Научная статья на тему 'ФАКТОР РОСТА ФИБРОБЛАСТОВ'

ФАКТОР РОСТА ФИБРОБЛАСТОВ Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
121
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
фактор роста фибробластов / рецепторы фактора роста фибробластов (FGFR) / аутокринные / интракринные / паракринные факторы / дефекты развития / ангиогенез / дифференцировка / нейрогенез. / fibroblast growth factor / fibroblast growth factor receptors (FGFR) / autocrine / intracrine / paracrine factors / growth defects / angiogenesis / differentiation / neurogenesis.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Солиев Алишер Урокович, Жарылкасынова Гавхар Жанузаковна

Фактор роста фибробластов или FGF принадлежит к семейству факторов роста, участвующих в ангиогенезе, заживлении ран и эмбриональном развитии. Факторы роста фибробластов представляют собой белки, связывающие гепарин. Было показано, что взаимодействие с протеогликанами клеточной поверхности необходимо для факторов роста фибробластов для передачи сигналов. Факторы роста фибробластов играют ключевую роль в пролиферации и дифференцировке широкого спектра клеток и тканей. У человека обнаружено 22 представителя семейства FGF, все они представляют собой структурно сходные сигнальные молекулы. FGF21 – дает возможность прогнозировать смертность различной этиологии, а также от сердечно-сосудистой патологии. Наряду с этим, при повышении уровня FGF21 возрастает риск развития повторного инфаркта миокарда в течении 30 дней.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по медицинским наукам и общественному здравоохранению , автор научной работы — Солиев Алишер Урокович, Жарылкасынова Гавхар Жанузаковна

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIBROBLAST GROWTH FACTOR

Fibroblast growth factor or FGF belongs to the family of growth factors involved in angiogenesis, wound healing and embryonic development. Fibroblast growth factors are proteins that bind heparin. Interaction with cell surface proteoglycans has been shown to be required for fibroblast growth factors for signaling. Fibroblast growth factors play a key role in the proliferation and differentiation of a wide variety of cells and tissues. In humans, 22 members of the FGF family have been found, all of which are structurally similar signaling molecules. FGF21 makes it possible to predict mortality of various etiologies, as well as from cardiovascular pathology. Along with this, with an increase in the level of FGF21, the risk of developing a secondary myocardial infarction within 30 days increases.

Текст научной работы на тему «ФАКТОР РОСТА ФИБРОБЛАСТОВ»

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

№2 | 2022

JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ

УДК 616-092.6

Солиев Алишер Урокович

ассистент кафедры внутренних болезней и эндокринологии Бухарского медицинского института

Бухара, Узбекистан Жарылкасынова Гавхар Жанузаковна DSc, доцент кафедры переподготовки и повышении квалификации семейных врачей Бухарского медицинского института Бухара, Узбекистан

ФАКТОР РОСТА ФИБРОБЛАСТОВ For citation: Soliev U., Jarilkasinova G.J. FIBROBLAST GROWTH FACTOR. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 2, pp.

http: //dx. doi.org/10.5281/zenodo.6734344

АННОТАЦИЯ

Фактор роста фибробластов или FGF принадлежит к семейству факторов роста, участвующих в ангиогенезе, заживлении ран и эмбриональном развитии. Факторы роста фибробластов представляют собой белки, связывающие гепарин. Было показано, что взаимодействие с протеогликанами клеточной поверхности необходимо для факторов роста фибробластов для передачи сигналов. Факторы роста фибробластов играют ключевую роль в пролиферации и дифференцировке широкого спектра клеток и тканей. У человека обнаружено 22 представителя семейства FGF, все они представляют собой структурно сходные сигнальные молекулы. FGF21 - дает возможность прогнозировать смертность различной этиологии, а также от сердечно-сосудистой патологии. Наряду с этим, при повышении уровня FGF21 возрастает риск развития повторного инфаркта миокарда в течении 30 дней.

Ключевые слова: фактор роста фибробластов, рецепторы фактора роста фибробластов (FGFR), аутокринные, интракринные, паракринные факторы, дефекты развития, ангиогенез, дифференцировка, нейрогенез.

