Научная статья на тему 'EKOLOGIYA MUHOFAZASI VA SUV SIFATINING NAZORAT QILINISHI'

EKOLOGIYA MUHOFAZASI VA SUV SIFATINING NAZORAT QILINISHI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
953
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
megapolis / suv monitoring / suv sifati / suv kadastri / analiz-sintez ishlari / suv ob’ektlari / ichimlik suvlari. / megalopolis / water monitoring / water quality / water cadastre / analysis-synthesis works / water bodies / drinking water

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ibragimova, Shohsanamxon

Maqolada muallif zamonaviy megapolislarda suv sifatining nazorat qilinishi va monitoring tizimi bo’yicha hamda suv kadastrining amalga oshiradigan ishlari yuzasidan ilmiy ma’lumotlar bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENVIRONMENTAL PROTECTION AND WATER QUALITY CONTROL

In the article, the author provides scientific information on the system of water quality control and monitoring in modern megacities, as well as the work of the water cadastre.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIYA MUHOFAZASI VA SUV SIFATINING NAZORAT QILINISHI»

Scientific Journal Impact Factor

O

EKOLOGIYA MUHOFAZASI VA SUV SIFATINING NAZORAT

QILINISHI

Ibragimova Shohsanamxon

Fargona davlat universiteti Ekologiya va atrofmuhit muhofazasi yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada muallif zamonaviy megapolislarda suv sifatining nazorat qilinishi va monitoring tizimi bo'yicha hamda suv kadastrining amalga oshiradigan ishlari yuzasidan ilmiy ma 'lumotlar bergan.

Kalit so'zlar: megapolis, suv monitoring, suv sifati, suv kadastri, analiz-sintez ishlari, suv ob 'ektlari, ichimlik suvlari.

In the article, the author provides scientific information on the system of water quality control and monitoring in modern megacities, as well as the work of the water cadastre.

Keywords: megalopolis, water monitoring, water quality, water cadastre, analysis-synthesis works, water bodies, drinking water.

Ekologiya va uni asrab-avaylash uchun, albatta, shu soha vakili bo'lish shart emas. Zero, bizga tabiatdan mehribon do'st yo'q. Har bir yil almashinuvi, fasllarning o'ziga xos xususiyatlari, toliqqan tananing sof havodan to'yinishi kabi ijobiy xususiyatlarini bizga in'om etib turadi. Ayniqsa, suv! Xalqimizda ne'matlar ichida inson hayotini ta'min etadigan, tiriklik manbayi bo'lgan suvni qadrlash va asrashga undovchi qimmatli fikrlar talaygina. Suvning tozaligini saqlash, sifatini oshirish va uni aholiga yetkazib berishda soha vakillari ilg'or.

Hayot manbayi bo'lmish suvning ham sifatini ta'minlash juda muhimdir. Suvning sifati suv resurslarini integratsiyali boshqaruvda asosiy omil hisoblansa-da, bu jihat qariyb 2000-yilgacha e'tibordan chetda qolib, o'rganilmay kelindi. Bunga yana bir sabab, transchegaraviy suv va ular dinamikasining kam o'rganilganligidir. Suvning sifatini nazorat qilish uchun davlatning milliy siyosati va mintaqaviy hamkorlikni yo'lga qo'yish juda zarur edi. Boisi, yangi qurilayotgan shaharlar aholisini toza, sifatli suv bilan ta'minlash davlat siyosatining bir bo'g'ini desak, xato bo'lmaydi. Suvning monitoring qilinishi suv ma'lumotlarini yig'ish, ular asosida suv resurslaridan foydalanish mezonlarini ishlab chiqish uchun muhim va kerakli.

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

Bunday masalani hal qilish tashkiliy infrastrukturadan tashqari, davlatlararo siyosatning muhimligini ham ko'rsatadi. Investitsiya hisobiga qurilayotgan zamonaviy turar joy binolarining qurilish chizmalarida ham suv yo'llari alohida o'rin egallaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi globallashuv davrida butun dunyodagi davlatlarda ko'llar va oqimlardan tortib qirg'oq suvlari va estuarlarigacha suv sifatini kuzatish muhim dasturlardan biriga aylangan. Suvning tozalik darajasi haqida shunchaki gapirish oson. Biroq suvning monitoring qilinishi oson kechadigan jarayon emas. Suv monitoringini tashkil etishda shu soha mutaxassislari tomonidan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Ular:

1. Kimyoviy sharoitlarning namunalarini olish.

2. Cho'kindi jinslarni tahlil qilish.

3. Yog'lar va pestitsid, eritilgan kislorod va ozuqa moddalarini topish uchun baliq to'qimasi ekstraktlarini qo'llashni o'z ichiga olgan natijalarni to'plash.

Yuqoridagi mezonlar asosida suvning iste'molga yaroqlik darajasi ham aniqlanadi. Megapolislarda suv monitoringi muhim omil ekanligini unutmaslik kerak. Bu borada aholi salomatligiga suvning ta'siri va ularning suvdan oqilova foydalanishlarini nazorati ham yo'lga qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasida suv kadastri yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida" gi qonuniga muvofiq olib boriladi. Suv kadastri mamlakatning suv resurslari to'g'risida tartibga solingan ma'lumotlarni tashkil qiladi. Shuningdek, jami suvlarning miqdor va sifat tavsiflari bo'yicha hisobga olingan ma'lumotlar hamda suvdan foydalanishni qayd etish kabi ma'lumotlarni ham o'z ichiga oldi. Suv kadastri yet usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish kabilarni o'rganadi.

Suv sifatini yaxshilashda quyidagilarga amal qilinadi:

1. Suvni rangsizlantirish—suvga rang beruvchi moddalarni yo'qotish.

2. Suvni mayda suzib yuruvchi zarrachalardan tozalash.

3. Suvni zararsizlantirish—suv tarkibidagi bakteriyalarni yo' qotish.

4. Suvni yumshatish—suvdagi kalsiy va magniy kationlari miqdorini kamaytirish.

5. Suvni chuchuklashtirish—suvdagi ortiqcha tuz miqdorini kamaytirish. Yuqoridagi omillar orqali inson hayotiga foydali bo'lgan ichimlik suvi sifatini yuqori darajaga oshirish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

0

XULOSA

Suv sifatini muntazam ravishda monitoring qilib borish orqali suv bilan bog'liq muammolar hal qilinadi. Kelgusida suv bilan bog'liq ziddiyatlar kelib chiqishi oldi olinadi. Tabiat tomonidan bizga in'om qilingan suvning inson hayotidagi o'rni juda katta. Suv sifati monitoring insoniyat hayotining barqaror va sog'lom rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo sayyorasida megapolislarning qurilishi shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda suv sifatini monitoring qilish ishlariga ham talab ortib bormoqda.

REFERENCES

1. Barayev F.A., Serikbayev B.S., Mamasoliyev A.B va boshqalar. Suv resurslari va suvdan tejamli foydalanish. Toshkent, 2014

2. Frog B.N.Levchenko A.L. Vodopodgotovka. M.1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.