Научная статья на тему 'ELEKTR ENERGETIKASI MUTAXASISLIK FANLARINI O‘QITISHDA MICROSOFT EXCEL DASTURIY VOSITASIDAN FOYDALANISH'

ELEKTR ENERGETIKASI MUTAXASISLIK FANLARINI O‘QITISHDA MICROSOFT EXCEL DASTURIY VOSITASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
72
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shahar elektr iste’molchilari / dasturiy vosita afzalliklar / kamchiliklar / Microsoft excel / dasturiy ta’minot / virtual laboratoriya / urban power consumers / advantages and disadvantages of software / Microsoft excel / software / virtual lab

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Abduvoxid Abdug’Affor O’G’Li Abdullayev

Ushbu maqolada elektr energetikasi mutaxasislik fanlaridan shaharlarning elektr ta’minoti misolida o‘qitishda Microsoft excel dasturiy ta’minotidan foydalanishni to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING OF MICROSOFT EXCEL SOFTWARE IN TEACHING ELECTRICAL ENGINEERING SPECIALTIES

In this article discusses the use of Microsoft excel software in the teaching of electrical engineering from the example of urban power supply.

Текст научной работы на тему «ELEKTR ENERGETIKASI MUTAXASISLIK FANLARINI O‘QITISHDA MICROSOFT EXCEL DASTURIY VOSITASIDAN FOYDALANISH»

ELEKTR ENERGETIKASI MUTAXASISLIK FANLARINI O'QITISHDA MICROSOFT EXCEL DASTURIY VOSITASIDAN FOYDALANISH

Abduvoxid Abdug'affor o'g'li Abdullayev

Farg'ona Politexnika institute elektr energetikasi kafedrasi assistenti abdullaevabduvokhid@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada elektr energetikasi mutaxasislik fanlaridan shaharlarning elektr ta'minoti misolida o'qitishda Microsoft excel dasturiy ta'minotidan foydalanishni to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: shahar elektr iste'molchilari, dasturiy vosita afzalliklar, kamchiliklar, Microsoft excel, dasturiy ta'minot, virtual laboratoriya

USING OF MICROSOFT EXCEL SOFTWARE IN TEACHING ELECTRICAL

ENGINEERING SPECIALTIES

Abduvokhid Abdugaffor ugli Abdullaev

Assistant of the Department of electrical engineering, Fergana Polytechnic Institute

abdullaevabduvokhid@gmail .com

ABSTRACT

In this article discusses the use of Microsoft excel software in the teaching of electrical engineering from the example of urban power supply.

Keywords: urban power consumers, advantages and disadvantages of software, Microsoft excel, software, virtual lab

KIRISH

Bugungu kunda dunyo bo'lab rivojlanayotgan davlatlarning rivojlanish strategiyasi ularning ta'lim tizimiga bo'lgan e'tibor yuqori ekanligini ko'ramiz. Birgina Yaponiya misolida ko'radigan bo'lsak, II jahon urushidan mag'lublar qatorida chiqqan bo'lsada, asosiy e'tiborini ta'limni rivojlantirishga qaratib, qisqa fursat ichida, urush tuganidan so'ng 20 yil davomida davlat o'z iqtisodiyotini tiklab olganini ko'rishimiz mumkin. Yoki yana bir iqtisodi "baquvvat" davlat Kanada misolida ko'radigan bo'lsak, bu davlatda hukumat ta'lim tizimiga e'tiborni xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali amalga oshiradi. Mamlakatning rivojlanishida yetuk, tashabbuskor, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali kadrlar tayyorlab beradigan

ta'lim tizimining ahamiyatini bilgan yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham Oliy majlisga murojaatnomasida quyidagilarni ta'kidlab o'tgan:

"...Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog'chadan boshlab oliy o'quvyurtigacha -ta 'limning barcha bo 'g'inlarini isloh qilishni boshladik.

.......Birinchi navbatda, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport,

geologiya, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim, arxiv sohalarini to'liq raqamlashtirish lozim...."

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda strategik fikr yuritadigan, malakala kadr bo'lish uchun o'z sohasini chuqur egalashining o'zi yetarli emasligini zamonning o'zi ko'rsatib turibdi. Mutaxasislik bo'yicha malakali kadr bo'la turib, xorijiy tillarni egallamagan bo'lsa, yangi zamonaviy texnologiyalar foydalanish yo'riqnomalar to'liq foydalanish imkoniyat bo'lmaydi. Yoki IT soha bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lmasa, yangi strategik yechimlar topishda, innovatsion g'oyalar yaratishda to'siqlarga uchrash ehtimoli yuqori bo'lmoqda. Ayniqsa dunyo bo'yicha Covid 19 pandemiyasi IT sohaga bo'lgan talabning qay darajada yuqori ekanligini isbotlab berdi.

