Научная статья на тему 'EKSPORTBOP QURITILGAN MAHSULOTLAR TAYYORLASHDA TALAB ETILADIGAN TEXNOLOGIK PARAMERTLAR'

EKSPORTBOP QURITILGAN MAHSULOTLAR TAYYORLASHDA TALAB ETILADIGAN TEXNOLOGIK PARAMERTLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
quritish / navlar / etliligi / rangi / idishlar / oltingugurt tutuni / namini baravarlashtirish / saralash / qadoqlash.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ochilov Musirmon Abduraximovich, Aralova Minavvar Nomoz Qizi, Menglimuratova Indira Temirbaevna

Ushb umaqolda quritish uchun maxsus yetishtirilgan navlarni tanlash, mevalarni terib olish muddatlarini anqilash, urikni quritish uchun oltingugurt bilan ishlov berish, quyoshdagi mevalarning umumiy quritish vaqtini aniqlash, mahsulot namini baravarlashtirish va turli xil quritish bochqichlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKSPORTBOP QURITILGAN MAHSULOTLAR TAYYORLASHDA TALAB ETILADIGAN TEXNOLOGIK PARAMERTLAR»

EKSPORTBOP QURITILGAN MAHSULOTLAR TAYYORLASHDA TALAB ETILADIGAN TEXNOLOGIK

PARAMERTLAR

1Ochilov Musirmon Abduraximovich, 2Aralova Minavvar Nomoz qizi, 3Menglimuratova

Indira Temirbaevna

1Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Toshkent davlat agrar universiteti 2"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

assistenti

3Toshkent davlat agrar universiteti magistratura talabasi, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.13954629

Annotatsiya. Ushb umaqolda quritish uchun maxsus yetishtirilgan navlarni tanlash, mevalarni terib olish muddatlarini anqilash, urikni quritish uchun oltingugurt bilan ishlov berish, quyoshdagi mevalarning umumiy quritish vaqtini aniqlash, mahsulot namini baravarlashtirish va turli xil quritish bochqichlarini aniqlash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan.

Kalit so'zlar: quritish, navlar, etliligi, rangi, idishlar, oltingugurt tutuni, namini baravarlashtirish, saralash, qadoqlash.

Аннотация. Проведены научно-исследовательские работы по подбору специально выращенных сортов для сушки, определению сроков сбора плодов, обработке серой для сушки плодов, определению общего времени сушки плодов на солнце, балансировке влажности продукта и определению различных режимов сушки. методы.

Ключевые слова: сушка, сорта, мясистость, цвет, тара, пары серы, балансировка влаги, сортировка, упаковка.

Abstract. A new selection specially made for drying in this field, determination of fruit picking conditions, sulfur treatment for drying of fruit, determination of total fruit collection time in the sun, determination of movement moisture and determination of various drying conditions.

Keywords: drying, varieties, fleshiness, color, containers, sulfur fumes, balancing moisture, sorting, packaging.

Kirish

Bugungi kunda dunyoda quritilgan mahsulotlarga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab iste'molchilarni nomavsumiy davrda ham quritilgan mahsulotlar bilan ta'minlanishi, uzoq muddatda sifatli saqlanishi, transportirovka qilish qulayligi, kam xajmdaligi, biokimyoviy tarkibi jihatdan boyishi, oziqaviy va energetik qiymatini oshishi kabi ustunliklarga ega bo'lishidir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi "Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to'g'risida" 163-son qarorida eksportiyor korxonalar uchun bir qator yengilliklar berilishi ushbu soxani yanada rivojlantirishiga xizmat qildi. Hozirda o'zbekiston quritilgan mahsulotlar eksporti bo'yicha dunyo hamjamiyati orasida salmoqli o'rinlarni egallaydi (1-rasm).

2020-2023yillarda jaxori bozorida quritilgan meva eksportidagi davlatlarning ulushi,

foizda

Aqsh 11

Chili 8

Tailand 7

Germaniya 6

Xitoy 5

Eron ^^^^^^^^ 5 Janubiy Afrika — 4

Ispaniya 3

Afg'oniston 3

O'zbekiston 3

Boshqa davlatlar 26

0 5 10 15 20 25 30

1-rasm. Jaxon bozorida quritilgan meva eksportidagi davlatlarning ulushi.

