Научная статья на тему 'GILAM MAHSULOTLARI TUK HOSIL QILISH JARAYONI TAHLILI'

GILAM MAHSULOTLARI TUK HOSIL QILISH JARAYONI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
161
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tanda / arqoq / taqir / gilam / ip / to‘qima / bezak / kigiz / texnologiya. / warp / weft / lint-free / carpet / thread / fabric / ornament / felt / technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Yusupova, N. Abdullaeva

Gilamdo‘zlik amaliy san’at turi bo‘lib, har bir hududning o‘ziga yarasha tugun turlari, naqsh ornamentlari o‘z tarixidan, milliy urf odatlaridan kelib chiqqan holda gilamlarda o‘z aksini topadi. Maqolada gilam ishlab chiqarishda tuk uchun ishlatiladigan tugun turlar, tugun bog‘lash metodlari bо‘yicha xomashyo sarfini kamaytirish tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE PRODUCTION PROCESS OF PULT CARPET PRODUCTS.

Carpet weaving is a kind of practical art, and each region has its own types of knots, patterns and ornaments, based on its history and national traditions, which are reflected in carpets. The article provides information about the types of nodes used to make pile in the manufacture of carpets, reducing the consumption of raw materials by methods in the production of carpets.

Текст научной работы на тему «GILAM MAHSULOTLARI TUK HOSIL QILISH JARAYONI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

GILAM MAHSULOTLARI TUK HOSIL QILISH JARAYONI TAHLILI

Yusupova Nodira Baxtiyarovna

PhD, dotsent; Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti Abdullaeva Nozima Abduolimovna

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7245089

Annotatsiya. Gilamdo'zlik amaliy san'at turi bo'lib, har bir hududning o'ziga yarasha tugun turlari, naqsh ornamentlari o'z tarixidan, milliy urf odatlaridan kelib chiqqan holda gilamlarda o'z aksini topadi. Maqolada gilam ishlab chiqarishda tuk uchun ishlatiladigan tugun turlar, tugun bog'lash metodlari bo'yicha xomashyo sarfini kamaytirish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tanda, arqoq, taqir, gilam, ip,to'qima ,bezak,kigiz, texnologiya.

АНАЛИЗ ПРОЦЕССА ПРОИЗВОДСТВА ВОРСОВЫХ КОВРОВЫХ ИЗДЕЛИЙ.

Аннотация. Ковроткачество - вид практического искусства, и в каждом регионе существуют свои виды узлов, узоров и орнаментов, основанные на его истории и нatsiональных традициях, которые находят свое отражение в коврах. В статье приведены сведения о видах узлов, используемых для выполнения ворса при изготовлении ковров, снижении расхода сырья методами при выработке ковров.

Ключевые слова: основа, уток, безворсовый, ковёр, нить, ткань, украшение, войлок, технология.

ANALYSIS OF THE PRODUCTION PROCESS OF PULT CARPET PRODUCTS.

Abstract. Carpet weaving is a kind of practical art, and each region has its own types of knots, patterns and ornaments, based on its history and national traditions, which are reflected in carpets. The article provides information about the types of nodes used to make pile in the manufacture of carpets, reducing the consumption of raw materials by methods in the production of carpets.

Keywords: warp, weft, lint-free, carpet, thread, fabric, ornament, felt, technology.

