Научная статья на тему 'FAN SIFATIDA MUHANDISLIK FALSAFASINING AHAMIYATI'

FAN SIFATIDA MUHANDISLIK FALSAFASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
24
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muhandislik / texnika / mexanika / ob’ekt / predmet / vazifa. / engineering / technique / mechanics / object / subject / task.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Salimov, Baxriddin Lutfullaevich, Abdusalomov, Zoidjon Nozimjon o‘g‘li, Toshmurodov, Abror Xolmamat o‘g‘li

Maqolada muhandislik falsafasining ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, asrlar otishi bilan olimlar va muhandislar tomonidan muhandislikning falsafiy kontsepsiyasi yaratilishi, ushbu falsafiy kontseptsiya bir tomondan, muhandislik tajribasini nazariy tushunishga, ikkinchi tomondan, muhandislik tajribasini rivojlantirishga asoslanganligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SIGNIFICANCE OF ENGINEERING PHILOSOPHY AS A SCIENCE

The article describes the object and subject, goals and tasks of engineering philosophy, the creation of the philosophical concept of engineering by scientists and engineers over the centuries, and the fact that this philosophical concept is based on the theoretical understanding of engineering experience on the one hand, and on the development of engineering experience on the other hand.

Текст научной работы на тему «FAN SIFATIDA MUHANDISLIK FALSAFASINING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

FAN SIFATIDA MUHANDISLIK FALSAFASINING AHAMIYATI

Salimov Baxriddin Lutfullaevich

Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Abdusalomov Zoidjon Nozimjon o'g'li, Toshmurodov Abror Xolmamat o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Maqolada muhandislik falsafasining ob 'ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, asrlar otishi bilan olimlar va muhandislar tomonidan muhandislikning falsafiy kontsepsiyasi yaratilishi, ushbu falsafiy kontseptsiya bir tomondan, muhandislik tajribasini nazariy tushunishga, ikkinchi tomondan, muhandislik tajribasini rivojlantirishga asoslanganligi bayon etilgan.

Kalit so 'zlar: muhandislik, texnika, mexanika, ob 'ekt, predmet, vazifa.

The article describes the object and subject, goals and tasks of engineering philosophy, the creation of the philosophical concept of engineering by scientists and engineers over the centuries, and the fact that this philosophical concept is based on the theoretical understanding of engineering experience on the one hand, and on the development of engineering experience on the other hand.

Key words: engineering, technique, mechanics, object, subject, task.

Kishilik tafakkurining mahsuli bo'lgan texnika va texnologiyalarni amalda qo'llash va foydalanish muhandislik falsafasining ob'ekti bo'lsa texnika va texnologiyalarni amalda qo'llash va foydalanishning falsafiy jihatlari muhandislik falsafasining predmeti hisoblanadi. Bunda, muhandislik falsafasining falsafa tarkibida vujudga kelgan yangi yo'nalish ekanligi, texnika va texnologiyalar uning tadqiqot doirasidagi masalalar ekanligini alohida ta'kidlamoq joiz.

Insoniyat tarixida davlatchilik va savdoning jadal rivojlanishi ko'plab kichik davlatlar mudofaasi, birinchi navbatda artilleriya va istehkomlar, shuningdek, yo'l -kommunikasiya tizimini barpo etishni, gidrotexnika qurilishi uchun zarur bo'lgan harbiy ishlarni yaxshilashni hamda arxitektura inshootlarini takomillashtirishni rag'batlantirdi. Shahar-davlatlarning mustaqilligini mustahkamlash va ularning mavjudligini saqlash hayotiy ahamiyat kasb eta bordi. Bularniig hammasi oxir-oqibatda kishilik jamiyatida yangi faoliyat turlarining, jumladan, muhandislik faoliyatining paydo bo'lishiga zamin hozirladi. Davrlar o'tishi bilan davlatlarning boyligi ortib, qurilishga ehtiyoj paydo bo'ldi. Qulay va chiroyli me'moriy tuzilmalar

