Научная статья на тему 'GEODEZIK PUNKTLAR MARKAZLARI SIFATIDA VIBRATSIYALAB TO‘LDIRILADIGAN SVAYALARDAN FOYDALANISH'

GEODEZIK PUNKTLAR MARKAZLARI SIFATIDA VIBRATSIYALAB TO‘LDIRILADIGAN SVAYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
238
340
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geodezik punktlar / nivelir tarmoqlari / grunt reperlari / temirbeton konstruksiyalar / skvajina / vibratsiyalovchi qurilma / ikki qismli qoziq. / geodesic punches / nivelir networks / grunt rappers / reinforced concrete constructions / skvajina / vibrating device / two-part pile.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Normurodov, Shahboz Ulug‘Bekovich, Tayirov, Shopulat Shomansur Ug‘Li

Ushbu maqolada vibratsiyalab to‘ldiriladigan svayalardan geodezik punktlar sifatida foydalanish usullari, ko‘priklar qurilishida daryo va suv havzalari bo‘ylarida o‘rnatiladigan reperlarni tipovoy konstruksiyalilaridan tashqari tayyor temirbeton konstruksiyalar ko‘rinishidagi (svayalar, pilonlar, anker boltlari, armatura chiqishlari) lardan foydalanish avfzalligi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF VIBRATORY PILLARS AS GEODESIC POINTS CENTERS

In this article, the methods of using vibrational sways as geodesic punches, in addition to the tipovoy Constructors, which are installed along the banks of rivers and ponds in the construction of bridges, are used in the form of ready-made reinforced concrete structures (sways, pylons, anchor bolts, armature exits) the advantage of using them is indicated.

Текст научной работы на тему «GEODEZIK PUNKTLAR MARKAZLARI SIFATIDA VIBRATSIYALAB TO‘LDIRILADIGAN SVAYALARDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

GEODEZIK PUNKTLAR MARKAZLARI SIFATIDA VIBRATSIYALAB TO'LDIRILADIGAN SVAYALARDAN FOYDALANISH

Normurodov Shahboz Ulug'bekovich

Toshkent davlat transport universiteti, «Ko'priklar va tonnellar» kafedrasi assistenti, e-mail: norm urodovsh25@mail.ru Tayirov Shopulat Shomansur ug'li Toshkent davlat transport universiteti, "Qurilish muhandisligi" fakulteti talabasi, e-mail: shoputayirov255@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada vibratsiyalab to 'Idiriladigan svayalardan geodezik punktlar sifatida foydalanish usullari, ko 'priklar qurilishida daryo va suv havzalari bo 'ylarida o 'rnatiladigan reperlarni tipovoy konstruksiyalilaridan tashqari tayyor temirbeton konstruksiyalar ko 'rinishidagi (svayalar, pilonlar, anker boltlari, armatura chiqishlari) lardan foydalanish avfzalligi ko 'rsatilgan.

Tayanch so'zlar: Geodezik punktlar, nivelir tarmoqlari, grunt reperlari, temirbeton konstruksiyalar, skvajina, vibratsiyalovchi qurilma, ikki qismli qoziq.

USE OF VIBRATORY PILLARS AS GEODESIC POINTS CENTERS

Abstract: In this article, the methods of using vibrational sways as geodesic punches, in addition to the tipovoy Constructors, which are installed along the banks of rivers and ponds in the construction of bridges, are used in the form of ready-made reinforced concrete structures (sways, pylons, anchor bolts, armature exits) the advantage of using them is indicated.

Key words: geodesic punches, nivelir networks, grunt rappers, reinforced concrete constructions, skvajina, vibrating device, two-part pile.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВИБРАЦИОННЫХ СТОЛБОВ В КАЧЕСТВЕ ЦЕНТРОВ ГЕОДЕЗИЧЕСКИХ ТОЧЕК

Аннотация: В данной статье используются приемы использования колебательных качелей в качестве геодезических штампов, помимо типовых Конструкторов, которые устанавливаются по берегам рек и прудов при строительстве мостов, в виде готового железобетона. конструкции (качели, пилоны, анкерные болты, выходы из арматуры) указывается преимущество их использования.

