Научная статья на тему 'FIZIKA FANINI O’QITISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARDAGI FANLARARO INTEGRATSIYA'

FIZIKA FANINI O’QITISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARDAGI FANLARARO INTEGRATSIYA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / didaktika / kompetensiya / integratsiya / mahorat / ijodkorlik / kreativlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mengliyeva Anora Narzullo Qizi, D.I.Kamalova

Ushbu maqolada pedagogik kompetensiyalarda fanlararo integratsiya hamda pedagogik kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANINI O’QITISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARDAGI FANLARARO INTEGRATSIYA»

FIZIKA FANINI O'QITISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARDAGI

FANLARARO INTEGRATSIYA 1Mengliyeva Anora Narzullo qizi, 2D.I.Kamalova

1"Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi" (Fizika) mutaxassisligi magistranti, Navoiy davlat

pedagogika instituti 2Ilmiy rahbar, t.f.d. (DSc), prof., Navoiy davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10991656

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik kompetensiyalarda fanlararo integratsiya hamda pedagogik kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogika, didaktika, kompetensiya, integratsiya, mahorat, ijodkorlik, kreativlik.

Ushbu maqolada pedagogik kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi. Kompetentlik quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, bilim, ko'nikma, malakalarni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

a) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

c) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

f) kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish;

g) shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

h) texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish;

i) ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan) da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

Ushbu kompetensiyalar orasida bir-biri bilan chambarchas bog'langan, ta'lim jarayonida birgalikda qo'llaniladi. Ular o'z navbatida fanlar bilan ham bog'langan. Masalan, shaxsiy

kompetentlikni rivojlantirishda mutaxasis fizika fanini chuqur bilishi uchun o'z ustida tinimsiz ishlaydi. O'z ustida ishlash davomida bo'lajak pedagog masala yechish darslarida foydalanish uchun fizika fani bilan bir qatorda matematik hisob-kitoblarni bilishi, chizmalarni to'g'ri, aniq ravishda ifodalay olish texnikasini ham egallaydi.

Bundan tashqari, masalaning shartini o'qish mobaynida masaladagi hodisa-jarayonni tasavvur qilish orqali falsafiy (falsafa - shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oyalar, qarash hamda ta'limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga qaratilgan fan sohasi) fikr yuritadi.

Bo'lajak pedagogning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda ya'ni uning ta'lim jarayonida o'quvchilarga bo'lgan samimiy muloqotini shakllantirishda sotsiologiya (ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim tarbiya jarayonining ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etishga qaratilgan fan).

O'z-o'zini baholash darajasi shaxsning o'z-o'zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o'z-o'zini baholash ko'rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O'zini o'zi oshirib yoki pasaytirib ko'rsatish o'z-o'zini baholash ko'rsatkichlarining noto'g'ri bo'lishiga olib keladi. Oliy ta'lim muassasalari pedagoglarining kasbiy kompetentlik haqida so'z yuritishdan avval "mahorat" va "pedagogik mahorat" tushunchalarining mohiyati bilan ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Mahorat ("mahorat" - mohirlik, ustalik, epchillik) - bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o'ta mohirlik bilan bajarish.

Pedagogik mahorat - pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub'ektiv jihatdan o'ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligiPedagogning mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko'rinadi. Shu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda ustuvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo'lishi, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim. Ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi bo'lgan pedagogning pedagogik mahorati uni ng shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqei, u tomonidan pedagogik texnikaning etarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi. Pedagogik mahoratning asosini pedagogik bilimdonlik tashkil etadi.

Pedagogik bilimdonlik - pedagogning kasbiy faoliyatni mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me'yor va standartlarga muvofiq tashkil etishga bo'lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi. Bilimdon pedagog mutaxassis sifatida pedagogik jarayon va munosabatlarni maqsadga muvofiq samarali shakl, usul hamda vositalarini etarli darajada o'zlashtira olgan bo'lishi zarur. Quyidagi sifatlar bilimdon pedagogga xos sanaladi.