Soliev Alisher Urokovich

assistant of the Department of Internal Medicine and Endocrinology of the Bukhara Medical Institute Bukhara, Uzbekistan Jarilkasynova Gavhar Januzakovna DSc, Professor of the Department of Retraining and advanced training of family doctors Bukhara Medical Institute Bukhara, Uzbekistan

FIBROBLAST GROWTH FACTOR

ANNOTATION

Fibroblast growth factor or FGF belongs to the family of growth factors involved in angiogenesis, wound healing and embryonic development. Fibroblast growth factors are proteins that bind heparin. Interaction with cell surface proteoglycans has been shown to be required for fibroblast growth factors for signaling. Fibroblast growth factors play a key role in the proliferation and differentiation of a wide variety of cells and tissues. In humans, 22 members of the FGF family have been found, all of which are structurally similar signaling molecules.

FGF21 - makes it possible to predict mortality of various etiologies, as well as from cardiovascular pathology. Along with this, with an increase in the level of FGF21, the risk of developing a secondary myocardial infarction within 30 days increases.

Key words: fibroblast growth factor, fibroblast growth factor receptors (FGFR), autocrine, intracrine, paracrine factors, growth defects, angiogenesis, differentiation, neurogenesis.

Soliyev Alisher O'roqovich

Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi assistenti

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

№2 I 2022

Buxoro, O'zbekiston Jarylkasinova Gavhar Djanuzakovna

Buxoro tibbiyot instituti DSc, oilaviy vrachlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi professori Buxoro, O'zbekiston

FIBROBBLASTLARNING OSISH OMILI

ANNOTATSIYA

Fibroblastlarning o'sish omili yoki FGF angiogenez, yaralarni davolash va embrion rivojlanishda ishtirok etadigan o'sish omillari oilasiga tegishlidir. Fibroblast o'sish omillari geparinni bog'laydigan oqsillardir. Hujayra yuzasi proteoglikanlari bilan o'zaro ta'sir qilish fibroblast o'sish omillarining signal uzatilishi uchun zarur ekanligi isbotlangangan. Fibroblast o'sish omillari keng doiradagi hujayralar va to'qimalarni proliferasiya va differensirovkasida asosiy rol o'ynaydi. Odamlarda FGF oilasining 22 vakili topilgan, ularning barchasi tizimli ravishda o'xshash signalli molekulalardir.

FGF21 - barcha sabablarga ko'ra o'limni, hamda yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lim bashorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, FGF21 ning miqdori yuqori bo' lsa, 30 kun ichida takroriy miokard infarkt kuzatilishi mumkinligi xavfi oshadi.

Kalit so'zi: fibroblast o'sish omili, fibroblast o'sish omili retseptorlarini (FGFRs), autokrin, intrakrin, parakrin omillar, rivojlanish nuqsonlari, angiogenez, differentsiatsiya, neyrogenez

Fibroblastlarning o'sish omili yoki FGF angiogenez, yaralarni davolash va embrion rivojlanishda ishtirok etadigan o'sish omillari oilasiga tegishlidir. Fibroblast o'sish omillari geparinni bog'laydigan oqsillardir. Hujayra yuzasi proteoglikanlari bilan o'zaro ta'sir qilish fibroblast o'sish omillarining signal uzatilishi uchun zarur ekanligi isbotlangangan. Fibroblast o'sish omillari keng doiradagi hujayralar va to'qimalarni proliferasiya va differensirovkasida asosiy rol o'ynaydi. Odamlarda FGF oilasining 22 vakili topilgan, ularning barchasi tizimli ravishda o'xshash signalli molekulalardir [1,2,3].

FGF1 dan FGF10 gacha bo'lgan o'sish omili vakillarining barchasi fibroblast o'sish omili retseptorlarini (FGFRs) bog'laydi. FGF1 kislotali deb ham ataladi va FGF2 esa asosiy fibroblast o'sish omili sifatida tanilgan. FGF11, FGF12, FGF13 va FGF14 vakillari, shuningdek, 1-4 (FHF1-FHF4) o'xshash omillar ham tanilgan, ular FGFs dan aniq funktsional farqlarga ega. Garchi bu omillar juda o'xshash ketma-ketlik gomologiyalariga ega bo'lsada , ular o'sish omili retseptorlarini (FGFRs) bog'lamaydi va FGFs bilan bog'liq hujayra ichidagi jarayonlarda ishtirok etadi [4]. Ushbu guruh "iFGF " nomi bilan ham tanilgan [5]. FGF16 dan FGF23 gacha bo'lgan vakillar yangi va yaxshi o'rganilmagan. FGF15 - inson FGF19 oqsilining kalamush ortologidir shuning uchun odamlarda FGF15 yo'q. Boshqa FGFlarning mahalliy ta'siridan farqli o'laroq, FGF15/FGF19, FGF21 va FGF23 ko'proq tizimli ta'sirga ega [8] va endokrin FGFlar guruhiga birlashtirilgan [9].

