Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIYA MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

FRAZEOLOGIYA MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fraza / ibora / metod / “Munosabat” metodi / strategiya / frazema / frazeologiya. / Phrase / phrase / method / "Attitude" method / strategy / phrase / phraseology

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat Adilbek Qizi

Iboralar mavzusini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning iboralar ma’nosini bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini hosil qiladi. O‘quvchilarning darsda faol bo‘lishini ham ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF PHRASEOLOGY

The use of interactive methods in teaching the topic of expressions helps students to know the meaning of expressions and to develop the ability to use them correctly. It also ensures that students are active in class.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIYA MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF PHRASEOLOGY

Narbayeva Xosiyat Adilbek qizi

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz, Faculty of Turkic Languages, 2nd level student of Uzbek language education in

foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.11118333

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th April 2024 Accepted: 06th May 2024 Online: 07th May 2024 KEYWORDS Phrase, phrase, method, "Attitude" method, strategy, phrase, phraseology.

The use of interactive methods in teaching the topic of expressions helps students to know the meaning of expressions and to develop the ability to use them correctly. It also ensures that students are active in class.

FRAZEOLOGIYA MAVZUSINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISH

Narbayeva Xosiyat Adilbek qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11118333

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th April 2024 Accepted: 06th May 2024 Online: 07th May 2024 KEYWORDS

Fraza, ibora, "Munosabat" strategiya, frazeologiya.

metod, metodi, frazema,

Iboralar mavzusini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish o'quvchilarning iboralar ma'nosini bilishi va ularni to'g'ri qo'llash ko'nikmasini hosil qiladi. O'quvchilarning darsda faol bo'lishini ham ta'minlaydi.

Tilning lug'at boyligida fraza(ibora)lar ham alohida o'rin tutadi. Ularning nutqning jozibadorligini oshiradi. Iboralar ma'no jihatidan bir so'zga teng bo'ladi. Iboralar ham yillar o'tishi bilan sayqallanib boradi. Frazalarning ta'sir kuchi oddiy so'zga qaraganda kuchliroq bo'ladi. Shunday frazalar bor uni so'zma - so'z tarjima qilish mumkin, shunday frazalar borki, ularni so'zma-so'z tarjima qilish mumkin emas. Fraza so'z birikmasi shaklida ham gap shaklida ham bo'lishi mumkin. Iboralar xalq hayotining ifodasi desak ham bo'ladi. Chunki, iboralar ham xalq tomonidan chiqarilgan xulosalar asosida paydo bo'lgan. Iboralarni adabiyotda ko'p qo'llanilishiga guvoh bo'lamiz. Ular obrazliligi bilan asar jozibasini oshiradi. xFrazema til qurilishining lug'at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo'lib, bittadan ortiq

1Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

leksemaning o'zaro semantik-sintaktik birlashuvi bilan tarkib topgan bo'ladi, shunga ko'ra tuzma segment birlik deyiladi; sintaktik tuzilishi jihatidan birikmaga, gapshaklga teng bo'lib, odatda nominativ va signifikativ vazifa bajaradi, lekin leksemadan ifoda jihati bilan-gina emas, mazmun jihati bilan ham farq qiladi.

Fraza ya'ni iboralar adabiyotlarda "frazema", "frazeologik birlik", "frazeologizm" kabi terminlar bilan qo'llaniladi. 2Frazeologiya (gr. Phrasis-ifoda logos-ta'limot) atamasi ikki ma'noda ishlatiladi: 1) til frazeologik tarkibini o'rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tining frazeologik majmui. O'zbek tilshunosligida Baxtiyor Mengliyev, Mahbuba Xudoyberdiyeva, Oynisa Boymatovalar tomonidan "O'zbek tili iboralarining o'quv izohli lug'ati" tuzilgan bo'lib, bu kitob maktab o'quvchilari uchun. 3Til leksikasida frazeologizmlar alohida o'rin tutadi. Frazeologizmlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So'z birikmalari ma'nolari ixtisoslashib, bir so'z ma'nosiga teng ma'no ifodalashga o'tadi. Iboralar shaklan so'z birikmasiga o'xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo'ladi. Gap shalkida keladigan iboralarga misollar: Shunday hiyla berardimki, -(zaharni), tabiblar barmog'ini tishlab qolgan bo'lardi. Bu gapdagi barmog'ini tishlab iborasi "hech narsa qilolmay qolmoq" degan ma'noni anglatadi. Hoy Yo'lchi, esingniyedingmi, Uyat! Bu gapdag esini yemoq iborasi qo'llanilgan bo'lib, "miyasi ishlamay qoldi, firlamay qoldi" degan ma'noni anglatadi. Bahor kelishi bilan kunora havoning avzoyi buziladi. Bu gapda havo yomonlashganiga ishora qilinsa, Qosim aka qo'ylarning yo'qolganini ko'rib avzoyi buzildi, Bu gapda achchiqlandi degan ma'noni anglatadi. Nimaga menga do'q qiladi, nima arpasini xom o'ribmanmi? Bu gapdagi arpasini xom o'ribmanmi iborasi "nima yomonlik qildim" degan ma'noni anglatadi. Bu mahallada raisni aytgani aytgan, degani degan. Bu gapdagi aytgania aytgan, degani degan iborasi "gapi o'tadi" degan ma'noni anglatadi.

