Central Asian Journal of
Education and Innovation
GAMMALASHTIRISHGA ASOSLANGAN SHIFRLASH ALGORITMLARINING MATEMATIK ASOSLARI
Sharopova Muxayyo Muxtor qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti "Umumtexnik fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10699811
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 15-February 2024 yil Ma'qullandi: 20- February 2024 yil Nashr qilindi: 24- February 2024 yil
KEY WORDS
gammalshtirish, kalit, shifrlash, deshifrlash
Ushbu maqolada gammalashtirishga asoslangan shifrlash algoritmining matematik asoslari berilgan. Buda asosiy element alifbo harflari va kalit deb ataluvchi parametrilardan foydalnib matematik usullari talqini berilgan
Shifrlash jarayonida ochiq ma'lumotni tashkil etuvchi mos alifbo belgilari bilan "kalit" deb ataluvchi parametrning mos elementlari ustida biror amal bajarish natijasida shifrma'lumotni tashkil etuvchi alifbo begilariga akslantirish amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi gammalashtirish shifrlash algoritmi turkumiga kiradi. Gammalashtirish bilan shifrlash uslubining mohiyati ochiq ma'lumotni (yoki shifrma'lumotni) tashkil etuvchi alifbo belgilari bilan, shifrlash kalitini ifodalovchi psevdotasodifiy ketma-ketlikning mos elementlari gammasini tashkil etuvchi elementlar ustida biror amal bajarish bilan shifrma'lumot hosil qilishdan iborat. Bunda ochiq, shifrlangan va kalitni ifodalovchi gamma ma'lumotlarning alifbo belgilari bitta to'plamdan olingan bo'lishi zarur. Misol uchun 2 modul bo'yicha qo'shish amalidan foydalanib, ikkilik sanoq tizimi alifbosida raqamli ko'rinishda berilgan ma'lumotni quyidagicha shifrlash va deshifrlash mumkin: Ochiq matn: 0110011100100011... Kalitni ifodalovchi gamma: 110110010110101... Shifrlangan matn: 1000101110010110... Kalitni ifodalovchi gamma: 1110110010110101... Ochiq matn: 0110011100100011...
Bu misoldan ko'rinadiki, deshifrlash uchun kalit bo'yicha (ya'ni kalitni tashkil etuvchi gamma elementlari bo'yicha) shifrma'lumotning mos elementlarini 2 modul bo'yicha qo'shishdan foydalanib qayta gammalashtirish kifoya. Bunday shifrlash va deshifrlash jarayonlari akslantirishlarining matematik modeli mos ravishda ushbu: va (analitik) formulaviy
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
ifodalarga ega. Bu yerda - ochiq ma'lumotning i-biti, - kalitni ifodalovchi gammaning i-biti, -shifrlangan ma'lumotning i-biti, - modul 2 bo'yicha qo'shish amalidan iborat. Ya'ni yuqoridagi ifodalar ushbu: va formulalarga teng kuchli. Biror -xarakteristikaga ega bo'lgan chekli maydonlarda bo'yicha amallar bajarish ochiq ma'lumot alifbosi belgilari yoki belgilar birikmalarini ifodalovchi shifr qiymat va shifrma'lumot alifbosi belgilari yoki belgilar birikmalarini ifodalovchi shifrbelgilarning chekli sonda ekanligi bilan uzviy bog'liq. Misol uchun ochiq ma'lumotni tashkil etuvchi alifbo kirillcha 32 ta belgilardan iborat bo'lsin. Ularni bo'shliq(probel) moslik bilan ifodalab, kalit gammasini ushbu ko'rinishdagi tasodifiy ketma-ketlikdan iborat deb olib, "gammalashtirish" - ochiq ma'lumotni shifrlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
(r + T)mod32 = (4 + 19)mod32 = 23 ^ Ц, (A + r)mod32 = (0 + 4)mod32 = 4 ^ r, (M + 3)mod32 = (13 + 8)mod32 = 21 ^ 0,...,(A + K)mod32 = (0 + 30)mod32 = 30 ^ K, (m + n)mod32 = (25 + 12)mod32 = 5 ^ ff, ..., (P + K)mod32 = (17 + 11)mod32 = 28 ^ b, (M + 3)mod32 = (9 + 8)mod32 = 17 ^ P, (m + y)mod32 = (25 + 20)mod32 = 13 ^ M,
va natijada "SGF...YAD...RM" -shifrma'lumotga ega bo'lamiz. Deshiflash esa quyidagicha amalga oshiriladi:
Xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi kabi, agarda ochiq ma'lumot kompyuterdan foydalanilgan holda tuzilib, standart ASCII kodi alifbosi belgilaridan iborat bo'lsa, u holda ochiq ma'lumotning -belgisini, unga mos ASCIIi kodi qiymatiga, shifrlash jarayonida unga mos keluvchi kalit gammasi -elementining ASCIIj kodi qiymatini xarakteristikasi 256 bo'lgan chekli maydonda qo'shib, natijaning qiymatiga teng bo'lgan ASCII kodli belgiga almashtiriladi: va shifrma'lumot hosil qilinadi. Deshifrlash ushbu: formula orqali amalga oshirilib, shifrma'lumotga mos ochiq ma'lumot hosil qilinadi.
