Научная статья на тему 'FIZIK ASBOB VA QURILMALARNING TURLARI VA ISHLASH PRINSIPI'

FIZIK ASBOB VA QURILMALARNING TURLARI VA ISHLASH PRINSIPI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1471
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektr va magnetizm / asbob va qurilmalar / texnik talablar / fizik kattaliklar / asbobning shartli belgisi. / electricity and magnetism / tools and devices / technical requirements / physical quantities / symbol of the tool.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. Hamidova, O O’rinova, D. Kamalova

Ushbu maqolada Elektr va magnetizm bo’limida ishlatiladigan asosiy fizik asbob va qurilmalarning turlari va ishlash prinsipi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES AND OPERATING PRINCIPLE OF PHYSICAL INSTRUMENTS AND DEVICES

This article provides information about the types and principles of operation of the main physical instruments and devices used in the Department of Electricity and Magnetism.

Текст научной работы на тему «FIZIK ASBOB VA QURILMALARNING TURLARI VA ISHLASH PRINSIPI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FIZIK ASBOB VA QURILMALARNING TURLARI VA ISHLASH PRINSIPI

Hamidova Sarvinoz

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti

O'rinova Oysha

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova

https://doi. org/10.5281/zenodo. 7440772

Annotatsiya. Ushbu maqolada Elektr va magnetizm bo'limida ishlatiladigan asosiy fizik asbob va qurilmalarning turlari va ishlash prinsipi haqidagi ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: elektr va magnetizm, asbob va qurilmalar, texnik talablar, fizik kattaliklar, asbobning shartli belgisi.

ВИДЫ И ПРИНЦИП ДЕЙСТВИЯ ФИЗИЧЕСКИХ ПРИБОРОВ И УСТРОЙСТВ

Аннотация. В данной статье представлена информация о типах и принципах работы основных физических приборов и устройств, применяемых на кафедре электричества и магнетизма.

Ключевые слова: электричество и магнетизм, инструменты и устройства, технические требования, физические величины, условное обозначение инструмента.

TYPES AND OPERATING PRINCIPLE OF PHYSICAL INSTRUMENTS AND

DEVICES

Abstract. This article provides information about the types and principles of operation of the main physical instruments and devices used in the Department of Electricity and Magnetism.

Keywords: electricity and magnetism, tools and devices, technical requirements, physical quantities, symbol of the tool.

Elektr qurilmalari (generatorlar, transformatorlar, energiya iste'molchilari va energiyani o'zgartirnvchi boshqa qurilmalar) ning normal ishlashi uchun aniq texnik talablar ta'mnlangan bo'lishi kerak. Bunday talablarning bajarilishini tekshirish elektr o'lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insonning sezgi a'zolari elektr kattaliklar (tok, kuchlanish, chastota, quvvat, energiya va h.k.) ni bevosita kuzata olmaydi. Elektr o'lchash asboblari yuqori sezgirlikka, aniqlikka ega bo'lishi hamda ishonchli va oddiy bo'lganliklari tufayli aksariyat fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yorug'lik, tezlik va h.k.) elektr o'lchash asboblari yordamida o'lchanadi. Bunda noelektr kattaliklar unga proportsional bo'lgan elektr kattaliklarga o'zgartiriladi.

Maxsus texnik vositalar - o'lchash asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo'li bilan aniqlash o'lchash deyiladi. O'lchash natijasi son bilan ifodalanadi. Masalan, kuchlanishi 220 V.

Ma'lum o'lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o'lchash vositasi o'lchov deb ataladi. Elektr qarshiligining o'lchovi - o'lchash rezistorlari qarshilik g'altaklari). elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarning o'lchovlari — normal elementlar, induktivlikning o'lchovi - o'z va o'zaro induktivlik o'lchash g'altaklari, elektr sig'imining o'lchovi - namunaviy kondensatorlar.

O'lchash ma'lumotlarini kuzatuvchining bevosita o'zlashtirishi uchun qulay bo'lgan shaklda ko'rsatuvchi texnik vositasi o'lchash asbobi deyiladi.

Barcha elektr o'lchash asboblari ikki turga bo'linadi: analogli va raqamli. Ko'rsatishi o'lchanayotgan miqdorning o'zgarishiga uzluksiz bog'liq bo'lgan o'lchash asbobi analogli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'lchash asbobi deb ataladi. O'lchash ma'lumotlari avtomatik holda diskret sngn allarni hosil qiladigan va ko'rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar raqamli o'lchash asboblari deb ataladi.

