Научная статья на тему 'ENERGETIKA TIZIMI VA ATROF-MUHIT EKOLOGIYASI MUAMMOLARI'

ENERGETIKA TIZIMI VA ATROF-MUHIT EKOLOGIYASI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3976
343
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Elektr energiyasi / Fan-texnika / IES / GES

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G.Y.Gadoyeva, D.A.Karimova

Mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy va tayanch tarmoqlardan biri elektroenergetikadir. Fan-texnika rivojlangan davrda xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining elektrlashtirilishi va avtomatlashtirilishi elektroenergetika tamog‘iga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ENERGETIKA TIZIMI VA ATROF-MUHIT EKOLOGIYASI MUAMMOLARI»

ENERGETIKA TIZIMI VA ATROF-MUHIT EKOLOGIYASI

MUAMMOLARI

G.Y.Gadoyeva

NavDPI Kimyo taTimy o'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: prof. D.A.Karimova https://doi.org/10.5281/zenodo.7498304

Mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy va tayanch tarmoqlardan biri elektroenergetikadir. Fan-texnika rivojlangan davrda xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarining elektrlashtirilishi va avtomatlashtirilishi elektroenergetika tamog'iga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirdi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalariga ko'ra energetika sanoati uch turga bo'linadi: issiqlik, gidro va atom energetika tarmoqlaridir. Mamlakatimiz energetika tizimining umumiy quvvati 11,3 million kilovatt bo'lgan 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat. O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ekektr energiyagining 85 foizini IES lar beradi. Aksariyat IES larda elektr energiya va issiqlik energiyasi (bug') ishlab chiqariladi. Bunday IES larni TES (IEM) issiqlik elektr markazlari deyiladi. Issiqlik energiyasini 20 kilometrdan uzoq masofaga uzatish qiyinligi uchun TES lar foydalanuvchilarga yaqin joylarda shaharlarda, yirik zavodlar yaqinida quriladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuboriladi. O'zbekiston tog' daryolari gidroresurslarga boy bo'lib, GES lar, gidrouzellar (suv taqsimlagich), ekektr energiya ishlab chiqarish, xo'jaliklarni suv bilan ta'minlash, baliqchilikni rivojlantirish masalalarini kompleks hal qiladi.

Elektr quvvatidan xalq xo'jaligi tarmoqlarida foydalanish balansida sanoat va qurilish yetakchi o'rinni egallaydi. Ular butun energiyaning salkam 60 foizini iste'mol qiladi. Qishloq xo'jaligida ishlatilayotgan elektr energiya 20 foizdan ortiq. Mamlakatimiz yagona energiya tizimiga ega bo'lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham bog'langan. Bu tizim tashqariga elektr energiyani eksport qilish imkonini beradi. Zarur hollarda elektr energiya olish ham mumkin bo'ladi. Eng muhimi yangi energiya tizimida barcha turdagi elektr stansiyalar o'zaro bog'langan bo'ladi, issiqlik va suv elektr stansiyalariningmavsum davomida ishlab turishi tartibga solib boriladi.

Elektr energiya hosil qilishda AES lar, shamol, to'lqin, qalqish, geotermal, quyosh elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ammo bizning mamlakatimizda ularning ahamiyati uncha katta emas. Respublikamiz bitmas-tuganmas quyosh energiyasiga boy. Undan foydalanishda yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shulardan eng yirigi Parkent tumanida joylashgan Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan "Fizika-Quyosh" inshootidir.

Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug'bek shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O'zbekistonda yaqin kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan. O'zbekistonda geotermal (yerning ichki issiqligi) va shamol energiyasidan ham foydalanish imkoniyatlari katta. Shamol yil bo'yi ko'p esadigan Yangiyer, Bekobod, Xovos tumanlarida shamol energiyasidan foydalanish mumkin va zarur.

Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha elektr stansiyalarida 55 milliard kilovatt energiya ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan energiya manbalari qanchalik ko'p bo'lmasin, u qachonlardir tugashi mumkin. Dunyo miqyosidagi shartli issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanish kishi boshiga bir yilda 2 tonnani tashkil etadi.

Aholining ko'payib borishi yillar o'tishi bilan energiya inqirozini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yangi turdagi ekologik toza energiya manbalarini topish kerak. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti Quyosh energiyasidan qayta foydalanishga imkon beradi. Bunday energiya turlarini tugamaydigan va abadiy deb hisoblash mumkin. Quyosh nuridan energiya olish uchun mo'ljallangan stansiyalar O'zbekiston, Turkmaniston, Qrim, Qozog'iston Respublikalarida yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Mazkur soha olimlarining ma'lumotlariga qaraganda, Markaziy Osiyo hududida Quyosh nurining 70+70 kilometr kvadrat maydondan olingan energiya quvvati, 600 million tonna heft energiyasi quvvati bilan barobar ekan.

Xuddi shunday kilometr kvadratdan Qoraqum cho'lida 60 dan ziyod uskuna qurish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha chet mamlakatlarda ham qator tadbirlar ishlab chiqilgan, jumladan Yaponiyada "Quyosh yog'dusi" nomli milliy dastur joriy qilingan. Uning maqsadi o'zida manbai yo'q bo'lgan neft, gaz va ko'mirdan foydalanishni minimumga keltirib, o'rniga Quyosh energiyasidan foydalanishdir.

Yaponiyada yana vodoroddan energiya olish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Agar elektr energiyasidan suvni parchalash uchun foydalanib, hosil bo'ladigan vodorodni esa quvurlar orqali iste'molchiga yetkazib berilsa, energetik xarajatlarni kamaytirish mumkin. Vodorod ekologik sof ideal yoqilg'i va kimyoviy reagent hisoblanadi. Vodorodning issiqlik hosil qilish xususiyati toshko'mirnikidan 4 baravar yuqori.Vodorod energatikasining muhim tomoni vodorod hosil qilishda yadro reaktorlaridan foydalanish imkoniyatining borligidir. Quyosh elektrostansiyalari yordamida barcha xildagi turar joy va jamoat binolarini elektr bilan ta'minlash mumkin.

Bunday inshootlar chet el mamlakatlarida va Markaziy Osiyo shaharlarida foydalanish uni katta afzallikka ega ekanligini amada isbotladi. Shaharlardagi yirik jamoat binolari tomida agar geliouskunalar o'rnatilsa, shu binolarga sarf bo'layotgan

qancha-qancha energiya tejalishi mumkin. Yana bir tabiiy tuganmas energiya manbai bu shamol, Respublikamizdagi iqlim sharoit bunga imkon berishini yuqorida ham aytib o'tdik, endi amalda foydalanish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Каримова Д.А. Особенности проверки знаний экологии. Международной научно-практической конференции «Традиции инновации в профессиональной подготовке и деятельности педагога», 26-27 марта 2020 г. Тверь: Твер. гос. ун-т.

2. Каримова Д.А. Экологик кимё дарслик. Узбекистан республикаси Олий ва урта махсус таълм вазирлигининг 2019 йил 2-майдаги 394 сон буйруги.

3. Капшоуа Э.Л., То'х1ауеу Б.Б. Бата1 ekologiyasi. Т.2017 у. o,quv qo,llanma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.