INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ERTAK JANRIDA AYOL IJODKORLIGI
Xalova Maftuna Abdusalamovna
SamDChTI dotsenti
Annotatsiya: Maqolada xalq og'zaki ijodi janrlaridan ertaklarda ayollar ijodkorligi masalasi haqida ma'lumot berilgan. Ertaklarda genderlik xususiyati uni kim tomonidan aytilishi bilan belgilanadi. Bu masalalar ayrim ertaklarning tahlili orqali yoritilgan
Kalit so'zlar: folklor, janr, gender, feminizm, fenomen, ayol ruhiyati, tahlil, talqin, muammo va yechim
https://doi.ore/10.5281/zenodo.13520261
Аннотация: В статье представлена информация по вопросу женского творчества в народных сказках. Пол в сказках определяется тем, кто их рассказывает. Эти вопросы раскрываются посредством анализа некоторых сказок.
Abstract. The article provides information on the issue of women's creativity in folk tales. Gender in fairy tales is determined by who tells them. These issues are explained through the analysis of some fairy tales.
Ключевые слова: фольклор, жанр, гендер, феминизм, феномен, женская психика, анализ, интерпретация, проблема и решение.
Key words: folklore, genre, gender, feminism, phenomenon, female psyche, analysis, interpretation, problem and solution.
Jаhon аdаbiyotshunosligidа genderlik tushunchаsi XX аsrdаn shаkllаnа boshlаgаn ЬоЪа^а, biroq "ауо11аг аdаЫyoti" vа uning qаlbi bikn bog'liq jаrаyon хаЦ og^ki ijodigа borib tаqаlаdi. ХаЦ og^ki ijodi ауоПа^а xos bo'^n ijodni o'^tuvchi muhim тапЬа hisoblаnаdi. Zotаn, folklor аyol тЫуайш аks ettiruvchi fenomen bo'lib xizmаt qilаdi. Chunki МкЬ^а e'tibor qаrаtilsа, undа аyol ruhiyаtini ifodа etgаn jаnrlаr tаlаyginа ekаnligigа guvoh bo'lishimiz mumkin. Umumаn, folklor bo'yichа ko'plаb tаdqiqotlаr аmаlgа osMo^^l]. Ulаmi to'plаsh vа nаshr etish bo'yichа hаm аnа shundаy muhim hаrаkаtlаmi kuzаtish mumkin. Biroq folklor jаnrlаridа аyol ijodkorligi tаlqini borаsidа biror tаdqiqot ishidа genderlik munosаbаti аmаlgа oshirilmаgаn. Bu esа bаhstаlаb muаmmo bo'libginа qolmаy o'rgаnilishi zаrur bo'lgаn mаsаlаlаrdаn biridir. Shu nuqtаyi nаzаrdаn, folklor jаnrlаrigа genderlik munosаbаti orqаli rаzm solishgа hаrаkаt qikmiz. Ayol ijodkorligini vа uni yаrаtuvchi shаxslаrni dаlillovchi jаnrlаr yetаrli dаrаjаdа topilаdi. Xаlq og'zаki ijodidа yаrаtilgаn аyrim ertaklarda, bizningchа, аyol qаlbini ifodа etishi sаbаb, ulаrni хаЦ vаkilаlаri tomonidаn yаrаtilgаn deyishimizgа аsos bo'lа olаdi.
E'tiborimizni ertаk jаnrigа qаrаtаdigаn bo'lsаk, ertаklаr kim tomonidаn аytilgаni bilаn hаm fаrqlаnаdi. Chunki nutq tushunchаsidа hаm genderlik xususiyаti yаqqol o'z ifodаsini
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
topadi. Ularda erkak va ayol nutqi kuzatiladi. Masalan, "Tohir va Zuhra" ertagi Zovonbibi Sarimsoqova nutqi orqali yozib olingan. Yoki "Ahmoq poshshoning dono xotini" (aytuvchi Muharram Soburova), "Dono xotin" (aytuvchi Aminajon Iskandarova), "Navro'z qaroqchi" (aytuvchi T.Mahmudova), "Kenja o'g'il" (aytuvchi Tillabibi Dadaboy qizi), "Osma savat" (aytuvchi Mohfira Sobirova), "Otangga qilsang bolangdan qaytadi" (aytuvchi Odilaxon Ahmedova), "Hozirjavob vazir" (aytuvchi Mohfira Sobirova), "Yaxshisi ham til, yomoni ham til" (aytuvchi Guljon Momo), "Susambil" (aytuvchi Samanbibi) kabilar ayollar tilidan yozib olingan [3].
"Dono xotin" ertagiga e'tibor qaratilsa, unda aytuvchi ayol nutqida saj usuli ustunlik qilganligi kuzatiladi: "Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir podsho bo'lgan ekan. Uning yomon bir xotini bor ekan. O'zi tug'mas ekan, podsho boshqa xotin olay desa qo'ymas ekan. Qitmir, bardirkor ekan.
