UDK 631.6:532.57
Qo'chqorov J.J.
Sobiriv K.S.
TIQXMMI Buxoro filiali O'zbekiston, Buxoro
EKIN MAYDONLARINI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA YER TEKISLAGICHLARDAN UNUMLI FOYDALANISH
Аннотация. Bugungi kunda yerlarning tekislik darajasini yaxshilash, uning sifatli tekislash ishlarini amalga oshirish va bu ishlar uchun ish unumdorligi yuqori tekislagich agregatini yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Fermer xojaliklari ekin maydonlarini joriy tekislash ishlarida qo'llanadigan texnikalarni modernizatsiyalash bazali tekislagichlarning ish sifatini yaxshilash traktor - mashina agregatlarini ish unumiga bog'liqligi, yoqilg'i sarfini kamaytirishni va tekislash agregatlarini takomillashtirish maqsad qilib olingan. Shular jumlasidan sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sifatli tekislash hozirda dolzarb muammolardan biridir.
Калит сузлар: текилагич, сферик диск, тезлик, тортишга царшилик, тупроц уажми, фракция, текислаш сифати.
Kochkarov J.J.
Sobiriv K.S.
Bukhara branch TIQXMMI Uzbekistan, Bukhara
EFFICIENT USE OF LAND PLASTERS TO IMPROVE THE LAND REHABILITATION CONDITION
Annotation. Today, it is important to improve the level of the land, to carry out high-quality leveling work and to create a high-efficiency leveling unit for this work. Modernization of equipment used in the current leveling of farmland is aimed at improving the quality of base levelers, the dependence of tractor-machine units on productivity, reducing fuel consumption and improving leveling units. Improving the reclamation and quality leveling of irrigated lands is one of the most pressing issues today.
Key words: tequila, spherical disk, speed, gravity, soil volume, fraction, leveling quality.
Qishloq xo'jaligi O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, mavjud ekin yerlarini meliorativ holatini yaxshilash va uni tekislash amalga oshiriladigan dehqonchilik texnologiyasiga bog'liq. Shuni
"Экономика и социум" №10(89) 2021
www.iupr.ru
211
takidlash kerakki qishloq xojligi mahsulotining 90% dan ortig'i sug'orish orqali amalga oshiriladigan dehqonchilik usulida ishlab chiqariladi. Mazkur holat qishloq xo'jaligida suv resurslari nihoyatda katta ahamiyatga egaligidan dalolat berib ularning tanqisligi nafaqat qishloq xojligi mahsulotini ishlab chiqarishga, balki mamlakatning butun iqtisodiyotiga ham salbiy tasir ko'rsatadi.
Hozirgi paytda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, suvni tejab foydalanish kabi ishlar tobora avj olmoqda. Shu o'rinda aytib o'tish joizki yana bir dolzarb muammoga aylanib borayotgan yerlarni meliorativ holati buzilishi va sho'rlanish darajasining oshib borishidir. Bu muammoni qisman oldini olish bu sifatli tekislashga bog'liqdir. Yerdan yuqori hosil olishda yerning tekisligi va yerni tekislashda ishlatiladigan yer tekislash mashinalar katta rol o'ynaydi. Tuproqqa bir necha marta ishlov berilganda sug'orish davomida yerdagi notekisliklar vujudga keladi. Bu muammoni yerlarni joriy tekislash ishlari va mashinalari orqali meliorativ holatini yaxshilash tavsiya etiladi. Vaqtinchalik sugorish tarmoqlari, yerlarga ishlov berish jarayonida hosil bo'lgan notekisliklar tekislanadi. Bunda osma greyder va uzun bazali yer tekislagichlar qo'llaniladi. Joriy va ekishdan oldingi yer tekislash ishlari rejalashtirilib har yili otkaziladi.
