Научная статья на тему 'FIZIKANI O‘QITISHDA MASALALARNING AHAMYATI'

FIZIKANI O‘QITISHDA MASALALARNING AHAMYATI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
540
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
masala yechish / mantiqiy fikrlash / sodda masalalar / murakkab masalalar / savol masalalar / miqdoriy masalalar / matnli masalalar.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Tursunboyev Olmos Vaxob O‘g‘li

Ushbu maqolada fizikadan masalalar turlari, masalalarning klassifikatsiyasi, yechilish usullari haqida malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKANI O‘QITISHDA MASALALARNING AHAMYATI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

FIZIKANI O'QITISHDA MASALALARNING AHAMYATI

*

>

Tursunboyev Olmos Vaxob o'g'li

Jizzax davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7299594

i*}1 Jf

Annotatsiya: Ushbu maqolada fizikadan masalalar turlari, masalalarning

>

»

klassifïkatsiyasi, yechilish usullari haqida malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: masala yechish, mantiqiy fikrlash, sodda masalalar, murakkab masalalar, savol masalalar, miqdoriy masalalar, matnli masalalar.

Fizika o'qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati kattadir. Masala yechish jarayonida o'quvchilarga bilim berish bilan birga o'quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish,

a ' m it rn lu I nrrrn +nt*mirn Kan n n \rc\Y\t m uni m mnonlnlnr Ito I mlmoHi I7iTi1rnririr\ mnonlnlni*

o'quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar

>

yechish jarayonida o'quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizikaviy hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo'llanilishini chuqurroq anglaydilar.

»

Ko'pgina fizik o'lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsplari bilan tanishadilar va ular bilan ishlash ko'nikma hamda malakalariga ega bo'ladilar. Shuningdek masalalar o'quvchilarda mexnatsevarlik, jur'atlilik, iroda va harakterni tarbiyalaydi.

Ko'pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko'ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo'yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.

Masalalarning klassifïkatsiyasi. Fizikadan masalalar to'plamlarida berilgan

hamma masalalar turli asoslarga ko'ra klassifikatsiyalanadi. Masalan masalalarning murakkablik darajasiga ko'ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko'rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo'lgan holat tavsiflangan masalalar, o'quvchilar ya'ni bilimlar olish uchun J-jt foydalanish mumkin bo'lgan masalalar.

Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektr va boshqa bo'limlarga doir va hakozo bo'lishi mumkin. Bunday bo'linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko'pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo'limlaridagi ma'lumotlardan foydalanamiz.

Shuningdek politexnik mazmunga ega bo'lgan, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga bag'ishlangan, tarixiy harakterdagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan

______i i ______i i _______a •

*

masalalarga klassifikatsiyalanadi.

» ! il i>jt>

^-w-isr88- a I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

Yechish usullariga ko'ra: masalalarni sifat, eksperimental, grafik va ijodiy

masalalarga bo'linadi. Bunday bo'linish ham shartlidir, chunki eksperimental masalalarni yechishda og'zaki mulohazalardan ham, grafikdan ham, hisoblash

---... — — ...—------* —' &------—* —' —

ishlaridan ham foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har bir mazmuni va

•m-4 j

murakkabliligi jihatidan xilma- xildir. Bu masalalarning yechimlari aniq bir maqsadga qaratilgan bo'lib, aniq yechilish usullariga ega. Bu masalalarning har bir turlari uchun alohida adabiyotlar mavjud. Shunday bo'lsada, bu masalalar

ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz [1, B. 37-38].

Fizik masalalar o'z mazmuni va didaktik maqsadlari bo'yicha xilma-xildir. Ularni turli xil jihatlari bo'yicha klassifikatsiyalash mumkin. Fizik masalalar shartlarini ifodalashiga qarab asosan quyidagi to'rtta turga ajratiladi: matnli; eksperimental; grafik; suratli.

O'z navbatida bulardan har biri yana miqdoriy (hisoblash uchun) va sifatiy (savollar tarzida) masalalarga bo'linadi. Shu bilan birga masalalarni yana murakkablik darajalari bo'yicha ham ajratish mumkin: yengil, qiyin, ijodiy va h.k.

Fizikani o'qitish jarayonida ko'pincha matnli masalar keng qo'llaniladi. Bunday masalalarda masala shartlari matn tarzida beriladi. Shuningdek bu usulda yechish masalani yechish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar va fizik doimiylar

»

keltiriladi. Bunday masalalar yechish usuliga qarab hisoblash uchun masalalar (miqdoriy) va savol-masalalarga ajralib ketadi.

