Научная статья на тему 'FRANSUZ TILINI OʻQITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETESIYALAR VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

FRANSUZ TILINI OʻQITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETESIYALAR VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faoliyat yondashuvi / axborot kommunikasiya texnologiyalari / nutq faoliyati / kommunikativ kompetensiya. / activity approach / information communication technologies / speech activity / communicative competence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojieva, Xolida Xolikul Qizi

Ushbu maqola universitetda fransuz tilini oʻqitishda raqamli ta'lim resurslaridan foydalanishning dolzarb muammosiga bagʻishlangan. "Raqamli ta'lim resurslari" tushunchasining ta'rifi va aniqlanishi koʻrib chiqilgan, raqamli ta'lim resurslarining tasnifi taqdim etilgan, funksiyalari belgilab berilgan va fransuz tilini oʻqitishda ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Nutq faoliyati va kommunikativ kompetensiyaning barcha turlarini shakllantirishda axborot kommunikasiyasining roli hamda fransuz tilidagi raqamli ta'lim resurslari toʻplamlarini oʻz ichiga olgan internet saytlari koʻrib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF COMMUNICATIVE COMPETENCES AND INFORMATION COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN FRENCH LANGUAGE TEACHING

This article is devoted to the actual problem of using digital educational resources in teaching French at the university. The definition and definition of the concept of "digital educational resources" are considered, the classification of digital educational resources is presented, their functions are defined, and the possibilities of using educational resources in French language teaching are analyzed. The role of information communication in the formation of all types of speech activity and communicative competence, as well as websites that contain collections of digital educational resources in the French language, are considered.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ TILINI OʻQITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETESIYALAR VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

Research BIB / Index Copernicus

FRANSUZ TILINI O'QITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETESIYALAR VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Ushbu maqola universitetda fransuz tilini o'qitishda raqamli ta'lim resurslaridan foydalanishning dolzarb muammosiga bag'ishlangan. "Raqamli ta'lim resurslari" tushunchasining ta'rifi va aniqlanishi ko'rib chiqilgan, raqamli ta'lim resurslarining tasnifi taqdim etilgan, funksiyalari belgilab berilgan va fransuz tilini o'qitishda ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Nutq faoliyati va kommunikativ kompetensiyaning barcha turlarini shakllantirishda axborot kommunikasiyasining roli hamda fransuz tilidagi raqamli ta'lim resurslari to 'plamlarini o'z ichiga olgan internet saytlari ko 'rib chiqilgan.

Kalitsoizlar: faoliyatyondashuvi, axborot kommunikasiya texnologiyalari, nutq faoliyati, kommunikativ kompetensiya.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КОММУНИКАТИВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ И ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ФРАНЦУЗСКОГО ЯЗЫКА

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена актуальной проблеме использования цифровых образовательных ресурсов при преподавании французского языка в вузе. Рассмотрены определение и определение понятия «цифровые образовательные ресурсы», представлена классификация цифровых образовательных ресурсов, определены их функции, а также проанализированы возможности использования образовательных ресурсов в обучении французскому языку. Рассмотрена роль информационного общения в формировании всех видов речевой деятельности и коммуникативной компетентности, а также вебсайтов, содержащих коллекции цифровых образовательных ресурсов на французском языке.

Ключевые слова: деятельностный подход, информационно-коммуникационные технологии, речевая деятельность, коммуникативная компетентность.

Tojieva Xolida Xolikul qizi

O'z DJTU

ANNOTATSIYA

Research BIB / Index Copernicus

USE OF COMMUNICATIVE COMPETENCES AND INFORMATION COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN FRENCH LANGUAGE

TEACHING

This article is devoted to the actual problem of using digital educational resources in teaching French at the university. The definition and definition of the concept of "digital educational resources" are considered, the classification of digital educational resources is presented, their functions are defined, and the possibilities of using educational resources in French language teaching are analyzed. The role of information communication in the formation of all types of speech activity and communicative competence, as well as websites that contain collections of digital educational resources in the French language, are considered.

