Научная статья на тему 'EKOJURNALISTIKADA ATMOSFERA ZARARLANISHINING MUOMMO VA YECHIMI, OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR VA NATIJASI'

EKOJURNALISTIKADA ATMOSFERA ZARARLANISHINING MUOMMO VA YECHIMI, OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR VA NATIJASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
79
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekojurnalistika / atmosfera / ozon qatlami yemirilishi / havoning ifloslanishi / ommaviy axborot vositalari / zavod va fabrikalar / telekanallar / Shanxay havosi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xayriniso Jo’Rayeva

Ushbu maqolada atmosfera qatlamidagi bo’layotgan havoning ifloslanishi, ozon qatlamining yemirilishi oqibatida atmosferaga yetkazilayotgan ziyonlar, havoning zararlanishidan dunyoda ko’payotgan ayrim kasalliklar, atmosfera yomonlashishining oldini olish uchun ommaviy axborot vositalarida berib borilayotgan videoroliklar, ko’rsatuvlar, “Dunyo bo’ylab” telekanalida yoritilayotgan tabiatni qutqarishdagi ko’rsatuvlari va bu muommoning oldini olish uchun taklif va natijalar ko’rsatib o’tilgan va bu muommolarning oldini olish uchun insonlarga berilgan amaliy ishlardan iborat. Shuningdek, atmosferaning zararlanishining oldini olish uchun qator tartibda fikr va mulohazalar, Xitoy kabi havo ifloslanishi yuqori davlatlar haqida ma’lumot va ommaviy axborot vositalaridagi reklama, videoroliklar va ko’rsatuvlar haqida ham bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOJURNALISTIKADA ATMOSFERA ZARARLANISHINING MUOMMO VA YECHIMI, OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR VA NATIJASI»

EKOJURNALISTIKADA ATMOSFERA ZARARLANISHINING MUOMMO VA YECHIMI, OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR VA NATIJASI

Xayriniso Jo'rayeva Samarqand davlat chet tillar instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada atmosfera qatlamidagi bo'layotgan havoning ifloslanishi, ozon qatlamining yemirilishi oqibatida atmosferaga yetkazilayotgan ziyonlar, havoning zararlanishidan dunyoda ko'payotgan ayrim kasalliklar, atmosfera yomonlashishining oldini olish uchun ommaviy axborot vositalarida berib borilayotgan videoroliklar, ko'rsatuvlar, "Dunyo bo'ylab" telekanalida yoritilayotgan tabiatni qutqarishdagi ko'rsatuvlari va bu muommoning oldini olish uchun taklif va natijalar ko'rsatib o'tilgan va bu muommolarning oldini olish uchun insonlarga berilgan amaliy ishlardan iborat. Shuningdek, atmosferaning zararlanishining oldini olish uchun qator tartibda fikr va mulohazalar, Xitoy kabi havo ifloslanishi yuqori davlatlar haqida ma'lumot va ommaviy axborot vositalaridagi reklama, videoroliklar va ko'rsatuvlar haqida ham bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: ekojurnalistika, atmosfera, ozon qatlami yemirilishi, havoning ifloslanishi, ommaviy axborot vositalari, zavod va fabrikalar, telekanallar, Shanxay havosi

THE PROBLEM AND SOLUTION OF ATMOSPHERIC DAMAGE IN ECOJOURNALISM, PRACTICAL WORK AND THE RESULT

Khayriniso Jurayeva Samarkand State Institute of Foreign Languages

Abstract: In this article, the air pollution in the atmospheric layer, the damage caused to the atmosphere due to the depletion of the ozone layer, some diseases that are increasing in the world due to air pollution, the videos and shows broadcasted in the mass media to prevent the deterioration of the atmosphere, "Around the world It consists of nature conservation programs broadcasted on the TV channel and suggestions and results for preventing this problem, and practical work given to people to prevent these problems. In addition, there will be a series of opinions and considerations for the prevention of atmospheric pollution, information about countries with high air pollution such as China, and advertisements, videos and shows in the mass media.