Ma'lumki, barcha mevalarni quritish mumkin bo'lsada, ularning hammasini ham sifatli quritilgan mevalarga aylantirib bo'lmaydi. Mevaning iste'molga yaroqlik davri davomida rangi saqlanishini, uning hajmini, "etliligi" darajasini va umumiy ko'rinishini hisobga olish kerak. Umuman olganda, quritilgan mevalar uchun asosiy narsa tashqi ko'rinishdir.

Quritishbop navlarni tanlash. Yaxshi sifatli quritilgan mevalarni faqat maxsus o'stirilgan va sinalgan daraxtlardan yig'ilgan yangi mevalardan olish mumkin. Quritish uchun selesion yo'l bilan qurtishbop yangi navlar yaratiladi va yangi nav ekiladi, mevalari yig'ib olinadi va 5-10 yil davomida quritiladi. Har yili bu quritilgan mevalar standart nav va boshqa barcha yangi navlar bilan taqqoslanadi. Shu bilan birga, quritilgan mevalarning tashqi ko'rinishi, ularning etliligi, rangini saqlash, hosildorlik va yetishtirish qulayligi kabi omillar taqqoslanadi. Agar natijalar ijobiy bo'lsa va yangi nav alternativalardan ko'ra yaxshiroq natija bersa, uni ekish uchun tavsiya etish mumkin va natijada yangi nav paydo bo'ladi.

Mevalarni terib olish muddatlari. Ho'l meva shaklida saqlash uchun mo'ljallangan mevalarni o'stirish texnologiyalari bilan quritish uchun mo'ljallangan mevalar o'rtasida sezilarli farqlar mavjud. Ho'l mevalardan farqli o'laroq, quritish uchun ishlatiladigan mevalar daraxtlarda to'liq pishib yetishgan holda terib olinadi, bu ularning optimal shirinligi va ta'mini ta'minlaydi.

Yig'ib olingandan so'ng mevalar yog'och idishlarga joylashtiriladi. Bu jarayonda mevaga zarar bermaslik uchun juda ehtiyot bo'lish kerak. Shuning uchun juda yumshoq mevalar, masalan, "Royal" navli o'riklar (2-rasm) ko'pincha idishlarga yarim to'ldirilgan miqdorda joylashtiriladi.

2-rasm. Idishlarga joylangan o'rikning "Royal" navi.

Yig'im-terim jarayoni tugagandan so'ng mevalar ikki pallaga kesilgunga qadar 5 °C barqaror haroratda "sovutgich"da saqlanadi. Nektarinlar (luchchak shaftoli) kabi ba'zi mevalar bir maromda pishishi uchun 2-3 kun vaqt ketadi.

Mevalarni quritish uchun tayyorlash. Pishgan mevalar qo'l bilan kesiladi va quritish uchun patnislarga joylashtiriladi. Elberta shaftoli, nektarin va Royal navli o'rik kabi danakli mevalar, ikki pallaga kesilganda yaxshi ko'rinishi uchun "chiziq" bo'ylab pichoq bilan kesiladi. Danaklar chiqariladi va mevalarning har bir pallasi quritish uchun yog'och lotoklarga ich tomonini tepaga qaratib qo'yiladi. Bu yanada ravon quritish imkonini beradi.

Barcha mevalar joylashtirilgandan so'ng, quritish lotoklari dudlash xonasi vazifasini bajaruvchi yopiq maydonga ko'chiriladi. Lotoklarning har bir qatori navbatma-navbat 20 sm o'ngga yoki chapga surib turiladi. Bu "shamollatuvchi taxlash" deb ataladi va oltingugurt tutunining to'laligicha kirib borishiga imkon beradi. Shu bilan birga, dudlash kamerasida oltingugurt yonishi uchun yetarli miqdorda kislorod bo'lishi uchun shamollatish teshiklari borligiga ishonch hosil qilish kerak.

