Научная статья на тему 'EICHHORNIA CRASSIPES (MART) SOLMS O'SIMLIGIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

EICHHORNIA CRASSIPES (MART) SOLMS O'SIMLIGIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

35
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologiya / o`simlik / biosfera / organizm / tabiat / biology / plant / biosphere / organism / nature

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh. A. Tursunova, N. X. Sotvoldiyeva

Suvo`tlar yuksak o`simliklar kabi ekosistemaning muhim komponentlaridan sanaladi.Ekologiyaning ifloslanishi biosferamiz tarkibidagi barcha tirik organizmlarga o‟zining sezilarli darajadagi ta‟sirini o‟tkizmoqda.Songi uch on yillikda chiqindi suvni tozalashda biologik usullardan foydalanish imkoniyati dunyo aholisi orasida kata qiziqish uygotmoqda.Shu orinda Eichhornia crassipes osimligi O'zbekiston sharoitida chiqindi suvlarni tozalashda qollaniladigan juda istiqbolli osimlikdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Alage are one of the most important components of the ecosystem,such as higher plants.In the last three decades methods in wastewater treatment has around great interest amongthe world‟s population.In order to effectively use the plant eichhornia crassipes in the biological treatment of wastewater in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «EICHHORNIA CRASSIPES (MART) SOLMS O'SIMLIGIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

EICHHORNIA CRASSIPES (MART) SOLMS O'SIMLIGIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Sh. A. Tursunova

Mirzo Ulugbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti PhD katta o'qituvchi,

shohistatursunova@gmail .com

N. X. Sotvoldiyeva

Mirzo Ulugbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti magistranti sotvoldiyevanozima9@gmail .com

Suvo'tlar yuksak o'simliklar kabi ekosistemaning muhim komponentlaridan sanaladi.Ekologiyaning ifloslanishi biosferamiz tarkibidagi barcha tirik organizmlarga o'zining sezilarli darajadagi ta'sirini o'tkizmoqda.Songi uch on yillikda chiqindi suvni tozalashda biologik usullardan foydalanish imkoniyati dunyo aholisi orasida kata qiziqish uygotmoqda.Shu orinda Eichhornia crassipes osimligi O'zbekiston sharoitida chiqindi suvlarni tozalashda qollaniladigan juda istiqbolli osimlikdir.

Kalit so'zlar: biologiya, o'simlik, biosfera, organizm, tabiat.

Alage are one of the most important components of the ecosystem,such as higher plants.In the last three decades methods in wastewater treatment has around great interest amongthe world's population.In order to effectively use the plant eichhornia crassipes in the biological treatment of wastewater in Uzbekistan.

Keywords: biology, plant, biosphere, organism, nature.

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi ilm-fan taraqqiyoti uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib berdi. Ayniqsa, biologik xilma-xillik, tabiiy boyliklardan foydalanish, ularni oDzlashtirish hamda ilmiy jihatdan oDrganish sopalarida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xo'jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo'lgan xom-ashyo o'simliklarini har tomonlama chuqur o'rganish borasida ilmiy - tadqiqot institutlari tomonidan amaliy

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

izlanishlar olib borilmoqda. Xo'jalik uchun qimmatli belgilarga

April, 2022

ega bo'lgan xom-ashyo o'simliklaridan foydalanishda ularning bioekologik xususiyatlarini o'rganish muxim ahamiyatga ega vazifalardan xisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Suvo'tlar yuksak o'simliklar kabi ekosistemaning muhim komponentlaridan sanaladi. Tabiatda keng tarqalgan tirik organizamlar orasida suvotlar o'zining har tomonlama foydali xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Suvo'tlar tabiatda modda almashuvida, organik moddani sintezlovchi produtsentlar hisoblanadi. Suvda yashaydigan suvo'lar suvdagi tirik organizmlar uchun kislorod ishlab chiqaradi. Ma'lumotlarga ko'ra havodagi kislorodning salmoqli qismini dengiz va okeanlardagi suvo'tlar yetishtirib beradi. Suvo'tlar yer yuzidagi salkam 60% aholini ozuqa ratsioni tarkibiga kiradi. Ekologiyaning ifloslanishi biosferamiz tarkibidagi barcha tirik organizmlarga o'zining sezilarli darajadagi ta'sirini o'tkizmoqda.Sanoat, qishloq xo'laligi sohasi ishlaridagi ehtiyotsizliklarning o'sishi quruqlik, yer osti, yer usti suvlarining ifloslanib borishiga sabab bo'lmoqda.So'ngi uch o'n yillikda chiqindi suvni tozalashda biologik usullardan foydalanish imkoniyati dunyo aholisi orasida kata qiziqish uyg'otmoqda.Shu o'rinda Eichhornia crassipes o'simligi chiqindi suvlarni tozalashda qo'llaniladigan juda istiqbolli o'simlik ekanligi olimlar tomonidan isbotlangan. [1]

