Научная статья на тему 'FARG’ONA VODIYSI BALIQCHILIK HOVUZLARIDA TARQALGAN AMUR CHEBAKCHASI (PSEUDORASBORA PARVA) VA ODDIY QIRRAQORIN (HEMICULTER LEUCISCULUS) NING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINING TAHLILI'

FARG’ONA VODIYSI BALIQCHILIK HOVUZLARIDA TARQALGAN AMUR CHEBAKCHASI (PSEUDORASBORA PARVA) VA ODDIY QIRRAQORIN (HEMICULTER LEUCISCULUS) NING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
50
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Morfometriya / hashaki baliq / plastik / jinsiy yetuklik / vegetatsiya davri. / Morphometric / small-sized fish / plastiс / sexual maturity / vegetation period.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nazarov, Muxammadrasul Sharopovich, Akramova, M., Zoxidov, G‘.G‘., Toshpo‘Latov, I. M., Turg‘Unov, S. I.

Maqolada Farg’ona vodiysi baliqchilik hovuzlarida tarqalgan amur chebakchasi (Pseudorasbora parva) va oddiy qirraqorin (Hemiculter leucisculus) ning morfometrik ko’rsatkichlarini tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE MORPHOMETRIC INDICATORS OF THE AMUR FISH (PSEUDORASBORA PARVA) AND THE COMMON CURB (HEMICULTER LEUCISCULUS) WHICH ARE DISTRIBUTED IN FISHING PONDS OF THE FERGONA VALLEY

The article deals with the morphometric analysis of Pseudorasbora parva and Hemiculter leucisculus in fishing ponds in the Fergana valley.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VODIYSI BALIQCHILIK HOVUZLARIDA TARQALGAN AMUR CHEBAKCHASI (PSEUDORASBORA PARVA) VA ODDIY QIRRAQORIN (HEMICULTER LEUCISCULUS) NING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINING TAHLILI»

УДК 597.2

FARG'ONA VODIYSI BALIQCHILIK HOVUZLARIDA TARQALGAN AMUR CHEBAKCHASI (PSEUDORASBORA PARVA) VA ODDIY QIRRAQORIN (HEMICULTER LEUCISCULUS) NING MORFOMETRIK

KO'RSATKICHLARINING TAHLILI

NAZAROV Muxammadrasul Sharopovich.,

Farg'ona davlat universiteti "Zoologiya va umumiy biologiya " kafedrasi dotsenti.

mnazarov66@mail.ru AKRAMOVA M., ZOXIDOV G'.G'., TOSHPO'LATOV I.M., TURG'UNOV S.I. Farg'ona davlat universiteti "Biologiya"yo'nalishi magistrantlari

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-95-99

Maqolada Farg'ona vodiysi baliqchilik hovuzlarida tarqalgan amur ANNOTATSIYA chebakchasi (Pseudorasbora parva) va oddiy qirraqorin (Hemiculter

leucisculus) ning morfometrik ko 'rsatkichlarini tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar. Morfometriya, hashaki baliq, plastik, jinsiy yetuklik, vegetatsiya davri.

The article deals with the morphometric analysis of Pseudorasbora parva ABSTRACT and Hemiculter leucisculus in fishing ponds in the Fergana valley.

f

14ж|

\ i -, i 11 /

Key words. Morphometric, small-sized fish, plastic, sexual maturity, vegetation period.

В статье анализирован морфометрические показатели амурского чебачка (Pseudorasbora parva) и обыкновенной востробрюшки (Hemiculter leucisculus) встречающихся в рыбоводных прудах Ферганской долины.

Ключевые слова. Морфометрия, сорная рыба, пластичный, половая зрелость, вегетационный период.

