Научная статья на тему 'EFIR MOYLARI VA ULARNI TIBBIYOTDA QO`LLANILISHI'

EFIR MOYLARI VA ULARNI TIBBIYOTDA QO`LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1846
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moy / lasonlar / Sovuq va issiq kompresslar / Vanna / Efir moy / oil / lotions / Cold and hot compresses / Bath / Essential oil

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shoxida Ozotboyevna Kadirova

Bizga ma’lumki o’simliklar dunyosi turli hil organik moddalardan iborat. Bu moddalar o’simliklarning o’sish jarayonida ma’lum vazifani bajaradi. O’simliklardan esa xalq ho’jaligining turli sohalarida keng qo’llanilib kelinmoqda. Jumladan: oziqovqat sanoatida, qurilishda, qurilish materiallari ishlab chiqarishda, tabobatda dorivor preparatlar sifatida qo’llaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

We know that the plant kingdom is made up of many different kinds of organic matter. These substances play a role in the growth of plants. Plants are widely used in various sectors of the economy. In particular, it is used in the food industry, construction, construction materials, medicine.

Текст научной работы на тему «EFIR MOYLARI VA ULARNI TIBBIYOTDA QO`LLANILISHI»

EFIR MOYLARI VA ULARNI TIBBIYOTDA QO LLANILISHI

Shoxida Ozotboyevna Kadirova

Toshkent farmatsevtika instituti

ANNOTATSIYA

Bizga ma'lumki o'simliklar dunyosi turli hil organik moddalardan iborat. Bu moddalar o'simliklarning o'sish jarayonida ma'lum vazifani bajaradi. O'simliklardan esa xalq ho'jaligining turli sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda. Jumladan: oziq-ovqat sanoatida, qurilishda, qurilish materiallari ishlab chiqarishda, tabobatda dorivor preparatlar sifatida qo'llaniladi.

Kalit so'zlar: moy, lasonlar, Sovuq va issiq kompresslar, Vanna, Efir moy

We know that the plant kingdom is made up of many different kinds of organic matter. These substances play a role in the growth of plants. Plants are widely used in various sectors of the economy. In particular, it is used in the food industry, construction, construction materials, medicine.

Keywords: oil, lotions, Cold and hot compresses, Bath, Essential oil

Biz bilamizki o'simliklar dunyosi turli hil organik moddalardan iborat. Bu moddalar o'simliklarning o'sish jarayonida ma'lum vazifani bajaradi. O'simliklardan esa xalq ho'jaligida oziq-ovqat, qurilish materiallari va tabobatda dorivor preparatlar sifatida qo'llaniladi. O'zbekistonda o'sadigan o'simliklar dunyosi o'zgacha hususiyatlari va shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz flоrаsining judа ko'p qismini dоrivоr o'simliklаr tаshkil etаdi. Ularning аksаriyati hаqidа Аbu Аli ibn Sinoning "Tib qonunlari" deb nomlangan asarida keng ko'lamda yoritib yozib o'tilgan.

Aromatrapiya asosi bu efir moylaridir. Efir moylari biologik faol moddalar bo'lib, bir tomondan tabiatdan olingan akkumilirlangan energiya manbaidir va u kishi sog'lig'iga ta'sir qila oladi, hamda uning nozik energetik qavatlariga ta'sir qiladi. Hozirgi kunda o'simliklardagi xushbo'y moddalarga talab ortib bormoqda. Shu sababli hushbo'y o'simliklarni yig'ish va undan oqilona foydalanishga katta etibor qaratilmoqda.

ABSTRACT

KIRISH

April, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aromaterapiyada efïr moylari bilan massaj qadimiy va effektiv uslub xisoblanadi. O'zidan o'zi massaj so'zi lotin so'zi massa-barmoqqa yopishadigan, yoki grek so'zi masso-qo'llar bilan qisish o'zagi turadi, uning asosida arab so'zlari mass yoki mass nozik bosish ma'nosi ham kiradi. Hamma bu so'zlar massaj asosini belgilaydi. Kishilar hayotining paydo bo'lishida boshqa ta'sir kuchlarini bilmaganda har xil hayotiy holatlarda bitta yagona ta'sir kuchi qo'lga kishilar e'tibor berganlar. Har xil eski ertaklarda og'riqni qoldirish uchun kishilar yaralangan o'rinni silaganlar.