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

va turli xil mashinalarni ishlab chiqarish uchun yangi ilmiy-muhandis-maslahatchilar hamma joyda zarur bo'la boshladi. Chunki, bu ishlarni amalga oshirish uchun oddiy hunarmandchilik mahorati endi etarli emas edi. Shuning uchun texnik vazifalarni hal etadigan muhandislar va ixtirochilar kerak edi. O'z davrining bilimdon kishilari bo'lgan muhandislar, mavjud muammolarni matematik va mexanik bilimlarga asoslangan hisob-kitoblarga tayangan holda hal etishgan. Agar bu bilim etarli bo'lmasa, ular o'z bilimlarini oshirishga va yangi bilimlarni egallishga harakat qilishgan. Bilim o'sha davr jamiyatida juda haqiqiy kuchga aylanadi va tan olinadi. Shu tariqa, kishilik jamiyatida yangi ijtimoiy qatlam, muhandislar sinfi shakllandi. Bular o'z-o'zidan o'qitilgan muhandislar edilar. Ularning muhandislik ma'lumoti etarli bo'lmaganligi sababli, dastlab oddiy qurilmalarni yasaganlar, masalan, suv va shamol tegirmonlarini o'rnatadilar. Bu odamlar odatda arifmetika va qisman mexanikani bilishgan, ular loyihalarni chizish va elementar hisob-kitoblarni amalga oshirishga qodir edi. Biroq, asta-sekin ular nafaqat o'z bilim doiralarini sezilarli darajada kengaytiradilar, balki qomusiy bilim darajasiga ega bo'lgan ilg'or olimlarga aylanishadi va o'sha paytdagi jamiyatda muhim o'rin egallaydilar. O'z atroflarida talabalarni to'plab, ilmiy, badiiy va muhandislik maktablarini tashkil etadilar. Asrlar otishi bilan olimlar va muhandislar tomonidan muhandislikning falsafiy kontseptsiyasi yaratiladi. Ushbu falsafiy kontseptsiya bir tomondan, muhandislik tajribasini nazariy tushunishga, ikkinchi tomondan, muhandislik tajribasini rivojlantirishga asoslangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi mulohazalardan muhandislik falsafasining maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmetini belgilab olishda quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin.

Muhandislik falsafasining maqsadi - barqaror jamiyatni shakllantirish jarayonida muhandislik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ko'rsatish.

Muhandislik falsafasining vazifalari:

- muhandislik faoliyatining vujydga kelish shart-sharoitlarini va rivojlanish bosqichlarini aniqlash;

- muhandislik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

- zamonaviy jamiyatda muhandislik faoliyatining o'rni va ahamiyatini asoslash;

- muhandisning ijtimoiy - ma'naviy qiyofasini shakllantirish;

- muhandislik faoliyatning mazmun va mohiyati, muhandislik falsafasining ilmiy tadqiqot sohasini shakllantirishdan iborat.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Muhandislik falsafasining tadqiqot ob'ekti - kishilik tafakkurining mahsuli bo'lgan texnika va texnologiyalarini amalda qo'llash va foydalanish hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi muhandislik faoliyati hisoblanadi.

Muhandislik falsafasining predmeti - Texnika va texnologiyalarni amalda qo'llash va foydalanishning falsafiy jihatlari hamda muhim fan sifatida muhandislik falsafasining ijtimoiy taraqqiyotga ta'sir etishi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarning barchasi muhandislik tafakkurining falsafiy tushunchasi sifatida bizni muqarrar ravishda zamonaviy dunyoqarashning markaziga tortadi. Muhandislik tafakkuri jamiyatdagi ijtimoiylik modellariga, qabul qilingan tasniflarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ilmiylik konstruksiyalariga asoslangan muhandislik tafakkurida falsafiy fanga doir o'ziga xoslik ham mavjuddir. Muhandislik fikrlash texnologiyalari majmuasi allaqachon shakllangan hamda uzoq vaqtdan beri aniq va yashirin tarzda yangi epistemologik, semiotik uslublar bilan fan va ijtimoiy hayotning turli sohalarida mavjud bo'lib kelmoqda. Xususan, muhandislik tafakkurining zarurligi mamlakatimizda o'zgargan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va iqtisodiyotning ijtimoiy-texnologik rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, bu postindustrial jamiyatda muhandislik tafakkurining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatmoqda.

Hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, muhandis o'zining zamonaviy kasbiy imidjiga muhtojdir. Muhandisning kasbiy imidjining shakllanishi bir qator omillarga bog'liq bo'ladi va buning uchun hal qilinishi lozim bo'lgan quyidagi uchta vazifani o'z ichiga oladi: fundamental gumanistik qadriyatlar asosida zamonaviy muhandisning aksiologik qiyofasining asosi bo'lishi mumkin bo'lgan bir qator qadriyatlarni belgilash; muayyan hayotiy vaziyatlarda ilmiy ustuvorliklarining aniq afzalliklarini ko'rsatish; muhandislik ta'limida talabalarning shaxsiy tanlovini hurmat qilish.

