

3. Navruz, M. (2022). FEATURES OF PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF GYMNASTS. Modern Journal of Social

July, 2022

l2

Sciences and Humanities, 4, 186-188. Retrieved from https://mj ssh.academicj ournal .io/index.php/mj ssh/article/view/98

4. ВЛИЯНИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ НА ИНТЕНСИВНОСТЬ ТРЕНИРОВКИ

МухаммадиевН.Т. Молодой ученый. 2021. № 27 (369). С. 281-283.

5. ВЛИЯНИЕ ЭЛЕМЕНТОВ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ГИМНАСТИКИ НА ВЫПОЛНЕНИЕ ТРЕНЕРОВОЧНЫХ НАВЫКОВ И УМЕНИЙ Мухаммадиев Н.Т. Мировая наука. 2021. № 7 (52). С. 59-63.

6. Xasanov Ilyos Tuychievich. (2022). Development Stages and Characteristics of The History of Physical Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5, 96-99. Retrieved from https://zieniournals.com/index.php/ipip/article/view/813

7. Xasanov, I. T., & Sodiqova, D. B. (2022). Specific ways to develop physical activity in preschool children. Miasto Przysziosci, 24, 20-25.

8. Tuychievich, H. I. . (2022). Paralympic Sports Competitions - A Field of Courage and Courage!. International Journal of Culture and Modernity, 17, 474-477. Retrieved from https://iicm.academiciournal.io/index.php/iicm/article/view/371

9. Hasanov I.T. (2022) ORGANIZATIONAL BASIS OF PHYSICAL EDUCATION OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2(6) 181-182. https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/434

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.