KIRISH

Davlatimiz rahbarining "Respublikada qo'lda to'qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori momomeros hunarni yanada rivojlantirish barobarida aholining kam ta'minlangan qatlami, xususan, xotinqizlar bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Me'yoriy hujjatda mahsulot homashyosini tayyorlashdan boshlab jahon bozoriga olib chiqishgacha bo'lgan jarayonning huquqiy mexanizmi batafsil aks ettirilgan. Vatanimiz hunarmandchilik, qadimiy madaniyat va halq amaliy san'ati durdonalariga boy. Bunga gilamdo'zlik san'ati ham yorqin misoldir. Tarixan gilamlar boylik va uy-joy ramzi hisoblanadi. O'tgan asrlarda gilamlar o'ziga xos hashamat bo'lib, hukmdorlar va aslzodalar xonalarida bezak vazifasini o'tagan. Bugungi kunda gilamlar Vatanimizning boy madaniyati, urf-odatlari va uyg'unligini aks ettiradi. Har bir gilam o'ziga xosdir. Rang, bezak — bularning barchasi gilam tarixidan hikoya qiladi. Masalan, Samarqandda ustalar qora, qizil va ko'k ranglardan foydalanishadi. Buxoroda "firma" gilami ko'p rangli hoshiyalar va uzun qoziqli gilamlardir. Farg'ona vodiysida qizil va ko'k chiziqlar ayniqsa afzal. Xiva gilamlari — o'simlik naqshlari timsoli. Rang va motivlarni tanlash shunchaki farqlanib turishi uchun ustalarning istagi. Har bir gilamda madaniy ma'no va qadriyatlar mavjud. Shunday qilib, quyosh, tumorlar va tog' echkisi shoxlari tasvirlari uning egasini zarardan himoya qilish va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uyga omad va farovonlik olib kelish uchun mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yо'li bilan qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ning ijrosi esa hunarmandchilik sohalarini rivojlantirish uchun, avvalo, buyum turlari, shag'l va bezaklari, ishlab chiqarish an'analarini tarixini mukammal o'rganishini taqozo etadi. Gilamchilik yurtimizda qadimdan rivojlanib kelayotgan noyob hunarlardan biri. Gilam ishlab chiqarishni yanayam rivojlantirish maqsadida gilamga tushiriladigan tugun turlari tahlili qilindi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

1-rasm.

Gilam to'qimachilik mahsulotiga tushiriladigan tugunlar. T- tanda ipi, A1 , A2- arqoq ipi, T-Tuk tuguni, 1-2 tanda ipi uchun (chapda), 2-2ta tanda ipi uchun (o'ngda), 3-2 ta juft tanda

ipi uchun, 4-2 ta tanda ipi uchun(vertikal)

Tuk tandasi tugunini hosil qilish texnikasi quyidagi turlarga bo'linadi: bitta tanda ipini bog'lash asosidagi, bir tanda ipini bog'lab keyingi ipni o'rab oladigan ,ikkita tanda ipini bog'lash asosidagi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ikkili turk tuguni o'zining ishlab chiqarilish usulidan kelib chiqib, ikkita tanda iplarining bog'lanishi natijasida hosil bo'ladi. Tugunni bog'lashdan oldin ortiqcha ipni kesib tas'haladi. Kalta tuk iplarini tugun qilib bog'lash qiyin jarayon, shu sabab tuk balandligi 2-3 sm, 5-6 smli iplarni tanda iplari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

orasidan o'tkaziladi. Ikkita tanda iplari ustiga tuk uchun mo'ljallangan ipni qo'yib, oldin bitta uchini tanda ipi orasidan o'ng uchini qo'yib, so'ng ikkinchi uchini chap tomondagi tanda ipini orqasidan o'tkazib, so'ng o'zimizga qarab tortamiz.Tugunni gilam mahsuloti qirg'og'iga tushirasmi. Tugun tayyor bo'ladi. Tanda iplaridan ikkitasini o'zimizga qarab tortamiz, tukchalarni ularning ustiga qo'yamiz. Undan keyin tugun uchun mo'ljallangan ipning o'ng uchini o'ng tomondagi tanda ipi bilan, chap tomondagi tanda ipini chap tomondagi tanda ipi bilan o'rab olamiz. O'ra b olingan ipni pastga tushirsak tugun tayyor.

2-rasm.

Tanda iplari orasidan tuk uchun tugun a) o'ngdan va b) chapdan o'tkazish texnikasi.

