Научная статья на тему 'G`AFUR G`ULOM ASARLARIDA HUQUQ VA AXLOQ MASALALARI'

G`AFUR G`ULOM ASARLARIDA HUQUQ VA AXLOQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
528
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HUQUQ / AXLOQ / OʻZBEK SHOIRI / YOZUVCHI / AKADEMIK / HUQUQ NORMASI / AXLOQ NORMASI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muradullayeva S.M.

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining yorqin vakili, akademik, yozuvchi va shoir Mirzaorif o`g`li Gʻafur Gʻulomning ijodida huquq va axloq masalalari tahlil qilingan. Maqolada Gʻafur Gʻulom asarlarida ilgari surilgan g`oyalarning bugungi kunda jamiyat hayotidagi ahamiyati to`g`risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

QUESTIONS OF LAW AND MORALITY IN THE WORKS OF GAFUR GULAM

This article analyzes the issues of law and ethics in the work of Ghafur Ghulam, the son of Mirzaorif, an outstanding representative of Uzbek literature, academician, writer and poet. The article examines the significance of the ideas put forward in the works of Ghafur Ghulam in the life of modern society.

Текст научной работы на тему «G`AFUR G`ULOM ASARLARIDA HUQUQ VA AXLOQ MASALALARI»

Muradullayeva S.M.

2-bosqich talabasi Toshkent davlat yuridik universiteti

GAFUR G ULOM ASARLARIDA HUQUQ VA AXLOQ MASALALARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o 'zbek adabiyotining yorqin vakili, akademik, yozuvchi va shoir Mirzaorif o^gli G'afur G'ulomning ijodida huquq va axloq masalalari tahlil qilingan. Maqolada G'afur G'ulom asarlarida ilgari surilgan g^oyalarning bugungi kunda jamiyat hayotidagi ahamiyati to^g^risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, axloq, o'zbek shoiri, yozuvchi, akademik, huquq normasi, axloq normasi.

Muradullayeva S.M.

student

Tashkent State Law University

QUESTIONS OF LAW AND MORALITY IN THE WORKS OF GAFUR

GULAM

Annotation: This article analyzes the issues of law and ethics in the work of Ghafur Ghulam, the son of Mirzaorif, an outstanding representative of Uzbek literature, academician, writer and poet. The article examines the significance of the ideas put forward in the works of Ghafur Ghulam in the life of modern society.

Keywords: Law, ethics, Uzbek poet, writer, academician, legal norm, moral norm.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-sonli qarori asosida Adiblar xiyobonida haykallari o'rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning ibratli hayoti va ijodini chuqur o'rganish hamda targ'ib qilish oliy ta'lim muassasalariga biriktirildi [1]. Akademik G'afur G'ulomning hayoti va ijodini o'rganish vazifasi Toshkent davlat yuridik universitetiga yuklatildi. Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari va talabalari tomonidan G'afur G'ulom ijodini o'rganish va targ'ib qilish maqsadida turli ilmiy-ommabop maqolalar yozilmoqda, asarlari sahnalashtirilmoqda va xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda, "G'afur G'ulom izdoshlari" to'garagi yuritilmoqda Shuningdek, universitetda G'afur G'ulom ijodiga oid "G'afur G'ulom ijodi -yosh huquqshunoslar nigohida", "G'afur G'ulom izdoshlarini izlab" kabi tanlov va loyihalar tashkil qilinmoqda.

