Научная статья на тему 'FUQAROLIK HUQUQIDA MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‘LISHINING HUQUQIY ASOSLARI'

FUQAROLIK HUQUQIDA MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‘LISHINING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
institut / norma / blanket / respublika / kodeks / vakil / zakalat / da’vo / aliment / vorislik / kreditor / qarzdor / ustxat / tilxat / da’vo muddati / talab / meros / zarar / aliment / fors-mojor holatlari. / institution / norm / form / republic / code / representative / zakat / claim / alimony / succession / creditor / debtor / ustkhat / receipt / term of claim / claim / inheritance / damage / alimony / forcemajor cases.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Asatov, Akbar Laziz O‘G‘Li

Ushbu maqolada fuqarolik huquqiy majburiyatlar qanday asoslar natijasida ya’ni qanday yuridik faktlar majvud bo‘lganida bekor bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida keltirilgan moddalar bo‘yicha qanday yuridik faktlar asosida majburiyatlarning bekor bo‘lishi hamda uning tartibining tahlili to‘g‘risida so‘z boradi. Bundan tashqari esa, har bir majburiyatning bekor bo‘lishining huquqiy asoslari amaldagi qonunchilik asosida tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL GROUNDS OF AVOIDANCE OF CIVIL LAW OBLIGATIONS

In this article, civil legal obligations are invalidated on the basis of what grounds, what legal facts exist, as well as on what legal facts the obligations are invalidated according to the articles of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan, and the analysis of its procedure. is mentioned. In addition, the legal grounds for the cancellation of each obligation are analyzed on the basis of the current legislation.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK HUQUQIDA MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‘LISHINING HUQUQIY ASOSLARI»

Research BIB / Index Copernicus

FUQAROLIK HUQUQIDA MAJBURIYATLARNING BEKOR BO'LISHINING HUQUQIY ASOSLARI

Asatov Akbar Laziz o'g'li

O'zbekiston Milliy universiteti Yurisprudensiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fuqarolik huquqiy majburiyatlar qanday asoslar natijasida ya 'ni qanday yuridik faktlar majvud bo 'Iganida bekor bo 'lishi, shuningdek, O 'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida keltirilgan moddalar bo 'yicha qanday yuridik faktlar asosida majburiyatlarning bekor bo'lishi hamda uning tartibining tahlili to 'g 'risida so 'z boradi. Bundan tashqari esa, har bir majburiyatning bekor bo 'lishining huquqiy asoslari amaldagi qonunchilik asosida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: institut, norma, blanket, respublika, kodeks, vakil, zakalat, da'vo, aliment, vorislik, kreditor, qarzdor, ustxat, tilxat, da 'vo muddati, talab, meros, zarar, aliment, fors-mojor holatlari.

LEGAL GROUNDS OF AVOIDANCE OF CIVIL LAW OBLIGATIONS

Asatov Akbar Lazizovich

National University of Uzbekistan jurisprudence direction 3rd grade student

In this article, civil legal obligations are invalidated on the basis of what grounds, what legal facts exist, as well as on what legal facts the obligations are invalidated according to the articles of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan, and the analysis of its procedure. is mentioned. In addition, the legal grounds for the cancellation of each obligation are analyzed on the basis of the current legislation.

Key words: institution, norm, form, republic, code, representative, zakat, claim, alimony, succession, creditor, debtor, ustkhat, receipt, term of claim, claim, inheritance, damage, alimony, force- major cases.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

ПРАВОВЫЕ ОСНОВАНИЯ ИЗБЕЖАНИЯ ГРАЖДАНСКИХ ПРАВОВЫХ ОБЯЗАТЕЛЬСТВ

Асатов Акбар Лазизович.

Национальный университет Узбекистана направление юриспруденции студента 3-й курс

АННОТАЦИЯ

В данной статье гражданско-правовые обязательства признаются недействительными на основании того, по каким основаниям, т.е. какие юридические факты существуют, а также по каким юридическим фактам обязательства признаются недействительными в соответствии со статьями Гражданского кодекса Республики Узбекистан, и проводится анализ упоминается его процедура. Кроме того, анализируются правовые основания прекращения каждого обязательства на основе действующего законодательства.

Ключевые слова: учреждение, норма, форма, республика, кодекс, представитель, закят, иск, алименты, правопреемство, кредитор, должник, устхат, квитанция, срок иска, иск, наследство, ущерб, алименты, форс-мажорные случаи.

