SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023
EVFEMIZM FAOL TIL BIRLIGI SIFATIDA
Ibragimova So'g'diyona Ikrom qizi
Termiz Davlat Pedagogika Instituti magistranti ibragimovasugdiyona3 @gmail .com
Mazkur maqolada evfemizmlarning nutqda qo'llanilish sabablari, evfemizm so'zining lug'aviy ma'nosi, lingvistikada til birligi sifatida ahamiyati haqida so'z boradi. Evfemizmlarning dolzarblik xususiyatlari misollar yordamida hamda tadqiqotchilar fikrlari orqali isbotlab beriladi. Evfemizmlarning davrlar o 'tishi bilan o 'zgarishi, yangi evfemizm guruhlarining vujudga kelishi haqida yoritiladi.
Kalit so'zlar: til birligi, evfemizm hodisasi, tarixiy etnografik hodisa, tilshunos, neytral so 'z.
This article discusses the reasons for the use of euphemisms in speech, the dictionary meaning of the word euphemism, and the significance of the word euphemism as a language unit in linguistics. The relevance features of euphemisms are proven with the help of examples and researchers' opinions. Changes of euphemisms over time, emergence of new groups of euphemisms are highlighted.
Key words: language unit, phenomenon of euphemism, historical ethnographic phenomenon, linguist, neutral word.
Suhbat jarayonida har birimiz yonimizdagi insonni ranjitmaslik maqsadida nojo'ya va qo'pol so'zlarni aytmasdan qoldiramiz yoki so'zimizni ma'no jihatdan bezashga majbur bo'lamiz. Bunday vaziyatlarda qo'pol so'zlar o'rnini bosuvchi so'z sifatida evfemizmlardan foydalanishimiz mumkin. Aynan evfemizmlardan foydalanish noqulay vaziyatlardan oson chiqishimizga yordam beradi. Evfemizm yunon tilidan "yumshoq ifodalash" deya tarjima qilinadi va so'zlovchiga aytish noqulay bo'lgan so'zlar o'rnida qo'llaniluvchi sinonimlar sifatida qaraladi. Evfemizmlarning shakllanishi tabu hodisasi bilan chambarchas bog'liq. Tarixiy etnografik hodisa sifatida ikkala hodisa birgalikda shakllangan. Evfemizm xalqlardagi urf-odat, madaniyat va saviyaning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi
Hozirgi kunda evfemizmlar hayotning barcha sohalarida keng tarqalgan. So'nggi o'n yillar ichida evfemizm til birligi mahalliy va xorijiy tilshunoslarning muhimligi jihatidan mashhur tadqiqot obyektiga aylandi. Tilshunos sifatida evfemizmlarning vazifasi va nutqdagi o'rnini tushunish juda muhimdir. Chunki ularni tushunish
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
[6].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
ijtimoiy nutq normalarini yaxshi anglash hisoblanadi. V.N. Yartseva so'zlariga ko'ra "Evfemizmlar - so'zlovchiga odob doirasidan tashqarida bo'lib tuyuladigan, qo'pol, behayo so'zlar o'rnida ishlatiladigan hissiy jihatdan neytral so'z yoki iboralardir". Hugh Rison esa evfemizmlarga juda aniq va lo'nda ta'rif beradi: "qo'pol, yoqimsiz so'zlar o'rnida yumshoq, qabul qilinadigan allegorik so'zlar ishlatiladi va ular evfemizmlardir". Boshqacha qilib aytganda evfemizmlar bizga nutq me'yorlarini saqlashga yordam beradi. Misol uchun, ingliz tilida o'lim haqida gapirish ochiqcha emas hamda bir necha yumshoq muqobillari bilan tushuntirishga harakat qilinadi. "To pass away", "to leave this life", "to rest in piece" so'zlari bilan ma'no neytrallashtirib beriladi. Yoki keksalik haqida gap ketganda ham yoshi ulug' ma'nosini beruvchi bir necha stilistik ekvivalentlardan foydalaniladi [2]. Masalan, o'zbek adabiyotidan A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanidan shunday jumlani evfemizm sifatida keltirish mumkin: "Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha quyilmaydiganga o'xshaydi". Ushbu asar qahramoni Nigoroyim tilidan aytilgan jumladagi "egasiga topshirmoq" so'z birikmasi "erga bermoq" so'zining yumshatilgan shakli hisoblanadi [6].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Evfemizmlar nutqda ko'p qirrali va murakkab lingvistik hodisa sifatida qaraladi. Barcha evfemizmlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin [5]:
a) tibbiy sohada qo'llaniluvchi evfemizmlar (tibbiy atamalar ko'pincha salbiy yoki uyatli ma'noga ega bo'lganligi uchun evfemizmlarga almashtiriladi);
b) irq va millat uchun ishlatiluvchi evfemizmlar (qadimdan Afrika va Amerika xalqlariga nisbatan qo'llanilib kelgan "hindu" yoki irqni anglatuvchi "negr" so'zlari qo'pol tuyulgani uchun ular o'rnida mahalliy amerikaliklar, mahalliy afrikaliklar so'zlari ishlatiladi);
c) har qanday ta'qiq yuzasidan vujudga keladigan qo'rquvni kamaytirish yuzasidan qo'llaniluvchi evfemizmlar (masalan, o'lmoq so'zi o'rniga keluvchi so'zlar);
d) yoshni bildiruvchi evfemizlar (masalan, qari so'zi o'rnida keksa, yoshi ulug' so'zlarining ishlatilishi);
e) tashqi ko'rinishdagi kamchiliklar (semizlik yoki o'ta ozg'inlik, xunuklik kabi holatlarda);
f) moda omili (ushbu omilning paydo bo'lishi tijorat maqsadlari bilan bog'liq);
g) din omili (odatda ayrim mamlakatlarda boshqa dinga mansub kishilarga evfemistik so'zlar bilan murojaat qilinadi);
h) ijtimoiy va moliyaviy holat (kambag'al yoki nochor so'zlarini qo'llash hamma zamonlarda ham salbiy ma'no anglatgan).