Key words: activity approach, information communication technologies, speech activity, communicative competence.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida chet tilini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalanish mazmun va o'qitish usullariga qo'yiladigan talablarni o'zgartirish orqali o'z-o'zini tarbiyalashni yaxshilash istagidan dalolat beradi. Jamiyatda raqamli axborot vositalaridan foydalanish xilma-xildir. Ular yangi imkoniyatlarni keltirib chiqaradi va yangi yo'llarni ochadi. Ta'lim sohasida o'quvchilar turli xil bilim manbalariga, ijtimoiy tarmoqlar uchun turli imkoniyatlarga va ta'limni qo'llab- quvvatlaydigan ko'plab raqamli vositalarga ega bo'lishadi. Chet tilini o'rganish va o'qitishning zamonaviy yondashuvlari muloqot yuritishga o'rgatish (kommunikativ yondashuv) va nutqiy vaziyatga mos harakat qilish (faoliyatga yo'naltirilgan yondashuv)ga asoslanadi. Bu jarayon AKT, xususan, Internet-video materiallari bilan bog'lab amalga oshirilsa, ta'lim sifatini oshirishda qo'shimcha afzalliklarni keltirib chiqaradi. Shunga ko'ra, bugungi kunda Evropa mamlakatlari, xususan, Fransiyada xorijiy tillarni o'qitishda eng zamonaviy va samarali yondashuv sifatida faoliyatga yo'naltirilgan kompetensiyaviy yondashuv faol qo'llanilmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Kompetensiya biror faoliyatga yo'naltiruvchi bilim, ko'nikma va malakalarning uyg'unligidir. Tanlangan mavzuning dolzarbligi chet tilini o'qitishda yangi uslubiy faoliyat yondashuvini amalga oshirish jarayonida asosiy kompetensiyalarni

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

shakllantirish raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish va yaratishni taqozo etishi bilan belgilanadi hamda fransuz tilini o'qitish jarayonida raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ko'rib chiqish maqsad qilinadiMultimedia texnologiyalari, global AKT va internetning ta'lim berish jarayoni bilan bog'liq masalalarni xorijiy metodist-olimlardan P.V.Cisoev, L.P.Petrova [9] va boshqalar o'rganganlar.

Yuqorida snab o'tilgan olimlar tomonidan e'lon qilingan ishlarda AKTni darslarda qo'llashning ayrim jihatlari o'rin olgan. Pedagog olimlar .A.Mitchell va S.K.Gural chet tilini o'qitishda AKTning grammatik ko'nikmalarni shakllantirishdagi rolini o'rgaganganlar. P.V.Cisoev elektron pochta, veb-forum va blog orqali bir yoki birnechta o'quv guruhlari (sinflari) talabalari o'rtasida tarmoq aloqalarini tashkil etishning samarali natijalarini, metodist Yu.A.Chayka va L.G.Averkievalar esa AKTni yuqori kurslarda mustaqil ishlar uchun qo'llanish jarayonini nazariy va amaliy jihatidan ko'rsatib berganlar. N.Azimova hamda G.Raximovalar tomonidan tilshunos bo'lmagan universitetlarda ingliz tilini o'qitish samaradorligini oshirish masalasi ko'rib chiqilgan. Shuningdek, unda dars jarayonida ingliz tilida innovasion o'qitish usullari va yo'llari bayon etilgan. Universitet sharoitida talabalarni chet tilida o'qitishning ushbu modelini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy tarkibiy qismlarni aniqlash uchun zamonaviy o'qitish uslublari masalalarida professor o'qituvchilarning vakolatlarini kengaytirish imkoniyatlari yoritilgan [10]. D.Israilova tomonidan talabalarga asosan multimedia vositalari bilan darsda va darsdan tashqari mustaqil ishlar taqdimoti, loyihalar ustida ishlash va nutq faoliyatini barcha turlarini rivojlantirishda ko'maklashuvchi vazifalarni berish til o'rganishdagi eng samarali usul ekanligi misollar bilan yoritilgan [11]. Yana bir ilmiy xodim V.Nazarov tomonidan xorijiy tillarni o'qitishda audiovizual materiallardan samarali foydalanish va ushbu materiallarning didaktik xususiyatlari, shuningdek, bu borada fransuz olimlarning fikrlari to'g'risida so'z boradi. Materialning didaktik vazifalari, nutqiy va vizual jihatlari chet tilida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida keng tahlil qilingan [12].