Keywords: ecojournalism, atmosphere, depletion of the ozone layer, air pollution, mass media, factories and factories, TV channels, Shanghai air

Kirish. Bugungi kunda dunyo sanoati jadal rivojlanmoqda. Hududlarda insonlarning mushkulini osonlashtirish uchun ko'plab zavod va fabrikalar, shuningdek, boshqa ko'plab inshoatlar barpo etilmoqda. Shu bilan aytishimiz mumkinki, insonlarga qulaylik tug'dirayotgan bunday texnikalar va inshoatlar ularning atrof bilan munosabatiga ta'sir qilishi mumkin.

Ayniqsa, yildan yilga qurilishi oshib borayotgan zavod va fabrikalardan chiqayotgan zaharli tutunlar insonlarning hayotiga xavf shaklda ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, zavodlarda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, turli xil charm mahsulotlari ham atmosferaning zararlanishiga olib kelmoqda.

Birgina bunday sabablar orqali havoning yomonlashuviga olib kelingani yo'q, atrofning yomon ahvolga kelishiga, chiqindilarning ko'payishiga, atmosferaning yomonlashuviga ,albatta, biz insonlar sababchi bo'lmoqdamiz. O'zi havoning ifloslanishi qanday bo'ladi va bu holatda qanday chora ko'rish kerak? Havoning ifloslanishi - atmosferadagi odamlar yoki boshqa jonzotlarning hayotini xavfga qo'yadigan moddalar orqali kelib chiqqan ifloslanishga aytiladi. Bunday havoning ifloslanishi tabiiy va boshqa vositalar ishtirokida bo'lishi mumkin.

Shuni aytgan bo'lardimki, hozirdan iqlim o'zgarishiga barchamiz birgalikda hissa qo'shmasak, yildan yilga bu ko'rsatgich yomon ahvolga kelishi mumkin. Joylarda qurg'oqchilikning ko'p bo'lishi va haroratning ko'tarilishi bu insonlarning yashash tarziga va sog'lig'iga ziyon keltirishi mumkin. Hududlarda ko'proq daraxtlarni ko'paytirish foydadan holi emas. Barcha birgalikda harakat qilsa, iqlim o'zgarishining oldini olgan bo'lar edik. Bunday holatga beparvo qaramaylik.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Hozirgi zamon rivojlanayotgan bir paytda insonlarning texnik muhitga o'rganganligi va ularning bunday jihozlarga yoki inson hayotini osonlashtiradigan har qanday qurilmalarga bo'lgan ehtiyoji kundan kunga oshib bormoqda. Bir mulohaza yuritadigan bo'lsak, bizning bunday asboblarga, texnikalarga, shuningdek, kundalik hayotimizda foydalanishga oson bo'ladigan buyumlarni yasash uchun ,albatta, ishlab chiqarish zonalari va inshoatlari tashkil etiladi va ulardan chiqarilayotgan turli xil zararli gazlar havoning ifloslanishiga olib keladi. Yosh kishi bu xavfning qanchalik yomonligini bilmasligi mumkin, lekin keksa yoshli insonlarda ifloslangan havoda nafas olishi orqali o'pka yo'li kasallanishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, havoning ifloslanishi yoshi katta insonlarda depressiyaning kelib chiqishiga asos bo'ladi.

"Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning o'limiga sabab bo'lyapti, -deydi JSSTning iqlim o'zgarishi, salomatlik va atrof-muhit masalalari bo'yicha departamenti direktori Mariya Neyra. - Shuningdek, bu holat ko'plab kasalliklarni avj oldiryapti. Masalan, atmosferadagi zaharli moddalar o'pka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.[1]

Shuningdek, bu ko'rsatgichni faqatgina AQSh timsolida ko'rib chiqadigan bo'lsak, 64 yoshdan oshgan 8907422 nafar aholining 1526690 nafarida depressiya borligi aniqlangan. Buning asosiy sababi havodagi azot dioksidning uzoq ta'siri samarasidir. Bu ko'rsatgichni faqatgina AQSh orqali emas, balki O'zbekiston bo'yicha ham solishtiradigan bo'lsak, Toshkent, Navoiy, Andijon kabi viloyatlarning havo ifloslanishi darajasi yildan yilga oshib bormoqda. Shuning uchun yurtimizda o'pka saratonining oshib borishi ko'paymoqda.

