Научная статья на тему 'FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI'

FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1538
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonetika / tovush / unli tovush / undosh tovush / tasnif / vokalizm / konsonantizm / jarangli va jarangsiz undoshlar / phonetics / sound / vowel / consonant / classification / vocalism / consonantism / voiced and unvoiced consonants

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — V. Egamberdiyeva

Akademik litseyda ona tili fani chuqurlashtirib o’tiladigan guruhlardagina fonetika bo’limi uchun dars soatlari ajratilgan.Fonetika bo‘limi uchun ona tili namunaviy o’quv dasturida 12 soat berilgan bo’lib,bunda o‘zbek tilining tovush tizimi, unli va undoshlarning ifodalanishi,ularning talaffuzi va imlosi haqidagi ma’lumotlarni berish rejalashtirilgan.Mavzularni o‘quvchilarga yetkazishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning ham erkin, ham yangicha fikrlashlariga katta yo‘l ochib beradi.Dars mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga mavzuni tushuntirish bilan birga fonetik xodisalarni yaxshi ajratish,unli va undoshlar,bo’g’in va urg’u haqida ma’lumotga ega bo’lishiga erishish maqsad qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE DEPARTMENT OF PHONETICS

In the academic lyceum, the phonetics department is allocated only in the groups where the science of the mother tongue is deepened. For the phonetics department, 12 hours are given in the model curriculum of the mother tongue, in which the sound system of the Uzbek language, the expression of vowels and consonants are given. , it is planned to provide information about their pronunciation and spelling. The use of interactive methods in conveying topics to students opens a great way for students to think freely and in a new way. It is aimed to achieve good separation, knowledge about vowels and consonants, syllables and stress.

Текст научной работы на тему «FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FONETIKA BO'LIMINI O'RGATISHDA INTERFAOL METODLARNING

AHAMIYATI Egamberdiyeva Vazira G'ulomovna

Guliston davlat universiteti akademik litseyi. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.7423790 Annotatsiya. Akademik litseyda ona tili fani chuqurlashtirib o'tiladigan guruhlardagina fonetika bo'limi uchun dars soatlari ajratilgan.Fonetika bo'limi uchun ona tili namunaviy o'quv dasturida 12 soat berilgan bo'lib,bunda o'zbek tilining tovush tizimi, unli va undoshlarning ifodalanishi,ularning talaffuzi va imlosi haqidagi ma'lumotlarni berish rejalashtirilgan.Mavzularni o'quvchilarga yetkazishda interfaol metodlardan foydalanish o'quvchilarning ham erkin, ham yangicha fikrlashlariga katta yo'l ochib beradi.Dars mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga mavzuni tushuntirish bilan birga fonetik xodisalarni yaxshi ajratish,unli va undoshlar,bo'g'in va urg'u haqida ma'lumotga ega bo'lishiga erishish maqsad qilingan.

Kalit so'zlar: fonetika, tovush,unli tovush, undosh tovush,tasnif, vokalizm, konsonantizmjarangli vajarangsiz undoshlar ЗНАЧЕНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ФОНЕТИКИ Аннотация. В академическом лицее отделение фонетики выделяется только в группах, где углубляется наука о родном языке.На отделение фонетики отводится 12 часов в типовом учебном плане родного языка, в котором изучается звуковой строй узбекского языка, дается выражение гласных и согласных., планируется предоставить информацию об их произношении и правописании.Использование интерактивных методов в донесении темы до учащихся открывает отличный способ для учащихся свободно и по-новому мыслить.Это направлен на достижение хорошего разделения, знаний о гласных и согласных, слогах и ударении.

Ключевые слова: фонетика, звук, гласная, согласная, классификация, вокализм, консонантизм, звонкие и глухие согласны

THE IMPORTANCE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE

DEPARTMENT OF PHONETICS Abstract.In the academic lyceum, the phonetics department is allocated only in the groups where the science of the mother tongue is deepened. For the phonetics department, 12 hours are given in the model curriculum of the mother tongue, in which the sound system of the Uzbek language, the expression of vowels and consonants are given. , it is planned to provide information about their pronunciation and spelling. The use of interactive methods in conveying topics to students opens a great way for students to think freely and in a new way. It is aimed to achieve good separation, knowledge about vowels and consonants, syllables and stress.

Keywords: phonetics, sound, vowel, consonant, classification, vocalism, consonantism, voiced and unvoiced consonants

Kirish.