Agarda kalit gammasi qaytariluvchi davrga ega bo'lgan bitlardan iborat bo'lmasa, olingan shifrma'lumotni ochish yetarli darajada qiyin bo'ladi. Buning uchun kalit gammasini tashkil etuvchi elementlar tasodifiy o'zgarishi kerak. Amalda kalit gammasining davri butun shifrma'lumot uzunligidan katta bo'lib, ochiq ma'lumotning hech bir qismi ma'lum bo'lmasa, bunday shifrma'lumotga mos keluvchi ochiq ma'lumotni topish murakkab bo'ladi. Bunday hollarda shifrma'lumot faqat uzunligi uning uzunligiga teng bo'lgan kalit gammasining mumkin bo'lgan barcha variantlarini tanlash orqali ochiladi. Agarda raqib tomonga ochiq ma'lumotning biror qismi va unga mos keluvchi shifrma'lumot ma'lum bo'lib qolsa, u holda shifrlashning gammalashtirish uslubi o'z kuchini yo'qotadi. Chunki bunday holda raqib tomon ochiq ma'lumotning ma'lum bo'lgan qismi mazmuniga ko'ra butun shifrma'lumotni ochishga harakat qiladi. Misol uchun, ko'plab maxfiy hujjatlar «Mutlaqo maxfiy» yoki boshqa shu kabi so'zlar bilan boshlanib, kriptoanalitik uchun tahlil yo'nalishini aniqlashga yordam beradi. Bunday holatlarni axborot tizimi muhofazasi kriptotizimining amalda qo'llanilishida albatta hisobga olish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Sharopova, M. M. qizi . (2023). JAVA TILI YORDAMIDA OB'EKTGA YUNALTIRILGAN DASTURLASH ASOSLARI BILAN TANISHISH. GOLDEN BRAIN, 1(34), 111-119.
2. Sharopova, M. (2023). CHOOSE: COMPOSITION OR INHERITANCE. Science and innovation in the education system, 2(13), 96-102.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
3. Sharopova, M. (2023). JAVA PROGRAMMING IN THE LANGUAGE HERITAGE TO DO SYNTAX. Current approaches and new research in modern sciences, 2(12), 82-87.
4. Sharopova, M. (2023). ARRAY AND ARRAYS INSTALLATION. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 2(12), 102-107.
5. Sharopova, M. (2023). CLASSES AGAIN APPLY. Solution of social problems in management and economy, 2(13), 106-111.
6. qizi Sharopova, M. M. (2023). INTRODUCING" PROGRAM CONTROL OPERATORS" IN THE JAVA PROGRAMMING LANGUAGE. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3(5), 222-231.
7. qizi Sharopova, M. M. (2023). Working with folders in the JAVA programming language. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3(5), 232-236.
8. Sharopova, M. (2024). CREATION OF A DATABASE FOR THE SYSTEM PLATFORM OF NONGOVERNMENT EDUCATIONAL CENTERS. Current approaches and new research in modern sciences, 3(1), 185-191.
9. Sharopova, M. (2024). DSA ERI STANDARD. ELECTRONIC DIGITAL SIGNATURE OF GOST R 34.10-94. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 169-178.
10. Sharopova, M. (2024). COLLECTORS.(OBJECT CONTAINERS). Development of pedagogical technologies in modern sciences, 3(1), 93-101.
11. Sharopova, M. (2024). JAVA PROGRAMMING IN THE LANGUAGE FLOWING INPUT AND RELEASE. Solution of social problems in management and economy, 3(1), 84-93.
12. Murodov, O. (2024). DEVELOPMENT OF AN AUTOMATED PARAMETER CONTROL SYSTEM ROOMS AND WORKSHOPS BASED ON CLOUD TECHNOLOGIES. Академические исследования в современной науке, 3(2), 16-27.Murodov, O. T. R. (2023). Zamonaviy ta'limda axborot texnologiyalari va ularni qo 'llash usul va vositalari. Educational Research in Universal Sciences, 2(11), 481-486.
13. Муродов, О. Т. (2023). РАЗРАБОТКА АВТОМАТИЗИРОВАННОЙ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ТЕМПЕРАТУРЫ И ВЛАЖНОСТИ В ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ КОМНАТ. GOLDEN BRAIN, 1(26), 91-95.