SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
ELEKTRON TAXEOMETR YORDAMIDA BINONI VERTIKAL O'QDAN OG'ISHIINI
O'LCHASH TO'G'RISIDA Nazarov B.R.
TAQI, "Geodeziya va kadastr" kafedrasi dotsenti Saidov B.M.
TAQI, "Geodeziya va kadastr" kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldashev A.O.
TAQI, "Geodeziya va kadastr" kafedrasi katta o'qituvchisi Ma'rufova M.Z., Xolmurodov N.D.
TAQI, "Geodeziya va kadastr" kafedrasi 1-kurs magistrlari https://doi.org/10.5281/zenodo.6821686 Annotatsiya. Maqolada elektron taxeometr bilan binoni vertikal o'qdan og'ishini aniqlashningyangi metodikasi ko'rildi. Binoni vertikal o'qdan og'ish vektorining uzunligini va binoni vertikal o'qdan og'ishini aniqlash o'rta kvadratik xatosini hisoblash formulasi chiqarildi.
Kalit so'zlar: elektron taxeometr, binoni vertikal o'qdan og'ishi, qaytargichsiz rejim, borib bo'lmas masofa, chiziqli-burchakli usul.
ОБ ИЗМЕРЕНИИ ОТКЛОНЕНИЯ ЗДАНИЯ ОТ ВЕРТИКАЛЬНОЙ ОСИ
С ПОМОЩЬЮ ЭЛЕКТРОННОГО ТАХЕОМЕТРА Аннотация. В статье построена новая методика определения отклонения здания от вертикальной оси электронным тахеометром. Выведена формула расчета длины вектора отклонения здания от вертикальной оси и среднеквадратической погрешности определения отклонения здания от вертикальной оси.
Ключевые слова: электронный тахеометр, отклонение здания от вертикальной оси, режим без ретранслятора, непроходимое расстояние, линейно-угловой метод.
ABOUT MEASURING THE DEVIATION OF A BUILDING FROM THE VERTICAL
AXIS USING AN ELECTRONIC TOTAL STATION Abstract. In the article, a new method of determining the deviation of the building from the vertical axis with an electronic tachyometer was considered. The formula for calculating the length of the vector of deviation of the building from the vertical axis and the mean square error of determining the deviation of the building from the vertical axis was derived.
Keywords: electronic tachyometer, deviation of the building from the vertical axis, non-reciprocating mode, unreachable distance, linear-angular method.
KIRISH
Ananaviy geodezik asboblar bilan binoni vertikal o'qdan og'ish (kren)ini o'lchash uslubiyati teodolit yordamida loyihalash va gorizontal yo'nalishlarni o'lchash usullariga asoslangan. Taxeometr uchun bu usullarni ham qo'llasa bo'ladi, ammo zamonaviy taxeometrlarda chiziqli-burchakli o'lchashlarni avtomatizatsiyalashga asoslangan yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi. Elektron taxeometr yordamida ishlab chiqarishga tadbiq etish mumkin bo'lgan, usulni ko'rib chiqamiz va uni chiziqli-burchakli deb nomlaymiz [1]. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Xuddi teodolit kabi taxeometr yordamida o'lchash o'zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita stansiyadan bajarish zarur. Har bir stansiyada taxeometr puxta tekshiriladi. Binoni nazorat qilinadigan burchagini yuqori va pastki kesimlarida nuqtalar tanlanadi, ular
bo'yicha ushbu tekislikda binoni vertikal o'qdan og'ish (kren) vektori aniqlandi. Bu nuqtalarga vizirlanib qaytargichsiz rejimda St va S2 qiya masofalar, vertikal va gorizontal ß burchaklar o'lchanadi (1-rasm). Taxeometrni ichki dasturiy ta'minoti ular bo'yicha D gorizontal quyilishlar hisoblanadi.
Binoni vertikal o'qdan og'ish (kren) vektor uzunligi l ni aniqlash bo'yicha quyidagi formula taklif etiladi:
bu yerda Dt va D2 - geodezik asbobdan vizirlash nuqtasigacha bo'lgan masofalarni gorizontal quyilishlari; ß vizirlash yo'nalishlar orasidagi gorizontal burchak.
/ vektorning yo'nalishi ß burchakni aniqlaydi: 1-nuqtadan o'ng tomonga ortib borayotgan burchak uchun l ning qiymati musbat va chapga tomonga ortib borayotgan burchak uchun l ning qiymati ma'nfiy bo'ladi [2].
Agar o'lchovlar borib bo'lmaydigan masofalarni (ONR-BBM) aniqlash rejimida amalga oshirilsa, unda (1) formula bo'yicha hisoblash, taxeometr tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Bu rejimni binolarni masofadan o'lchash uchun qo'llanilishi ko'rib chiilgan. Bu erda biz undan l vektorini aniqlash uchun foydalanamiz. Ushbu rejimda (Trimble M3 taxeometrlarida) 1 boshlang'ich nuqtaga vizirlagandan so'ng RASST tugmachasini, nazorat qilinuvchi nuqtalarga vizirlagandan so'ng esa - dasturiy ONR (borib bo'lmas masofa-BBM) tugmachasiini bosish zarur. Shundan so'ng asbob ekranida quyidagi qiymatlar paydo bo'ladi: 1 va 2 nuqtalar orasidagi S - qiya masofa; D-uni gorizontal quyilishi; 1 va 2 nuqtalar orasidagi h - nisbiy balandlik.
f = Dl + U\ - 2D1 ■ D2 ■ cosß
(1)
1-rasm. Elektron taxeometr yordamida binoni vertikal o'qdan og'ishini o'lchash
sxemasi
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
D ning qiymati aniqlanuvchi l vektorning uzunligi hisoblanadi. Uning yo'nalishi nazorat qilinadigan nuqtaga vizirlaganda asbob alidadasining burilish yo'nalishiga mos keladi. h ning qiymati bajarilgan o'lchovlar bo'yicha hisobot tayyorlashda foydali bo'ladi.
