Научная статья на тему 'FIZIKA DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIKA TUSHUNCHASI'

FIZIKA DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIKA TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsion / mumtoz / ideologiya / loyixalash / strategiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamolova Shahlo Qobilovna, Ravshanova Shaxlo Erkinovna

Innovatsion pedagogika bu hozircha norasmiy nomdir, lekin bugun butun jahon mutaxassislari an’anaviy pedagogikaga tanqidiy yondoshmoqdalar. Hozirgi kunlarda paydo bo‘layotgan yangi fan haqida jiddiy gaplar aytilayapti, uning asosiy vazifasi hukmron bo‘lib turgan butun o‘quv tarbiya tizimi nazariyasini innovatsion asosida qayta tashkil etib o‘zlashtirishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIKA TUSHUNCHASI»

FIZIKA DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIKA

TUSHUNCHASI

1Jamolova Shahlo Qobilovna, 2Ravshanova Shaxlo Erkinovna

1Buxoro davlat pedagogika institute, 2Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11115219

Anotatsiya. Innovatsion pedagogika - bu hozircha norasmiy nomdir, lekin bugun butun jahon mutaxassislari an'anaviy pedagogikaga tanqidiy yondoshmoqdalar. Hozirgi kunlarda paydo bo'layotgan yangi fan haqida jiddiy gaplar aytilayapti, uning asosiy vazifasi hukmron bo'lib turgan butun o'quv tarbiya tizimi nazariyasini innovatsion asosida qayta tashkil etib o'zlashtirishdir.

Kalit so'zlar: innovatsion, mumtoz, ideologiya, loyixalash, strategiya.

Аннотация. «Инновационная педагогика» - пока неофитсиалное название, но сегодня спетсиалисти со всего мира критически относятся к традиционной педагогике. Сейчас много говорят о зарождаюшейся новой науке, главной задачей которой является реорганизация и овладение теорией всей образователной системи на новаторской основе.

Клучевиэ слова: новаторство, классика, идеология, дизайн, стратегия.

Abstract. "Innovative pedagogy" is still an unofficial name, but today experts from all over the world are critical of traditional pedagogy. Now there is a lot of talk about the emerging new science, the main task of which is to reorganize and master the theory of the entire educational system on an innovative basis.

Keywords: innovation, classics, ideology, design, strategy.

Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O'zbekiston zaminida keng rivojlanib, O'rta Osiyo hududi dunyo ilm-fan markazi bo'lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur olimlarni yetishtirib berdi. Xususan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo'shgan.

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an'analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O'zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayoni nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi. Ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo'ldi va xorijiy akademiyalar a'zolari bo'lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo'nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o'rin tutdi.

Yurtimizda barcha ta'lim dargohlarida o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularni har jihatdan yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim sohasidagi yangi islohotlar yoshlarga ta'lim berish, o'quv yurtlarini rivojlantirish va zaruriy talab hamda shart-sharoitlarni yaratish borasida qilingan dastlabki ijobiy qadamlar bo'ldi. Kelajakda o'sib kelayotgan avlodni xalqimiz va yurtimiz uchun jonkuyar, fidoiy va malakali mutaxasis qilib tayyorlash muhim o'rin tutadi. Bu bosqichda yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin bo'la oladigan barcha omillar, o'qitiladigan fanlar, ularning dasturlari va o'qitish mazmunlari sifat jihatdan yangilanishni taqozo etmoqda. Bu muammolarni hal etilishi, nafaqat fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalarini o'qitish samaradorligini

oshirishga olib keladi, balki oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan kadrlarni tayyorlashda ham qo'l keladi. Fizik mutaxassislarni tayyorlash tizimida kasbiy kompetensiyalar muhim o'rin egallaydi.

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi majburiy fanlari bo'yicha ta'lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta'lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o'quv jihozlari bilan ta'minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o'rtasida o'zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo'yicha ta'lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilanganligi ko'rsatilgan:

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida fizika fanini o'qitish sifatini oshirish, darsliklar va o'quv qo'llanmalarini takomillashtirish;

fizika fani bo'yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o'qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

ta'lim jarayoniga zamonaviy o'qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;

pedagog kadrlar va o'quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o'rinlar egallashini ta'minlash;

oliy ta'lim muassasalarida fizika fanlarini o'qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta'lim bozorida talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish orqali yoshlarning fizika ta'limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;

fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko'lamini kengaytirish kabi Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari mavjud. Ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish to'g'risida qator fikr va mulohazalar mavjud. Yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda pedagogika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun kasbiy kompetensiya asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta'lim yo'nalishidagi dasturlarning nazariy materialini aniq fizik vaziyatlarni tahlil qilishga qo'llashga o'rgatish; asosiy fizik qonuniyatlarni tajribada o'rganish; o'rganilayotgan kattaliklarning tartibini baholash, olingan natijalarning aniqligi va ishonchlilik darajasini aniqlash;

- tajribadan fizikaga oid ma'lumotlarni olishning asosiy tajribaviy metodlari bilan tanishtirish. Muhim fizik doimiylar va kattaliklarni o'lchashni o'rgatish, zamonaviy fizikaning eng so'nggi yutuqlari bilan tanishtirish;

- zamonaviy va boshqa o'lchash asboblari, ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish, qo'llanilish sohasi, o'lchashlarning murakkabligi, olinadigan kattaliklarning aniqligi shular jumlasidandir.