Teri uchun moy va lasonlar: Aromatik moylar teri uchun qo'llashda xuddi massaj uchun qilganday tayyorlanadi. Ko'pincha moy shimillishi uchun oddiy barmoq bilan muloyim aylana xarakat qilish kerak. Bunda terini tortish kerak emas, asosan nozik joylarda qo'l va bo'yin terisini, quruq va qari teriga atirgul moyi foydali, geran, bergamot va limon moylari yog'li teriga mos keladi.

Bir necha tomchi moyni yoki losion bilan aralashtirilsa bo'ladi, yoki yuz niqobi asosiga qo'shiladi u esa suli yormasidan, asaldan yoki loydan bo'lib xar xil mevalar maydalangan massalari bilan aralashtirilgandir. Ayrim xolatlarda (masalan gerpes yoki oyoq epidermofitiliyasida) yaxshisi spirtli los'on bilan foydalanish kerak, krem yoki moydan emas. Bunday los'on tayyorlash uchun 6 tomchi moyni 5 ml spirt ga aralashtirish kerak. Bu aralashma bir litr sovutilgan qaynoq suvda eritilsa unda u bilan ochiq kesilgan joylarni yoki yazvalarni, masalan suv chechaki yoki gepital gerpesni davolash mumkin.

Sovuq va issiq kompresslar: Kompress-og'riqni yengillashtiradi,

shamollashni kamaytiradigan effektiv uslubdir. Issiq kompress oson tayyorlanadi, chashkaga issiq suv to'ldiriladi, unga 4-5 tomchi aromatik moy qo'shiladi. Keyin unga paxta yoki flanel-ipdan yoki jundan to'qilgan yengil mato material bukib botiriladi, suvni siqib, kasal joyga tegiziladi, bunda material tana haroratiga teng bo'lguncha, keyin yana qaytariladi. Issiq kompresslar bel og'riganda, revmatizmda va artrit, abseslarda, quloq og'riganda, tish og'riganda qo'llaniladi.

Sovuq kompresslar xuddi yuqoridagiday tayyorlanadi, qaynoq suv o'rniga juda xam sovuq suv ishlatiladi. Bunday kompresslar bosh og'riganda foydali (unda peshonaga yoki xar xil local-muayyan joydagi shishlarda shamollash hisobida paydo bo'lganda qo'llaniladi.

Sochga parvarish: Sochni mustahkamlash uchun muloyim shampunga bir necha tomchi aromatik moy qo'shish taklif etiladi, xuddi shunday kondisioner yoki suv bilan yuvilganda unga qo'shiladi. Xoxlagan turdagi soch va uning holatiga qarab jojoba moyiga tomizib

April, 2022

681

aromatik moyni qo'llash mumkin. Bu aralashma bosh terisiga surkaladi va 1-2 soat issiq sochiq bilan o'rab boshni saqlanadi. Rozmarin moyi (qora sochlarga) va moychechak moyi (och rangli sochlarga) surkalsa u tirik sochlarni mustahkamlaydi va o'stiradi, lavanda esa bit va kanadan qutqaradi, bergamot va choy daraxti qozg'oqdan davolaydi.