95

14 www.birunijournal.uz

KIRISH (Introduction)

Amur chebakchasi va oddiy qirraqorinning vatani Yaponiya, Xitoy, Koreya suv havzalari hamda Amur daryosi hisoblanadi. Yigirmanchi asrning 60-yillarida respublikamiz suv havzalariga ov ahamiyati yuqori bo'lgan oq amur va oq do'ngpeshona baliqlari olib kirilgan. Ular bilan birga tasodifan bir qator Uzoq Sharq faunistik kompleksiga mansub hashaki baliq turlari ham kirib kelgan[1,5]. H. leucisculus birinchi bo'lib Toshkent viloyatining "Baliqchi" baliqchilik xo'jaligida aniqlangan [1,4]. Amur chebakchasi va oddiy qirraqorin O'zbekiston suv havzalariga moslashib tabiiy sharoitda ko'paymoqda hamda hozirgi kunga kelib ular deyarli barcha suv havzalarimizda uchraydi. Ayniqsa baliqchilik xo'jaliklarining hovuzlarida ular boqiladigan baliqlar bilan hayotiy resurslar uchun raqobatga kirishadi. Shuning uchun baliqchilar ularni har tomonlama chetlatishga urinishadi.

Ushbu maqolada "Namangan baliq" MCHJ hovuzlarida tarqalgan Pseudorasbora parva va Hemiculter leucisculus larning morfometrik ko'rsatkichlarini o'rganish maqsad qilib olingan.

Material va uslubiyot. Tadqiqotda 2022 yil davomida Namangan viloyatidagi "Namangan baliq" MCHJ baliqchilik xo'jaligi ko'llaridan tutilgan baliq na'munalaridan foydalanilgan. Tutilgan baliq na'munalar turi aniqlangach [2] anesteziya qilinib, so'ngra 10 foizli formalin eritmasida fiksatsiya qilindi. Na'munalar Farg'ona davlat universiteti biologiya laboratoriyasida saqlanmoqda. Na'munalarni o'lchashda qabul qilingan umumixtiologik metodika [3] bo'yicha 0,01 mm aniqlikda raqamli shtangensirkul hamda 0,1gr aniqlikdagi elektron tarozidan foydalanilgan. Barcha statistik hisoblashlar MS Excel 2013 dan foydalanilgan holda olib borilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Na'munalarni morfometrik xususiyaüarini aniqlash jarayonida baliqlarning 36 xil o'lchov ko'rsatkichlari olindi. Hemiculter leucisculus ning umumiy tana uzunligi 80,62 mm dan 83.14mm gacha (o'rtacha 81,9 mm)ni; tana og'irligi 6,1 gr dan 7 gr gacha (o'rtacha 6,46 gr)ni tashkil etdi.

Hemiculter leucisculus ning orqa suzgich qanoti (D) - II-7, anal suzgich qanoti (A) - II-11-13, ko'krak suzgich qanoti (P) - I-12, qorin suzgich qanoti (V) - I-8-9 va dum suzgich qanoti (C) - VI-17 nurlardan iborat. Yon chizig'ida 50-52 ta tangachalar mavjud. Yon chiziq yuqorisida tangachalar 8 qator bo'lib joylashgan. Orqa suzgich qanotining balandligi orqa suzgich qanoti asosidan o'lchangan balandligidan qisqa, ko'krak suzgichlari qorin suzgichlaridan uzun. Boshi tana uzunligini 21,92-23.13 (o'rtacha 22.8) % iga teng (1-jadval). Boshining eni (7,47-7,86) ensa qismi balandligi

[10, 11]

96

www.birunijournal.uz

(11,54-11,98)dan kichik. Ko'zlari nisbatan yirik, interorbital masofa (7,1-8) postorbital masofa (7,84-9.38)dan nisbatan qisqa .