Sutemizuvchilar fibroblast o'sish omili retseptorlari oilasining to'rtta vakili bor - FGFR1, FGFR2, FGFR3 va FGFR4. FGFRs uchta turdagi hujayradan tashqari immunoglobulin domenlaridan (D1-D3), bitta zanjirli transmembrana domenidan va hujayra ichidagi tirozinkinaz domenidan iborat. FGFs D2 va D3 domenlari bilan o'zaro ta'sir qiladi. D3 bilan o'zaro ta'sirlar, birinchi navbatda, o'ziga xos ligand ulanishi uchun javobgardir. Geparan sulfatning aloqasi D3 domeni orqali amalga oshiriladi. D1 va D2 domenlari orasida joylashgan kislotali aminokislotalarning qisqa qismi avtoinhibitor funktsiyalariga ega. Ushbu "kislota boks" motivi ("acid box") fibroblast o'sish omillari yo'qligida retseptorlarning faollashishini oldini olish uchun bog'lanish joyida heparan sulfat bilan o'zaro ta'sir qiladi. mRNK ni muqobil qo'shish natijasida FGFRs ning 1, 2 va 3 o'sish omili retseptorlarining "b" va "c" variantlari paydo bo'ladi. Ushbu mexanizm orqali hujayra yuzasida yetti xil o'sish omili retseptorlari subtiplari ekspressiyalanishi mumkin. Har bir o'sish omili retseptorlari, FGFR, odatda bir necha turli FGFsni bog'laydi . Xuddi shunday, eng ko'p FGFs bir nechta turli FGFR subtiplari bilan bog'lanishi mumkin. FGF 1 ba'zan "universal ligand" deb hisoblanadi, chunki u FGFRs ning barcha yetti xil kichik turini faollashtirishga qodir. Undan farqli o'laroq, FGF7 (keratinositlar o'sish omili, KGF) faqat FGFR2b (KGFR) bilan bog'lanadi. Hujayra yuzasi signalizatsiya kompleksi ikkita bir xil FGF ligandlari , ikkita FGFR subbirligi va bir yoki ikkita geparan sulfat zanjirlari o'rtasida hosil bo'lgan uchtalik kompleks deb hisoblanadi. Fibroblast o'sish omili retseptorlari 1 turini (monoklonal antitana OM-RCA-01) yoki fibroblast

o'sish omili retseptorlari 2 turini (RPT835) blokirovka qilish saraton hujayralari ko'payishini bostirishga olib keladi.

Fibroblast o'sish omili Armelin tomonidan 1973 yilda gipofiz bezidan olingan ekstraktda topilgan, keyin uni Gospodarovich va boshqalar tomonidan sigir miyasida topildi. Biosinamalar o'tkazilganda, fibroblastlar tez o'sishni boshlangan (birinchi hisobot 1974 yilda nashr etilgan). Ekstrakt kislotali va ishqoriy pH yordamida qo'shimcha fraktsiyalarga bo'lingan va ikkita bir biridan kam farq qiladigan shakli ajratilgan va "kislotali fibroblast o'sish omili" (FGF1) va "asosiy fibroblast o'sish omili" (FGF2) deb nomlangan. Ushbu oqsillar aminokislotalar tarkibi jihatdan yuqori darajada o'xshashlikka ega, ammo ular alohida mitogenlardir. Odamlarda FGF2 to'rtta izoform, bitta past molekulyar og'irlik (LMW) va uchta yuqori molekulyar og'irlik (HMW) ko'rinishida uchraydi. LMF asosan sitoplazmatikdir va autokrin tarzda ishlaydi, HMF FGF2 esa yadrodir va intrakrin mexanizm orqali faollik ko'rsatadi. FGF1 va FGF2 ajratilganidan ko'p o'tmay, HBGF-1 va HBGF-2 deb nomlangan yana bir nechta geparinni bog'laydigan o'sish omillari ajratildi; ular bilan birga qon tomirining endotelial hujayralarini o'z ichiga olgan biosinamada hujayra proliferatsiyasiga sabab bo'lgan uchinchi guruh o'sish omillari ajratildi. Ushbu o'sish omillari ECGF1 va ECGF2 deb ataladi. Ushbu oqsillar Gospodarovich tomonidan tasvirlangan kislotali va asosiy fibroblast o'sish omillari bilan bir xil ekanligi aniqlandi .