Borib bo'lmas masofa (ONR) rejimida butun bir massiv nuqtalarni vertikaldan chetlashishini aniqlash mumkin, buning uchun har bir nuqtaga viziralshdan so'ng BBM (ONR) tugmachasini bosish yetarli bo'ladi. Barcha vektorlarni aniqlanishi 1 nuqtaga nisbatan bajariladi. Olingan o'lchash natijalari ekranga chiqariladi, ularni asbob xotirasiga yozish va kompyuterga uzatish mumkin.
Taklif qilinayotgan usul bilan binoni vertikal o'qdan og'ish (kren) vektorini aniqlash uchun (4.14) formulani differensiallash asosida uni o'rta kvadratik xatosini (O'KX) topamiz. Nolga teng bo'lmagan l ning qiymati uchun yozish mumkin:
bu yerda mD ,mDn- tegishli gorizontal quyilishlarning o'rta kvadratik xatolari; m^-gorizontal burchak o'lchash o'rta kvadratik xatosi; p" = 206265''.
mo. = mD„, Di = Dz ni hisobga olgan holda, (2) ifodani soddalashtirib quyidagini hosil qilamiz:
Taxeometrlarda o'rta kvadratik xatoning qiymati qaytargichsiz rejimda mD = +3 mm ni tashkil etadi, ammo, qurilish maydonchasi sharoitida, fon nurlanishi va o'lchangan nuqtalarda aks etuvchi yuzalar holati tufayli ular ko'payishi mumkin.
Shu bilan birga, (3) ifodada chiziqli o'lchov xatolarining m± ga ta'siri zaifdir. Xatto, mD 20 mm bo'lsa ham, u 1 ... 2 mm dan oshmaydi.
Taxeometrlarda gorizontal burchak o'lchash o'rta kvadratik mp xatolik 5 .... 6
sekundni va undan kamni ham tashkil etadi.
MUHOKAMA
An'anaviy teodolit bilan binoni vertikal o'qdan og'ishini aniqlashda ular, asbob o'qining qiyalligini ta'siri va kollimatsiya xatosi tufayli sezilarli darajada oshishi mumkin. Taxeometrlarda bu xatolar avtomatik ravishda ikki o'qli qiyalik datchiki orqali tomonidan kompensirlanadi, uning bo'lak qiymati burchak o'lchash sanoqlarning aniqligiga mos keladi. Taxeometr bilan ishlashda o'qning qiyaligi kuzatiladi va uni ta'siri kollimatsion xatolik ta'siri kabi, asbobning o'rnatilgan ichki dasturiy ta'minoti tufayli qayta ishlash jarayonida chiqarib tashlanadi. Shuning uchun, tekshirilgan taxeometr bilan binoni vertikal o'qdan og'ishini aniqlashda ß burchakni b o'lchash aniqligi, shu aniqlikdagi teodolitdan yuqori bo'ladi.
(3) formula bo'yicha bajarilgan baholash shuni ko'rsatadiki, ya'ni xatto elektron taxeometrning pasportida ko'rsatilgan xatolar uch baravar ko'paygan taqdirda ham l vektorining o'rta kvadrat xatosi 3 ... 5 mm dan oshmaydi. Bu, bunday asboblar bilan binolarni vertikalligini nazorat qilish va vertial o'qdan og'ish (kren)ini aniqlashni, yuqori aniqlik bilan aniqlanishidan aniqligidan dalolat beradi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
XULOSA
Ko'rib chiqilgan chiziqli-burchakli usul Toshkent shahridagi Dor'mon yo'li ko'chasida qurilayotgan 25 qavatli binoning vertikalligini nazorat qilishda sinovdan o'tkazildi. O'lchovlar Trimble M3 elektron taxeometr bilan amalga oshirildi.
Asbob yordamida har bir stantsiyasida o'lchash uchun sarflangan vaqt jumladan, uni o'rnatish, nuqtalarni tanlash va ularga vizirlash 5 daqiqadan ko'p bo'lmagan. Barcha o'lchovlar bir ijrochi tomonidan masofadan turib bajarildi, ob'ektda og'ish vektorlari l haqiqiy vaqt rejimida olindi.
Shunday qilib, bino va inshootlarning krenini aniqlashda elektron taxeeometrdan foydalanish samarali bo'lib, an'anaviy geodezik o'lchov usullarini almashtirishi mumkin.
REFERENCES
1. A. P. Voroshilov. Qurilish ishlarini ta'minlashda sun'iy yo'ldosh tizimlari va elektron taxeometrlar. O'quv qo'llanma. - Chelyabinsk: AKSVELL, 2007. - 163 b.
2. Kuroshev G.D., Smirnov L.E. Geodeziya va topografiya. M.: "Akademiya", 2006. - 302 b.
3. Karsunskaya M.M. Geodezik asboblar. Moskva Nauka, 2002.- 111 b.
4. Intulov I.P. Qurilish ishlab chiqarishda muhandislik geodeziyasi. Voronej: Voronej Davlat arxitektura-qurilish universiteti nashriyoti. 2004. - 168 b.