Научная статья на тему 'EKOLOGIK MUHIT SHAKLLANISHIDA O'SIMLIKLARNING AHAMIYATI'

EKOLOGIK MUHIT SHAKLLANISHIDA O'SIMLIKLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

665
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’simlik / o’rmon / tirik fabrika / fotosentz / kislorod / karbon / qizil kitob / o’rmon / shamol eroziyasi. / plant / forest / living factory / photosynthesis / oxygen / carbon / red book / forest / wind erosion.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nafosat Xushmurod Qizi Toxtamurodova

Maqolada o’simliklarning ekologik ahamiyati, insoniyat uchun foydasi va o’simlik dunyosining kamayib ketish sabablari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the ecological significance of plants, their benefits to humanity and the reasons for the decline of flora.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK MUHIT SHAKLLANISHIDA O'SIMLIKLARNING AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022

EKOLOGIK MUHIT SHAKLLANISHIDA O'SIMLIKLARNING

AHAMIYATI

Nafosat Xushmurod qizi To'xtamurodova

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, assistenti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'simliklarning ekologik ahamiyati, insoniyat uchun foydasi va o'simlik dunyosining kamayib ketish sabablari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: o'simlik, o'rmon, tirik fabrika, fotosentz, kislorod, karbon, qizil kitob, o'rmon, shamol eroziyasi.

ABSTRACT

The article analyzes the ecological significance of plants, their benefits to humanity and the reasons for the decline of flora.

Keywords: plant, forest, living factory, photosynthesis, oxygen, carbon, red book, forest, wind erosion.

KIRISH

Inson tabiat hosili, uning quchog'ida yashaydi, rivojlanadi va zurriyot qoldiradi. Insonlar hayotini o'simliklarsiz tasavvur qilishi qiyin. Chunki u hayot ekan, oziq-ovqatlarni, mahsulotlarni o'zlashtiradi. Asosan oziq-ovqatlarning asosiy qismi tabiat ne'matlari o'simlik mahsulotidir. Insoniyatni go'sht, sut mahsulotlari bilan ta'minlab turadigan hayvonot olami ham o'simliksiz yashayolmaydi. O'simliklar biz uchun go'zallik yaratadi, havoni tozalaydi, sanoat korxonalari uchun eng muhim bo'lgan xomashyo, xo'jaliklar uchun qurilish materiallari, ularning keltiradigan foydasini sanab, sanog'iga yetib bo'lmaydi.

O'simliklarning insonlar va hayvonlar uchun keltiradigan ajoyib xislatlaridan biri ularning shifobaxshligidir. Olimlar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda sayyoramizni tirik moddalarning umumiy og'irligidan 99 % ini yashil do'stimiz -o'simliklar dunyosi tashkil qilar ekan. O'simliklar deganimiz biz quruq yerlarda joylashgan dov-daraxt, ekin, o't-o'lanlarnigina nazarda tutmaymiz, balki, daryo, dengiz va okeanlardagi suv o'tlari, fotosintez xususiyatiga ega o'simliklarning hammasini ko'z o'ngimizga keltiramiz. O'simliklar olamining salmoqli qismi sayyoramiz o'rmonlariga to'g'ri keladi, ular butun quruqlikning 40 % maydonini egallaydi. Biz madh etadigan mana shu o'simliklar dunyosi insoniyatni kislorod bilan ta'minlab turuvchi

June, 2022

948

«tirik fabrikasi» hisoblanadi. O'simliklar dunyosini tirik organizmlar uchun oziq tayyorlab beradigan ulkan bir fabrikaga qiyoslash mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODOLOGIYASI

S.S.Shvars keltirgan ma'lumotlarga qaraganda jahonda 216 madaniy holda o'stirilayotgan barcha o'simliklar organik moddalarga aylangan 6 milliard tonnaga yaqin karbon bersa, tundra zonalaridagi o'simliklar dunyosi 9 milliard biologik mahsulot beradi. Afsuski, sayyoramizning eng katta boyligi bo'lgan o'simliklar dunyosi inson faoliyati, qolaversa ilmiy texnika taraqqiyoti ta'sirida borgan sari kamayib bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab ijod qilayotgan yer kurrasida bundan bir yarim ming yil muqaddam o'rmonlar 47 % maydonni ishg'ol etgan bo'lsa, hozir ular 27 % ga tushib qoldi. Ko'p mamlakatlardagi sanoat korxonalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda katta o'rmonlar kesilib, o'rniga katta-katta zavod, fabrika va kombinatlar qurilmoqda. Natijada, atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida ko'plab nodir va noyob o'simliklar turlari qirilib ketmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bergan rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, sanoat rivojlana boshlagan davrdan buyon 150 turdagi jonivor yo 'qotilgan bo'lsa, kelajakda 250 ming xil o'simlik turi tomomila yo'q bo'lib ketishi xavfida ekanligi qayd qilinadi. O'rmon - bebaho boylik, salomatlikni tiklovchi, kishiga zavq-shavq, dillarga huzur bag'ishlovchi maskan, kishiga ne'matlarini tortiq qiluvchi manba, noyob qurilish materiallari, millionlab tonna qog'oz va hokazo. O'simliklar dunyosini shunday mo'jiza yaratdiki, fotosintez yordamida havodagi karbonat angidridni olib, o'rniga hayotbaxsh kislorodni ajratdi. Aniq ma'lumotlarga qaraganda olamdagi barcha o'simliklar yiliga 180-250 millard tonna karbonat angidrid yutib 150-200 milliard tonna kislorod ajratadi. Shunday ekan, o'rmon massivlari kamayib boraversa havoning tabiiy musaffoligi va iqlimda o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin. Afsuski, mana shu ko'rkam tabiatning ajoyib iltifoti bo'lgan o'rmonlar jahon uzra tobora kamayib bormoqda.

R. Haqqulova va P.Barotovning terma ma'lumotlariga qaraganda, AQSh da so'nggi 300 yil ichida 141 million gektar yerdagi o'rmonni rejasiz kesish tufayli 114 million gektar yer eroziyaga uchragan, yerning shirasi ketib, unumdorligi pasaygan. Shu narsa ma'lumki, o'rmonlarni nes-nobud bo'lishi, ularning kamayib ketishi yanada xavfliroq oqibatlarga olib keladi. Jumladan bu hol yer ko 'chishiga, sel kabi ofatlarga olib keladi, shuningdek tog' qo'ynidan oqib chiquvchi jilg'a, soy va daryolar harakatining buzilishiga, shuningdek yomg'ir, kuchli yog'in natijasida sodir bo'ladigan suv toshqinlarining daraxtsiz joylarni tez yuvib ketishiga sabab bo'ladi. O'simliklarning bizga

June, 2022

949

unchalik sezilmaydigan, biroq juda foydali taraflaridan biri shuki, ular ona tabiatda azot balansini ushlab turuvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.

NATIJA VA MUHOKAMA

O'simlik barglari, shox-shabbalari yerga tushib, mikroorganizmlar yordamida chiriydida, tuproqning ustki qismini organik moddalar bilan boyitadi. Bu chirindilar o'simliklarga o'g'it sifatida xizmat qiladi. O'simliklar dunyosining aksariyati bir qator biologik faol moddalarni hosil qiladi. Bu 218 moddalar sonining 300 dan ortiqligi ma'lum bo'ldi. Mazkur shifobaxsh moddalar bir gektar maydondagi keng barglik o'rmon daraxtlaridan 2 kilogramm, nimbargli o'rmonlardan 5 kilogramm ajraladi. O'rmonlar atmosfera havosidagi iflos moddalarni oksidlantiradi ularni zararsiz holatga keltiradi. O'rmon daraxtlari sanoat markazlarining iflos chiqindi gazlarini, chang zarrachalarini, shuningdek uglevodlarni va boshqa zararli moddalarni o'ziga singdirib oladi. Ninabargli o'rmonlarning yana bir xosiyati shundaki, ular o'zidan fitonsidlami ajгatib chiqaгadi. Ma'lumki fitonsidlaг kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar kushandasi havoni sog'lomlashtirishga, musaffo bo'lishiga yordam beradi. Bulardan tashqari fitonsidlar nerv tizimiga, yurakka yaxshi ta'siг ko'reatadi, me'da-ichak funksiyasini yaxshilab, uning harakatini kuchaytiradi. Fitonsidlar qator kasalliklarni ham oldini oladi. Terak, olma va evkalirt daraxtlardan chiqadigan fitonsidlar grirp virusini, karam, sarimsoq fitonsidlari sil mikroblarini o'ldiradi. Shifobaxsh o'simliklar juda qadimdan o'rganilgan. Hozir shifobaxsh o^^ik^ haqidagi fan tez suг'atlar bilan rivojlanyapti. Hoziгgi paytda ilmiy tibbiyotda ishlatilayotgan dori-darmonlarning qariyib 40 %dan ziyodini o'simlik mahsulotlari tashkil qiladi.