Fibroblastlarning o'sish omillari - keng ko'lamli ta'sirga ega ko'p funktsiyali oqsillardir. Ular ko'pincha mitogenlardir, lekin ayni paytda regulyator, struktur va endokrin ta'sirga ega. Ularning boshqa nomi -"pluripotent" o'sish omillari bo'lib, ko'p turdagi hujayralarga xar xil ta'siridan kelib chiqqan. FGFning esa to'rtta tip retseptorlari yigirmadan ortiq turli ligandlar tomonidan faollashtirilishi mumkin. FGFs ning funktsiyalari mezodermal induksiya, embriogenez davrida to'g'ri sefalizatsiya [6], oyoq-qo'llarning rivojlanishi, neyrula shakllanishi va asab tizimining rivojlanishi va yetuk to'qimalarda/tizimlarda to'qimalarning regeneratsiyasi, keratinotsitlar o'sishi va yaralarni bitishini o'z ichiga oladi.

Fibrpblastlarning o'sish omili umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning normal ontogenezi uchun alohida ahamiyatga ega va ularning me'yordan har qanday og'ishi bir qator rivojlanish nuqsonlariga olib keladi. FGF1 va FGF2 muhim vazifalaridan biri bu endotelial hujayralar o'sishini rag'batlantirish va ularni nay tuzilishini tashkillashtirishdir. Shunday qilib, ular oldindan mavjud bo'lgan tomirlardan yangi qon tomirlarining o'sishini ya'ni angiogenezni tezlashtiradi. Qon tomir endotelial o'sish omili (VEGF) yoki trombotsitlar o'sish omili (PDGF) [20] ga qaraganda FGF1 va FGF2 -ancha kuchli angiogen omillardir. Qon tomirlarining o'sishini rag'batlantirishdan tashqari, FGFs jarohatning bitish jarayonida muhim ishtirokchilardir. FGF1 va FGF2 angiogenez va fibroblastlarning o'sishini rag'batlantiradi, bu esa granulyatsion to'qimaning o'sishiga va yara bo'shlig'ini to'ldirishiga olib keladi. FGF7 va FGF10 (shuningdek, keratinotsitlar o'sish omillari KGF va KGF2 sifatida ham tanilgan)

ЖУРНАЛ КАРД1/10РЕС01/1РАТ0РНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CABDIOBESPIBATOBY BESEABCH

№2 | 2022

epiteliya hujayralarining ko'payishi, ko'chishi va differentsiatsiyasini rag'batlantirish orqali shikastlangan teri va shilliq qavatni tiklanishniga turtki beradi.

Markaziy asab tizimining rivojlanishida FGFs neyrogenezda, aksonlarning o'sishi va differentsiatsiyada muhim rol o'ynaydi. FGFs yetuk miyani himoya qilishda ham muhimdir. Shunday qilib, FGFs neyronlarning embrion rivojlanishida ham, balog'at yoshida ham omon qolishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Masalan, gipokampda neyrojenez FGF-2 ga juda bog'liq. Bundan tashqari, FGF-1 va FGF-2 sinapslarning plastikligini, gipokampda o'rganish va xotira uchun mas'ul bo'lgan jarayonlarni tartibga solishda ishtirok etadi. Ko'pgina FGFs sekresiya qiladigan oqsillar, geparin sulfatni bog'laydi va shuning uchun geparansulfatproteoglikanini o'z ichiga olgan hujayradan tashqari matritsaga saqlanadi. Bu ularga mahalliy darajada parakrin omillar sifatida tasir qilish imkonini beradi. Biroq, geparin sulfat bilan kuchsizroq bog'langan FGF19 oqsillari (FGF19, FGF21 va FGF23) ichak, jigar, buyrak, yog' va suyak kabi uzoq to'qimalarga endokrin signalizatsiyada ishtirok etishi orqali ta'sir qiladi. Masalan, FGF19 ichak hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi, lekin o't kislotasi sintezida ishtirok etadigan asosiy genlarning faolligini kamaytirish uchun FGFR4 ni ekspressiyalaydigan jigar hujayralariga ta'sir qiladi. FGF23 suyak tomonidan ishlab chiqariladi, lekin D vitamini sintezini tartibga soluvchi FGFR1- ekspressiyalovchi buyrak hujayralariga ta sir qiladi, bu esa o'z navbatida kaltsiy gomeostazasiga ta'sir qiladi [9].

Fibroblast o'sish omili 21 (FGF21) energiya muvozanatini, glyukoza va lipid gomeostazini tartibga solishda ishtirok etadigan gormonga o'xshash oqsildir. U birinchi navbatda jigar tomonidan va kamroq darajada yog' to'qimalari tomonidan sekretsiya qilinadi. FGF21

References / Список литературы /Iqtiboslar

1. 2. 3.