MUHOKAMA VA NATIJA.

Shu bilan birga keltirilgan tadqiqotlarda AKTning ta'lim jarayoniga amaliy jihatdan qanday tatbiq etish, yondashish kerakligi etarli rganilmaganligi bu borada qator tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Jumladan, talabalarga multimedia vositalari bilan darsda va darsdan tashqari mustaqil ishlar taqdimoti, loyihalar ustida ishlash va nutq faoliyatini barcha turlarini rivojlantirishda ko'maklashuvchi

Research BIB / Index Copernicus

vazifalarni berish, til o'rganishdagi samarali usullarni tadqiq qilish, shuningdek, ushbu ta'limda uchraydigan mavjud muammolarni yoritish lozimdir. Kanadalik tadqiqotchi Robert Biboning raqamli ta'lim resurslari"ni "Internet xizmatlari, boshqaruv, tahrirlash va aloqa uchun dasturiy ta'minot (dasturiy ta'minot vositalari, o'quv latformalari va portallari, qidiruv tizimlari, ta'lim dasturlari) to'plami" deb hisoblaydi. Shuningdek, axborotkommunikasiya texnologiyalari bilan o'quv yoki loyiha faoliyati doirasida o'qituvchi yoki talabalar uchun foydali bo'lgan elektron shakldagi ma'lumotlar va turli xil matnlar" hamdir [15]. Elektron o'quv modullarining uch xil (axborot, amaliy, boshqaruv modullari) uslubiy funksiyalarining tahlili shuni ko'rsatadiki, chet tilini o'qitishda raqamli ta'lim resurslaridan yaoydalanishning asosiy didaktik maqsadi "o'rganishning faollik shakllarini amalga oshirishdir. yuqori interaktivlik va multimedia kontenti". Jumladan:"axborot bilan ta'minlash, olingan bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash, nutq faoliyatining barcha jabhalarida ko'nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish, o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan motivasiyasini oshirish, o'quvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, nazoratni o'zlashtirish, umumlashtirish. Raqamli ta'lim resurslarining ko'plab tasniflari mavjud. I. G. Zaxarova ta'lim jarayonida ulardan foydalanishga yo'naltirilgan raqamli ta'lim resurslarining quyidagi "toifalarini aniqlaydi: o'qitish, nazorat qilish va o'qitish tizimlari; axborot-qidiruv tizimlari; modellashtirish dasturlari; kognitiv vositalar; universal xarakterdagi vositalar; aloqa vositalari". Kanadalik tadqiqotchi R. Bibo 2 ta asosiy va ta'lim resurslarini optik tashuvchilarda va Internet yoki intranetda joylashtirilgan, o'z navbatida mahsulotlarni (tarmoq/disk) birlashtirish mumkin bo'lgan resurslarni 5 toifaga ajratgan:

1. Portallar, qidiruv tizimlari: axborot, tranzaksiya; veb-saytlar va SDROMlar kataloglari,shaxsiy resurslar,konsalting xizmatlari, madaniy, milliy va sport tadbirlari haqida ma'lumotlar. Fransuz lingvodidaktiklari F. Mangeneau va E. Louveau «Le point du FLE» http://www.lepointdufle.net portali pedagogik resurslar tasnifmi to'liq aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ushbu saytning sharhi vafransuz tili talabalari hamda o'qituvchilari uchun saytlar portali «Metodologis»http://methodologis.pagesperso-orange.fr/ bu erda uslubiy hujjatlar keng taqdimetilgan va Internetga juda ko'p qiziqarli havolalar mavjud. Ular sinfda ham, sinfdan tashqarida ham kommunikativ kompetensiyaning barcha turlarini shakllantirish va rivojlantirishga hissa qo'shishga imkon beradi. Fransuz o'qituvchisi M. Overmanning individual veb-sayt-portali http://portail-du-fle.info/ va ixtisoslashgan Internet xizmati www.rfi.fr tilni bilish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

darajasiga ko'ra, nutq faoliyatining barcha turlariga mo'ljallangan turli didaktik va o'quv materiallarini taklif etadi.