Bu ifloslanish birlamchi yoki ikkilamchi shaklda bo'linadi. Birlamchi ifloslantiruvchi moddalar odatda vulqon otilishi natijasida hosil bo'luvchi kul kabi jarayonlar natijasida hosil bo'ladi. Boshqa misollar orasida avtoulov chiqindisidan chiqadigan uglerod oksidi yoki fabrikalardan chiquvchi oltingugurt dioksidi kiradi. Ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalar to'g'ridan-to'g'ri hosil bo'lmaydi. Aksincha, ular asosiy ifloslantiruvchi moddalar reaksiyaga kirishganda yoki havoda o'zaro ta'sirlashganda hosil bo'ladi. Troposferik ozon ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarning yorqin namunasidir. Ba'zi ifloslantiruvchi moddalar ham birlamchi, ham ikkilamchi bo'lishi mumkin.[2]

Shuningdek, ko'p insonlar "Havoning ifloslanganligini qanday bilish mumkin?" degan savolni o'ylashadi. Buni aniqlashning yo'li oson. Yashab turgan hudud yoki shaharlarda osmonning rangiga qarab uni aniqlash mumkin. Osmonning och ko'k shaklda bo'lishi, bulutlarning yo'qligi havoning issiq bo'lishi uning ifloslanganligini anglatadi. Albatta, havoning ifloslanishi ozon qatlamining yemirilishiga va ko 'plab davlatlarda havoning isishini anglatadi. Shunisi aniqki, atmosferaning yomonlashishiga o'z-o'zidan ozon qatlamining yemirilishi ham katta ahamiyatga egadir.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2014-yilgi hisob-kitoblariga ko'ra, har yili havoning ifloslanishi dunyo bo'ylab 7 millionga yaqin odamning bevaqt o'limiga sabab bo'lgan. 2019-yil mart oyida chop etilgan tadqiqotlar bu raqam 8,8 million atrofida bo'lishi mumkinligini ko'rsatgan. 2022-yilgi tahlil havoning ifloslanishi 2019-yilda 6,67 (5,90-7,49) million erta o'limga sabab bo'lgan degan xulosaga keldi. O'lim sabablari orasida qon tomirlari, yurak kasalliklari, o'pka saratoni va o'pka infektsiyalari mavjud. [3]

Bugungi kunda ko'p marotaba atmosferaga oid roliklar, reklamalar ham OAVlarda ko'p ko'zga tashlanadi. Misol uchun, ba'zan chet el OAVlarida ,jumladan, Xitoyning telekanallarida ularning havo ifloslanganligi yuqori bo'lganligi uchun "Tyanshan havosi" kabi reklama roliklarini ko'p ko'rishimiz mumkin. Qizig'i shundaki, bu reklamada bir idish toza havoning narxi juda qimmat va insonning bir simirishiga yetadi, xolos.

Bunday reklamalar hozirgi kunda faqatgina Xitoyda emas, balki butun dunyoda ko'payishi mumkin. Balkim, biz atmosferaga yoki butun atrof-muhitga ziyon

keltirmasak bunday holat bizda bizda bo'lmasligi mumkin. Misol uchun, Shanxayning osmoni girdobli qora bulutlardan iborat ekanligi atmosfera va ozon qatlamining juda yomon ahvolga kelib qolganidandir. Shuningdek, bizda "Dunyo bo'ylab" telekanalida aynan tabiat, atrof-muhitga oid ko'rsatuvlar uzluksiz qo'yib boriladi. Bunday videolarni, ko'rsatuvlarni barcha O'zbekiston telekanallarida ko'paytirish orqali kishilarga tabiatni asrashni o'ragatish mumkin.