Innovatsion pedagogika-hukmron nazariya, nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asosi qilib olingan. Innovatorlar fikriga asosan odatiy mumtoz pedagogik nazariyalar eskirib qolgan, yangi sharoitda hozirgi avlodni bu yo'l bilan tarbiyalash mumkin emas. Hozirgi pedagogik fandagi vaziyat umumiy holda shundan iborat. Bu vaziyatda innovatsiya juda muhim. Pedagogika-

bilimlar tizimidir. Ob'ektivlik, maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir-biriga zid bo'lmaslik-uning asosiy harakteristikalaridir. Pedagogika tizimini har qanday ilmiy nazariya kabi tizimini tashkil etuvchi tamoyillari loyixalashtiradi, birlashtiradi va ushlab turadi ya'ni ushbu tizim asosiy bilimlarga asoslanishi asosiy xoldir. Ob'ektiv nazariyaning asosiy tamoyillari faqatgina ilmiy prinsip bo'lishi shart ammo g'oyaviy bo'lmasligi lozim. Insonning aqliy rivojlanganligi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasining talabga muvofiqligi - ob'ektivlikning yagona talabidir. Ideologiya (g'oyaviylik) - bu har doim ham u yoki bu ijtimoiy guruhlarning bir tomonlama ijtimoiy qiziqishlari bo'lib, ular buni qimmatli yo'l-yo'riq va g'oya sifatida boshqalarga majburlaydilar. Jahon pedagogik nazariyasi tarbiyaviy jarayon sharoit bilan bog'liq yuqorida turgan odamlarning g'oyalari qanday bo'lishi bilan bog'liq bo'lmasligini allaqachon e'tirof etganlar. O'sib borayotgan avlodlar tarbiyasi juda jiddiy ish bo'lib, uning o'tkinchi narsalarga bog'liq etib qo'yish mumkin emas. Mustabidlik davrida mamlakatimizda ko'p vaqt insonni (sobiq) kommunistik g'oyalar ruhida tarbiyalashga oid pedagogik ko'rsatmalar ustun bo'lib kelgan, uning juda ta'sirligi, turli chaqiriqlarni hayotga tatbiq etish kabi maqsadiga qaramay, uni ilmiy deb bo'lmaydi, chunki bunday g'oyalarni tashkil etuvchi qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi haqidagi tizimini faqatgina fan o'rnatgan ob'ektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Ma'lum bo'lishicha, amaliyotda yo'l ko'rsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri bilim va ta'limning ustunligini qattiq bo'rttirib (kuchaytirib) yuborishdadir. Insoniy, ma'naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab olish hajmi ko'payib borishi maktab hayotida odatiy hol bo'lib qoldi. Hozirgi tarbiya nazariyasi va u boshqarayotgan amaliyotning hamma belgilari bo'yicha inqiroz holatda ekani ko'rinib turibdi. Bu holatdan chiqish uchun bo'lgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanayapti va bu holda ular o'z nomlariga mosdir. Innovatsion pedagogikani ko'pincha an'anaviy, muqobil deb ataydilar. Bu fikrga qo'shilmaslik mumkin emas, hech bo'lmaganda eng oddiy tushunchalar bo'yicha; sinf ham, o'qituvchi ham va dars mazmuni va darsliklar yo'qolib ketmaydi-ku. Agarda, pedagogik tizim saqlanib qolsa, unda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin. Faraz qilayotgan rivojlanish strategiyamiz rivojlantiruvchi o'qitish» yo'naltirishlardan eng avvalo o'z intilishlarini maktabdan o'qishga boshlashgacha yaxshi rivojlangan tuzilishlarni shakllantirishga bu harakatlarga endi paydo bo'lib kelayotgan jarayonlarni qo'shib olib borishga qaratilgan. Bizning strategik yo'limiz "Butun taraqqiyotning o'z avlodlari haqidagi g'amxo'rligi mantiqiga asoslangan didaktik va pedagogik tizim tuzishda amal qilishdir". Xuddi ana shuning uchun metodologik asos negizi bo'lib, keng ma'noda tabiatni o'rgatuvchi xalq pedagogikasi hisoblanadi.

REFERENCES

1. T.Rizayev, Sh.Pardayeva "Masala yechish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo'llash metodikasi". Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish muammolari. (Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari). Toshkent 2008 y. 65-69-bet

2. B.M.Mirzaxmedov, T.Rizayev, B. Ibragimov va boshqalar. "Fizika o'qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi". (Metodik qo'llanma). Toshkent 2007 y 25-29-bet.

3. T.Z. Teshaboyev "Oliy o'quv yurtlarida innovatsion faoliyatini takomillashtirish yo'llari". "Fan va texnologiya" 2007 y045-47-bet.

4. T.Rizayev, B.Nurullayev, G.Usmonova. "Fizikadan masalalar yechish metodikasi". (O'quv qo'llanma). Toshkent 2007 y 32-36-bet.

5. Berkinov, A. Uzluksiz ta'lim tizimida fizikani o'qitishda o'quvchilarni kasbga yonaltirish imkoniyatlari (2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.