Har yoqqa alanglab, boshpana ko'zlashga tushdi. Dashtda bunday boshpana anqoning urug'i. Anqo qafsonaviy qush nomi bo'lib, bu gapda anqoning urug'i "topilishi qiyin, kamyob" degan ma'noni anglatadi. Samandarning o'gay onasining bag'ri tosh ekan. Bu gapdagi bag'ri tosh iborasi "bemehr" degan ma'noni anglatyapti.

Shunday iboralar borki, ular to'g'ri ma'noda ham ishlatiladi ibora bo'lib ham ishlatiladi. Masalan: Salimaning qizini ham bo'yi yetib qolibdi. Bu gapda ibora vazifasida kelgan va "oila qurish yoshiga yetdi" degan ma'noni anglatgan. Nodirbekning shkafga bo'yi yetdi. Hamma jim o'tirganda Farida gapirib filmning beliga tepid. Bu gapda "xalaqit berdi" degan ma'noni anglatgan. Umid raqibining borib beliga tepidi. Bu gapda urishayotgan paytida beliga tepid degan ma'noni anglatyapti.

Iboralar mavzusi juda aham rang-barang. Ularni tushinish uchun avval fikrlash, tahlil qilish kerak bo'ladi. Frazeologiya mavzusini o'qitishda "Munosabat" metodidan foydalanish o'quvchi (talaba)larga o'qitilayotgan mavzu bo'yicha o'zlaring erkin fikrlarini bildirish va turli xil misollar bilan dalillab berish qobiliyatini shakllantiradi. 4Texnalogiya tarbiyaviy xarakterga ega bo'lib, o'quvchi (talaba)larga o'zlarida ijobiy fazilatlarni ko'proq shakllantirish, salbiy

2 R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

3 B. Mengliyev. Hozirgi o'zbek tili "Excellent Poligraphy" Toshkent-2020

4 Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent 2013.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

xislatlardan esa voz kechishga yordam beradi. Bu metodni qo'llash jarayonida o'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Har bir guruhga savol beriladi. Ular savolga javob beradilar, o'z fikrlarini bildiradilar va uni isbotlab beradilar. Misol uchun so'z birikmasi yoki gap bo'lib keladigan iboralar aytiladi. O'quvchilar uning ibora bo'lib kelganiga ham so'z birikmasi yoki gap bo'lib kelganiga misol keltirishlari kerak bo'ladi. Faqatgina ibora vazifasida keluvchi iboralar ham bor bo'lib ularni ham qo'llanilishiga misol keltirishini so'rashimiz mumkin bo'ladi. Quyidagi iboralardan savollar tuzishimiz mumkin. Ammamning buzog'i, barmog'ini tishladi, bir cho'qishda qochirdi, bir yostiqqa bosh qo'ydi, bir paqir bo'ldi, bel bog'ladi, beliga tepdi, bosh og'rig'i, boshini og'ritdi, do'ppisi tor keldi, do'ppisini osmonga otdi, ikki qo'llab, ilon po'st tashlaydi, joyiga qo'ydi, o'rtaga oldi, peshona teri, tegib ketdi, tosh otdi, yo'l ko'rsatdi bu iboralar so'z birikmasi, gap holida va ibora vazifasida ham kelishi mumkin. Bunday iboralar orqali o'quvchi (talaba)larning fikrlash qobiliyati rivojlanishi bilna bir qatorda so'z boyligi ham ortadi. O'qituvchi ularga to'g'ri yo'l ko'rsatsa, o'quvchilar o'z nutqida ham bunday iboralrni o'rinli foydalanadilar. Iboralardan to'g'ri foydalnilmasa nutqda g'alizlik paydo bo'ladi va gap mazmunini o'zgartirib yuboradi. Metodni qo'llash natijasida o'quvchilar o'zlari bilmagan iboralarning ma'nosini bilib oladilar va to'g'ri qo'llashni o'rganadilar.

References:

1. B. Mengliyev. Hozirgi o'zbek tili "Excellent Poligraphy" Toshkent-2020

2. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

3. R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

4. Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. -Toshkent 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.