Gafur Gulomning ijodiy merosini turli xil hikoyalar, she'rlar, pyesalar, qissalar va dostonlar tashkil qiladi. Adibning asarlari bo'lajak huquqshunoslar uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'taydi. Bir qarashda uning asarlarida huquq masalalari yoritilmagandek ko'rinadi. Ammo chuqurroq tahlil qilar ekanmiz, uning asarlari nafaqat adabiyot uchun, balki huquq uchun ahamiyatli ekanligiga guvoh bolamiz. Adib ijodidan adib yashagan davrdagi insonlar hayoti, ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin. Xususan, adibning "Mening o'g'rigini bolam" voqeiy hikoyasida adibning ko'rgan-kechirganlari, XX asr boshlaridagi mamlakatdagi vaziyat, jamiyat hayotidagi qiyinchiliklar, insonlarning bir burda non topish uchun o'zini o'qqa, cho'qqa urganligi, hattoki, harom ishlarni qilishga majbur bo'lganligi haqida bayon qilingan. Asardagi voqealar birinchi jahon urushi yuz berayotgan davrda, aniqrog'i 1917-yilda sodir bolgan bolib, 9 yoshida otasidan ayrilgan Gafur Gulom 15 yoshida, yani hikoyadagi voqealar yuz berayotgan vaqtga kelib onasidan ham ayriladi. Gafur Gulom oilada to'ng'ich farzand bolib, uning 3 nafar singlisi bo'lgan. To'rt yetimning taqdiridan xavotir olgan Gafur Gulomning katta onasi Roqiya bibi nabiralaridan xabar olib turadi. Kunlarning birida yetimlar uxlayotganda ularning uyiga o'g'ri keladi, yetimlar bilan birga bolgan Roqiya bibi tomda yurgan o'g'rini payqab qoladi va o'g'ri bilan suhbatlashadi. Gafur Gulom Roqiya bibi va o'g'rining suhbati orqali kitobxonga faqat davrning murakkabligini tushuntiribgina qolmay, huquq va axloq masalalariga alohida e'tibor qaratishga chorlaydi. Hikoyada Roqiya bibining o'g'riga qarata "-O'g'rigina bolam, biror boshqa kasbni qilsang bolmaydimi?" deya aytgan gaplari, albatta, kitobxonni harom yoldan tiyilishga undaydi. Aytish mumkinki, o'g'irlik qilish nafaqat axloq tamoyillariga, balki huquqqa ham xilof. Qonunchiligimizga ko'ra, o'g'irlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan[2]. Huquq va axloqning asosiy o'ziga xos belgisi shuki, huquq normasi qoida sifatida o'rnatiladi va huquq normasini buzish qonunda belgilab qo'yilgan muayyan javobgarlikni keltirib chiqaradi, axloq normalari esa insonlar ongida odat bolib shakllanadi va u jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi [3]. Ozbek xalqi orasida o'zgalar moliga koz olaytirmaslik qadriyat sifatida shakllanib ulgurgan. Xo'sh, insonlar ongida axloq normasi sifatida shakllangan tamoyilning buzilishiga nima sabab boldi? O'g'rining kampirning savoliga " -Nima kasb qilay? Hamma kasblarning bozori kasod boldi. Ota kasbim kavushdozlikni qilay desam, kavushning masallig'i bitib chiqqan kavushdan uch baravar qimmat. Hammollik qilay desam, hozir avvalgidek qoplab g'alla, sabzi-sholg'om oladigan badavlatlarning tuxumi qurigan. Bitta man emas buvi mahalladagi hamma kosiblarning, pichoqchilar, ko'nchilar, bo'zchilar, maktab domlalari, mullavachchalarning ham ahvoli shunaqa.[4]" deya bergan javobidan urushning qancha-qancha insonlarga azob bergani, insonlar hayotining qanchalik og'ir bolganligi anglashiladi. Ammo shunday odamlar bolganki, ularga zamon olib kelgan qiyinchiliklar ta'sir qilmagan. Hikoyada ham ana shunday insonlarning nomlari sanaladi. Kampirning o'g'riga "Nega badavlatroq