Vanna: Bu oddiy va aromatik moylarini foydali ishlatish uslubidir. To'ldirilgan vannaga 6-8 tomchi qo'shiladi. Oldindan moyni 1 chashka sutga yoki qaymoqda, yoki 1 choy qoshiq moshin moyida (o'rik, bodom va boshqalar) suyultirilsa yaxshi bo'ladi, ilang-ilang moyining xushbo'yligi kayfiyatni yaxshilaydi, moychechak yoki lavanda shunday ruhiy zarbalar ta'siriga, uyqusizlikda, asabiylashganda foyda beradi, rozmarin yoki qarag'ay oyoq kasallari og'riganda foyda beradi. Ehtiyot bo'ling, terini bezovta qiladigan moylardan foydalanmang. Efir moylari bilan vannalar bu aromaterapiyadagi eng yaxshi xotirali damlardir. Qancha moy qo'shilishi sauna, hamda moyli yoki aromatik kompozitsiya qo'shilayapti o'shanga qarab aromatik vannalar organizmga har xil ta sir qiladi. Aromatik vanna tayyorlaganda 5-6 tomchi siz tanlagan moy 60g emul'gator (asal, sut, qaymoq, kepak, tuz yoki vanna uchun ko'pik) bilan aralashtiring. Emulgator moyni teng miqdorda hamma suv qavatlarida tarqalishiga yordam beradi va ular odam tanasiga ta' sir qiladi. To'g'ridan to'g'ri efir moylarni suvga qo'shilmaydi, chunki unda tana bilan moy tegishi kamayadi, hamda kontsentrlangan efir moy tasirida teri kuyishi mumkin. Efir moylari yoki o'simliklari iliq suvga bitirilganda ular xid bilan birgalikda, rang bilan birgalikda o'zlarining energiyalarini ham ajratadilar. Vannalar odamning miya ostiga tasirga, sevishga undashga, tezroq tuzalishiga va xususiy ximoyani hosil qilishga yordam beradi.

O'rash: Issiq suvli (2litr) idishga 10 tomchi efir moyi tomiziladi. Bu aralashmaga prostina (adyol) namlanadi, siqiladi va tezda tanaga o'raladi. Suv harorati 25-300C, muolaja vaqti 60 minutdan ko'p emas. Davolash meyori 15-20 marta o'ralish.

Dorivor ta'siri: tetiklaydilar, tinchlantiruvchi, ter haydovchi, shamollashni oldini oluvchi (shish oldini oluvchi)

Ko'rsatkichlari: nevrozlar, chegarali arterial gipertenziya, I darajali gipertonik kasallar, semirish, qattiq lat yeganlar-tayanch harakat aparatlari lat yeganda. Qo'llash ta'qiqlanadi: II-III darajali qon aylanishdagi yetishmovchiliklar, miokarditlar, ishemik yurak kasallari, teri kasallari.

Kompresslar: Aromatik vannalarning mahalliy turlaridan biri kompressdir. 300-400 ml issiq suvga 1-6 tomchi efir moy

April, 2022

682

qo'shiladi, bu aralashmaga paxtali to'qima yoki mato botiriladi, ozgina siqiladi va kerakli joyga teri ustiga qo'yiladi, 2 soat ushlab turiladi. To'qima yoki mushaklar og'rig'iga qarshi kompresslar kasal chiday oladigan darajada bo'lishi kerak. Kompress ustidan folga bilan va issiq tutuvchi mato bilan yopiladi. Bosh og'rig'i kasallarida, paylar shikastlanganda yoki bo'g'imlarda sovuq kompresslar qo'llaniladi. Shu sababli 6-10 efir tomchisi qo'shilganda 0, 5l muzli suv qo'shiladi. Kompress tana haroratiga yetguncha ushlab turiladi.

Tibbiyotda ishlatiluvch turli xil massaj kremlarini tayyorlashda, Dorivor vositalar ishlab chiqarishda, Sochni mustahkamlash uchun shampunlarga muloyim berishda, ishlab chiqarishda xom-ashyoga efir moylaridan foydalanib ishlar chiqarish taklif etiladi.

REFERENCES

1.Xolmatov X.X, Axmedov U.A Farmakognoziya -1 qism.-Toshkent: Fan, 2007.

