Научная статья на тему 'ELEKTOLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASI MAVZUSI BO’YICHA YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHIMI'

ELEKTOLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASI MAVZUSI BO’YICHA YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHIMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3492
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dissotsalanish darajasi / elektronlar soni / kation / dissotsalanish konstantasi / anion. / Dissociation rate / number of electrons / cation / dissociation constant / anion.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nizomov Biloliddin Xusanboy O’G’Li, Mamajonov Ulug’Bek Muxtarovich

Ushbu maqola kimyo fanini o’rganuvchilarning bilimlarini mustahkamlash va ulada kimyodan masalalar ishlashga bo’lgan ko’nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada elektrolitik dissotsalanish mavzusiga oid ayrim yangi turdagi masalalar va ularning yechimi keltirilgan bo’lib, o’rganuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishga va ushbu mavzuni mustahkam o’rganishgan yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW TYPES OF PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS ON THE SUBJECT OF THE THEORY OF ELECTOLITIC DISSOCIATION

This article is intended to strengthen the knowledge of students of chemistry and their ability to work on problems in chemistry. The article introduces some new types of problems related to the topic of electrolytic dissociation and their solutions, which will help to further develop the thinking skills of the learners and make them study the subject more solidly.

Текст научной работы на тему «ELEKTOLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASI MAVZUSI BO’YICHA YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHIMI»

ELEKTOLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASI MAVZUSI BO'YICHA YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHIMI

Nizomov Biloliddin Xusanboy o'g'li Mamajonov Ulug'bek Muxtarovich

Andijon mashinasozlik instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola kimyo fanini o'rganuvchilarning bilimlarini mustahkamlash va ulada kimyodan masalalar ishlashga bo'lgan ko'nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada elektrolitik dissotsalanish mavzusiga oid ayrim yangi turdagi masalalar va ularning yechimi keltirilgan bo'lib, o'rganuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishga va ushbu mavzuni mustahkam o'rganishgan yordam beradi.

Kalit so'zlar: Dissotsalanish darajasi, elektronlar soni, kation, dissotsalanish konstantasi, anion.

NEW TYPES OF PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS ON THE SUBJECT OF THE THEORY OF ELECTOLITIC DISSOCIATION

Nizomov Biloliddin Khusanboy ugli Mamajonov Ulugbek Mukhtarovich

Andijan Institute of Mechanical Engineering

ABSTRACT

This article is intended to strengthen the knowledge of students of chemistry and their ability to work on problems in chemistry. The article introduces some new types of problems related to the topic of electrolytic dissociation and their solutions, which will help to further develop the thinking skills of the learners and make them study the subject more solidly.

Keywords: Dissociation rate, number of electrons, cation, dissociation constant,

anion.

KIRISH

Kimyo fani tabiiy fanlar sirasiga kirib, moddalar, ularning xossalari va turli jarayonlar natijasida bir turdan boshqa turga aylanishini o'rganadi. Bu fan biologiya, geografiya, tarix, geologiya, fizika, matematika va boshqa ko'plab fanlar bilan bog'langan bo'lib, ular orasida matematika alohida o'rin tutadi. Chunki, kimyo fanining

ko'plab mavzularida masalalar ishlanadi va buning uchun bizga matematika fani yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyotlarda quyidagi turdagi masalalar berilgan:

1. Elektrolitning har 300 ta molekulasidan 180 tasi ionlarga ajralgan bo'lsa, uning dissotsilanish darajasi necha foizga teng?

2. Sianid kislotaning 0,2 molyarli eritmasida vodorod ionlarining konsentratsiyasi

"3

8 10" mol/l bo'lsa, kislotaning dissotsilanish darajasini aniqlang.

3. Dissotsiyalanish darajasi 75% bo'lgan 400 ml 0,1M li bromid kislota eritmasida necha mol kation bo'ladi?

4. CH3COOH ning 0,002 M li eritmasining dissotsalanish darajasi 9,4 % bo'lsa, sirka kislotaning dissotsalanish konstantasini toping?

Quyida biz "Elektrolitik dissotsalanish nazariyasi" mavzusi bo'yicha yangi turdagi masalalar va ularning yechimlarini ko'rib chiqamiz. 1 - masala.

Na2SO4 tuzining 300 ta molekulasining dissotsalanishi natijasida xosil bo'ladigan kationlar tarkibidagi elektronlar sonini toping?(a = 100%) Yechim.

Masala shartiga ko'ra birinchi navbatda natriy sulfat tuzining dissotsalanish reaksiya tenglamasini yozib olamiz.

