Научная статья на тему 'ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI'

ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1093
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
elektr energiyasi / elektr stansiyalari / elektr toki / elektr generatorlari / rotor / turbina. / electrical energy / power plants / electric current / electric generators / rotor / turbine.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — S. Bekniyozov, D. Kamalova

Ushbu maqolada elektr stansiyalari va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POWER PLANTS AND THEIR SIGNIFICANCE

This article discusses power plants and their importance today.

Текст научной работы на тему «ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI Bekniyozov Sarvar

"Fizika va astronomiya" ta'lim yo'nalishi talabasi, Navoiy DPI Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova

https://doi. org/10.5281/zenodo. 7441234

Annotatsiya. Ushbu maqolada elektr stansiyalari va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: elektr energiyasi, elektr stansiyalari, elektr toki, elektr generatorlari, rotor, turbina.

ЭЛЕКТРОСТАНЦИИ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются силовые установки и их значение на сегодняшний день.

Ключевые слова: электрическая энергия, электростанции, электрический ток, электрогенераторы, ротор, турбина.

POWER PLANTS AND THEIR SIGNIFICANCE

Abstract. This article discusses power plants and their importance today.

Keywords: electrical energy, power plants, electric current, electric generators, rotor,

turbine.

Hozir hayotimizni radio, televideniye, telefon, telegrafsiz, turli xil yoritish jihozlari va qizdirish asboblarisiz, mashina va qurilmalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bularning hammasi elektr energiyasi (toki) bilan ishlaydi.

Elektr energiyasi qayerdan olinadi? Uni elektr stansiyalarida maxsus mashinalar — elektr toki generatorlari hosil qiladi. Generatorlarning turlari ko'p. Energiyasi kichkina uyni yoritish uchungina yetadigan mitti elektr generatorlardan tortib, katta shaharni elektr energiyasi bilan ta'minlay oladigan ulkan elektr generatorlarigacha bor.

Generator elektr toki berishi uchun uning asosiy qismi — rotor aylantiriladi.

Katta generatorlarning rotori bir necha yuz tonna bo'lganligi uchun uni maxsus mashina — turbina aylantiradi. Har qaysi turbina kuraklari yoki parraklari bo'lgan ish g'ildiraklariga ega. Qizdirilgan gaz yoki suv bug'i oqimi katta kuch bilan turbina g'ildiragi parraklariga urilib, uni aylantiradi, turbina bilan birga generator rotori ham aylanma harakatga keladi.

Suv oqimi aylantiradigan turbina gidravlik turbina deyiladi, bunday turbinalar o'rnatilgan elektr stansiyalari esa gidroelektr stansiya yoki qisqacha GES deb ataladi. Turbinani issiqlik elektr stansiyalari (IES) da bug', gaz turbinali elektr stansiyalarida esa qizdirilgan gaz lar oqimi aylantiradi.

Gidroelektr stansiyalari Sirdaryo, Chirchiq, Bo'zsuv kabi sersuv daryolarda yoki tog'dan tushadigan tezoqar daryolarda quriladi. IES uchun esa to'g'on va suv havzalarining keragi yo'q. Shu sababli, ularni hamma joyda qu rish mumkin. Lekin IES da suvni isitib, bug' hosil qilish uchun har doim yoqilg'i bo'lishi zarur. IES uchun ko'mir ortilgan poyezdlar birin-ketin kelib turadi yoki quvurlardan gaz yetkazib beriladi.

Atom elektr stansiyalari (AES) da esa yoqilg'i juda oz talab qilinadi. Lekin, bu yoqilg'i o'zgacha. Atigi 10 gramm atom yoqilg'isi bir vagon ko'mirning o'rnini bosadi. Issiqlik elektr stansiyalaridagi kabi, atom elektr stansiyalarida ham elektr generatorlarini bug' turbinalari aylantiradi. Lekin AES larda na ko'mir yoqiladigan, na gaz yoqiladigan o'txona, na bug' qozoni

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bor. Bug' hosil qilish uchun zarur issiqlik AESning yuragi - atom reaktorida yadro reaksiyasi natijasida hosil bo'ladi. Yadro reaksiyasini uzluksiz takrorlanuvchi kichik-kichik atom portlashlari bilan qiyoslash mumkin. Lekin bu tinchlik maqsadidagi portlashlardir. Reaktor qalin beton devorlar bilan ishonchli berkitilgan. Yadro reaksiyasini muntazam ravishda avtomatik asboblar nazorat qilib turadi (lekin zarur texnikaviy shart-sharoitlarga to'liq rioya qilinmasa, AES atrofdagi aholi va tabiat uchun o'ta xavfli ekan. Buni Chernobil AES dagi baxtsiz hodisa tasdiqlab turibdi).

Olimlar va muhandislar elektr energiyasining yangi manbalarini izlamoq dalar. Masalan, dengizning qirg'oqqa urilib-qaytib turadigan to'lqinlarini ishga solish mumkin emasmikan? Elektr stansiyalarining turbinalarini aylantirish uchun dengiz suvi kuchidan foydalanib bo'lmasmikin? Ma'lum bo'lishicha, mumkin ekan.

Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon o'z nurini Yerga sochib turadi. Quyosh nuri ham energiya. Odamlar uni elektr tokiga aylantirishni o'rganib oldilar. Buning uchun maxsus yarimo'tkazgichli asboblar — fotoelementlar yaratilgan. Ular birgalikda quyosh batareyasini tashkil qiladi.

Quyosh radiatsiyasi energiyasini amalda foydalanish uchun qulay bo'lgan energiya turlariga aylantirib berish masalalari bilan shug'ullanadigan texnika sohasi geliotexnika deb ataladi. Geliotexnika yordamida elektr energiyasi yetib bormagan joylar (masalan, chorvadorlar istiqomat qiladigan joylar) ni elektr toki bilan ta'minlash, uylarni elektr nurlari yordamida isitish, issiq xonalarni isitish va boshqa ko'pgina ishlar amalga oshirilgan. Kosmik kemalar va Yer ning sun'iy yo'ldoshlarini elektr energiyasi bilan aynan quyosh batareyalari ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Камалова Д.И., Бобокулова Ш.О. Мукобил энергия турларидан ^уёш энергияси ва унинг Ерга таъсири. «Мукобил энергия манбалари ва улардан фойдаланишнинг долзарб муаммолари» мавзусидаги Республика илмий-техник анжумани материаллари туплами. Бухоро. 2015-йил 25-26 ноябрь.

2. Камалова Д.И., Мансурова Ш.М., Турабова Л.Х. ^уёш физикасини укитишда компьютер технологияларидан фойдаланиш. «Образование и наука в XXI веке». Международный научно-образовательный электронный журнал. Январь. 2021. №10. 30-33 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.