Научная статья на тему 'ESTRADA VOKALI'

ESTRADA VOKALI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
64
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Uzoqov Dilmurod Sultonovich

Mazkur maqolada estrada vokali ,estrada vokal ko’nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, usullardan foydalanishning ilmiynazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar olib boriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTRADA VOKALI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ESTRADA VOKALI

Uzoqov Dilmurod Sultonovich

O'zDSMI "Vokal" kafedrasi katta o'qituvchisi. E-mail: dilmuroduzoqovkafedra@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada estrada vokali ,estrada vokal ko'nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, usullardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar olib boriladi

Kalit so'zlar: Estrada,vokal,estrada vokalipedagogik texnologiyalar.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7636579

Annotation: This article gives information about feedback on the scientific-theoretical basis of using modern pedagogical technology methods in the formation of pop vocal, pop vocal skills.

Key words: Pop, vocal, pop vocal pedagogical technologies

Estrada (ispancha — taxtasupa), estrada san'ati — 1) keng ma'noda — ko'ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma'noda — sahnaviy professional san'at turi. Rossiya va boshqalar ba'zi mamlakatlarda Estrada ,Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. Estradaning kelib chiqishi xalq og'zaki ijodi bilan bog'liq bo'lsada, u muayyan (tijoratommabop) san'at turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. Estradaning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda o'tkaziladigan Estrada konsertidir. Estrada-vokal" to'garagiga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar jalb qilinadi. "Estrada-vokal" to'garagining o'quv rejasi bir o'quv yiliga mo'ljallangan. Mazkur o'quv dasturi Xalq ta'limi vazirligining 2015 yil 31 martdagi 7-mh-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan maktabdan tashqari ta'limga qo'yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu o'quv dasturida berilgan mavzular va mavzuga oid soatlar miqdori (216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to'garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to'garak rahbari tomonidan 25 foizgacha o'zgartirilishi mumkin. Estrada vokal ijrochiligi bugungi kunda yosh avlodni musiqa san'atiga ommaviy jalb etish, pedagogika va psixologiya fanining ustuvor vazifalaridan biri - bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni hal etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Aynan ijodiy qobiliyatlar ongning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish kabi ko'plab qobiliyatlarni kengaytirishga zamin yaratadi. Zamonaviy estrada xonandaligi o'zida akademik xonandaligi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

va an'anaviy xonandaligi texnikasini, shuningdek, estradaga xos bo'lgan bir qancha o'ziga xos texnikalarni birlashtiradi.

Rivojlanib borayotgan musiqiy madaniyatimizda estrada vokal ijrochiligi san'ati alohida o'rin tutadi. Estrada vokal ijrochiligi musiqasi bugungi kunda nafaqat san'at turi, balki ijtimoiy-madaniy hodisadir.

Shu o'rinda "Vokal " so'zining lug'aviy ma'nosiga to'xtalib o'tsak. "Vokal" so'zining lug'aviy ma'nosi bizda qadimdan mavjud bo'lgan "qo'shiq, ashula" degan musuqiy atamalarga to'g'ri keladi shunga ko'ra, vokal istilohi tarixiy - ijtimoiy, madaniy - ma'rifiy jarayonlarning ajralmas bir bo'lagi sifatida qadim zamonlardan beri yashab kelmoqda. O 'zbek xalqi madaniy xayoti XIX asming ikkinchi yarmidan kirib kelib, san'atning ijrochilik janrini ifodalay boshlagan bu tushuncha Yevropada uzoq tarixga ega bo'lib, uning negizi antik davr diniy marosimlari, ijro jarayoniga borib taqaladi

O'zbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida bo'lgani kabi) Estradaning rivojlanishi quyidagi ko'rinishlarda bo'lgan: bir tomondan unda an'anaviy san'at namunalari sahna talablariga moslashtirib o'zgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya an'analariga asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turg'unboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan O'zbekiston E.si chet el san'ati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada orkestri, myuzikxoll)ni o'zlashtirishi bilan boyidi.

Xonandalik yo'nalishida asosiy o'rin tutgan vokal hozirda ancha ommalashib ketgani sir emas. Vokal - musiqa san'atining o'ziga xos turi bo' lib, eng awalo ashula aytish mahoratini yuksak darajada o'zlashtirishga asoslanadi. Ashula aytish yakka holda, ansambl yoki xor jo'rligida ham namoyon bo'Hshi mumkin. Muhimi, vokal san'ati hozirgi kunda opera, operetta, musiqali dramalar, komediyalar va Estrada konsertlarida ham keng qo'llanib kelinmoqda. Ko'plab taniqli vokal texnikalari mavjud, masalan: Set Riggsning "Nutq pozitsiyasida qo'shiq aytish" yoki V.V.Emelyanovning "Ovozni rivojlantirishning fonopedik usuli" asarlarida ajoyib vokal texnikasi haqida tavsiyalar berilgan. Oxirgi texnikaning asosiy mazmuni muallifning bir nechta monografiyalarida ochib berilgan, ulardan eng mashhuri "Ovozni rivojlantirish, muvofiqlashtirish va trening". Ushbu kitobning 7-nashri 2015-yilda nashr etilgan. Bu usullarning ikkalasi ham ovozni texnik jihatdan rivojlantirishga qaratilgan. London vokal maktabining vokal mashqlarini bajarishning asosiy sharti ijro etilayotgan fon musiqasining zarbasiga harakat bilan qo'shiq aytishdir. Shunday qilib, bu vokal mashqlarini bajarishni murakkablashtiradi va shu bilan birga unga ovozida zarur erkinlikni beradi. Ovoz erkinligiga, ayniqsa,boshlang'ich bosqichdagi xonandalar uchun oddiy ovoz mashqlarini harakatlarsiz bajarishda erishish juda qiyin.

1956-yildan O'zbek estrada teatri, keyinchalik O'zbek davlat estrada birlashmasi (1996-yilgacha) faoliyat ko'rsatgan.

V.Kuznetsov shunday deb yozgan edi: "Vokal yoki instrumental musiqiy estrada chiqishining asosiy xususiyatlaridan biri bu tinglovchilar bilan muloqotning o'ziga xosligidir. Estrada ijrochisi, albatta, tomoshabinni o'ziga jalb qiladi".

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Hozirda O'zbekistonda Estrada san'atini rivojlantirish, Estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "O'zbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. Estrada o'quv yo'nalishi sifatida maxsus ta'lim tizimiga kiritilgan. Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Бавыкова Т.В. Техника голосообразования будущих эстрадных певцов, М: 2020 - С. 45-52.

2. Дрожжина Н. В. К вопросу методологии эстрадно-вокальной педагогики / Вестник ХДАДМ, 2018 - С. 28-30.

3. Kharatova Shakhlo "USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS" Science and Education ISSUE 3, March 2022;

4. Цыкова В.Ю. Развитие чувства ритма / Теоретические и практические аспекты образования, 2018 - С. 158-163;

5.Malikova S.S. - 0 'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti,p.f.n

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.