FIZIKANI O'QITISHDA KEYS-STADI METODINING YECHIMI VA
TAHLIL QILISH VARIANTI
Namozova Nilufar
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya yo'nalishi talabasi
Gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Keys-stadi inglizcha case - aniq vaziyat, study - ta'lim so'zlarining birikuvidan hosil qilingan bo'lib, aniq vaziyatlarni o'rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta'lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta'lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o'rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o'quv jarayonida ma'lum bir maqsadga erishish yo'li sifatida qo'llanilsa, metod xarakteriga ega bo'ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma'lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o'zida aks ettiradi.
Kalit so'zlar: Keys-stadi, massa, massani aniqlash, hajm, tojning hajmini aniqlash, zichliksof oltin va tojning zichliklarini taqqoslash
KIRISH
Keys-stadidagi asosiy muammo
Tojni sindirmasdan uning sof oltindan yasalganligini aniqlash.
Muammoli vaziyatni yechish yo 'llari:
1. Keys- stadi va uning axborot ta 'minoti bilan tanishamiz.
Avvalo keys-stadi bilan tanishib chiqamiz. Unda yechilishi lozim bo'lgan muammoni aniqlash uchun bor bo'lgan butun axborotni diqqat bilan o'qib chiqamiz. Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz.
2. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.
- vaziyat tojni massasi, hajmi va yuqoridagilar asosida uning zichligini aniqlash muammosi.
3. Muammoli vaziyatning tahlili.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Masalani yechish uchun zarur bo'lgan fizik kattaliklarni aniqlab o'tamiz
1. massa, 2. massani aniqlash, 3. hajm, 4. tojning hajmini aniqlash, 5. zichlik
1. sof oltin va tojning zichliklarini taqqoslash
Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo'lgan muammoning barcha yechimlarini topamiz:
Muammoli vaziyat Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
Tojni sindirmasdan uning sof oltindan yasalganligini aniqlash. Shoh uchun ustaga nisbatan ishonchsizlik Arximed uchun toj juda ham murakkab shaklli bo'lganligi uchun uning hajmini aniqlash. Shoh uchun Arximedga topshiriq berish. Arximed uchun tojni hajmini aniqlab, hajmni toj massasiga bo'lib uning zichligini aniqlash va sof oltinni zichligi bilan taqqoslash.
4.O'tkazilgan tahlillar va natijalar
Arximedga jismlarning bir jinsliligini, ularning zichliklari ya'ni massalarini hajmlariga nisbati orqali solishtirish usuli ma'lum. Asosiy muammo tojning shakli juda ham murakkab bo'lganligi uchun uning hajmini aniqlashdan iborat. Arximedga berilgan muddatgacha hajmni aniqlash masalasi murakkablik qildi. U toj hajmini aniqlash uchun usul topa olmadi. Hammomda jismlar suvga botirilganida o'z hajmiga teng bo'lgan suvni siqib chiqara olishini kashf qilganidan so'ng hajm muammosini hal qiladi.
- tojni suvga botirib uning hajmini aniqlaydi;
- tojning massasini tarozi orqali aniqlaydi;
- toj massasini uning hajmiga bo'lib tojning zichligini aniqlaydi;
- sof oltinni suv orqali hajmini aniqlaydi;
- sof oltin massasini tarozi orqali aniqlaydi;
- sof oltin massasini hajmga bo'lib uning zichligini topadi.
"Arximed va oltin toj afsonasi" mavzusini keys - stadi metodini asosida o 'quvchilarga tushintirish
Mavzu: "Arximed va oltin toj afsonasi "
Keysning asosiy maqsadi: Arixmed afsonasi yordamida talabalarda, massa, hajm, zichlik tushunchalarini yetkazish va ularni aniqlash usullarinini o'rgatish.
O'quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
• massa, hajm, zichlik tushunchalarini o'rganadi.
• jismning massasi, hajmi va zichligini aniqlash usullarini o'rganadi.
• muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
Massani o'lchash, oddiy shakllarning hajmini aniqlash.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o'rganadi;
- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
- o'quv ma'lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma'lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo'lib, hayotiy vaziyatlar
asosida bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxs va tajribaga yo'naltirilgandir. Bu tashkiliy institusional keys bo'lib, ma'lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi qisqa, tizimlashtirilgan bo'lib, treningga mo'ljallangan o'quv mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko'ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan fizika fanini o'qitishda foydalanish mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Fizika fani tabiat bilan chambarchas bog'langan aniq fanlar tukumiga kirib, u qamrab olgan barcha bo'lim va mavzular hayotiy hodisalarga asoslanadi. Fanning qonuniyatlari va tushunchalari aksariyat xollarda tajriba asosida asoslab beriladi. Shuningdek bu tajriba mavzularini hayotiy hamda qiziqarli tarzda tanlash maqsadning natijasiga tez yetishtiradi. Keys uchun tanlangan mavzu ham talabalar uchun juda qizirqarli bo'lib, mavzu asosida ular massa, hajm va zichlik tushunchalariga ega bo'lib, ularni hayotda qo'llash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
• o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlash;
• muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko'nikmalarni qayta topshirish;
• mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
• mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallash;
• o'quv axborotlarini o'zlashtirish darajasini tekshirib ko'rish.