Oltingugurt yonganda oltingugurt tutuniga aylanadi. Bu mikroblar tufayli yuzaga keladigan aynishning oldini oladigan va oziq-ovqat mahsulotlari muddatini, shu jumladan quritilgan mevalarning saqlash muddatini uzaytiradigan samarali konservant hisoblanadi.

Mevalarni fumigatsiya qilish uchun oltingugurt metall lotoklarga quyiladi va quritish lotok qatorlarining ikki tomoniga joylashtiriladi. So'ngra olov alangasi bilan yoqiladi, natijada qalin oq tutun paydo bo'ladi. Bu tutun oltingugurt dioksidi hisoblanadi. Jarayon oxirida mevaning eng yaxshi sifatiga erishish uchun oltingugurt dioksid tarkibi 1500-3500 mg/kg bo'lishi kerak. Dudlashdan so'ng mevalarni quritish joyiga o'tkazish mumkin

Mevalarni quyoshda quritish. Quyoshda quritish har doim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, mevalar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurida quritiladi. Bu quritish maydonchasida amalga oshiriladi.

Bu maydoncha odatda o't bilan qoplangan bo'ladi, ammo ba'zan sement yoki gudron bilan qoplangan bo'lishi mumkin bo'lgan toza, ochiq maydondir. Xavfsizlik sabablariga ko'ra devor bilan o'ralishi maqsadga muvofiqdir. Bu yerda lotoklar yoyilgan holda qator-qator qilib joylashtiriladi. Har bir lotokning cheti quyoshga qaratilgan holda boshqa lotokning ustiga qo'yiladi. Bu juda muhim, chunki bu bilan yaratilgan darchalar lotoklar atrofidagi havo harakatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu birinchi bosqichda quritish tezligi juda yuqori. Mevalar issiqdan yo'qotadigan namlikning sovutish ta'siri tufayli mevalar rangini yo'qolishdan himoyalangan.

Ikkinchi bosqichi. soyada bo'lib o'tadi. Bu yerda quritish lotoklari quritish jarayoni tugagunga qadar yana "shamollatiladi". Odatda, bu ikki bosqichning davomiyligi bir xil bo'ladi, garchi quritish miqdori sezilarli darajada farq qiladi. Quyoshdagi mevalarning umumiy quritish vaqti harorat, nisbiy namlik, kunduzgi yorug'lik uzunligi, ob-havo sharoitlari va mevaning turi va hajmiga bog'liq. Umuman olganda, bu davr 3-4 kundan 4 haftagacha cho'zilish mumkin.

Quyoshda quritish jarayoni tugagandan so'ng, mevalar quritish lotoklaridan olinib, "tenglashtirish" uchun konteynerlarga joylashtiriladi. Shu pallada, yuqori namlikdagi mevalar namligining bir qismini namligi past bo'lgan mevalarga o'tkazadi va natijada yagona sifatli yakuniy mahsulot paydo bo'ldi. Mevalarni tenglashtirish taxminan bir hafta davom etadi.

Barcha ish oxirida tayyor mahsulotning namlik tarkibi 12 dan 18% gacha bo'lishi kerak. Agar shunday bo'lsa, quritish lotoklaridagi barcha begona buyumlarni olib tashlash va quritilgan mevalarni keyingi qadoqlash uchun hajmi va sifati bo'yicha saralash kerak. Xulosa

Shunday qilib, yuqori sifatli quritilgan mevalarning birlamchi tayyorlanishi qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchisining strategik qarori aniq bo'lishi lozim. Quritish uchun maxsus yetishtirilgan navlar ekilishini talab qilinishi sababli, unga yondashuv ham maqsadga muvofiq bo'lishi kerak. Quritilgan mevalarni uzoq muddatda saqlash uchun mahsulotning tarkibidagi namlik 12-18 % gacha bo'lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi "Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to'g'risida" 163-son qarori.

2. Ochilov M.A. Unabi mevalaridan sukat tayyorlashda optimal quritish rejimlarini o'rnatish//Eurasian journal of academic research. -b.191-194. j

3. Авраменко В.Н. Инфракрасные спектры пищевых продуктов. - M.: Пищевая пром-сть, 1994.- 173 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.