Savol-masalalarda biror hisoblashlar (miqdoriy) bajarilmasdan u yoki bu fizik jarayonni tushuntirish, berilgan sharoitda ushbu jarayon qanday kechishini ochib

berish talab qilinadi.

...... . . ... ...........

Ko'pincha bunday masalalar shartida sonlar ko'rinishidagi ma'lumotlar

berilmaydi.

Savol-masalalarda son qiymatlarining berilmasligi o'quvchilarning e'tiborini, jarayonning fizikaviy mohiyatini ochishga qaratish imkonini beradi. Savol-masalalar odatda og'zaki bajariladi.

Bundan grafik material mavjud bo'lgan savol-masalalar mustasno. Masala javoblari ham og'zaki tarzda yoki rasm tarzda bo'lishi mumkin.

Savol-masalalarga savol ko'rinishidagi grafiklar ham juda yaqin turadi. Bunday J-jt masalalarda odatda og'zaki javob beriladi yoki yangi chizma chizilib javob chizma-rasm tarzida ham beriladi.

Bunday masalalarni yechish o'quvchilarda e'tiborlilikni kuzatuvchanlikni va

j "1 > ^^ ^ 1 >

grafikni tushunish bilimdonlikni tarbiyalaydi.

Miqdoriy masalalar bu masalalar shunday fizik masalalarki ularga javobni hisoblashlarsiz topib bo'lmaydi. Bunday masalalarda sifatiy tahlil ham muhim, ammo bunda asosiy e'tibor hisoblashlar bilan, jarayonning miqdoriy xarakteristikalari bilan olib boriladi.

"-w-isr88- ft j

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

Miqdoriy masalalar murakkablik darajasi bo'yicha qiyin va sodda masalalarga

ajratiladi.

Sodda masalalarga qiyin tahlillar talab qilmaydigan, hisoblashlari ham sodda bo'lgan masalalar kiradi. Bularda bitta yoki ikkita harakat amalga oshiriladi. Miqdoriy masalalarni yechishda turli xil usullar ishlatilishi mumkin: algebraik, geometrik, grafik [2, B. 47-48].

Masala. 15 dona qarag'ay g'o'lasidan yasalgan sol chuchuk suvda eng ko'pi bilan qancha yuk ko'tara oladi? Har bir g'o'laning hajmi 0,4m .

Bu masala Arximed qonuniga tegishli ekanligini tushungach, yuqorida aytganimizdek masalani savollar yordamida yecha boshlaymiz.

1. Sol g'o'lalarining umumiy hajmi qancha? ' V=0,4-15 = 6m3 Vsol= 6 m3.

2. Solning massasi qancha? Jadvaldan 1m3 yog'ochning massasi 500kg ekanini

moi

topamiz. Msol = 500Щ ■ 6m3 = 3000kg Msol=3000 kg

m

3. Solning og'irligi qancha?

N

P = 9,8— ■ 3000kg = 29400N Psol= 29400 N kg

4. Sol suvga butunlay cho'ktirilganda siqib chiqarilgan suvning massasi qancha? Jadvaldan 1 м3 suvning massasi 1000kg ekanligini topamiz.

M.....= 1000 -Л ■ 6m3 = 6000kg M. = 6000 kg

M suv = 1000-y ■ 6mJ = 6000kg Msuv= 6000 kg m

5. Siqib chiqarilgan suvning og'irligi qancha? ^[ PsuvB = 6000kg ■ 98— = 58800N Psuv = 58800 N yß^;

6. Yukning og'irligi Fyuk=58800N-29400N=29400N

^Лф Fyuk = 29400N Î

Demak, sol 29400 N yukni ko'tara olar ekan [3, B. 93].

î ) • > J+ i >

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kamenskiy S.Ye., P.V.Orexov. Fizikadan masalalar yechish metodikasi.

2. Evenchik.Ye., Shamin S.Ya., Orexov V.A. O'rta maktabda fizika

o'qitish metodikasi.

3. Т. Ризаев, Б.Нуриллаев. Физикадан масалалар ечиш методикаси.

тдоу.

4. www.ziyouz.com

! Й> Щ >

♦ ¡>

>q ] i )> >

а > j

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.