Научная статья на тему 'FE'LNING TURLANISHI VA TUSLANISHI'

FE'LNING TURLANISHI VA TUSLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5311
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHАXS / SON / TUSLOVCHI / TUSLАNISHSIZ SHАKL / BIRINCHI SHАKL / IKKINCHI SHАKL / UCHINCHI SHАKL / LEKSIK SHАKL YASOVCHI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Esanova S.

Ushbu maqolada fe’lning turlanishi va tuslanishi, shakllari kabi masalalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIES AND INFLORESCENCE OF THE VERB

This article covers such issues as species and species, forms of verb.

Текст научной работы на тему «FE'LNING TURLANISHI VA TUSLANISHI»

UDK 808.3

Esanova S. o'qituvchi Beshariq tumani, 29-maktab O'zbekiston, Farg'ona

FE'LNING TURLANISHI VA TUSLANISHI

Annotatsiya: Ushbu maqolada fe 'Ining turlanishi va tuslanishi, shakllari kabi masalalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, son, tuslovchi, tuslanishsiz shakl, birinchi shakl, ikkinchi shükl, uchinchi shükl, leksik shükl yasovchi.

Esanova S.

teacher School №29 Besharik district Uzbekistan, Fergana

SPECIES AND INFLORESCENCE OF THE VERB

Annotation: This article covers such issues as species and species, forms of verb.

Keywords: person, number, inflectional, unstressed form, first form, second form, third form, lexical form-forming.

Ish-harakat ma'lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs sozlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o'zga (III shaxs yoki predmet) bo'lishi mumkin.

Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe'llardagi bunday grammatik shaxs va son ma'nosi ma'lum bir grammatik korsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o'qidim, o'qisam, o'qisang, oqiyapman, oqibman, o'qiy fe'llari tarkibidagi -m, -man, -y qoshimchalari ish-harakatning I shaxs sozlovchi, ya'ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko'rsatsa; o'qidik, o'qisak, oqiyapmiz, oqibmiz, o'qiylik fe'llari tarkibidagi -k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko p sozlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.

Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni oz ichiga oladi. SHuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi.

Shaxs-son kategoriyasi fe'l anglatgan harakatning bajaruvchiga bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Harakatning bajaruvchisi so'zlovchi, tinglovchi va nutq jarayonida qatnashmagan o'zga shaxs bo'lishi mumkin. SHaxs ma'nolari

maxsus affikslar orqali ifodalanadi, bunda ayni bir affiks bajaruvchining sonini ham anglatadi, shuning uchun bu affiks shaxs-son affiksi deyiladi.

Fe'lning shaxs-sonda o'zgarishi tuslanish deyiladi, shuning uchun shaxs -son affikslari tuslovchilar deyiladi. Bajaruvchi shaxs bilan harakat orasidagi munosabat predikativlik munosabatining ifodalanishi hisoblanadi. Ega va kesim munosabatini shaxs-son affiksi ko'rsatadi. Bu esa faqat fe'l shakllarinigina emas, shu bilan birga, boshqa so'z turkumlarining ham shaxs-son affiksini olib kelishini ta'minlaydi: Men elimningyuragida yashayman.

Birinchi shaxs tuslovchisi harakatning bajaruvchisi so'zlovchining o'zi ekanligini, uning ko'pligi esa so'zlovchi ham qatnashgan shaxslarni bildiradi: yozaman-yozamiz, o'qidim-o'qidik. Ikkinchi shaxs so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki shaxslarni - suhbatdoshni bildiradi: o'qiding-o'qidingiz, yozasan-yozasiz. Uchinchi shaxs tuslovchi esa umuman nutqda qatnashmagan, lekin nutq o'zi to'g'risida bo'lgan shaxs yoki narsalarni bildiradi: yozdi-yozdilar. Fe'lning birinchi va ikkinchi shaxs shakli faqat kishiga nisbatan qo'llanadi (badiiy vosita - jonlantirish bunga kirmaydi). SHuning uchun fe'llar birinchi va ikkinchi shaxs shaklida kelganda, gapning egasi shu shaxslarni ko'rsatuvchi kishilish olmoshlari bilan ifodalanadi. Fe'ldagi shaxs-son affiksi tegishli shaxsdagi egani aniq ko'rsatgani sababli bu shakllarda gapning egasi yashirinishi ham mumkin: Bularni ko'rib shodlanaman. Daryolardan kuylab o'tardim. Аvval o'yla, keyin so'yla.