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Yuqoridagi omillardan tashqari ham evfemizmlarning dolzarbligini oshiruvchi bir necha sabablar bor va bu ro'yxat vaqtlar o'tishi bilan kengayib boraveradi.
Evfemizmga ta'rif berilayotganda tilshunoslar ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Sababi evfemizmlar boshqa til hodisalaridan ajralib turuvchi aniq chegaralarga ega emas. Bu tushunchaning mohiyatini yaxshiroq anglash uchun evfemizmlarning bir necha belgi va xususiyatlarini ko'rib chiqish lozim. Xususan, E.P. Senichkina barcha evfemizmlarga xos bo'lgan bir necha universal xususiyatlari borligi haqida yozadi [5; 303]:
1. Salbiy denotatning ma'nosiga mos keluvchi evfemizmlarning mavjudligi;
2. Ma'noni yumshatishga yordam berishi;
3. Almashtirilayotgan so'zga nisbatan denotatsiyaning takomillashtirilishi;
4. Denotatsiyaning takomillashtirilishi obyekt yoki hodisa haqida so'zlovchida taassurot paydo bo'lishiga yordam berishi.
Til va jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichiga ko'ra evfemizmlarning guruhlari dolzarbligini yo'qotishi mumkin. Ayrim guruhlar esa nutq normalariga to'g'ri kelmasligi tufayli eskirib bu ro'yxatdan chiqib ketishga sabab bo'ladi. Yangi salbiy hodisalar va munosabatlarning vujudga kelishi natijasida evfemizmlar guruhlari kengaya boradi. B.A.Larin, A.M.Katsev, S.Vidlak, B.Uorren kabi olimlar evfemizmlar lug'atini yaratishgan.
Shunday qilib, evfemizmlar axloq me'yorlariga zid so'z va iboralar o'rnida qo'llaniluvchi muqobil so'zlar hisoblanadi hamda ularni o'rinli qo'llash suhbatdoshingizni ko'ngliga ozor berishning oldini oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Ibragimova Sugdiyona Ikrom qizi. (2023). The Cross-Cultural Specificity of The Taboo Is the Example of The English and Uzbek Languages. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 26, 18-20. Retrieved from https: //geniusj ournals.org/index.php/ejlat/article/view/5192
2. Qodirova Mukaddas Tog'ayevna, . (2022). THE STUDY OF PRAGMATIC FEATURES OF ADDRESSING UNITS IN UZBEK LANGUAGE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 3(03), 61-66. https://doi.org/10.37547/philological-crjps-03-03-12
3. Yusupova, M. (2023). ANALYSIS OF CLASSIFICATIONS OF EUPHEMISMS . Scientific Journal of the Fergana State University, 28(3), 80. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol28_iss3/a409-412
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
4. Ibragimova, S. (2023). TABU HAMDA EVFEMIZMLARNI O'RGANISHDA NAZARIY QARASHLAR VA MUAMMOLAR. Talqin Va Tadqiqotlar, 1(19). извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/1281
5. Сеничкина Е. П. Словарь эвфемизмов русского языка. М.: Флинта: Наука, 2008. 464с.
6. https: //uz.m. wikipedia. org/wiki/Evfemizm
7. https://researchedu.org/index.php/cf/article/view/92
8. https: //scienceweb.uz/publication/12149