Yer tekislashning ahamiyati - Yer qanchalik tekis boisa qishloq xojlik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi, yerlarni sho'ri yaxshi yuviladi, urug'lar bir xil chuqurlikka tushadi, ularni unib chiqishi ham bir xil bo'ladi, 6-7% suv tejaladi. Hamma dalalarda bir vaqtda tekislash ishlari olib borib bo'lmaydi, shuing uchun bu ishlar yuqorida aytib o'tilganidek rejalashtirish asosida olib borilishi shart. Tekislangan dalada namlik bir tekisda tarqaladi, tuproq bir vaqtda yetiladi va gVza qator oralariga sifatli ishlov beriladi. Tekislanmagan yerda chuqur joyda namlik bo'lib baland joylari qurib ketadi. Bunday yerlarni kutivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi. Yerlar tekislansa tuproq zichlashib qoladi. Tekislash ishining birinchi bosqichida greyderlardan foydalanib tekislansa maqsadga muvofîq bo'ladi. Yer qanchalik tekis boisa namlikni ozida yaxshi saqlaydi va sug'orish normasi kamaydi. Tekislangan maydonlarda hosildorligi 40% gacha oshadi, sug'orishda suv sarfi 2 marta kamayadi [3]. Yer maydoni o^z vaqtida tekislanmasa - Ish sifatini pasaytiradi, yumshatilmagan yerlarda yirik kesaklar paydo bo'ladi, o'simlik yaxshi rivojlanmaydi, sho'r yuvish ishlari sifatsiz otkaziladi. Yer tekislash mashinalarini ham yerdan o'tishini 6-7 martadan bir-ikki martagacha keltirish kerak. Chunki yurgan izi tuproqni qotiradi ko'p zichlashtiradi. Ilgari haydalgan va tosh hamda g'ozapoya qoldiqlaridan tozalangan dalalarni va ekish oldidan tekislash uchun uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislashni tavsiya etamiz. Ta'kidlash joizki, qishloq xo'jaligini rivojlantirish yer resurslari va ularning bugungi kundagi meliorativ holati bilan bevosita bog'liq. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini ta'minlashda ilm-fan yutuqlari, olim va mutaxassislarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishini yaqqol namoyon etmoqda.
'^KOHOMHKa h ^HyMM №10(89) 2021
www.iupr.ru
212
Bu muammolarni bartaraf etishda yuqorida bayon etilgan izlanish natijalalari va o'tkazilgan tajribalar sug'oriladigan yer maydonlarini tekislash yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bilan birga quyidagi afzalliklariga ega ekanligini ko'rsatadi [2].
• Jo'yaklab sug'orish unumdorligi 4 martaga oshadi;
• Sug'orilgan yerlar bir tekis suv ichadi va tuprog'I bir vaqtda etiladi;
• Tuproq sho'rlanishining oldi olinadi, chunki yer osti suvining ko'tarilishi sekinlashadi va natijada tuzlarning yer ustki qatlamiga chiqishi kamayadi;
• Qator oralariga sifatli ishlov berish ta'minlanadi;
• Barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli va yuqori tezlikda bajarish imkoniyati yaratiladi;
• Ekinlar hosildorligi oshadi;
• Mexanizatorning ish sharoiti yaxshilanadi;
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, sug'orilgan yerlarni meliorativ holatini yaxshilashda yerlarni sifatli tekislash juda katta ahamiyatga ega ekanligini yuqorida keltirilga fîkrlar va qator tadbirlardan ko'rishimiz mumkin. Takomillashtirilgan yer tekislash mashinalarini o'z vaqtida va sifatli yer tekislash ishlariga jalb qilish ekin maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash hamda hosildorlikni oshirish bilan birgalikda suvni iqtisod qilishga ham olib keladi, bu esa o'z o'zidan ko'rinib turibdiki qishloq xo'jaligini rivojlanishiga ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi № PF-4533 sonli farmoni.
2. "Qishloq va suv xo'jaligining zamonaviy muammolari" mavzusida ilmiy amaliy anjuman materialari Il-qism. Toshkent 2013 yil
3. Internet ma'lumotlari.www.ziyonet
'^KOHOMHKa h ^uyM" №10(89) 2021
www.iupr.ru
213