Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
FUNKSIONAL KERAMIKA KOMPOZIT POLIETILENLI QUYOSH QURITGICHIDA TAJRIBA TADQIQOTLARINING NATIJALARI
B. A. Hikmatov
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti. [email protected] O'zbekiston.
Qishloq xo'jaligida etishtirilgan aksariyat oziq-ovqat mahsulotlarining sifati tarkibida namlik miqdori yuqori bo'lganligi uchun buziladi [8, 103-b]. Quyosh energiyasidan foydalanib turli qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish orqali zamburug'lar va bakteriyalar rivojlanishining oldini olish, shuningdek atrof-muhitga va jamiyatga zarar etkazmasdan sifatli saqlab qolish mumkin [5, 15-b]. Quyosh energiyasi ekologik jihatdan toza, an'anaviy va mexanik quritish tizimlariga qaraganda ko'proq iqtisodiy foyda olib kelgani tufayli hozirda ko'plab sohalarda keng qo'llanilmoqda [6, 867-b]. An'anaviy tarzda quyosh nuri bilan quritish yomg'ir, shamol kabi iqlim omillari, qushlar va hasharotlardan himoyasizlik, ozuqaviy sifatning yo'qolishi, mahsulot rangining yomonlashuvi kabi bir qator kamchiliklarni namoyon qiladi [3, 642-b]. Bu kamchiliklarni ijobiy hal qilish uchun quyosh quritgichlarida quritish mahsulotning yuqori sifati, foydalanish qulayligi, chidamliligi va iqtisodiy samaradorligi bilan takomillashtirilgan quritish texnikasi sifatida paydo bo'ldi va rivojlanmoqda [1, 845-b]. Quyosh quritgichlarini asosan to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita va aralash rejimli quyosh quritgichlari sifatida tasniflash mumkin [7, 67-b]. To'g'ridan-to'g'ri quyosh quritgichlarida mahsulotlar quyosh nurlarining to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilishi orqali quritiladi. Mahsulotni quritish 60-70 °C dan past haroratlarda sodir bo'ladi, aks holda tez quritilgan mahsulotlarda haddan tashqari harorat qotib qolgan qobiqning shakllanishiga, mahsulot ichiga namlik qolishiga, bu esa o'z navbatida mikrob va qo'ziqorinlar rivojlanishi sababli, uning saqlash muddatining qisqarishiga olib keladi [2, 123-b].
Bu muammoni hal qilishning muqobil echimlaridan biri sifatida quritgichning shaffof sirtida quyosh quritgichlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan funksional keramika kompozit polietilendan foydalanishni taklif qilish mumkin. Ushbu ishda shaffof qoplama sifatida foydalanilgan funksional keramika kompozit polietilen quyosh nurlarini infraqizil impulslarga aylantirib beruvchi quyosh quritgichlari uchun mo'ljallangan mullit Al6Si2O13 (massasining 80 - 99,9 %) asosidagi funksional keramikaga quyidagi nisbatda qotishma qo'shimchalari (massasining 0,1 - 20 %)
May 15, 2024
254
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
kiritish orqali yaratilgan: Magniy xromit MgCrO4 1^15, Lantan aluminati LaAlO3 0,5^10, Triy xromit YCrO3 0,5^3, Tsirkoniy dioksidi ZrO2 0,5^5, Tseriy dioksidi CeO2 0,1 (ushbu qo'shimchalarning massasi, og'irlik % da). Keramika kompozit polietilen 3 qatlamdan iborat bo'lib, har bir qatlam 30 mkm dan va tushayotgan quyosh nurlarini o'zartiradi [4, 273-b]. Birinchi qatlam tushayotgan quyosh nurlari tarkibidagi ultrabinafsha nurlarni ko'rinadigan nurlarga aylantiradi. Ikkinchi qatlam uchinchi qatlam bilan o'zgartiriladigan pulsatsiyalangan infraqizil nurlanishning teskari nurlanishini kamaytiradi. Uchinchi qatlam quritish uchun eng maksimal infraqizil nurlarni hosil qiladi. Shuningdek, keramika kompozit polietilen ultrabinafsha va ko'rinadigan nurlar zonasida yuqori energiyali fotondan 10-20 fotonni yaratishga imkon beradi. Natijada hosil qilingan pulsatsiyalangan nurlanish quritiladigan mahsulotlarning chuqur qatlamlaridan suvni olib chiqish imkonini beradi va qurish jarayonini tezlashtiradi, mahsulot sifatini esa yaxshilaydi. Tajriba to'g'ridan-to'gri (direkt) issiqlik uzatish rejimida ishlaydigan majburiy konveksiyali 2 ta quyosh quritgichlarida olib borildi. Har ikki quyosh quritgichi bir xil dizayn va o'lchamlarga ega bo'lib (1-jadval), quyosh nurlarini o'tkazuvchi shaffof qoplama sifatida 2 xil polietilen bilan qoplangan: oddiy va funksional keramika kompozit polietilen.