Pseudorasbora parva ning orqa suzgich qanoti (D - II-7, anal suzgich qanoti (A) - I-5-6, ko'krak suzgich qanoti (P) - II-7, qorin suzgich qanoti (V) - II-6 nurlardan iborat. Yon chizig'ida 37-38 ta tangachalar mavjud. Yon chiziq yuqorisida tangachalar 5 qator bo'lib joylashgan. Orqa suzgich qanotining balandligi 19,13- 22,7 (o'rtacha 17,4) orqa suzgich qanoti asosidan o'lchangan balandligi 10,14-11,0 (o'rtacha 9,7)dan uzun, ko'krak suzgichlari qorin suzgichlaridan uzun. [12, 13] Boshi tana uzunligini 22,64-26.2 (o'rtacha 25.2) % iga teng. Boshining eni (10,20-14,10) ensa qismi balandligiga (12,10-16,10) deyarli teng bo'lib, uzunligi (18,90) ning yarmidan uzun. Interorbital masofa (7,50-10,40) postorbital masofadan (8,20-11,10) nisbatan qisqa. Predorsal uzunlik umumiy tana uzunligining 50,6 (48,5-52,6) % ini, preanal uzunlik 70,7 (68,9- 70,9) %, boshi 23,9 (23,8- 24,1) % ini tashkil etadi. Boshining eni bosh uzunligining yarmidan uzun. Ko'z diametri bosh uzunligining o'rtacha 23,2% ini tashkil qiladi (1-jadval). Postorbital uzunlik (8,20 -11,10) interorbital masofa (7,50 - 10,40)dan nisbatan uzun. [8, 9]

1-jadval. Amur chebakchasi (Pseudorasbora parva) va oddiy qirraqorin (Hemiculter leucisculus) ning morfometrik ko'rsatkichlari.

Pseudorasbora parva Hemiculter leucisculus

Boshining uzunligiga nisbatan % Eng kichik Eng yuqori O'rtacha Eng kichik Eng yuqori O'rta-cha

Boshining uzunligi (mm) 11,38 18.44 16.13 80.6 83.14 18.67

Tumshug'ining uzunligi % 29,11 35.77 30.65 17.67 19.29 27.6

Ko'z diametri% 22,29 30.84 26.61 22.27 27.23 25.6

Postorbital uzunlik% 41,12 56.99 50.4

Standart uzunlikka nisbatan %

Standart uzunlik(mm) 44,76 69.71 65.64 80,62 83.21 81.9

Boshining uzunligi 22,64 26.2 25.2 21,92 23.13 22.8

Predorsal uzunlik(orqa suzgich qanotgacha) 48,3 59.86 51.14 53,1 53.34 53,16

Postdorsal uzunlik(orqa suzgich qanotdan keyin) 50,78 64.58 62 68,8 69.49 69.01

Prepelvik uzunlik(qorin suzgich qanotgacha) 47,7 55.75 51.2 49,62 50.69 50.12

Preanal uzunlik (anal suzgich qanotgacha) 69,94 79.94 73.7 71,78 72.02 71.86

97

Ko'krak va qorin suzgich qanotlari orasidagi masofa 19,21 28.4 23.34 22,51 23.84 23.2

Ko'krak va anal suzgich qanotlari orasidagi masofa 41,54 55.04 44.9 43,41 44.31 43.7

Tumshug'ining uzunligi 7,07 8.96 8.2 6,34 7.85 7

Ko'z diametri 6,09 7.91 6.69 4,97 6.28 5.83

Postorbital uzunlik 10,46 13.76 12.7 9,73 11.27 10.3

Prepektoral uzunlik(ko'krak suzgichgacha) 22,82 27.1 24.7 24,8 25.98 25.24

Qorin va anal suzgichlari orasidagi masofa 16,43 19.9 18.8 44,1 44.76 44.42

XULOSA (Conclusion)

Baliqchilik hovuzlaridan tutilgan qirraqorin balig'i namunalari nisbatan kichik o'lchamli bo'lishlariga qaramasdan jinsiy voyaga yetgan va ko'payishga kirishgan. Ya'ni bu yerda ular sekin o'sib tez voyaga yetish tarzidagi biologik ko'rsatkichni namoyon qilishgan. Qirraqorin va amur chebakchasi yuqori plastiklik xususiyatiga ega ekanligini ularning turli tipdagi suv havzalariga moslashganligidan bilish mumkin. Xususan "Namangan baliq" MCHJ hovuzlarida ham ular o'zlari uchun juda qulay yashash muhitini topishgan. Buni qirraqorin va amur chebakchasining ushbu xo'jalik hovuzlarida ko'plab miqdorda uchrashlari va bu yerda ularning erta bahordan kech kuzgacha faol tarzda hayot kechirishlari ya'ni vegetatsiya davri nisbatan uzoq ekanligi bilan izohlash mumkin. [6,7]

REFERENCES

1. Камилов Г.К. 1965. Видовой состав малоценных и сорных рыб прудов прудхоза «Дамащи». Узб. биол. журн.,№1, стр. 64-68.