Arximed va oltin toj afsonasi (Muammoli vaziyat).
Ish bosqichlari Maslahatlar va tavsiyanomalar.
1. Keys-stadi va uning axborot ta'minoti bilan tanishish Avvalo keys bilan tanishing. Arximed va oltin toj afsonasi haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo'lgan butun axborotni diqqat bilan o'qib chiqish lozim. O'qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish Ma'lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o'qib chiqing. Tojning sofligini aniqlashdagi asosiy muammo nimada ekanligini aniqlang.
3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy muammo: Tojning sof oltindan yasalganligini uni sindirmasdan aniqlash.
4.Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan "Muammoli vaziyat" jadvalini to'ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko'rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to'ldiring. Keys- stadi bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
Arximed yashagan mamlakat shohi, sof oltindan yasalgan tojga ega bo'lish maqsadida, misgar ustani chaqirib unga ma'lum og'irlikdagi sof oltinni beradi, shu og'irlikdagi tojni yasab berishini vazifa qilib qo'yadi. Usta tojni olingan oltin miqdoriga mos yasab keladi. Shohda esa ustaga nisbatan shubha uyg'onadi. Tojning og'irligi berilgan oltin miqdoriga teng bo'lgani bilan uning ichiga boshqa material aralashtirilib oltindan o'g'irlab qolinmaganmi? Ushbu muammoni yechish uchun u zamonasining yetuk olimi Arximedni chaqirib, tojni sindirmasdan uning sof oltindan yasalganligini aniqlash vazifasini qo'yadi.
Amaliy vaziyatni bosqichma - bosqich tahlil qilish va hal etish bo'yicha talabalarga uslubiy ko 'rsatmalar (Talabalarga yo'riqnoma)
"Muammoli vaziyat" jadvalini to'ldiring
Vaziyatdagi muammolar turi Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
Keys- stadi bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi
Keys - stadi uchun yozma ish talablari
1. Ish A4 standartdagi varog'ning bir tomonida (2-varog'dan oshmagan holda) tezis shaklida yozilishi kerak.
2. Yozma ishni jihozlash tartibi:
- birinchi betda, o'ng tomonda talaba ismi, sharifi va guruhini yozishi kerak;
- varog'ning markazida keysning mavzusi yoziladi;
- keyin esa keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida yoziladi
Keys-stadida vaziyat tavsifi va axborot ta'minoti har xil hajmda bo'lishi (bir varog'dan bir necha yuz varog'gacha), tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo'lishi, axborot ko'pligi darajasi ham o'zgarishi mumkin bo'lgan - tahlilga aloqasi bo'lmagan ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qilish vaqtida:
• taklif etilayotgan axborotlarni ko'rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang;
• vaziyatni tor istiqbolda ko'rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g'oyib bo'lishi mumkin;
• harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so'ng shakllantiring
2.5. Keys- stadi bilan ishlash jarayonini auditoriyadan tashqari mustaqil bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko'rsatkichlari .
Talabalar ro'yxati Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot obyekti aniqlangan max. 6 b Muammoli va-ziyatning ke-lib chiqish sa-bablari aniq ko'rsatilgan max. 4 b Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari Aniq ko'rsatilgan max. 10 b Jami max.20 b
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko'rsatkichlari
Guruhlar ro'yxati Guruh faol max. 1 b Ma'lumotlar ko'rgazmali taqdim etildi max. 4 b Javoblar to'liq va aniq berildi max. 5 b Jami max. 10 b
1
2
3
8-10 ball - a'lo, 6- 8 ball - yaxshi, 4- 6 ball - qoniqarli, 0 -4 ball - qoniqarsiz
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
/1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo'lmog'i lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog'i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo'yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchra-masligi haqida ogoxlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilish-lari, o'qituvchi ularga yo'riqnoma berishi lozim.
\6. Nima bo'lganda ham muloqotda bo'ling, o'z fikringizni namoyon eting.
YAKUNIY XULOSA
Agar tojning zichligi sof oltin zichligiga teng bo'lsa, toj sof oltindan yasalgan bo'ladi. Tekirish shuni ko'rsatadiki, zichliklar bir xil chiqmaydi va usta shohni aldaganligi ma'lum bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Bordovskiy G.A.,Izvozchikov V.A.Novtie texnologii obucheniya: voprosti terminologii// J. Pedagogika.-M.,1993. -№5.
2. Guzeyev V.V. Planirovaniye rezultatov obrazovaniya i obrazovatelnaya texnologiya // J.. Narodnoye obrazovaniye.-M.,2000.
3. Golish. Ta'limning faol metodlari: mazmuni, tanlash, amalga oshirish. Ekspress-qo'llanma. Toshkent, 2001., 66 b.
Ishmatov Q. O'qitishning interfaol texnologiyasi. Metodik qo'llanma. Namangan, 2007. 25 b.