Eichhornia Crassipes (Mart) Solms Magnoliyatoifa o'simliklar bo'limi Liliopsida sinfi Ponteradoshlar oilasi vakili hisoblanadi. Eichhornia Crassipes (Mart) Solms Janubiy Amerikaning tropik va subtropik qismida tarqalgan erkin suzuvchi ko'p yillik suv o'simligi hisoblanadi.Euxorniya yer yuzidagi eng mahsuldor o'simliklardan biri bo'lib,shu bilan birgalikda yer yuzida tarqalgan 10 ta zararli begona o'tlarning biri hisoblanadi.Euxorniyaning barglari

keng,qalin,yaltiroq,tuxumsimon shaklda. Ildizi suv ostida erkin suzib yurib,oqish-binafsha ba'zan suv qoramtir ranglarda ham bo'ladi.Poyasi yumaloq yashil rangda bo'lib poyasining ichi bo'shliqdan g'ovakdan iborat.O'simlik gullaganda yakka yakka gullar hosil qiladi.Gultojbarglari soni 6 ta,gullari pushti rang och siyyohrang rangda bo'ladi.Janubiy Sharqiy Osiyoning ba'zi joylarida euxorniya kuniga 2-5 mertgacha osishi aniqlangan.[3]

April, 2022

1-rasm Eichhornia crassipes( mart) solms o'simligining gullari

Ma'lumki Eichhornia Crassipes (Mart) Solms o'simligi eng tez o'sadigan o'simliklardan biri hisoblanib, u vegetativ yo'l bilan stalonlar yordamida ko'payadi.Har tup yosh o'simlik 15-10 kun ichida yangi qiz o'simlikni hosil qiladi.Bir haftadan keyin qiz o'simliklar ona o'simlikdab ajraladi.Har bir tup o'simlik qo'shimcha ravishda har yili minglab urug'larni hosil qilishi mumkin va bu urug'lar 28 yildan ko'proq vaqt davomida o'z unuvchanligini saqlab qoladi. Eichhornia Crassipes (Mart) Solms o'simligi tropik va subtropik iqlimli joylarda keng tarqalgan bo'lib haroratga chidamlilik darajasi quyidagicha: Minimal o'sish harorati:120C,optimal o'sish harorati:25-300C,maksimal o'sish harorati:33-350C tashkil etadi.Optimal PH ko'rsatkichi 5-7.5 ga teng. 20 asrning boshidan E.crassipes muammoli o'simlik sifatida aniqlangan va bu o'simlikga zararli begona sifatida qaralgan.Hozigi kunga kelib ham dunyo mamlakatlaring bir qanchasida bu o'simlikga o'ta zararli begona o'simlik sifatida qaraladi va mazkur o'simlikni o'stirish, ko'paytirish taqiqlab qo'yilgan.Biroq Eichhornia crassipes ajoyib gullari tufayli butun dunyo bo'ylab suvli bezak sifatida keng tarqalagan.Euxorniyaning katta tezlik bilan ko'payishi,tashqi muhitning turli ta'sirlariga o'ta chidamli ekanligi bu o'simlikning juda tez ko'payib ketishi hamda o'sha hududda tarqalgan mahaliy floraga salbiy ta'siriga sabab bo'ladi.Bu esa fizik va kimyoviy muhitning o'zgarishiga oziq ovqat zanjiri va ozuqa aylanishining buzilishiga sabab bo'ladi. Biroq Misr olimlari tomonidan olib borilgan tajribalar natijalariga ko'ra Eichhornia crassipes o'simligi o'zining tarkibida bir qancha faol birikmalar saqlashini aniqlashgan.Bu birikmalar tarkibiga alkoloidlar,ftalat hosilalari,propanoid va fenil hosilalari aniqlangan.Mazkur faol birikmalar tufayli eichhornia crassipes antibakterial, antifungal,antioksidant tasirlarni namoyon qiladi. Saraton kassaligini davolovchi manba sifatida ishlatilishi mumkin. [2]