odamlarning uyiga o'g'irlikka tushmaysan?" deya bergan savoliga "Ularning paxsasi sakkiz qavat, eshiklari temirdan, har bittasining uyida ikkita, uchta eshakday-eshakday itlari bor. Odilxojboyning uyida miltiq ushlagan gorodovoy turadi." deb bergan javobidan ana shunday og'ir davrda ham farovon yashagan insonlar bo'lganligi ko'zga tashlanadi. Odamlar qiyinchilik bilan kun ko'rayotgan, yetimlar "Amaki, non bering" deya och-nochor nola qilayotgan bir vaqtda hech qanday qiyinchiliklarni kormay yashayotgan insonlar qanday qilib bunday to'kin hayotga erishishdi ekan? Bunga yagona javob bor. Bunday insonlar o'zganing haqqidan qo'rqmaydigan, haromdan tiyilmaydigan, boshqalarning hisobidan yashaydigan insonlardir. Ular bunday hayotga harom yo'l orqali erishgan. Harom yo'l orqali pul topish, shubhasiz, huquq va axloqqa zid. O'g'rining Rahmonxoja ellikboshiga sirlarini aytmasligi uchun xoroz olib borib berganligi, 83 so'm pul jamg'arib pora berganligi, ellikboshining ishni bosdi-bosdi qilganligi o'sha davrdagi axloqiy va huquqiy tamoyillarning buzilishiga misol bo'la oladi. Asarda Roqiya buvining o'g'riga kecha tog'ang berib ketgan ikkita zog'ora bor, pastga tush choy ichamiz degan gaplariga javoban o'g'rining kun yorishib qolsa, meni tanib qolasiz, uyalaman deb aytishi, kampirning qutlug' uydan quruq ketma, yarim pudlik qozon bor, shuni olib ket, sotib bir kuningga yaratarsan deya aytganlariga "- Yo'q, bu qozon yetimlarning o'ziga buyursin. To'ylarida o'ynab-kulib xizmat qilaylik" deb javob qaytarishi o'g'rining oz bo'lsa-da, vijdonli ekanligini ko'rsatadi. Shu o'rinda savol tug'iladi: Aslida o'g'ri kim? Nochor xalqning rizqini yeyayotgan, o'zganing haqqidan qo'rqmayotgan Rahmonxojaga o'xshagan mansabdorlar emasmi, haqiqiy o'g'rilar? Jamiyatda nochorlarning borligi, ularning haqqini yeyayotganlarning borligidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, Rahmonxojaga o'xshash odamlarni xalq o'g'ri deb atamasa-da, ammo ana o'shalar haqiqiy o'g'rilardir. Ularning ko'ra-bila turib, ter to'kmasdan non topishga qiynalayotgan odamlarni talashi, ularning moliga koz olaytirishi, har narsadan "foyda" olib qolishga urinishi haqiqiy o'g'rilik.

Gafur Gulom o'zining qisqagina hikoyasi orqali kitobxonga nafaqat yurtimiz aholisining XX asr boshlaridagi ijtimoiy ahvoli haqida real ma'lumotlar beradi, balki Gafur Gulom ijodining huquq va axloq bilan chambarchars bog'liq ekanligini tushuntirishga harakat qiladi. Adib oz asarlari orqali o'g'irlikni, poraxo'rlikni, o'zgalar haqqini yeyishni mohirona tarzda qoralaydi, halollikni, huquq va axloq tamoyillariga rioya qilishni targ'ib qiladi. Gafur Gulom o'zining "Chorbozorchi", "Yodgor", "Shum bola", "Sog'inish", "Sen yetim emassan", "Kuzatish", "Men yahudiy", "Bizning kochada ham bayram bo'lajak" kabi asarlari orqali insonlarga harom, yolg'onchilik, urush kabi illatlarning olib keladigan ziyonlarini tushuntirishga urinadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Gafur Gulom asarlari bugungi kunda ham insonlarga to'g'ri yo'l ko'rsata oladi, yoshlarni tarbiyalashda, huquq va axloq normalarini ta'minlashda o'ziga xos manba bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar "Mahkamasining 502-son 24.08.2020. Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o'rtasida targ'ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori // https://lex.uz/docs/4966477 ;

2. 22.09.1994. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi// https://lex.uz/docs/-111453 ;

3. X.T.Odilqoriyev. Darslik. "Davlat va huquq nazariyasi" Toshkent.Sharq-2009, Adolat—2021;

4. G'afur G'ulom. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021. - 352 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.