Muhandislik kasbiy imidjining vujudga kelishi jamiyatdagi mavjud sohalarga ham aloqadordir. Mazkur aloqadorlik, "shaxs - texnologiya - tabiat" konsepsiyasi asosida shakllantiriladi. Texnik ta'limni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy muhandisning aksiologik qiyofasi o'z tarkibiga qadriyatlar doirasini sezilarli darajada kengaytiradigan intellektual, axloqiy, kasbiy, ekzistensial xususiyatlarini qamrab olgan. Ushbu jihatlar muhandisning yaxlit shaxs va yetuk mutaxassis sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.

Muhandislik ta'limini ilmiylashtirish bilan bir qatorda qadriyatlararo munosabatlarini o'rganishga birdek o'rin ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Shu o'rinda muhandislikni kelajak ta'limi ekanligini anglab etish muhimdir. Ushbu

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

mavzuni o'rganishdan maqsadimiz ham muhandislik ta'limining ilmiy ahamiyatini va texnik ta'limning aksiologik ustuvorliklarini falsafiy tushunishni aniqlashdir. Muhandislik falsafasining asoslarini ijtimoiy-falsafiy tahlili texnik ta'lim va axloqiy -me'yoriy qoidalar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Shuningdek tizimli yondashuvlar, dialektika, sinergetika, modellashtirish va aksiologik qayta qurish tamoyillaridan foydalanish ham kutilgan natijani beradi.

Shunga alohida e'tibor qaratish kerakki muhandislik ta'limida yetuk mutaxassislarni tayyorlashda ijtimoiy - gumanitar fanlardan xabardorlik, badiiy yorqinlik, notiqlik va fuqarolik faolligiga egalik kabilar ham zarur bo'ladi. Zotan insoniylik fazilatlarining mavjudligi bo'lg'usi mutaxassislarning kelgusida yuksak marralarga erishish imkoniyatlarini yanada oshiradi. Chunki, faol va mustaqil bo'lmagan, jamiyat hayotida ishtirok etishni istamaydigan "o'rtacha" mutaxassislar arzimagan moddiy boylik bilan qanoatlanadi, ba'zan hatto bunga intilmaydi ham. Bundaylar mas'uliyatdan qochishadi, kasbiy rivojlanishni va martaba o'sishini xoxlashmaydi. "O'rtacha" muhandis uchun o'z ustida ishlash, yangiliklar yaratish juda og'ir ish.

REFERENCES

1. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. EnpgaMnnK Ba xaM^nxaranK - h^thmohh MyHOcaöaraapHHHr Kena^arngnp. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.

2. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. H^thmohh MyHOcaöaraapHHHr maKmaHnrnn Ba öapKapopnnrHHH öenrnnoBHH MyxnM TaMofinnnap. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.

3. Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.

4. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.

5. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.

6. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.

7. BaxpnggHH ^yT^ynnaeBHH CannMOB (2022) Y3ÖeKHCTOH TapaKKneTHga кoммyннкaцнa Ba TpaHcnopT th3hmhhh ypHH. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

8. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошкарув ва тарбия санъатининг урни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.

9. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.

10. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик богликлигининг гносеологик тахлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Узбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.

11. Салимов, Б. Л. (2023). 61. ИНСОНИЯТ ХАЁТИДАГИ ТУБ БУРИЛИШЛАР. Inntechcon. uz, 1(0000).

12. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йулдошов Сардор Зокир угли. (2023). 61. Инсоният хаётидаги туб бурилишлар. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).

13. Салимов, Б. Л. (2023). 51. ТЕХНИКА ТАРАККИЁТИНИНГ ИККИ Ё^ЛАМА ТАЪСИРИ. Inntechcon. uz, 1(0000).

14. Salimov, B. L. (2023, May). NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. In International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". (Vol. 1, No. 2, pp. 5-10).

15. Mamanovich, R. K. (2021). Components of political culture in political processes. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 953-959.

16. Rasulov, H. M. (2021). ELECTION PHENOMENON I THE PROBLEM OF IMPROVING THE ELECTRIC CULTURE OF THE POPULATION. ВОСТОЧНО ЕВРОПЕЙСКИЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ,, 75(part 6), 28.

17. Расулов, Х. (2021). Хукукий маданият: муаммонинг ижтимоий-сиёсий омиллари. Общество и инновации, 2(10/S), 335-342.

18. Salimov, B. L., Tursunov, S. R., & Haydarov, M. N. U. (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 1001-1007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.