Badiiy asarlarda ikkinchi shaxsning birlik va ko'pligi jonlantirish yo'li bilan predmetga nisbatan ishlatilishi mumkin: Ellar, yuragimga ilhom soldingiz.

Fe'lning uchinchi shaxs shakli kishilar uchun ham, predmetlar uchun ham qo'llangani tufayli gapda eganing kelishi shart bo'lib qoladi. U barcha bilan samimiy salomlashdi.

Tuslanishning quyidagi uch sistemasi bor: Birinchi tuslanish shakli: BirlikKo'plik \-shaxs-man-miz

2-shaxs-san-siz

3-shaxs-di, -ti, -dir Ikkinchi tuslanish shakli: Birlik Ko'plik

1-shaxs-m-k

2-shaxs -ng-ngiz

3-shaxsöö (lar) Uchinchi tuslanish shakli: BirlikKo'plik

1-shaxs-(a)y, -(a)yin-(a)ylik

2-shaxs0, -gin-(i)ng, -ingizlar

3-shaxs-sin-sin(lar)

Birinchi tuslanish tarixiy jihatdan eng qadimgisi bo'lib, kishilik olmoshlardan o'sib chiqqan. Ikkinchi shakl esa birinchi shakldan hosil bo'lgan. Birinchi tuslanish affikslari quyidagi fe'l shakllarini tuslashga xizmat qiladi:

a) sifatdoshga qo'shilib, uzoq o'tgan zamon fe'lini tuslaydi: eshitganman, otgansan, borgan;

b) ravishdoshga qo'shilib, o'tgan zamon hikoya fe'lini tuslaydi: aytibman, aytibsan, aytibdi;

v) hozirgi zamon davom fe'lini tuslaydi: olyapman, olyapsan, olyapti, o'qiyotirman, olayotibman, olmoqdasan;

g) hozirgi-kelasi zamon fe'lini tuslaydi: yozaman, o'qiyman;

d) kelasi zamon maqsad fe'lini tuslaydi: o 'qimoqchiman, o'qiydiganman;

e) kelasi zamon gumon fe'lini tuslaydi: o'qirman, borarsan;

yo) ekan, emish bilan tuzilgan analitik shakllarni va kesim vazifasida kelgan boshqa turkum so'zlarini tuslab keladi: o'qir ekanman, talabaman, baxtliman.

Ba'zi zamon shakllarida uchinchi shaxs uchun -di affiksi qo'llanadi, ko'p hollarda esa bu shaxsning maxsus affiksi bo'lmaydi: keldi, kelayotir, kelar, kelmoqchi.

Ikkinchi tuslanish affikslari quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:

a) yaqin o'tgan zamon fe'lini tuslaydi: aytdim, aytding, aytdi;

b) to'liqsiz fe'l bilan ishlatilgan uzoq o'tgan zamon, o'tgan zamon hikoya fe'li, o'tgan zamon maqsad fe'li va o'tgan zamon davom fe'lini tuslaydi: aytgan edim, aytib eding, bormoqchi edim, oladigan edim,borar eding;

v) shart mayli shakllarini tuslab keladi: olsam, olsa, olsa.