Muhokama va natijalar. Sanaydigan bo'lsak, bunday atmosferani zaharlaydigan muommolarning soni talaygina va ularga yechimlarni ham topishimiz kerakdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, atrof-muhitning yomon ahvolga kelishining asosiy sababi biz insonlar sanalamiz. Insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari, davlatlarda qurilayotgan binolarning ko'payishi, mashinalar sonining oshib borishi va juda ko'plab sabablar atmosferaning yomon yomon ta'siriga olib kelishi mumkin. Shuningdek, insonlar dasht joylarida chorva mollarini ko'paytirishi ham havoning ifloslanishiga sabab bo'lar ekan. Bu qanday bo'lishi mumkin deb tajublanishingiz mumkin. Chunki, chorva mollaridan chiqadigan tezakdan taraladigan metan is gazi ham ozon qatlamining yemirilishiga, havoning zararli gazga to'lishiga hissa qo'shar ekan.

Gazlar, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat angidrid va xlorftoro karbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yo'liqtirishi, ularda allergiyalarning paydo qilishi va hatto o'limga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir ) zarar yetkazishi mumkin. [4]

Bunday muommolarning oldini olish uchun mana shunday choralarni qo'llash kerakdir.

1. Zavod va fabrikalarning qurilishini alohida hududlarga ko'chirish.

Sanoat rivojlanib borayotgan zamonda zavod va fabrikalarning ko'payishi nafaqat atrof-muhitga, balki atmosfera va shuningdek, insonlarga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Ularning ko'payishi tabiatdagi yashillikni yo'qotadi va bu atrofning yomonlashishiga olib kelsa, ulardan chiqayotgan zaharli gazlar atmosferaning yomonlashishiga sababchi bo'ladi. Nafaqat bu zaharli gazlar atmosferaga, balki insonlarga ham ta'siri ancha kattagina. Zavod va fabrikalar mahalliy aholi turar joylariga yaqin qurilgan bo'lsa, ularda qosh, tish, sochlarning yo'qligiga va rahid kasalligining ko'payishiga olib keladi. Yana shu hududlarda tug'ilgan farzandlarning ko'p qismi ham aqlan, ham jismonan nosog'lom bo'lib tug'ilishi mumkin. Shuning uchun, zavod va fabrikalarni insonlar yashaydigan hududlardan boshqa bir hududda qurilishlari maqsadga muvofiqdir.

2. Kanal va ariqlarga yoki oqava suvlarga axlat to'kmaslik.

Ayrim hududlardagi ba'zi kishilar yashab turgan hududlariga yaqin joylashgan ariq yoki boshqa oqava suvlarga axlat tashlashlari juda ko'p marotaba kuzatilmoqda. Bunday holdan so'ng juda ko'p yig'ilgan axlatlar chiqindiga aylanib, chirishi davomida suv ostida yashovchi jonzotlarni, balki insonlarni ham zaharlaydi. Suv ostidagi o'lgan jonzotlar o'zidan qo'lansa hid taratadi va bu hid orqali ham insonlarga, ham atmosferaga zarari yetkazmaslik uchun daryo, kanal, ariqlarga axlat tashlashni to'xtatish maqsadga muvofiqdir.

3. Aholi turar joylarida daraxtlarni ko'paytirish.

Xabarimizki borki, bugungi kunda ko'plab o'rmonlarning yo'q qilinib, turar joylar qurilayotgani barchamizga sir emas. Bunday holdan so'ng aholi punktlaridagi insonlarga ham tabiiy havoning kamayishi tufayli ularga ziyon bo'lishi mumkin. Shuning uchun, ko'chalarda daraxtlar ekishni ko'paytirish va o'rmonlarning saqlanib qolinishiga hissa qo'shish kerakdir.

4. Turli xil chiqindi yoki barg xazonlarni yoqmaslik.

Juda ko'p marotaba insonlar uylaridagi chiqindilarni yoki barg xazonlarni yoqishining guvohi bo'lganmiz. Ayniqsa, bu hol ko'pincha kuz faslida bo'ladi va ba'zi kishilar to'p-to'p xazonlarni yoqishadi. Ammo, bu noto'g'ridir. Chunki, yoqilgan xazonlardan chiqadigan zaharli tutun ham inson uchun, ham atrof va atmosfera uchun zararlidir. Bu tutunni hidlagan kishining o'pkasi tutunga to'lib to'g'ri nafas olish organlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Qaysi faslda bo'lmasin chiqindi yoki xazonlarni yoqishning zarari har tomonlama kattadir.