Yuzi oq bo'lsa ham ichi qora ekan, undan ko'plarning ko'ngli yara ekan. Podshoning o'lgan xotinidan bir qiz qolgan ekan. Qiz podshoning yakka-yu yagona farzandi bo'lsa ham uni yomon ko'rar ekan. "Qiz bola - tuz bola", - deb qizini xafa qilaverar ekan. Lekin podshoning qizi juda chiroyli, dono va chevar ekan. Qiz podshoga ko'p aqlli gaplar aytar ekan, lekin podsho xotinining so'ziga kirib, qizning gapiga quloq solmas ekan, bir gapda turmas ekan. Qizi olim ekan, podsho zolim ekan"[3]. Mazkur parchada ko'proq ayol ruhiyati orqali tasvirlar yoritilganligi ishlatilgan so'z va iboralardan ham sezilib turibdi. Nutq juda sodda, unda aytuvchining xalq og'zaki ijodini eshitish orqali o'zlashtirganligi yaqqol kuzatish mumkin. Unda ijodkorlik yoki impravizatorlik esa kuzatilmaydi. Portret tasviri, ijtimoiy va ruhiy konfliktlar ham juda sayoz berilgan. Ayol nutqida podshohning qiziga yon bosish holatlari seziladi. Bundan quyidagicha bir xulosa chiqarish mumkinki, ertaklarni so'zlovchi, aytuvchi ayollar bu ertaklarni og'zaki tarzda eshitganligi bois ham unda tilning tasviriy vositalaridan foydalanish va badiiy bo'yoqdorlikka urg'u berish biroz murakkablik tug'dirishi mumkin. Biroq bosh qahramon - ayollarning aql zakovati va ularning mehnatsevarligi ulug'lanadi.
Ertak janri ham genderlik xususiyatiga ega. Hatto arab adabiyotida ham ayollarga xos dunyoqarash ertaklarda o'z ifodasini topgan. "Ming bir kecha" ertaklarining asosiy sujet chizig'ini belgilovchi obraz Shahrizoda sanaladi. Biz Shahrizodani prototip obraz sifatida e'tirof etishdan yiroqmiz. Mana shu Shahrizoda obrazining o'ziyoq ayol dunyoqarashini naqadar keng planda ekanligidan dalolat beradi. Ertaklarda genderlik xususiyati haqida K.P.Estes o'z tadqiqotlarida ma'lumot beradi [4]. K.P.Estesdan tashqari bu borada Dj.Bolen, S.Rowland, E.Lauter [5], singari olimlar ham bu haqda to'xtalishadi. K.P.Estesning olib borgan tadqiqotlari eng yaxshi tadqiqotlar sirasidan joy oldi hamda uning yaratgan asari bestsellerga aylandi. Bu olima 20 yil umrini ayol ijodkorligini o'rganishga sarf qildi. Natijada tibit, rus, yapon, hind, meksika, eskimoslar, island, venger, rumen, afrika, kilt, shotland, arab singari vakilalarning ijodkorligini tadqiq etdi. Ertak janrida ayol ijodkorligini o'rganar ekan "Ko'k soqol", "Vasilisa" singari ertaklar asosida isbotlashga harakat qildi. O'zbek xalq ertaklariga razm solinsa, "Olmos botir", "Kulsa gul, yig'lasa dur" singari ertaklar, bizningcha, ayollar ijodkorligidan dalolat beradi. Bu ertaklarda keskin dramatizm yoki to'qnashuvlar, janrlarning yorqin tasvirlari yoki erkaklarga xos xarakterlarning to'qnashuvlari kuzatilmaydi. Ertak go'yo buvi tilidan (roviy tilidan) bayon etilayotgandek taassurot uyg'otadi. "Olmos
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
botir" ertagida Olmos botirning Ko'hiqofga sayohati va uning yo'lida ikki kampirning uchrashi (biri ijobiy xarakterga ega, ikkinchisi salbiy (yalmog'iz) xarakterga ega) ham fikrimizni isbotlaydi. Genderlik xususiyatiga ko'ra Olmos botirning biror erkak shaxs bilan kurash olib bormasligi ertakni ayol dunyoqarashiga mos talqin deyishimizga asos bo'la oladi. Chunki, kurash tushish tasviri, kamondan o'q otish yoki ov qilish tasvirlari erkak ijodkorlar tomonidan taqlin etilishi bilan xarakterlanadi. Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, ertak janrida ayol qalbi va uning mehri, orzusini ifodalashi bilan muhimdir. Darhaqiqat, ayol qalbi so'zga ehtiyotkorona yondashadi. Chunki u tasavvur qilmaydi, balki his etadi. Ayol qalbi dialektikasi atrof-olamni o'z atrofidagi narsa, buyum, predmetlar bilan belgilaydi. Shu tariqa farzandining olamni tanishiga yordam beradi, zehnini o'tkirlaydi, fikrlashini kengaytiradi.
Xullas, o'zbek folklori ayol ijodkorligining asosiy manbasidir. Unda xalq vakilalarining ijodkorligi qo'shiq, alla, aytishuv, lapar, topishmoq, ertaklarda kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda, bolalarga xos folklor asarlarida ham biz buning yorqin namunasini uchratishimiz mumkin. Ushbu mavzu alohida bir tadqiqotni talab etadi. Shu bois ham mazkur fikrlar bilan cheklanamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Safarov O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - Toshkent: Musiqa, 2010.
2. Mamasoliyev J. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, Toshkent, 2006.
3. Узбек хaлк OF3am ижоди. Куп томлик. Ойжaмол. Хдётий эртaклaр. Иккинчи китоб. - Тошкент: Faфур Гулом номидaги бaдиий aдaбиёт нaшриёти, 1969.
4. Estés C.P. Women Who Run with the Wolves: Myths and Stories of the Wild Woman Archetype. - NY: Ballantine Books, 1996.
5. Lauter E. Women as mythmakers: poetry an visual ar be twentieth-century women. Bloomington: IndianaUniversity Press, 2002.
6. Bazarova, S. (2023, December). PAK VAN SO VA SAIDA ZUNNUNOVA IJODIDA "AYOL" KONSEPTI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 51-60).