1-jadval. Tajriba qurilmalarining o'lchamlari.
Uzunlik 1,2 m
Kengligi 0,8 m
Markaziy balandlik 0,6 m
Yon devor balandlik 0,4 m
Plastik quvurning tashqi va ichki diametrlari 25 va 20 mm
Havo ventillyatorining parametrlari Uq220 V, Iq0,22 A.
255
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
1-rasm. Eksperimental qurilmalarning sxematik va tajriba jarayonidagi umumiy ko'rinishi.
Qurilmalarda 08-09.09.2022-kunlari tajriba tadqiqotlari o'tkazilgan. Ikki qurilmaga ham bir xil massada 300 grammdan bo'lgan 5 mm qalinlikda kesilgan "MADERA" navli pomidor mahsuloti joylashtirilgan. Tajriba soat 8:00 da boshlangan va pomidor mahsuloti massasining o'zgarishi har soatda o'lchangan (2-rasm). Tajriba o'tkazilgan vaqtda quyosh radiatsiyasining, tashqi muhitning harorati, namligi va shamol tezligining soatlik o'zgarishlari 3-rasmda ko'rsatilgan.
Oddiy polietilen qoplamalali quritgich
Funksional keramika kompozitsion polietilenli quritgich
2-rasm Pomidor massasining vaqt bo'yicha o'zgarish grafigi.
—■— Quyosh radiatsiyasi, W/m2 —Shamol tezligi, m/s2 —A— Atrof-muhit namligi, %
Vaqt, soat
3-rasm. Atrof-muhitparametrlarining vaqt bo'yicha o'zgarish grafigi.
Tajriba natijalariga ko'ra funksional keramika kompozit polietilenli quyosh quritgichida mahsulot tarkibidan suvni chiqarish jarayoni oddiy polietilenli quritgichga nisbatan tezroq bo'ldi. Tajriba 19 soat davom etgan bo'lib, oddiy polietilen qoplamali quyosh quritgichida qurigan mahsulotning yakuniy massasi 24 g
May 15, 2024
256
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
(mahsulot boshlang'ich massasining 8 % i) ni, funksional keramika kompozit polietilen qoplamali quyosh quritgichida 19 g (mahsulot boshlang'ich massasining 6,3 % i) ni tashkil qildi.
1. Erick Ce'sar L.V., Ana Lilia C.M., Octavio G.V., Isaac P.F., Rogelio B.O. Thermal performance of a passive, mixed-type solar dryer for tomato slices (Solanum lycopersicum), Renew G' Energy. 2019.09.018, p. 845-855.
2. Nair P.K. Prospects toward UV-blue filtered solar drying of agricultural farm produce using chemically deposited copper chalcogenide thin films on cellular polycarbonate G' Solar Energy. 203 (2020) 123-135.
3. Purkayastha, M.D., Nath, A., Deka, B.C., Mahanta, C.L., 2013. Thin layer drying of tomato slices. J. Food Sci. Technol. 50 (4), 642-653.
4. Rakhimov R.Kh., Mukhtorov D.N. Investigation of the Efficiency of Using a Film-Ceramic Composite in a Solar Dryer G' Applied Solar Energy. 2022, Vol. 58, No. 2, pp. 273-278.
5. Sagar, V.R., Kumar, P.S., 2010. Recent advances in drying and dehydration of fruits and vegetables: a review. J. Food Sci. Technol. 47 (1), 15-26
6. Sahin, F.H., Aktas, T., Orak, H., Ulger, P., Sahin, H., Aktas, T., Ulger, P., 2011. Influence of pretreatments and different drying methods on color parameters and lycopene content of dried tomato. Bulgarian Journal of Agricultural Science 17 (6), 867-881. Retrieved from.
7. Silva W.P., Silva P.S., Gama F.J., Gomes J.P. Mathematical models to describe thin-layer drying and to determine drying rate of whole bananas G' J. Saudi Soc Agric. Sci. 2014, P. 67-74.
8. Singh P., Gaur M.K. A review on thermal analysis of hybrid greenhouse solar dryer (HGSD). J Ther Eng, Vol. 8, No. 1, pp. 103-119, January 2022.
REFERENCES
May 15, 2024