KIRISH

Hozirgi kunda Fuqarolik huquqining asosiy optimal nizoli holatlarining negizida majburiyatlar bilan bog'liq nizolar yotmoqda. Shundan kelib chiqib ushbu holatga to'xtalib, nizoli holatlarni aniqlashtirish maqsadida huquqiy asoslariga yuzlanamiz. Chunki huquqiy asoslar orqali nizoli holatlarga yechim beriladi. Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining XXV bobi majburiyatlarning bekor bo'lishi to'g'risida hisoblanib, ushbu bob o'z ichiga 340-352-moddalarni oladi. Jumladan, fuqarolik kodeksining 340-moddasi asosida majburiyatlarni bekor qilish imkoniyatini cheklovchi qoidalarni belgilaydi. Unga ko'ra, majburiyat fuqarolik kodeksi, boshqa qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko'ra to'liq yoki qisman bekor bo'ladi, shuningdek, majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Shu sababli bu norma o'z-o'zidan shunday qoidalarni belgilagan hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu modda yo'naltiruvchi va blanket kuchiga ega, chunki norma majburiyatning bekor bo'lish asoslari keyingi moddalar yoki qonunchilikda majvudligiga havola qilmoqda. Fuqarolik kodeksida majburiyatlarga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

alohida bob sifatida belgilanishi ham ushbu masalaga dolzarblik ahamiyatini yuqoriligini belgilab beradi. Shundan kelib chiqqan holda majburiyatlarni bekor bo'lishi haqida fikr yuritamiz va huquqiy asoslar bilan keltiramiz.

Majburiyatlar amaldagi qonunchiligimizga binoan quyidagi asoslarga ko'ra bekor bo'ladi:

> majburiyatning bajarilishi bilan;

> voz kechish haqi;

> hisobga o'tkazish bilan;

> talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga o'tkazish;

> qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo'lib qolganida;

> majburiyat yangilanishi bilan;

> qarzdan voz kechish;

> bajarish mumkin bo'lmaganligi tufayli;

> majburiyatning davlat organi hujjati asosida;

> fuqaro vafot etishi bilan;

> yuridik shaxs tugatilishi bilan.

Amaldagi fuqarolik kodeksimizda yuqoridagi asoslarga alohida moddalar ajratilgan. Chunki bu asoslar har biri alohida huquqiy munosabatni tashkil qilish bilan birga, huquqiy asoslari ham alohida maxsus huquqiy normalar bilan to'ldirilgan. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 341-moddaga asosan majburiyat, qoida tariqasida, uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor bo'ladi. Ya'ni majburiyat belgilangan ravishda ijro etilsa majburiyat bekor bo'ladi. Kreditor ijroni qabul qila turib, qarzdorning talabi bo'yicha unga ijroning to'la yoki qisman qabul qilinganligi to'g'risida tilxat berishga majbur. Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan bo'lsa, kreditor ijroni qabul qila turib bu hujjatni qaytarishi, agar uni qaytarish mumkin bo'lmasa, bu to'g'risida o'zi bergan tilxatda ko'rsatishi lozim. Tilxat qaytarilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozish bilan ham almashtirilishi mumkin.[1]

Navbatdagi asos sifatida bu voz kechish haqi hisoblanib, bunda ham fuqarolik huquqiy majburiyatlar bekor bo'lishi nazarda tutilgan. Fuqarolik kodeksimizning 342-moddasiga binoan taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish o'rniga voz kechish haqini berish, ya'ni pul to'lash, mol-mulk va shu kabilar bilan bekor qilinishi mumkin. Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar belgilaydilar. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu asos ikki tomonlama amalga oshirilmoqda. Ushbu asosda qarzdor taraf kreditor bilan kelishgan holda unga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

o'z mol-mulkini o'tkazish yoki boshqa xizmat evaziga majburiyatni bekor qiladi, kreditor esa bunga rozilik beradi.

Keyingi navbatdagi fuqarolik huquqiy majburiyatning bekor bo'lish asosi Fuqarolik Kodeksning 343-moddasida hisobga o'tkazish bilan majburiyatning bekor bo'lishi hisoblanadi. Unga ko'ra muddati to'lgan yoki muddati ko'rsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil o'xshash talab hisobga o'tkazilishi bilan majburiyat to'liq yoki qisman bekor bo'ladi. Hisobga o'tkazish uchun bir tarafning arizasi kifoya qiladi. Misol uchun, agar shaxs kim oshdi savdosida g'olib chiqsa, u bilan shartnoma tuzishda u bergan zakalat summasi majburiyatni bajarishda hisobga o'tkaziladi. Shuningdek kodeksda qanday talablarni hisobga o'tkazishga yo'l qo'yilmasligi belgilangan. Bular:

> da'vo muddati o'tgan talablarni;

> fuqaroning sog'ligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talabini;

> alimentlar undirish haqidagi talabni;

> umrbod asrash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga topshirish talabini.

Majburiyat bekor bo'lishining navbatdagi asosi bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan majburiyatning bekor bo'lishi hisoblanadi. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan taqdirda qarzdor o'zining dastlabki kreditorga muqobil talabini yangi kreditorning talabiga qarshi hisobga o'tkazishga haqli. Agar talab qarzdor bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgani to'g'risidagi bildirishni olgan paytgacha mavjud bo'lgan asosga ko'ra vujudga kelgan bo'lsa va talab qilish muddati ana shu bildirish olinguncha kelgan bo'lsa yoki ushbu muddat ko'rsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan bo'lsa, hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu qoida esa fuqarolik kodeksimizning 345-moddasida belgilangan.

