Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
G'O'ZA YETISHTIRISHGA SALBIY TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Shixnazarov Raximboy Rashidbek o'g'li,
Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi" fakulteti "Biotexnologiyasi" kafedrasi 2 kurs magistratura talabasi. N.A.Xo'jamshukurov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi" fakulteti "Biotexnologiyasi" kafedrasi b.f.d. prof., ilmiy rahbar.
D.T.Babaeva, O'zR FA akademik O. S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n.
Abdullayeva Feruza Bayjon qizi, "Oziq-ovqat texnologiyasi" yo'nalishi magistranti
Ushbu maqolada g'o'za yetishtirishga salbiy ta'sir etuvchi turli xil kasalliklar va ularni kelib chiqishi, kasalliklarga qarshi chidamliligi, ularga qarshi kurashish choralari to 'g'risida ma 'lumotlar keltirib o 'tildi.
Kalit so'zlar: g'o'za, gulxayridoshlar oilasi, xromosomalar, g'o'za kasalliklari, ko 'k kasallik, gommoz, vertitsillyoz va fuzarioz.
This article provides information on various diseases that adversely affect cotton cultivation, their origin, disease resistance, and measures to combat them.
Key words: cotton, the family of florets, chromosomes, cotton diseases, blue disease, gommosis, verticillosis and fusarium.
G'o'za mamlakatimizda ekib o'stiriladigan madaniy o'simliklar ichida eng muhimidir. Avvalo, undan sanoatning deyarli barcha tarmoqlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblangan paxta tolasi, chigitidan oziq - ovqat sanoatida va boshqa tarmoqlarda ko'p ishlatiladigan paxta moyi olinadi. Mamlakatimizda tayyorlanadigan o'simlik moylarining asosiy qismini paxta moyi tashkil qiladi. Chigitdan olinadigan kunjara chorva mollari uchun oqsilga boy qimmatli oziq hisoblanadi. Gossipoldan tozalangan chigit unidan texnikaviy maqsadlarda va oziq-ovqat sanoatida hamda meditsinada ishlatiladigan oqsillar va boshqa juda ko'p kimyoviy moddalar olinadi. G'o'za barglaridan turli-tuman organik kislotalar olinadi. Go'zapoya va ko'sak
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
chanoqlari sintetik smolalar va plastmassalar tayyorlashda ko'p ishlatiladigan furfural manbaidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuningdek g'o'za — gulxayridoshlar oilasiga mansub o'simliklar turkumidir. U 3 ta kenja turkum (Gossypium, Karpas, Sturtia)ni o'z ichiga oladi. Bular bir yillik va ko'p yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va o'tlaridir. G'o'zaning 50 turi ma'lum. G'o'za turkumida xromosomalar soni diploid (2 l = 26) va tetraploid (2 p =52) bo'lgan turlari bor. Genomining tarkibiga ko'ra ular 6 guruhga (A, V, D, S, Ye, G') bo'linadi. Tetraploidlarda genomi AD. Turlar guruhlar ichida oson, guruhlar o'rtasida esa qiyin chatishadi yoki duragaylarning to'liq bepushtligi kuzatiladi. Bugungi kunda g'o'zalarni yetishtirishga salbiy ta'sir etuvchi omillardan biri bu ularning kasallanishidir.
G'o'za kasalliklari to'g'risida birinchi ma'lumot 1903 yilda A. A. Yachevskiy tomonidan yozilgan edi. Hozirgi vaqtda g'o'za kasalliklari yetarli o'rganilgan va ko'pchiligi uchun qarshi kurash tadbiriy choralari to'liq ishlab chiqilgan. Dunyoda g'o'zada 100 dan ortiq kasalliklar uchraydi va ular hosilning ancha qismini nobud qiladi. G'o'za kasalliklarining tarqalishi har xil bo'lib, ba'zilari dunyo bo'yicha barcha mintaqalarda keng ko'lamda tarqalgan bo'lsa, boshqalari faqat 1 yoki 2 ta mamlakatda yoki 1 yoki 2 ta mintaqada uchrashi mumkin. Masalan ko'mirsimon ildiz chirish asosan Hindiston va Pokistonning ayrim hududlarida uchrasa, virus qo'zg'atadigan "ko'k kasallik" - faqat markaziy Afrikada, "eskobilla" (antraknozning bir turi) - Venesuela va Braziliyada, texas ildiz chirishi esa AQShning janubiy-g'arbiy shtatlari va shimoliy Meksikaning ishqorli qora tuproqli mintaqalarida uchraydi. Demak, dunyoning barcha paxta yetishtiriladigan mintaqalarida g'o'zaning unayotgan urug'i, nihol va ildiz chirish kasalliklari majmuasini va boshqa ikki-uch turdagi asosiy kasalliklarini uchratish mumkin. Shuning uchun ham paxtakor dehqonlar va ayniqsa, o'simliklarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar o'z mintaqalarida g'o'za uchun xavf tug'diradigan kasalliklarni ajrata olishi, ularni rivojlanish fazalarini, qo'zg'atuvchi organizmlar turlarini bilishi davr talabidir; bu bilim ularning malakasini oshiradi, kurash choralarini tanlashda, rejalashda va amalga oshirishda katta yordam beradi. G'o'zada kasallik qo'zg'atuvchi sabablar jumlasiga viruslar, mikoplazmalar, bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar va fiziologik o'zgarishlar kiradi. Dunyoda viruslar va mikoplazmasimon organizmlar qo'zg'atadigan 18 ta g'o'za kasalliklari ma'lum, ammo ulardan hech biri O'zbekistonda uchramaydi. G'o'zada bakteriya chaqiradigan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yagona kasallik gommoz bo'lib, u O'zbekistonda keng ko'lamda tarqalgan va xavfli kasalliklardan biridir. Zamburug'lar g'o'zada ko'plab kasalliklarni qo'zg'atadi. Ularning qatoriga unayotgan chigit, nihol va ildiz chirishi, vertitsillyoz va fuzarioz so'lish (vilt) kasalliklari, barg va tola dog'lanishlari, karantin kasalliklari va boshqalar kiradi. Fiziologik kasalliklar paydo bo'lishining asosiy sabablari qatoriga havo haroratining keskin pasayishi, tuproqning yaxshi yumshatilmaganligi va uning ustki qismini qatqaloq bo'lishi, kuchli yomg'ir yoki do'l yog'ishi, o'simlikka oziqa moddalar yetishmasligi yoki ortiqchaligi, suv tanqisligi, pestitsidlarni noto'g'ri qo'llash va boshqa biotik omillar kiradi. Viltga qarshi kurashishning asosiy yo'li viltga chidamli g'o'za navlarini yaratish va almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yishdir. Fuzarioz qarshi kurashishning asosiy yo'li viltga chidamli g'o'za navlarini yaratish va almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish. G'o'za kasalliklariga qarshi kurashishda asosan yangi nav yaratish bardoshli va chidamli va almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Xolmurodov E.A. va boshqalar. Qishloq xo'jalik fitopatologiyasi. 72-79betlar (Darslik) "Navro'z" nashryoti. -Toshkent, 2014.
2. Sattarova R.K., Xolmurodov E.A., Xakimova N.T.,Allayarov A.N. Umumiy fitopatologiya. 50-57betlar (Darslik) "Navro'z" nashryoti. -Toshkent, 2017 .
3. Egamberdiyev A.E., Ibragimov SH.I., Amanturdiyev A.B. G'o'za selleksiyasi, urug'chiligi va biologiyasi 40-47 betlar ''Fan''nashryoti. 2009