Akademik litseyda ta'lim olayotgan o'quvchilarga dars mashg'ulotlarida berilayotgan bilimlar, ma'lumotlar ularning kundalik turmush tarzi, faoliyati bilan bog'lansa, amaliy zarurat o'laroq singdirilsa, ta'lim ular uchun tom ma'nodagi hayotiy ehtiyojga aylanadi. Ehtiyojga aylanmagan ta'lim quruq axborotni olishga zo'rlaydigan majburiyatga aylanadi. O'quvchilar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

nima uchun bilim olayotganliklarini, u hayotda qachon, qayerda va qay shaklda kerak bo'lishini bilishlari, his qilishlari lozim. Shundagina ilm olishga ongli intilish, tabiiy ishtiyoq paydo bo'ladi. Ona tili faninig bo'limlarini o'qitishda eng katta kamchilik ham bu bolalarga ma'lumot va qoidalarning quruq yodlatilayotganligidadir.Fonetika bo'limi akademik litseyda ona tili chuqurlashtirib o'qitiladigan guruhlarda 1-kursda o'qitiladi. O'qituvchi har bir til bo'limni o'qitishga kirishishdan avval, o'quvchiga ushbu bo'lim nima uchun o'rganilishi kerakligini aniqlashtirib olishi darkor. Nutq tovushlari tizimini o'rganishni boshlashdan oldin "Nima uchun bu bo'limini o'rganamiz?" yoki "Fonetikani o'rganish bizga nima beradi?" qabilidagi savollar qo'yilib, mushohadaga chorlansa o'rinli bo'ladi.

Tadqiqot ob'ekti va qo'llanilgan metodlar.

Tadqiqot ob'yekti sifatida "Fonetika bo'limi"ni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari asos qilib olindi. "Fonetika" bo'limini o'quvchilarga o'rgatishda imlo qoidalari va leksikologiya bo'limi bilan bog'liqlikda o'qitish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Akademik litseylarda fonetika bo'limi uchun ajratilgan vaqt orasida unli va undosh tovushlar tasnifini,qator va qo'sh undoshlarni, nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifasini anglashi va izohlay olishi maqsad qilib qo'yilgan. Fonetik hodisalar (tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovush almashishi) ni o'rgatishda,mavzu yuzasidan mashqlarni va testlarni tahlil qila olishi maqsad qilib qo'yilgan.

Olingan natijalar va ularning tahlili :

Fonetika bo'limidan unli tovushlarning qo'llanishini o'rganishda "Konseptual jadval", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Insert", "BBB" va shu kabi bir qancha interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish mumkin.

"Konseptual jadval"- grafik organayzeri o'rganilayotgan mavzuni ikki va undan ortiq jihat bo'yicha taqqoslash va tizimli mushohada qilish, ma'lumotlarni bir tizimga solish ko'nikmasini shakllantiradi. O'quvchilar unli tovushlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lgach, konseptual jadvalni quyidagi shaklda qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Og'izning ochilish darajasiga ko'ra Yuqori tor i,u

O'rta keng yoki o'rta tor e,o'

Quyi keng yoki quyi tor a,o

2. Lablarning ishtirokiga ko'ra Lablangan unlilar i,e,a

Lablanmagan unlilar U, o',o

"Klaster" - ma'lumotlar xaritasini jamlash usuli hisoblanib,mavzu mohiyatini markazlashtirish va ochish uchun bir markaz atrofiga g'oyalar yig'iladi,umumlashtirilib, ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkonini beradi. Bu metod yordamida o'quvchi bilan yakka tartibda yoki guruh bo'lib ishlash mumkin.

Fonetika bo'limidan "Urg'u tushmaydigan birliklar" mavzusi bo'yicha "Klaster" tuzish uchun sinf doskasi yoki katta qog'oz varag'I kerak bo'ladi. Markazga "Urg'u tushmaydigan birliklar" kalit so'zi yoziladi. Kalit so'z atrofiga urg'u olmaydigan birliklar yozib chiqiladi va chiziq bilan "bosh" so'zga bog'lanadi.

"Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" (BBB) usuli orqali mavzuni o'quvchilar qay darajada bilishlarini ,dars davomida qanchalik mavzuni o'zlashtirganini va o'qituvchidan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlar kutganini aniqlashtirib olish mumkin bo'ladi.O'quvchilarga "Undoshlar tasnifi" mavzusi bo'yicha o'z bilim darajasini baholash imkonini beradi. Bu usulni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'llashda guruhda yakka tartibda yoki jamoa bo'lib ishlash mumkin. Dars boshlashdan oldin o'quvchilarga mavzu aytiladi va mavzu yuzasidan o'zlari uchun tanish bo'lgan ma'lumotlarni yozish topshiriladi.Ma'lumotlarni yozib bo'lgach , o'quvchilarga mavzu yuzasidan yana qanday ma'lumotlarni o'rganishni istashlarini yozish topshiriladi.Bu ma'lumotlar dars oxirida umumlashtiriladi. "Bilib oldim " qismida undoshlar yuzasidan o'zlari uchun yangi deb hisoblagan ma'lumotlarni yozadi.Bizga ma'lumki, maktab darsligida undoshlar faqat hosil bo'lish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi.Shu sabali hosil bo'lish usuli ,ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra turlari,sonor undoshlar haqidagi ma'lumotlar o'quvchilar uchun yangi ma'lumot hisoblanadi.

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

Til undoshlarini Lab undoshlarini Sonor undoshlar haqida Undoshlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari haqida Sonor undoshlarni Portlovchilarni Sirg'aluvchilarni Qorishiq undoshlarni

"Venn diagrammasi"dan "Undoshlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari" mavzusida undoshlarning hosil bo'lishida ular o'rtasidagi farqli tomonlar va o'zaro o'xshashliklarni belgilashda foydalanish mumkin, masalan, diagramma asosida quyida berilgan ko'rinishda "B" va "P" undoshlarining o'ziga xos xususiyatlari va ular uchun umumiy jihatlarni ifodalash mumkin:

"B" va "P" undoshlari uchun birlashtiruvchi belgi bu undoshlarning portlovchi va lab -lab undoshligi bo'lsa, farqlovchi belgisi "B" undoshining jarangli ekanligi,"P" undoshining jarangsiz undoshligi hisoblanadi.

Fonetika bo'limini o'rganishda "Insert jadvali" usulidan foydalanish ham yaxshi natijalar

beradi.

IZOH:

"V" - men bilgan ma'lumotlarga mos;

"-" - men bilgan ma'lumotlarga zid;

"+" - men uchun yangi ma'lumot;

"?" - men uchun tushunarsiz yoki ma'lumotlarni aniqlash, to'ldirish talab etiladi.

Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi;

- mustaqil o'qish, ma'ruza tinglash jarayonida olinadigan ma'lumotlarni bir tizimga keltirish imkonini beradi;

- oldindan olingan ma'lumotni yangisi bilan o'zaro bog'lash qobiliyatini shakllantiradi.

"Insert"dan " Undoshlar tasnifi" mavzusida quyidagicha foydalanish mumkin:

V (Men bilgan ma'lumotlarga mos) + (Men uchun yangi ma'lumot) (Men bilgan ma'lumotlarga zid) ? (Men uchun tushunarsiz yoki ma'lumotni aniqlash, to'ldirish talab etiladi)

O'zbek tilida undoshlar soni 23 ta Tasnifda dj undoshi mavjudligi Undoshlar 3 tomonlama tasnif qilinadi Undoshlar tasnifini to'liqroq tushunishni istayman

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa:

Shu tarzda undoshlarning o'rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning tushunchalarini aniqlashda, ularning o'z bilimlarini boyitishga bo'lgan ehtiyojlarini oshirishda yordam beradi.Shuningdek, ular mavzuga oid ma'lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi. Umuman olganda, interfaol metodlar ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish va ro'yobga chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Mahmudov N. va boshqalar."Ona tili" (o'rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi va O'MKHT muassasalari o'quvchilari uchun darslik), "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi". - T.: 2017.

2. Mehgliyev B.va boshqalar. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 10-sinfi uchun darslik. 2-qism.-T.: "O'qituvchi" . 2020.

3. MahmudovN.va boshqalar."Ona tili" (o'rta ta'lim muassasalarining 11-sinfi va O'MKHT muassasalari o'quvchilari uchun darslik). - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi". 2017.

4. Mehgliyev B.va boshqalar. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 10-sinfi uchun darslik. 2-qism. - T.: "O'qituvchi". 2020.

5. Nurmonov A.va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili (1-3-qism) . - T.: "Ilm ziyo". 2010.

6. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili (5-sinf uchun darslik). - T.: "G'afur G'ulom " 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.