2. Рахимов Р.Н, Ш.О.Кадирова, М.Р.Юлдашева, К.У.Комилов // Euphorbia усимлигидан олинган таннин изомерларини оксиллар билан бирикишдаги узига хосликлари // Academic Reserch in Educational Sciences, Volume 2, ISSUE 8, ISSN 2181-1384, SJIF 5.723, 2021. DOI:10.24412/2181-1384-2021-8-231-238

3. Рахимов Р.Н., Кадирова Ш.О., Ёдгоров Б.О., Комилов К.У., Абдулладжанова Н.Г., // Hippophae rhamnoids l. (Elaeagnaceae) усимлиги кимёвий таркиби // Academic Reserch in Educational Sciences, Volume 2, ISSUE 8, ISSN 2181-1385, SJIF 5.723, 2021.D0I:10.24412/2181-1385-2021-11-300-304

4. Rakhimov R. N, Khoshimov N. N, Kurbanova A. Dj, Komilov K.U, Makhmanov D.M, Kadirova Sh. O, Abdulladjanova N.G. Isolation of new ellagitannins from plants of Euphorbiaceous and its effect on calcium transport in the nerve cell of the rat brain. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2021,25(6),2758-2768.IF-0.03. Retrieved from

5. Rakhimov R.N., Kadirova Sh.O., Komilov K.U.,Kurbanova A.Dj., Doliyev G.A. // Elucidation of structures of new ellagitannins from plants of Euphorbiaceous // Medical drugs for humons. Modern issues of pharmacotherapy and prescription of medicine. Materials of the V international Scientific and practical conference. Ukraina. Xarkiv. P.112-114. 2021

6. Rakhimov R.N.,Ахмедов Ф,А., Kadirova Sh.O., Komilov

XULOSA

K.U.,Kurbanova A.Dj // 1-О-галлоил-6-О-бисгаллоил-2.4-

April, 2022

валонеил б -Д-глюкоза ва 1-О-галлоил-2,3-гексагидроксидифеноил4.6-валонеил-б-д-глюкозанинг кимёвий структурасига боглик вазорелаксант таъсири // Абу Али Ибн Сино ва замонавий фармацевтикада инновациялар IV халкаро илмий амалий анжуман маколалар туплами C. 174

7. Moydinov I. I, Pozilov M.K, Kurbanova A.Dj, Zaynabiddinov A.E, Abdugafurov I.A, Rakhimov R.N. Effects of new 1st, 2nd, 3rd triazole products on biochemical indicators of blood plasma and activity of liver antioxidant in diabetes caused by alloxan. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. Vol.12 No. 14, P.1-9.(2021)

8. Raimova K.V, Abdulladjanova N.G, Kurbanova M.A, Makhmanov D.M, Kadirova Sh.O, Tashpulatov F.N, Juraev Sh.Sh, Matchanov A.D. // Comprehensive study of the chemical composition of urtica dioica l. // Journal of Critical Reviews. ISSN-2394-5125, Vol 7, Issue 5, 2020, P.750- 755. DOI:// dx.doi,org/jcr.07.03.81

9. Qodirova Sh.O, Abdulladjanova N.G, Ziyayev D.A, Komilov Q.O, Elmurodov B, Shamuratov B.A, Ziyavitdinov J.F // Elucidation of structures of new ellagitannins from plants of Euphorbiaceous // Journal of Critical Reviews. ISSN-2394-5125, Vol 7, Issue 3. 2020, P.431- 437. DOI:// dx.doi,org/jcr.07.03.81

10. Кадирова Ш.О, Долиев F.A, Гайибов У.Г, Абдуллажанов О, Абдулладжанова Н.Г. // Усимликлардан ажратиб олинган таннинларнинг биологик фаолликлари // Ахборотнома. НамДУ. №1. 2020 й. Б. -85- 92

11. Kadirova Shoxida Ozotboyevna // The extraction methods of essential oils from medicinal plants and their use in medicine // International Journal for Research in Applied Science& Engineering Technology (IJRASET) ISSN: 2321-9653; IC Value: 45.98; SJ Impact Factor: 7.538, Volume 10 Issue III Mar 2022- Available at www.ijraset.com

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.