April, 2022

XULOSA

O'zbekiston sharoitida oqava suvlarni biologik tozalashda eichhornia cassipes (mart solms) o'simligidan samarali foydalanish uchun mazkur o'simlikning bio-morfologik, fiziologik xususiyatlarini o'rganib, undan yuqori massa olish va qishloq xo'jaligi hamda sanoatda keng qo'llash bizning oldimizga qo'ygan maqsadimizdir. Eichhornia crassipes o'simligining fizo-morfologik xususiyatlarnini o'rganish uchun bir nechta tajribalar o'tkazildi.Tajribalar davomida: Rusanov nomidagi Toshkent Batanika bog'idan olingan eichhornia crassipes(mart) solms o'simligining Toshkent viloyati Ohangaron tumani iqlimi sharoitida o'sish ko'rsatkichlari hamda o'simlikga organik moddalar miqdorining ta'siri o'rganildi.Eichhornia crassipes (mart) solms o'simligiga organik moddalarning ta'sirini ochiq havo sharoitida o'stirilganda olingan natijalar shuni ko'rsatadiki ochiq havoda quyosh nuri tik tushmaydigan salqin joyda o'stirilgan o'simliklardan organik modda (go'ng) bilan boyitilgan suvlarda o'stirigan o'simliklar nazorat uchun olingan oddiy suvda o'stirilgan o'simlikga qaraganda tezroq o'sdi. Ularning yangi barglar hosil qilishi, barg sathining kattalashib borishi, ildizining uzunligi, yangi tup o'simlik hosil qilish tezligi ham yuqoriroq ekanligi qayd etildi. Biroq organik moddaning miqdori ko'p bo'lgan eritmaga qaraganda organik moddaning miqdori kam bo'lgan o'simlik yaxshiroq va tezroq o'sdi. Ikki hil sharoitda o'stirilgan o'simliklarni o'sish ko'rsatkichlarini solishtirganimizda yopiq xonada o'stirilgan o'simliklarning yangi tup o'simlik hosil qilish ko'rsatkichi yuqoriroqligi, ochiq havoda o'stirilgan o'simliklarda esa gullash fazasiga tezroq o'tganligi qayd etildi. Eichhornina crassipes (mart) solms o'simligini ko'paytirish va undan yuqori biomassa olish uchun mazkur o'simlikni organik moddalar bilan boyitilgan suvlarda o'stirish juda samarali ekanligi ma'lum boldi. Organik moddalarning miqdorining juda yuqori bo'lishi o'simlikning o'sish ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi.Eichhornia crassipes (mart) solms o'simligi ochiq havo sharoitiga o'stirilgan o'simliklarga yuqori harorat ta'sir etishi natijasida yopiq xonada o'sgan o'simliklarga nisbatan kamroq biomassa to'plashi kuzatildi.

REFERENCES

1. Раимбеков К.Т „Биоло-экологический особенности Eichhornia crassipes (mart) solms в культуре в условиях Узбекистана" Авторефарат Тошкент-1998.20 b.

2. Айтметова "К.И.Роль пистии телорезовиднойи ейхорний отличной в очистке сточных вод чирчикского производсвенного обединения "Электрохимпром"

Авторефарат Тошкент-1998.21 b.

3.Алимжонова Х.А Шайимкулова М.А. Алгофлора реки Акбуури и ее значение в оценки качетсва воды - Ташкент.2008-125 с.

April, 2022

858

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.