Navbatdagi asos qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo'lib qolganida majburiyat bekor bo'lishi hisoblanadi. Ma'lumki, har qanday shaxs o'ziga o'zi ham qarzdor, ham kreditor bo'lishi mumkin emas. Bunday kreditor va qarzdorning bir shaxs bo'lib qolishi ko'pincha meros ya'ni vorislik fuqarolik huquqiy munosabatlarda uchraydi. Misol sifatida oladigan bo'lsak, meros oluvchi shaxs o'z akasi yoki otasiga qarzdor bo'lsa, keyinchalik meros ochilishi natijasida kreditorning talab qilish huquqlarini o'ziga oladi.[2]

Keyingi asoslar bu majburiyatning yangilanishi va qarzdorning o'z qarzidan voz kechishidir. Kodeksga binoan taraflar o'z o'rtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan

Research BIB / Index Copernicus

almashtirish, ya'ni majburiyatni yangilash haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor bo'ladi. Hayot yoki sog'liqqa yetkazilgan zararni qoplash va alimentlarga nisbatan majburiyatlar xususida yangilashni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi. [3]

Agar taraflarning kelishuviga muvofiq boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, majburiyatni yangilash dastlabki majburiyat bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha majburiyatlarni bekor qiladi. Shuningdek, kreditor qarzdorni uning zimmasidagi majburiyatlardan ozod qilishi bilan, agar bu hol boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa, majburiyat bekor bo'ladi.

Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo'lmay qolsa, u bekor bo'ladi. Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin bo'lmasa, kreditor o'zining majburiyat bo'yicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas. Tasodifiy yoki fors-mojor holatlarida majburiyatni bajarib bo'lmaydi. Masalan, zilzila, yong'in va boshqa tabiiy ofatlar sababli bajarib bo'lmaydi. Lekin, majburiyat qarzdorning aybi bilan bajarilmagan bo'lsa, unda u kreditor oldida tegishli tartibda javobgar hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksimizning 350-moddasiga binoan agar davlat organining hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish to'liq yoki qisman mumkin bo'lmay qolsa, majburiyat to'liq yoki uning tegishli qismi bekor bo'ladi.

Davlat organining majburiyat bekor bo'lishiga asos bo'lgan hujjati belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilganida, agar taraflarning kelishuvidan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun o'z ahamiyatini yo'qotmagan bo'lsa, majburiyat tiklanadi degan qoida ham mavjud lekin. Bu holatni ham hisobga olishimiz majburiyatlarni bekor qilinish asoslari asosiy qoida sifatida chiqishi mumkin.

So'nggi asoslar sifatida fuqarolik qonunchiligimizda fuqaro vafot etishi va yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor bo'lishidir. Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo'lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo'ladi. Masalan, vakil vafot etsa, u tomonidan olingan majburiyat ham bekor bo'ladi. Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun mo'ljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lsa, kreditor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo'ladi. Shuningdek, yuridik shaxs, ya'ni qarzdor yoki kreditor tugatilishi bilan majburiyat bekor bo'ladi. Lekin qonunchilik bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'lsa majburiyat bekor bo'lmaydi.

Research BIB / Index Copernicus

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo'lsak, majburiyatlarning bekor bo'lish asoslarini fuqarolik huquqining nazariy masalalaridan kelib chiqib uch guruhga ajratishimiz mumkin. Bular taraflarning kelishuviga ko'ra bekor bo'lishi, taraflarning birining tashabbusiga ko'ra bekor bo'lishi va taraflarga bog'liq bo'lmagan asoslarga ko'ra bekor bo'lishi kabilar.

Ikkinchidan, Fuqarolik huquqida keltirilgan yuqoridagi asoslar hozirgi kungacha mavjud bo'lgan asoslar hisoblanib, keyinchalik huquqiy munosabatlar rivojlangani sari ko'payib oshib borishi mumkin. Bu holat esa yangi huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarishi bilan birga huquqiy asoslarni ham o'zgarishi va tahrirlanishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES):

1. V.R. Topildiev. Fuqarolik huquqi. Darslik. Umumiy qism. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022-y. -504-b.

2. V.R. Topildiev. Fuqarolik huquqi. Darslik. Umumiy qism. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022-y. -508-b.

3. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi - Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi 03/24/931/0402-son.

4. Younas, A. (2019). Legality Of Rule Of Law With Chinese Characteristics. SSRN Electronic Journal.

5. Younas, A., & Zeng, Y. (2024). Proposing Central Asian AI ethics principles: a multilevel approach for responsible AI. AI and Ethics, 1-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.