Hukumatimiz tabiatni muhofaza qilishni, jumladan o'simliklar olamiga muhabbat bilan qarashni, uni e'zozlashni taгg'ib qiladi. Bu borada keng miqyosda amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda, qator qarorlar qabul qilinib, qo 'riqxonalar tashkil etilmoqda, shuningdek nodir hayvonlar va boshqa jonivorlar, yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan o^^ik^ «Qizil kitobga» kiгitildi va икг ustidan qat'iy nazoгat o'rnatildi.

Shahar atoroflarida kichik o'rmonli xo'jaliklar rivojlantirilsa, bu joylarda shifoxonalar, dam olish uylari, sayyohlik bazalar, yozgi o'quvchilar oromgohlari qurilsa juda hayrli ish bo'lur edi. Shuni qayd qilib o'tish kerakki, hozir bir qator shaharlar atrofida ana shunday so'lim go'shalar halqimiz oromgohlariga aylanib qolgan. Biroq bunday ko'rkam joylar yaqinida zavod, fabrika, uy-joy ishlarini tartibga solish, sanoat korxonalari, avtoparklarni iloji boricha qurmaslikka harakat qilish kerak.

June, 2022

95G

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Umuman o'simliklarning xususiyati ustida to'xtar ekanmiz, ularning tuproqni shamol eroziyasidan saqlashi hamda tuproqda namni ushlab turishda ham ahamiyatlidir. O'rmonlar o'zida juda katta namni ushlaydi, yig'adi va o'z vaqtida tuproqqa berib turadi. Shu tufayli ham ulug' rus olimi Dokuchayev cho'llarda o'rmonzorlarni o'stirishga da'vat etgan. Rossiyaning juda ko'p cho'llarida qurg'oqchilikdan himoya qilish maqsadida o'rmon zonalari tashkil etilgan. Ma'lumotlarga qaraganda O'zbekistonda o'rmon fondi 4800 ming gektar maydonni tashkil qiladi, jumladan, 937,2 ming gektar yer yoppasiga o'rmon bilan qoplangan. Jahon amaliyotida qurg'oqchilik bo'ladigan cho'l zonalarini o'rmonlarga aylantirish qator ijobiy natijalar keltirgan. Jamoa hamda daraxt xo'jaligi yerlarini shamol eroziyasidan himoya qilish uchun o'rmon mintaqalari tashkil qilindi. O'simliklar o'z tanasi va ildizlari bilan namlikni uzoqroq ushlaydi, daraxt ildizlari tuproq tuzilmasini yaxshilaydi, namni ko'proq shimadi. Mazkur yerlarda har bir gektar yerlarga 540 tonna nam zaxirasi to'g'ri keladi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jalik o'simliklarining yaxshi o'sishiga zamin yaratadi

REFERENCES

1. R. Sultonov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari. T.: «Musiqa»,

2. O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo=mitasining ma'ruzalari. T.: «O=qituvchi», 2001y .

3. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.: «O=qituvchi». 1994. 4 . Holmo=minov J. Ekologiya va qonun. T.: «Adolat», 2000.

5. Egamberdiyev R, Eshchonov R. Ekologiya asoslari. T.: «Zar qalam», 2004

6. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T.: «O=zbekiston», 2003-y.

7. Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. T.: «Yangi asr avlodi», 2006. 8.Simon A. Levin editor —The Princeton guide to Ecology! 2009 by Princeton University Press Published by Princeton University Press, 41 New Jersey 08540William Street

2007.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.