2. Мирабдуллаев И.М., Кузметов А.Р., Курбонов А.Р. Узбекистан бали^лари хилма-хиллиги. Ташкент: Изд-во "Classic", 2020.

3. Правдин И.Ф. Руководство по изучению рыб. Москва: Изд-во «Пищевая промышленность», 1966.

4. Юлдашов, М. А., & Камилов, Б. Г. (2018). Результаты интродукций чужеродных видов рыб в водоемы Узбекистана. Научные труды Дальрыбвтуза, 44(1), 40-48.

5. Солиев, А., & Назаров, М. (2010). Курбонов Ш. Узбекистан худудлари ижтимоий-щтисодий ривожланиши. Монография. Т.: Mumtoz so 'z.

6. Mirzahalilov, M. M., Muqimov МА, N. М. S., Kim, S. I., & Mustafaeva, Z. А. (2006). HYDROCHEMICAL INDEXES AND PHYTOPLANKTON

98

COMPOSITION OF DIFFERENT TYPES OF WATER BODIES IN THE FERGANA VALLEY. O 'ZBEKISTON BIOLOGIYA JURNALI, 36.

7. Мукимов, М. К. А., Мирзахалилов, М. М., & Назаров, М. Ш. (2021). КАЧЕСТВЕННЫЙ И КОЛИЧЕСТВЕННЫЙ АНАЛИЗ НЕКУЛЬТИВИРУЕМЫХ РЫБ В ВЫРОСТНЫХ ПРУДАХ РЫБХОЗА «НАМАНГАН БАЛЫК». Academic research in educational sciences, 2(5), 726-733.

8. Mukimov, M. K. A., Mirzakhalilov, M. M., & Nazarov, M. S. (2021). Assessment Of Hydrochemical Analysis And Phytoplankton Community Of Different Ponds Of A Fish Farm. The American Journal of Applied sciences, 3(05), 140-047.

9. Мукимов, М. К. А., Мирзахалилов, М. М. У., Назаров, М. Ш., & Шарипова, Б. С. (2022). СРАВНИТЕЛЬНАЯ ОЦЕНКА МОРФОБИОЛОГИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ АМУРСКОГО ЧЕБАЧКА (PSEUDORASBORA PARVA) КАК ИНВАЗИВНОГО ВИДА. Science and innovation, 1(D2), 50-54.

10. Mamatyusuf o'g'li, M. A., & Baxtiyorovich, N. B. (2022). Taxonomic and Ecological Description of Some Coccinellides. Eurasian Scientific Herald, 8, 273276.

11. Marupov, A. A. (2021). Biology and harmfulness of long-beetled beetles (Coleoptera: Cerambycidae) flowing on poplars. Scientific Bulletin of Namangan State University, 3(1), 56-61.

12. Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I. (2021). FARG 'ONA VODIYSINING AYRIM DENDROFIL SHIRALARI (HOMOPTERA, APHIDOIDEA) BIOEKOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 2(6), 1289-1299.

13. Yuldasheva, S. Q. (2021). The development cycles of nut aphid generation upper leaves in the central and mountain surrounding plains of Fergana valley. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1582-1586.

14. Muhammedov, M. M., A'zamov, O., Xamidov, A., & Alimdjanova, M. (2021, July). BIOLOGY AND COMPOSITION OF ICHTHYOFAUNA OF LAKE SARYKAMYSH. In Конференции.

99

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.