Na2SO4 2Na+ + SO42- (1)

MUHOKAMA

Endi masalani ishlash uchun umumiy nechta kation xosil bo'lganini aniqlab olishimiz kerak. Reaksiya tenglamasiga ko'ra bitta natriy sulfat molekulasidan ikkita natriy kationi xosil bo'lyapti. Masala shartida berilgan 300 ta molekulaning hammasi ionlarga ajralishinibilgan holda(a = 100%) ulardan nechta kation xosil bo'lishini aniqlab olamiz:

1 -2 kation 300 x 2 rm

300-x = 600 kation x 1 600

Demak, 600 ta kaliy kationi xosil bo'ladi.

Endi elektronlar sonini topishimiz kerak. Buning uchun avval bitta natriy kationida nechta elektron bo'lishini topamiz. Natriy atomida 11 elektron bo'ladi. Natriy kation holatiga o'tganda bitta elektronini sulfat anioniga beradi. Shuning uchun bitta natriy kationida 10 ta elektron bo'ladi. Dissotsalanish natijasida xosil bo'lgan 600 ta kationda esa nechta elektron bo'lishini topamiz.

600 x 10 = 6000 ta elektron

Demak, 300 ta molekula dissotsalanishi natijasida xosil bo'lgan kationlar tarkibida 6000 ta elektron bo'ladi.

Ushbu masalani anionga nisbatan ham qo'llashimiz mumkin.

2 - masala.

Na2SO4 tuzining 600 ta molekulasining dissotsalanishi natijasida xosil bo'ladigan anionlar tarkibidagi elektronlar sonini toping?(a = 100%) Yechim.

(1) ga ko'ra, bitta molekuladan bitta sulfat anioni, 300 tadan esa 300 ta anion xosil bo'ladi.

Sulfat anioni tarkibidagi elektronlar sonini hisoblab olamiz. SO4 tarkibida 48 ta

л

SO4 da esa ikkita natriyning bittadan elektronini olgani uchun 50 ta elektron bo'ladi. Demak, 300 ta anion tarkibida 300 x 50 = 15000 ta elektron bo'ladi.

3 - masala.

Cr2(SO4)3 tuzining 200 molekulasining dissotsalanishi natijasida xosil bo'ladigan kationlar tarkibidagi elektronlar sonini toping?(a = 60%)

Yechim.

Xrom (III) sulfat tuzining dissotsalanish reaksiya tenglamasini yozib olamiz.

Cr2(SO4)3^^ 2Cr3+ + 3SO42"(2)

Tuzning dissotsalanish darajasi 60% bo'lgani uchun 200 ta molekulaning nechtasi dissotsalanishini topib olamiz:

200 x 0,6 = 120 ta (3) Reaksiya tenglamasiga ko'ra bitta molekuladan ikkita kation xosil bo'lyapti. 120 ta molekuladan esa, 120 x 2 = 240 ta kation xosil bo'ladi.

Bitta xrom kationida 21 ta elektron borligini bilgan holda 240 ta kationda nechta elektron bo'lishini topamiz:

240 x 21 = 5040 ta elektron Demak, dissotsalanish darajasi 60% bo'lgan xrom (III) sulfat tuzining 200 ta molekulasidan xosil bo'lgan kationlar tarkibida 5040 ta elektron bo'ladi.

NATIJA

Ushbu masalani anionga nisbatan ham qo'llashimiz mumkin.

4 - masala.

Cr2(SO4)3 tuzining 200 molekulasining dissotsalanishi natijasida xosil bo'ladigan anionlar tarkibidagi elektronlar sonini toping?(a = 60%)

Yechim.

(2) ga ko'ra bitta molekuladan uchta sulfat anioni xosil bo'lsa, 120 ta molekuladan (3) 360 ta sulfat anioni xosil bo'ladi.

Bitta sulfat anioni tarkibida 50 ta elektron borligini bilgan holda 360 ta anion tarkibida nechta elektron borligini topamiz:

360 x 50 = 18000 ta elektron Demak, dissotsalanish darajasi 60% bo'lgan xrom (III) sulfat tuzining 200 ta molekulasidan xosil bo'lgan anionlar tarkibida 18000 ta elektron bo'ladi.

XULOSA

Bu kabi masalalar kimyo fanini o'rganuvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga va dissotsalanish darajasi, dissotsalanish konstantasiga oid masalalarni tushunishda yordam beradi deb hisoblayman. Bu esa mavzuni o'zlashtirish samaradorligini oshiradi va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. I. R. Asqarov, Sh. H. Abdullayev, O. Sh. Abdullayev. "Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo'llanma" Toshkent: Ilm-Ziyo-Zakovat, 2017, 150-b.

2. I. A. Tashev, I. I. Ismoilov, R. R. Ro'ziyev. "Anorganik kimyodan mashq va masalalalar to'plami" O'qituvchi.Toshkent - 2005, 103 - b.

3. В. В. Щербаков, Н. Н. Барботина, К. К. Власенко. Общая химия.Сборник задач. Москва.Юрайт - 2019, с -100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.