Shuningdek, AQSh Milliy fanlar akademiyasi (PNAS) olimlarining taxmin qilishlaricha, Xitoy va Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi havo ifloslanishi butun shimoliy yarim shardagi iqlimning o'zgarishiga ta'sir qilishi mumkin. [5]

2013 yilda Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining Onkologik kasalliklarni o'rganish Xalqaro agentligi (IARC) Hisobot e'lon qildi. Unda havoning ifloslanishi saraton kasalligining asosiy sababichisi ekani aytiladi. Jahoning ko'plab mamlakatida havoning ifloslanishi bilan bog'liq vaziyat og'ir. "Sayyoramizdagi havo barcha insonlarga tegishli ekanligini anglab yetadigan payt yetib keldi. Biz havoning tozaligi uchun ma'suliyatni anglab yetishimiz kerak", deydi Onkologik kasalliklarni o'rganish Xalqaro agentligi vakili Dana Lumis. [6]

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda juda ko'plab insonlar o'zlari bilmagan holda tabiatga ziyon keltiradilar va bunday ziyondan so'ng tabiatning ham tiklanishiga juda katta vaqt talab etiladi. Shu jumladan, insonlar har bir ziyon uchun bitta yaxshilik qilgan holda hududlarga ko'chat eksa, tabiatning ham yashillanishiga o'z hissasini qo'shgan bo'lar edi. Bunday hol bilan ozon qatlamining yemirilishini, atmosferaning zararlanishini yoki boshqa bo'ladigan tabiatdagi yomon hodisalarning oldini olish mumkin.

O'simliklardan chiqadigan CO2 moddasi nafaqat atrof muhitga balki insonlarga ham foydasi kattadir va bu orqali kishilarning ham salomatligiga putur yetmasligi mumkin. Tabiatga ziyon yetishining asosiy sababi yuqorida aytilganidek, biz insonlar hisoblanamiz va bunday zararlanishiga sababchi bo'layotganimiz uchun tabiatga yordam berishga ham harakat qilib ko'rishimiz kerak. Tabiatning yomon ahvolga kelishi orqali faqatgina bizga katta yomon ta'siri har tomonlama bo'lishi mumkin. Shuning uchun har doim tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish biz odamlar uchun majburiydir.

Ekologik mavzudagi materiallar tayyorlayotganda iloji boricha tog'ri usulda, xolis ma'lumot tarqatish maqsadga loyiqdir, deb hisoblaymiz.Chunki, bugungi kunda bazaviy, aniq ko'rsatilgan eko ma'lumotlar har bir kishi uchun aniqdir. Demak, ekologik jurnalistlarning asosiy vazifasi - faqat insonlar uchun ma'lumot uzatish emas, balki butun atrof-muhitga yordam beroladigan axborotning haqqoniy va aniq uzatilishidir.

Bu o'rinda yuqorida aytilganidek, autoriyaga yetkazilayotgan sifatli va katta masuliyat talab etilayotgan mahsulotning aniq va ravshanligidir. Shuning uchun jurnalist eng avvalo o'zi chiqarayotgan axborotga qay tomondan yondashishi va hozirgi zamon rivojlangan davrda to'g'ri chiqarib berilishidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Havoning ifloslanishi kasalliklar ko'payishiga sabab bo'lmoqda. https://yuz.uz Qaraldi: 27.02.2023

2. Havoning ifloslanishi uz.m.wikipedia.org Qaraldi: 27.02.2023

3. "7 million premature deaths annually linked to air pollution (https://www.who.int/news/item/25-03-2014-7-million-premature-deaths-annually-linked-to-air-pollution)". WHO (https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/WHO)

4. Manisalidis, Ioannis; Stavropoulou, Elisavet; Stavropoulos, Agathangelos; Bezirtzoglou, Eugenia (2020). „Environmental and Health Impacts of Air Pollution: A Review". Frontiers in Public Health. 8-jild. 14-bet.

5. Osiyodagi havo ifloslanishi dunyo iqlimini o'zgartirishi mumkin bbc.com Qaraldi: 27.02.2023

6. Havoning ifloslanishi inson hayotiga xavf solmoqda kun.uz Qaraldi: 27.02.2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.