Bilimdon pedagogga xos sifatlar:

- ijtimoiy subyektlar bilan o'zaro aloqada, madaniy muloqotda bo'lish;

- mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha axborotlarni izlash, topish, ularni ta'lim mazmuniga tayangan holda qayta ishlash va kasbiy faoliyat jarayonida - ulardan samarali foydalana bilish;

- o'quv axborotlarini talabalarga yetkazib bera olish;

- pedagogning kasbiy bilimdonligida talaba bilan subyektiv munosabat o'rnata olish; pedagogik jarayonlar mohiyati, pedagogik voqelikni izchil idrok qila bilish;

- jahon pedagogik madaniyati asoslarini hamda milliy pedagogik tajribani o'rganish, ularni integratsiyalashtirish asosida o'z faoliyatiga tadbiq etish;

- innovatsion yangiliklar bilan doimiy xabardor bo'lish;

- shaxsiy tajribalarni umumlashtirish va talabalarga uzatish; kasbiy fidoiylik hamda pedagogik texnologiyalarni egallash borasidagi BKMning o'zlashtirilganligi namoyon bo'ladi.

Pedagogik bilimdonlik negizida, yana shuningdek, pedagogik refleksiya (lot. "reflexio" -ortga qaytish, aks etish) ham ko'zga tashlanadi. Manbalarda "refleksiya" tushunchasi "kishining o'z xatti-harakatlari va ularning asoslarini tushunib etishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati", "shaxsiy kechinmalari, his-tuyg'ulari va o'y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash" sifatida talqin etiladi.

Pedagogik refleksiya - pedagogning shaxs ongi mohiyati, vazifalari, qadriyatlari, qiziqishlari, rag'batlantiruvchi omillar, fikrlash, idrok, qarorlar qabul qilish, hissiy ta'sirlanish, xatti-harakatlari va boshqalarning mohiyatini anglab etishi. Pedagog faoliyatida uning odobi ham yaqqol aks etadi. Qolaversa, pedagogik odob ta'lim va tarbiya jarayonlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi muhim talab hamda omillardan biri sanaladi.

Pedagogik odob - pedagog oldiga uning o'ziga, kasbiga, jamiyatga, talabalarga va o'quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga munosabatda bo'lishiga nisbatan qo'yiladigan axloqiy talablar tizimi. Mazkur talablar pedagog tomonidan tashkil etiladigan pedagogik mehnat faoliyat jarayonini boshqaruvchi muhim omil hisoblanadi. Pedagog odob talablarining tizimi pedagog tomonidan kasbiy burchni ado etish, jamiyat, pedagogik jamoa va talaba oldidagi axloqiy majburiyatlarini bajarishida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik odobga qo'yiladigan talablar - o'qituvchi tomonidan tashkil etiladigan pedagogik mehnat, faoliyat jarayonida bajarilishi shart bo'lgan vazifalarPedagogik odob talablarining tizimi o'qituvchi tomonidan kasbiy burchni ado etish, jamiyat, pedagogik jamoa va talaba oldidagi axloqiy majburiyatlarini bajarishida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik odob pedagogik axloq va pedagogik jarayonda namoyon bo'ladigan axloqiy qadriyatlar kabi asosiy kategoriyalarning mohiyatini yoritishda etakchi o'rin tutadi. Pedagog faoliyatida ham barcha umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlar etakchi o'rin tutadi. Shunday bo'lsa-da, pedagogik odob sirasida pedagogik qarashlarni, pedagogik faoliyat va munosabatni ifodalovchi muhim kategoriyalar asosiy o'rinni egallaydi. Pedagogik odobning asosiy shakllari quyidagi mazmunga ega:

1. Kasbiy-pedagogik burch. Ezgulik va yovuzlik, adolat va adolatsizlik, to'g'riso'zlik va yolg'onchilik, rahmdillik va shafqatsizlik, ko'ngli oqlik va ko'ngli qoralik, vatanparvarlik va vatanfurushlik, tinchlik va urush kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar insonlar hayoti, turmush tarzi va xatti-harakatlarida o'ziga xos o'lchov bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda ham pedagog ushbu qadriyatlarni ulug'lay olishi, ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi lozim. Shuningdek, har bir pedagog kasbiy-pedagogik burchini to'la anglay olishi, uni ado etish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil eta bilishi zarur. Pedagog tomonidan jamiyat, uning a'zolari, pedagogik va talabalar jamoasi oldida qanday vazifalarni bajarishi zarurligini, kasbiy-pedagogik burchni bajarishda qanday tamoyillarga tayanishni aniq belgilab olinishi ham shaxs, ham mutaxassis va fuqaro sifatida o'z mavqeini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratadi. Agarda u o'z kasbiy faoliyatini mavjud axloqiy tamoyillarga muvofiq tashkil eta olsa, u holda o'z-o'ziga bo'lgan hurmati ortadi, o'z kuchiga ishonch paydo bo'ladi. Bu esa pedagogni yangidan yangi yutuqlarni qo'lga kiritishga rag'batlantiradi. Agarda bordi-yu, pedagog kasbiy-pedagogik burchini anglasada, biroq, uni mavjud axloqiy talablarga muvofiq tashkil eta olmasa, u holda, eng avvalo, o'ziga bo'lgan hurmatni yo'qotadi, o'zini shaxs sifatida yuqori baholay olmaydi.

2. Pedagogik adolat. "Adolat tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo'lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga rioya

qilishlikni bildiradi". Qolaversa, adolat insoniy qadr-qimmat bilan uning jamiyat tomonidan tan olinganligi, mavjud axloqiy qoida va majburiyatlar o'rtasidagi o'zaro mutanosiblikni tavsiflashga xizmat qiladi. Pedagogik adolat o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, u pedagogning pedagogik jarayonga obyektiv, haqqoniy yondasha olishi, uning talabalar hulq-atvorini jamoa oldidagi xizmatlariga muvofiq baholash olishdagi axloqiy tarbiyalanganlik darajasi (ezgu ishlari, qat'iyati, jiddiyligi, insoniyligi)ni ifodalaydi.

3. Pedagogik majburiyat (pedagogik deontologiya). Pedagogik odobning muhim kategoriyalaridan biri bo'lgan - pedagogik majburiyat tushunchasida jamiyat tomonidan o'qituvchi shaxsiga, u tomonidan bir qator pedagogik majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan qo'yiladigan talab va axloqiy yo'l-yo'riq, ko'rsatmalarni o'zida jamlaydi. Pedagog kasbiy faoliyatni tashkil etishda quyidagi majburiyatlarni bajara olishi zarur: muayyan mehnat vazifalarini, asosan, aqliy mehnat vazifalarini amalga oshirish; talabalar, ularning ota-onalari, hamkasblar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etish; tanlagan kasbiga, talabalar va pedagogik jamoaga hamda jamiyatga bo'lgan shaxsiy munosabatini chuqur anglash. Pedagogik majburiyatlar sirasida, yana shuningdek, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy munosabatda bo'lish, o'ziga nisbatan talabchanlik, kasbiy bilimlarini boyitib va pedagogik malakasini oshirishga intilish, talabalar va ularning ota-onalari bilan o'zaro hurmatga asoslangan va talabchan munosabatni o'rnatish, murakkab pedagogik nizolarni ijobiy hal qilish ko'nikmalarini o'zlashtirish kabilarni ham ko'rsatish zurur.

4. Pedagogik obro'. Pedagogning pedagogik obro'ga ega bo'lishi u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyat samaradorligini kafolatlaydi.

Yuqorida bayon etilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, pedagogik kompetentlik orqali ta'lim sifatini yanada takomillashtirish mumkiin.

REFERENCES

1. D.I.Kamalova, Sh.M.Mansurova, M.E.Omonboyeva. "Technique of laboratory works in physics using information technologies". "Science and education". July. 2020. Volume 1. Issue 4. pp. 145-148.

2. D.I.Kamalova, M.A.Quvvatova, G.V.Mardonova. Современные методы преподавания и проведения лабораторных занятий в педагогических вузах. International scientific-online conference "Innovation in the modern education system". Washington, USA. Part 12. November 25. 2021. pp. 207-211.