Ключевые слова: геодезические штампы, нивелирские сети, грунт-рэпперы, железобетонные конструкции, скважина, вибрационное устройство, двусоставная свая.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Nivelir tarmoqlarining balandlik belgilari geodezik punktlari balandliklari -otmetkalarini uzoq muddat davomida joyda mahkamlash uchun mo'ljallanadi. Bunday belgilarni turi, konstruksiyasi, ularning vazifasi, joyda mahkamlash usullari, hududning fizik-geografik tavsiflari, mahkamlash joyining sharoitlari va bu punktlardan foydalanish maqsadlariga bog'liq. Balandlik belgilari o'z vazifasiga ko'ra chuqur (glubinniy) va grunt reperlariga, hamda devoriy reper va markalarga bo'linadilar. Ko'pincha nivelir tarmoqlari belgilari bilan tarhiy tarmoqlar belgilari birlashgan bo'lib, bitta punktni tashkil etadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Grunt reperlari ochiq - kapital bino va inshootlar bo'lmagan joylarda o'rnatiladi va ular iloji boricha mustahkam bo'lgan qattiq tog' jinslarida, grunt suvlarini yuqori sathi 4m dan ortiq chuqurlikda bo'lgan va yer usti suvlari to'planmay oqib ketadigan uchastkalarda joylashtiriladi. Reperlarni o'rnatish uchun qumli va supesli gruntlar eng qulay va maqbul hisoblanadi[1].

Reperlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

a) ulardan foydalanish muddati davomida ustki ishchi qismi holatini barqaror bo'lishi;

b) o'rnatilgan joyda uzoq muddat davomida saqlanishi;

v) konstrutsiyalari iloji boricha sodda bo'lib, zavodda ishlab chiqish hamda yerga o'rnatish ishlarini mexanizatsiyalashtirishning imkoni bo'lishi.

Ko'priklar qurilishida daryo va suv havzalari bo'ylarida o'rnatiladigan reperlarni tipovoy konstruksiyalilaridan tashqari tayyor temirbeton konstruksiyalar ko'rinishidagi (svayalar, pilonlar, anker boltlari, armatura chiqishlari va h.k.) lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir[2].

Katta gorizontal yuklanishlar mavjud hududlarda, aynan ko'priklar qurilishida geodezik punktlarni mahkamlashda svayalardan (qobiq-qoziqlar) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday qobiq-qoziqlar buzilishga qarshi ancha chidamli bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

O

R

VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Punkt markazini o'rnatish maqsadida joyning o'zida ma'lum chuqurlikda qazilgan va ma'lum kesimga ega bo'lgan skvajinani beton bilan to'ldirib ishlab chiqilgan qobiq-qoziq (svaya) lar eng tejamlilaridan hisoblanadi (1,a-rasm).

1-rasm. Urib kirgiziladigan qobiq-qoziqlarni ishlab chiqish sxemasi[2]: a -10m gacha, b - 10m dan ortiq: 1 - skvajina; 2 - beton uchun bunker; 3 -armokarkas; 4 - yo'qotiladigan boshmoq; 5 - o'rab turuvchi quvur; 6 - qum uchun bunker; 7 - vibrator; 8 - geodezik belgi (znak); 9 - qo'riqlanadigan quduq

Qazilgan skvajinaga ajralib ketadigan boshmoqli ichki quvur tushiriladi. Quvur ichiga beton quyilib, quvur tepasiga o'rnatilgan vibrator yordamida beton zichlanadi. Bunda quvurning tebranishi boshmoqqa uzatilganda, u beton aralashmasini jadal ravishda tebrantira boshlaydi. Vibratsiyalanuvchi boshmoq yordamida beton zichlashtirilganda, beton ustunda gidrostatik va dinamik bosimlar vujudga keladi, va ular, o'z navbatida, qo'shimcha zichlikni, grunt yumshoq bo'lgan hollarda esa beton ustunini kengayishiga olib keladi. Shunda qoziqning ko'taruvchanlik qobiliyati va ko'chishga qarshiligi ortadi.