Ikkita bog'lamli tugunning yana biri chap qo'l bilan ikkala tanda iplarini ko'tarib, o'ng qo'l bilan tanda ipining ustidan tugunak ipini o'tkazib, orqasidan uni o'rab o'tkazib, oldinga tortamiz. So'ngra arqoq ipini o'ng tomondagi ko'tarilgan tanda ipini aylantirib o'tib, ikkala tandani o'rtasidan tortamiz. Tugunakni pastga tortamiz va ortiqcha uchlarini kesamiz. Bu usulda oldindan iplar kesib olinmaganligi sababli, xomashyoni tejasak bo'ladi. Persid usuli bo'yicha 15-20 mm tanda iplarining oralari ochiq bo'ladi. balandligi bilan ular 4-8 mm gacha bo'lgan tugunlar qatorlari orasidagi masofaga - bitta ipga bog'langan, lekin ikkitasini qoplaydi. Bir yarim tugun o'ng va chap tomondan o'tkazilishi mumkin. O'ng tomon tugunlari quyidagicha amalga oshiriladi: o'ng tomondagi tanda iplarini ko'taramiz va o'ramadagi ipni uning ostidan o'tkazamiz. Keyin o'ramadagi ipning uchini chap tomondagi tanda ipning ostidan o'tkazamiz. Chap qo'lingiz bilan ikkala uchini oldinga tortib, pastga tushirib va ortiqcha ipni kesib olinadi.

Chap tomon tugunlari shunisi bilan farq qiladi, chunki o'tkazish chap tomon ipidan boshlanishi kerak. Ikkita tugun ham bitta tanda ipidan o'tkazilib bog'langanligi uchun bu tugun mustahkamligi ancha yuqori bo'ladi, lekin bir yarim tugun tezroq bog'lanadi va tolalarni teng ravishda taqsimlaydi, bu esa ko'pincha yuqori zichlikdagi gilam ishlab chiqarishda qo'llanilishida katta samara beradi. Zichligi yuqori bo'lganligi sababli, issiqlik saqlash xususiyati ham ancha yuqori bo'ladi.

3-rasm.

Tanda iplari orasidan tuk uchun ikkitali yoki bir yarimtalik tugunlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Bittali tugunlar asosan mayda naqshli gilam mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ba'zida esa nozik gilam mahsulotlari naqsh chizig'ini to'ldirish uchun ikkitali yoki bir yarimtalik tugunlardan foydalanamiz.

4-rasm.

Tanda Ai, A2 arqoq iplari, tuk iplari,1- ikkita tanda ipidan(chapdan), 2- ikkita tanda ipidan(o'ngdan), 3- ikkita juft tanda ipi (vertikal)

5-Rasm.

Tanda ipi, Ai, A2 arqoq iplari, tuk iplari,1- ikkita tanda ipidan, 2- ikkita juf tanda ipidan, 3- bitta tanda ipi, 4- ikkita tanda ipidan(vertikal)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tanda ipi

sA/v

m

Tukli gilamlarning oldi tomondan ko'rinishi mayda tugunak naqshlaridan iborat bo'lib, polotno o'rilishidagi tanda iplaridan arqoq iplarini tuk sifatida foydalangan holda o'tkazib bog'lashidan hosil bо'ladi. Kerakli uzunlikdan ortiqchasi qirqib tashlanadi va bir tekisdagi yumshoq tuk qatlami hosil bo'ladi. Gilam mahsulotlarining tugunlari gilamning butun kengligi bo'ylab gorizontal qatorlarda bog'lanadi.

REFERENCES

1. Y3ÖeKHCTOH MH^HH энцнк.пoпeAHflсн // Y36eKHCTOH MH^HH энцнк.пoпeAHflсн ^aBnaT HampueTH, TomKeHT. 2002. 3T. - 6. 10-12.

2. Y36eKHCTOH xa^K aMa^uü 6e3aK caHi&TH. Mex,HaT. TomKeHT. 1991. -6. 334-335.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Siddiqov P.S., N.B.Yusupova. National avrova fabrics and pecular production technologies // Proceedings of the uzbek-japan symposium on ecotechnologies Innovation for sustainability-harmonizing science, technology and economic development with human and natural environment 2016, t.126

4. К.Э. Разумеев, Н.Б.Юсупова, Д.Т.Назарова, С.Ш.Ташпулатов. Улучшения качества костюмных хлопчатобумажных тканей в зависимости от её опорной поверхности // Известия вузов. Технология текстилной промышленности. Иваново, 2019, № 5 (383). -С.85-88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.