Dunyo bo'yicha barcha sohalarda IT sohasi to'laligicha kirib bo'ldi. Rivojlangan davlatlar IT sohasidan foydalangan qo'l mehnatlarini kamaytirib, ish unumdorligini oshirmoqdalar. O'z tasdig'ini topgan bu tajribalar o'z navbatida ta'limning har bir bo'g'iniga IT sohasini qo'shishni talab qilmoqda.

MUHOKAMA

Malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office exceldan foydalanish talaba hamda o'qituvchilarga bir qancha imkoniyatlar eshigini ochadi. Chunki elektr energetikasi mutaxasislarini tayyorlovchi guruhga mansub fanlar ro'yhatidagi shaharlarning elektr ta'minoti fani asosiy qismi hisob ishlaridan iborat. Microsoft excel dasturiy ta'minoti ham hisob ishlarining bajarib, foydalanuvchiga yengillik yaratish imkoniyati mavjud.

Microsoft excel dasturiy ta'minotini hamda shaharlarning elektr ta'minoti fanini birlashtirgan holda amaliy mashg'ulotlarni yoki kurs ishlarini amalga oshirish mumkin. Bu ishni amalga oshirish uchun tuzuvchidan Excel dasturidagi kodlar bilish, mantiqiy fikrlashi keng bo'lish, hamda mutahasislik bo'yicha bilimlarga ega bo'lishni talab qiladi. Bunda yacheykalarga qiymatlar kiritish orqali natijalarni bir zumda bilish imkoniyatini beradi. Buning o'ziga yarasha bir qancha afzallik hamda kamchiliklari

mavjud. Bu Microsoft excel dasturiy ta'minoti orqali tuzilgan dasturiy vositaning afzalliklari quyidagilar:

S Bu dasturiy vosita qimmatli bo'lgan vaqtni tejaydi;

S Bir vaqtning o'zida bir necha talabalarni ishlanmalarini tekshirish imkoniyatini beradi;

S Hisob ishlaridagi xatolarni tez aniqlash imkonini beradi;

S Talabani mustaqil ishlashi uchun sharoit yaratadi;

S Talabani o'zini o'zi tekshirish imkonini beradi;

S Dars mashg'ulotiga qatnasha olmagan talabalar ham o'zlashtirib olishlar mumkin bo'ladi (agar foydalanish yo'riqnomasini videoga olib jo'natilsa);

S Pandemiya sharoitida o'qitish uchun qulay;

S O'qituvchilarga natijalarni oldindan ko'rish imkonini beradi;

S Masofaviy talimda samaradorlikini oshiradi;

S Talabalarda IT sohasiga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi;

S Microsoft Excel dasturiy ta'minoti barcha kompyuterlarning Microsoft paketida mavjud (buni o'rnatish uchun ortiqcha mehnat talab qilinmaydi);

S Bir marta tuzilgan dasturiy vositalardan qayta-qayta foydalanish mumkinligi (agar tuzilgan dasturiy vosita mavzusi kelgusi yillarga ham mos tushsa);

S Masofaviy ta'limda talabalarni virtual laboratoriyadan tuzib, undan foydalanish mumkin;

S Dars mashg'ulotining qiziq bo'lish imkonini beradi;

S Ma'nan va jismonan eskirgan laboratoriyalarni virtual holatini yasash va foyalanish imkonini beradi;

S Tuzuvchi bilim darajasiga qarab talabalar aniq natija olishlari imkoniyatini yaratadi;

Bundan tashqari Microsoft Excelda tayyorlangan dasturiy vositani foydalanish bo'yicha yo'riqnoma tarzida videoga olib Youtube ijtimoiy tarmog'iga joylash orqali o'qituvchi vaqtini tejagan holda talabalarga mavzuni tushuntirishi ham mumkin.[5] Bunda o'qituvchi talabalarga faqat tushunmagan qismigagina javob berib, talabalar bilimini yanada mustahkamlashga erishish mumkin.