10m dan ortiq uzunlikka ega qobiq-qoziqlarni yasashda maxsus texnik yechimlar qo'llanadi. Masalan, cho'kuvchan gruntlarda 15-16m dan ortiq chuqurliklarga punkt markazlarini o'rnatish talab etiladi. Bunda mashinalarning yuk ko'taruvchanligi ma'lum darajada chegaralanganligi sababli kombinatsiyalashtirilgan konstruksiyali svaya-qoziqlardan foydalanish ma'qul. Kombinatsiyalashtirilgan konstruksiyali qoziqlarda 8-10m li quyi qismi yaxlit kesimli, ustki qismi esa ichi kovak kesimli qilib ishlab chiqiladi (1,b-rasm).

Bunday qoziqlarning alohida qismi quyidagi tartibda o'rnatiladi: tayyorlangan skvajinaga quvur tushiriladi va yuqoridagi teshigi hamda bunker orqali beton qorishmasi skvajina tagiga uzatiladi. Skvajinaning devorlari qulashini oldini olish uchun, uning ostiga beton quvur orqali uzatiladi. Belgilangan balandlikkacha beton to'ldirilgandan so'ng, skvajinaga bunkerli quvur bilan vibratorni ishga tushiruvchi vibrasion qurilma biriktirilgan boshmoq o'rnatiladi. Shundan keyin quvur hamda skvajina devorlari orasidagi bo'shliq beton qorishmasi bilan to'ldiriladi va vibratsiyalanuvchi boshmoq yordamida zichlanadi. Vibratsiyalovchi qurilma olingandan so'ng armokarkasga boltlar yoki payvandlab geodezik marka biriktiriladi. Ikki qismli svaya-qoziqning tuzilishi (quyi qismi yaxlit kesimga, ustkisi esa kovak) svaya konstruksiyasiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bunaqa konstruksiya yer yuzidan 1.2-1.5m balandlikkacha ko'tarilib turishi va uning ustiga geodezik asboblarni o'rnatish uchun metall taxtacha biriktirilishi mumkin[2].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Bunday markazlarni sinovdan o'tkazilganda, beton tejamkorligi kam, mehnat unumdorligi ancha katta bo'lishi mumkinligi, ammo markazlarni tarh va balandlik bo'yicha yuqori darajada barqarorligi aniqlandi. Mazkur tipdagi markazlar ko'prik qurilishida 3 va 4 klass triangulyatsiya geodezik tayanch tarmoqlarini yaratishda, gruntni muzlash chuqurligi tahminan 2m gacha, hamda grunt suvlari sathi 3m gacha bo'lgan hududlarda qo'llanishi mumkin.

Svayalami qo'llashga oid tavsiyalaгga ko'гa qurilish maydoni O'гta Osiyo hududiga xos suv bilan to'yingan, Ыг jinsli bo'lmagan oquvchan konsistensiyaga ega qum va supesdan iborat oгaliq qatlamli loyli gгuntlaгda qo'llanishi maqsadga muvofiq, va bunday hollarda skvajina devoñari buгg'ulab tushiгilgan obsadnoy quvuгlaг bilan mustahkamlanishi uning baгqaгoligini ta'minlaydi.

1. Петров П.Б. Практическое пособие по механизированному закреплению геодезических пунктов центрами. - М., Недра, 1982.

2. Рекомендации по рациональной области применения в строительстве свай различных типов. - М., Стройиздат, 1978.

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.