Ikkinchi tuslanish affikslari shaklan egalik affikslariga o'xshaydi: ko'rdim, ko'rding; ruchkam, ruchkang. Lekin bularning biri fe'lga qo'shilib, bajaruvchi shaxsga munosabatni bildirsa, ikkinchisi otga qo'shilib biror narsaga qarashlilikni bildiradi.

Uchinchi tuslanish affikslari buyruq-istak maylidagi fe'llarni tuslashga xizmat qiladi: olay, olayin, ol, olgin, olsin, olaylik, oling, olingiz, olingizlar, olsinlar; o'qiy, o'qiyin, o'qi, o'qigin, o'qisin, o'qiylik, o'qing, o'qingiz, o'qisinlar.

Fe'llarning shaxs-son qo'shimchalari o'z ma'nolaridagina qo'llanib qolmay, balki biri ikkinchisi o'rnida ham qo'llana oladi. Birinchi shaxsning ko'plik shakli, so'zlovchining boshqa shaxslar bilan birgalikdagi harakatini bildirishdan tashqari, birinchi shaxs birligi uchun ham qo'llanadi. Bunda so'zlovchining kamtarligi yoki mag'rurlanishi ma'nosi ifodalanadi: Biz do'ndirdik(Men bajardim).

Birinchi shaxsning ko'plik shakli ikkinchi shaxsning ko'pligi uchun ham ishlatila oladi: Qani, yozamiz bolalar! O'quvchilar, safga tizilaylik!

Ikkinchi shaxsning ko'plik shakli, bir necha shaxsga murojaat ma'nosini bildirish bilan birga, ikkinchi shaxsning birligi uchun qo'llanib, biror shaxsga

nisbatan hurmat yoki piching ma'nosini ifodalaydi: Samad, bu ishingizning foydasini aytsangiz.

Ikkinchi shaxsning birlik shakli uchinchi shaxsning birligi uchun ham qo'llanishi mumkin: Ming marta tikilsang ham to'ymaysan kishi.

Uchinchi shaxsning ko'plik shakli hurmat yoki kesatish ma'nosida shu shaxsning birligi uchun qo'llanishi mumkin: SHojalil ham xizmatga borganlar.

Uchinchi shaxsning ko'plik shakli ikkinchi shaxsning birligi uchun qo'llanib, ko'pincha hurmat, ba'zan kesatish ma'nosini ifodalaydi: Qani, otaxon, yuqoriga o'tsin[ar. Nima xohlasalar hammasi bor. SHuncha ishladilar, qancha jamg'arma orttirdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Toshkent: O'qituvchi, 1995.

2.Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: O'zbekiston, 1992.

3. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tilidan ma'ruza matnlari (Kirish. Fonetika va fonologiya. Grafika va orfografiya.) Toshkent. 2000.

4. Gaziyeva M., Jonridova S. ON THE CONTENT STRUCTURE OF THE TEXT// International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. - 2021. Volume - 104. Issue - 12. December 30. P. 487-490

5. Farxodjonqizi F. N., Dilshodjonugli N. S. Innovative processes and trends in the educational process in Uzbekistan //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 621-626.

6. Gaziyeva M., Burxanova M. About Innovative Methodology In Mother Tongue Lessons.//International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. - 2021. Volume - 104. Issue - 12. December 30. P. 501-504

7.Numonjonov S. D. Innovative methods of professional training //ISJ Theoretical & Applied Science. - 2020. - Т. 1. - №. 81. - С. 747-750.5.

8. Gaziyeva M., Burxanova M. Урту - просодиганинг aсосий элементи// Суз caHbara xan^apo журнaли, 2020, 1-сон, 2 жилд, 200-206.

9. Зулaйпoевa Г. O'zbek badiiy matnida "bog'lovchisizlik" poetik figurasining qo'llanilishi //Общество и иннoвaции. - 2021. - Т. 2. - №. 5/S. - С. 234-238.

10. Gaziyeva M. The pragmatics of the prosodic means// International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. - 2021. Volume - 7. Issue - 5. May 30. P. 229-234

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.