Dasturiy vositaning kamchiliklari esa quyidagilarn iborat:

> Foydalanuvchdan mutahasislik sohasida bilim bo'lishini talab qiladi;

> Foydalanuvchidan va yaratuvchidan IT sohasida bilim bo'lishini talab

qiladi;

> Foydalanuvchida kompyuter bo'lishini talab qiladi (sensorli telefondan foydalanish orqali bu muammoni hal qilsa bo'ladi);

> Dasturiy vositalarni birinchi marta tuzish uchun odatdagidan ko'p vaqt talab etadi;

> Tuzilgan virtual laboratoriya haqiyqiy laboratoriyalar o'rnini bosa olmaydi;

Quyidagi 1-rasmda shaharlarning elektr ta'minoti fanidan Shahar elektr iste'molchilari: yashsh uylari hamda jamoat binolari hisobiy elektr yuklamalarini hisoblashni Microsoft Excel dasturiy ta'minotida tuzilgan dasturiy vositasi keltirib o'tilgan.

< > 10067,0 WA 11907,2 kVA 10150, kVA

tV HGTC ahrttLiaiâv fï

? ^ Ll=3JH17tVA B I2=2t!j6j tVA V

- 110 tv

< 5=85280.3 kVA > ;

OT Manbaa n b

a >

1» 10538,6 kVA 11647,0 kVA H- G

VA

> > t

2 1

S

J LS=21»tfkVA E l3=LL2Sl4tVA D

I 110 tv sm J^

9629,16 kVA MUl.OtVA lU19,6kVA

1-rasm. Shaharlarning elektr ta'minoti fanini Microsoft excel dasturi yordamida

hisoblash

Bunda talabalar o'zlarining familiya ismlarining bosh xarflarini hamda jurnaldagi raqamlari kiritgan holda o'zlariga ajratilgan variant olishlari mumkin bo'ladi. So'ng belgilangan jadvalga variantlarini kiritib, so'ng ilovalar qismidan mos keladigan elektr iste'molchilarni solishtirma quvvatlarni hamda koeffitsientlarni tanlab, belgilangan jadvalga kiritadilar. Qolgan yacheykalarda hisoblangan natijalar avtomatik chiqadi. Yacheykaga kiritilgan formula buzilmasligi uchun, kiritilishi lozim bo'lmagan yacheykalar qulflangan. Hisob ishlarini tekshirish uchun formulalar izohi bilan keltirib o'tilgan.

NATIJA

Bu dasturiy vositani tuzib foydalanish yo'riqnomasini youtube ijtimoiy tarmog'iga joylash hamda dars mashg'ulotlariga tadbiq qilish orqali quyidagi natijalarga erishildi:

• Talabalarning o'zlashtirish foizlari ko'tarildi;

• Mavzuni tushuntirish uchun sarflanadi vaqt qisqardi;

• Talabalardan beriladigan savollar soni kamaydi;

• O'qituvchida o'z ustida ishlashi uchun vaqti ko'paydi;

• Talabalarning kurs ishlarini bajarish uchun sarflaydigan vaqti qisqardi;

• Guruhdagi talabalar bajaradigan kurs ishlari hamda amaliy mashg'ulotlar hisobotlari tartibga solindi;

• Pandemiya sharoitida virtual laboratoriya yasash imkonini beradi;

• Talabalarda IT savodxonligini oshiradi;

• Talabalarda bajarayotgan ishlarining natijasini oldindan ko'rish imkoniyatlarini yaratadi;

XULOSA

Mana shu kabi dasturiy vositalarni tuzish orqali mutahasislik sohasida hamda IT sohasida tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tayyorlash imkoniyati ortadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi;

2. O'zbekiston uzluksiz ta'limining Davlat ta'lim standartlari;

3. A.G.Saidxodjayev Shaharlarning elektr ta'minoti muammolari va rivojlanish istiqbollari. Toshkent 2012;

4. Коноплёв К.Г. Руководство по выполнению электрической части дипломных проектов по тематике «Электрообеспечение района города». - Севастополь, СНИЯЭиП

5. Абдулхамидов А.А. Абдуллаев Абдувохид, Муминов Бобур Применение виртуальной лаборатории в учебной работе. 64-65

6. Абдуллаева Зухрахон Абдуллаев Абдувохид, Зокиров Санжар, Хомидов Абдулло, Умурзакова Гузал Использование языка программирование delphi при анализе аварийных отключение в энергетических системах Актуалная наука 2018. № 10 (15)

7. Eraliyev A Kh, ZM Hamidjonov, MF Rakhimov, AA Abdullaev Increasing efficiency of turbo generators in heat electric centers European science, 48

8. Qurilish me'yoriy qoidalari

9. https://www.youtube.com/watch?v=P8s-UOS4Qac

10. https://tinyurl.com/shet-ki-vo

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.