O'lchash ma'lumotlarining olinish usuliga qarab o'lchash asboblari quyidagilarga bo'linadi: ko'rsatuvchi asboblar (o'lchash natijasini shkala bo'yicha ko'rish mumkin): qayd qiluvchi asboblar (o'lchash natijasini tasmada aks ettiradi).

O'lchanadigan kattaliklarning turiga qarab elektr o'lchash asboblari quyidagilarga bo'linadi (1-jadval).

1-jadval

O'lchanadigan kattalik O'lchash asbobi

Tok kuchi Ampermetr

Milliampertmetr

Kuchlanish Voltmetr

Elektr quvvati Vattmetr

Kilovattmetr

Elektr energiyasi Schyotchik

Fazalarning siljishi Fazometr

Chastota Chastotometr

Elektr qarshilik Ommetr

Megaommetr

Elektr o'lchash asboblari ishlash prinsipiga ko'ra quyidagi sistemalarga bo'linadi (2-

jadval):

2-jadval

Sistemaning nomi Shkaladagi shartli belgilanishi

Magnitoelektrik: qo'zg'aluvchan ramkali, teskari ta'sir ko'rsatuvchi mexanik momenti bo'lgan asbob 0

Teskari ta'sir ko'rsatuvchi mexanik moment bo 'lmagan asbob, qo'zg'aluvchan ramlaki asbob (logometr) c

Elektromagnit £

Elektrodinamik E±3

Ferrodinamik a

Induksion

Elektrostatik t

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shuningdek, o'ichash asbobining shkalasida quyidagi shartli belgilar: tok turi, fazalar soni, asbobning aniqlik sinfi, izolyatsiyasi tekshirib (sinab) ko'rilgan kuchlanish, asbobning ish holati, asbob ijrosining ekspluatatsiya sharoitiga bog'liqligi, tashqi maydondan himoyalanish darajasiga ko'rsatilgan bo'ladi (3-jadval)

3-jadval

Shartli belgisi Shartli belgining ma'nosi

- O'zgarmas tok manbai

O'zgaruvchan tok asbobi

O'zgarmas va o'zgaruvchan tok asbobi

Uch fazali tok sistemasi asbobi

1,5 O'lchash diapozonida protsentlar bilan normalangan 1,5 -aniqlik sinfidagi asbob

Shkala uzunligida protsentlar bilan normalangan 1,5 - aniqlik sinfidagi asbob

Asbobning o'lchaydigan zanjiri uning korpusidan izolyatsiyalangan va bu izolyatsiya ushbu kuchlanish (2kV) bilan tekshirilgan.

I—1 Shkalaning gorizontal holati

J_ Shkalaning vertikal holati

M Shkalaning gorizontaldan ma'lum burchak (60o) ostidagi qiya holati

ABB Ishlatish sharoitiga ko'ra asbobning ijrosi

Q Tashqi magnit maydonlar ta'siridan I kategoriya bo'yicha himoya qilingan elektrostatik asbob

[T] Elektr maydoni ta'siridan I kategoriya bo'yicha himoya qilingan elektrostatik asbob

* Generator qisqich

Korpus bilan ulovchi qisqich

Elektr asboblarini ishlatish uchun ular tok manbaiga ulangan bo'lishi kerak. Bunday ulanishlar elektr zanjirlari deb ataladi. Elektr zanjiri elementlari quyidagi rasmda keltirilgan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1 - ampermetr, 2 - voltmetr, 3 - kalit, 4 - rezistor, 5 - reostat, 6 - o'ralgan sim, 7 - tok manbai, 8 - batareyalar tok manbalari, 9 - lampochka, 10 - o'zaro birikmagan simlarning

kesishishi.

REFERENCES

1. Олифер В.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколи. СПб. "Питер". 2010.

2. Ismatullayev P., Qodirova Sh., G'oziyev G'. "Elektr o'lchashlar va o'lchash asboblari". Toshkent. "Sharq". 2007.

3. Izbosarov B.F., Kamolov I.R. "Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari". "Voris nashriyot". Toshkent. 2007.

4. Turabova L.X. "Fizik asboblar, ularning turlari va ishlash prinsipi" mavzusining elektron o'quv uslubiy majmuasini yaratish metodikasi mavzusidagi dissertatsiya ishi. Navoiy. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.