3. D.I.Kamalova, Y.O'.Mardanova. The role of pedagogical competencies in improving technical knowledge of students in the higher education system. International scientific-online conference "Innovation in the modern education system". Washington, USA. Part 12. November 25. 2021. pp. 434-437.

4. D.I.Kamalova, L.X.Turabova. "Fizika fanini o'qitishda elektron o'quv qo'llanmalardan foydalanishning ahamiyati". "Polish science journal" International scientific journal. Warsaw, Poland. Issue 4(37). April. 2021. pp. 222-225.

5. L.N.Muzaffarova, D.I.Kamalova. "Связь математики с естественными науками". "Science and education". April. 2021. Volume 2. Issue 4. pp. 593-603.

6. D.I.Kamalova, Y.O'.Mardanova. "Elektron ta'lim muhitida talabalarning texnik bilimlarini rivojlantirishda pedagogik kompetensiyalardan foydalanish". "Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent. 4-5 noyabr. 2021. 321-324 bet.

7. D.I.Kamalova, Y.O'.Mardanova. "Nutzung pädagogischer kompetenzen beim entwicklung technischen wissens von studierenden im e-learning-umfeld". "Berlin Studies" transnational journal of science and humanities. Germany. Volume 1. Issue 1.5. November. 2021. pp. 405411.

8. D.I.Kamalova, S.O.Hamidova, M.N.Kubayev. Methodology of teaching physics with innovative methods. "Innovative society: Problems, analysis and development prospects" International conference. Germany. February 7. 2022. pp. 168-169.

9. D.I.Kamalova, S.O.Hamidova, O.D.O'rinova, M.E.Omonboyeva. "Elektron o'quv adabiyotlarini ishlab chiqish jarayonlari". "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. November. 2022. pp. 318-321.

10. D.I.Kamalova, I.R.Kamolov, M.E.Omonboyeva. "Methodology of application of innovative educational technologies to the process of physics and astronomy education". "International Journal of Early Childhood Special Education". (INT-JECSE). DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.267 ISSN: 1308-5581 Volume. 14. Issue. 06. 2022. pp. 2144-2146. Web of Science.

11. D.I.Kamalova, M.E.Omonboyeva. "Ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning asosiy prinsip va qoidalari". "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. pp. 1989-1992.

12. D.I.Kamalova, S.O.Hamidova. PISA dasturi - o'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha Xalqaro dastur. "O'qituvchi" ilmiy, uslubiy, metodik va badiiy jurnal. Farg'ona. №7(27). Mart. 2022. 51-54 bet.

13. D.I.Kamalova, O.D.O'rinova, S.O.Hamidova. "Fizika fanini o'qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati". "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. pp. 1745-1747.

14. D.I.Kamalova, M.E.Omonboyeva. O'quv jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. pp. 1974-1977.

15. D.I.Kamalova. "AutoPlay dasturidan foydalanib elektron o'quv uslubiy majmua yaratish va undan ta'lim samaradorligini oshirishda foydalanish". "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. pp. 1978-1981.

16. D.I.Kamalova, S.O.Hamidova, N.Q.Ibragimova. PISA - advantages of the international program. "Science and education" scientific journal. April. 2022. Volume 3. Issue 4. pp. 10511054.

17. D.I.Kamalova, S.N.Abdisalomova. "Zamonaviy innovatsion ta'lim". "Journal of universal science research" International scientific journal. Volume 1. Issue 1. 2023. pp. 187-189.

18. D.I.Kamalova, F.O.Nabiyeva. "O'qitish jarayonida o'quv faoliyatining tarkibi va tuzilishi (Elektromagnetizm bo'limi misolida)". "Ta'lim fidoyilari" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali. №1. 2023. 380-385 b.

19. D.I.Kamalova, S.N.Abdisalomova. "Zamonaviy axborot texnologiyalari". Conference on universal science research 2023. Volume 1. №1. 2023. pp. 76-79.

20. D.I.Kamalova, A.N.Umarova. Zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish. "Ijodkor o'qituvchi" ilmiy-uslubiy jurnali. №34. 5-dekabr. 2023. Toshkent. 67-68 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.