4.

5.

6.

7.

8.

o'z ta'sirini heterodimer retseptor kompleksi, jumladan FGF1 retseptorlari (FGFR1) va □ -klotho [3] orqali amalga oshiradi.

2000 yilda kashf etilganidan beri ushbu o'sish omiliga qiziqish doimiy ravishda ortib bormoqda. 10 yildan ortiq vaqt davomida in vivo va ex vivo intensiv eksperimentlar odamlarda FGF21 ning fiziologik funktsiyalarini, shuningdek, inson metabolik kasalliklarida uning patofiziologik roli va farmakologik ta'sirini o'rganishga qaratilgan.

Ko'pgina tadqiqotlar mualliflari FGF21 metabolik sindrom va 2-tip qandli diabet patofiziologiyasiga ta'sir qilishi mumkin degan fikrni bildiradilar [1].

Y.Vang tomonidan 11 ta tadqiqotning meta-tahlili shuni ko'rsatdiki, FGF21 darajasi 2-tip qandli diabetga chalingan odamlarda sezilarli darajada yuqori bo'ladi [2]. Prospektiv tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, FGF21 metabolik sindromning mustaqil prognozchisi [7,8] hisoblanadi. FGF21 tana massahsi indeksi (BMI), bel aylanasi, yog' zaxiralari, xususan, visseral yog' bilan, epikardial yog' bilan, jigar yog'i, mushak ichiga yog'i, lipid profili ko'rsatkichlari (umumiy xolesterin - xolesterin, triglitseridlar va insulin rezestentligi indeksi (HOMA-IR) bilan bog'liq.

Tadqiqotchilar FGF21 ning zardobdagi yuqori darajalari patologik sharoitlarda kompensator himoya reaktsiyasini aks ettirishi mumkinligini taxmin qilishdi. 28 ta tadqiqotning meta-tahlili natijalariga ko'ra, qon plazmasidagi FGF21 ning yuqori konsentratsiyasi yurak-qon tomir kasalliklari, metabolik sindrom va 2 tip qandli diabet da buyrak yetishmovchiligi xavfini sezilarli darajada ko'paytiradi.

FGF21 - barcha sabablarga ko'ra o'limni, hamda yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lim bashorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, FGF21 ning miqdori yuqori bo'lsa, 30 kun ichida takroriy miokard infarkt kuzatilishi mumkinligi xavfi oshadi.

Soliyev A.U. /Qari va keksalarda arterial gipertoniya tarqalishi va xavf omillarining uchrashi. //Biomeditsina va amaliyot jurnali. B.435-441. Maxsus son. 2020 yil. Toshkent.

Degirolamo C., Sabba C., Moschetta A. Therapeutic potential of the endocrine fibroblast growth factors FGF19, FGF21 and FGF23 (англ.) // Nat. Rev. Drug Discov.. - 2016. — Vol. 15. — P. 51—69. — doi:10.1038/nrd.2015.9.

Armelin H. A. Pituitary extracts and steroid hormones in the control of 3T3 cell growth (англ.) // Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America : journal. — 1973. — September (vol. 70, no. 9). — P. 2702—2706. — doi:10.1073/pnas.70.9.2702. — Bibcode: 1973PNAS...70.2702A. — PMID 4354860.

https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/20581332, Zechel S, Werner S, Unsicker K, von Bohlen und Halbach O. 2010. Expression and functions of fibroblast growth factor 2 (FGF-2) in hippocampal formation. Neuroscientist 16: 357—373.

Staiger H, Keuper M, Berti L et al. Fibroblast growth factor 21-metabolic role in mice and men. Endocrine Rev 2017; 38 (5): 468-88. DOI: 10.1210/er.2017.

Choi JR et al. Serum fibroblast growth factor 21 and new-onset metabolic syndrome: KoGES-ARIRANG study. Yonsei Med J 2018; 59 (2): 287-93. DOI: 10.3349/ymj.2018.59.2.287

Bobbert T et al. Fibroblast growth factor 21 predicts the metabolic syndrome and type 2 diabetes in Caucasians. Diabetes Care 2013; 36 (1): 145-9. DOI: 10.2337/dc12-0703

Chen C et al. High plasma level of fibroblast growth factor 21 is an independent predictor of type 2 diabetes: A 5.4-year population-based prospective study in Chinese subjects. Diabetes Care 2011; 34 (9): 2113-5. DOI: 10.2337/dc11-0294

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.