2. Dasturiy ta'minot vositalari, aloqa va almashinuv xizmatlari: matnni qayta ishlash, taqdimot va forumlarni boshqarish uchun dasturiy ta'minot, portfolio, elektron pochta, chat, masofaviy ta'lim platformasi. Forum va elektron pochta kabi asinxron aloqa vositalari quyidagilarga imkon beradi: ma'lumot almashish; onlayn munozaralarni tashkil etish; o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirish; lingvokulturologik kompetensiyani shakllantirish. Francparler vebsaytidagi o'qituvchilar forumi (http://www.francparler.info/forum2/) bunga misoldir. Zamonaviy ta'lim jarayonida "til portfelining maqsadli yo'nalishiga qarab har xil turlari mavjud. Uni amalga oshirish shakllari ham o'zgarib bormoqda, elektron va veb-portfellar portfelning qog'oz shaklini almashtirmoqda. "Til portfeli" texnologiyasi talabaning tilni bilish darajasini mustaqil aniqlash imkonini beradi. Chat darslarini o'tkazish "fransuz tilida gapirish, tinglash va yozish amaliyotini; o'qituvchiga noan'anaviy dars turlarini o'tkazishga imkon beradi

3. Umumiy ma'lumotnomalar: geografik axborot tizimi, lug'atlar, tematik lug'at, virtual muzeylar, ensiklopediyalar, antologiyalar, mashhur shaxslarning tarjimai holi. Og'zaki va yozma nutqni tushunishni yaxshilash, shuningdek nutq qobiliyatlarini mashq qilish uchun o'qituvchi quyidagi saytlardan foydalanishi mumkin: mashhur shaxslarning tarjimai holi http://www.stars-celebrites.com/, Luvr va d'Orse ning virtual muzeylari http://www.louvre.fr/, http://www.musee-orsay.fr/. Eng mashhur elektron lug'atlar:ww.lexilogos.com. Bundan tashqari, http://tv5.org/, http://www.ina.fr/, http://www.arte.tv/fr/ kabi saytlarga tashrif buyurish sizga turli mavzularni topish, tanishish imkonini beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, chet tili darsida raqamli ta'lim resurslaridan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari haqida gapirish kerak. Internet resurslaridan foydalanish nutq faoliyatining barcha turlari va jihatlari bo'yicha yuqori sifatli o'qitishga yordam beradi, axborot oqimini kengaytirish, talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish, talabalarning barqaror motivasiyasini oshirish, talabalarning mustaqil ishlarini o'qitish va rivojlantirishga individual yondashuvni amalga oshirish jarayonlari yutuqlari hisoblanadi.

FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR:

1. Сысоев П.В., Евстигнеев М.Н. Современные учебные Интернет-ресурсы в обучении иностранному языку // Иностранные языки в школе. 2008. № 6. С. 2-9.

2. Аверкиева Л.Г., Чайка Ю.А. ISSN 1997-2911 Филологические науки. Вопросы теории и практики, № 1 (8) 2011.

Research BIB / Index Copernicus

3. Потапова Р.К. Новые информационные технологии и лингвистика: учеб. пособие. - М.: КомКнига, 2005.

4. Карамышева Т. В. Изучение иностранных языков с помощью компьютера: в вопросах и ответах. - СПб.: Союз, 2001.

5. Зимняя И.А. Психология обучения иностранным языкам в школе. - М.: Просвещение, 1991.

6. Владимирова Л. П. Интернет на уроках иностранного языка. ИЯШ, №3, 2002. С. 33-41.

7. Карпов А.С. Интернет в подготовке будущих учителей иностранного языка. ИЯШ, №4, 2002. с. 73-78.

8. Азимова Н.Н., Рахимова Г.Ш. Инновацион укитиш усулларини инглиз тили дарсларида куллаш // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №2, mart-aprel, 2021 yil. 216-220 бетлар.

9. Исраилова Д.Ш. Чет тилини укитишда ракамли воситаларнинг ахдмияти ва масофавий таълимнинг салбий, ижобий жихдтлари // Замонавий таълим / Современное образование 2020, 12

10. Назаров В. Аудиовизуал материаллар асосида чет тилида нуткий компетенцияларни ривожлантириш // Узбекистонда хорижий тиллар илмий методик электрон журнал. №2, 2017 - 156-165 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.