Научная статья на тему 'Dvigatelning salt ishlash rejimida yonilg‘i sarfining atrof-muhitga ta’siri'

Dvigatelning salt ishlash rejimida yonilg‘i sarfining atrof-muhitga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
379
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / dvigatel / transport / yonilg‘i / ekologiya / drossel / salt ishlash rejimi / uzatma / shahar / tormozlanish / автомобиль / двигатель / транспорт / топливо / экология / дроссель / холостой ход / трансмиссия / город / торможение

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirova Oyshaxon Abdurashidxon qizi, To‘xtaboyev Mirzoxid Axmadjanovich, Normirzaev Abduqayum Raximberdievich

Maqolada avtomobil transporti shahar sharoitidagi harakati davomidagi ichki yonuv dvigatelidan chiqadigan zaharli gazlarning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida tahlil natijalari keltirilgan. Bunda shaharlardagi chorrahalarda svetoforning qizil chirog‘ida transport vositalarining to‘xtab turishi natijasida dvigatelning salt ishlashi hisobiga yonilg‘i behudaga isrof bo‘ladi. Svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda tirbandlikni yuzaga keltirib va avtomobillarni atrof-muhitga juda ko‘p miqdorda zaharli gaz chiqarishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda dunyo shaharsozligi tajribasiga ko‘ra, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llarini ko‘paytirish orqali svetoforlarni kamaytirish hamda tirbandlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Environmental impact of fuel consumption in the mode of engine operation

В статье представлены результаты анализа воздействия на окружающую среду токсичных газов, выбрасываемых двигателем внутреннего сгорания при движении автотранспорта в городских условиях. В этом случае происходит перерасход топлива из-за работы двигателя на холостом ходу в результате остановки транспортных средств на красный сигнал светофора на перекрестках в городах. Красный сигнал светофора создает пробки и заставляет автомобили выбрасывать в окружающую среду большое количество токсичных газов. В настоящее время по опыту мирового градостроительства особое значение придается сокращению количества светофоров и предотвращению пробок за счет увеличения количества мостов и подземных переходов

Текст научной работы на тему «Dvigatelning salt ishlash rejimida yonilg‘i sarfining atrof-muhitga ta’siri»

долговечности баллона-комкодавителя машины-сепаратора. //Механиканинг замонавий муоммолари ва келажаги: Халкаро илмий-техник конференция материаллари. -Тошкент, 2006. - Б. 15-17.

4. Рахмонов Х., Рахмонова Х. Тупрокка экиш олдидан ишлов берувчи энергия тежамкор агрегатниг ишлаш схемасини танлаш. // Истиклол ва ёшлар талаба, магистрант, аспирант ва мустакил тадкикотчиларнинг илмий-услубий маколалар туплами. - Тошкент, 2008. - Б. 204-206.

5. Рахмонов Х. Тупрокка экиш олдидан ишлов бериш учун комбинациялашган агрегат.//Фермер хужаликлари учун агроинженерлик хизматларини ривожлантириш истикболлари: Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Самарканд, 2008. - Б. 20-22.

UDK 504.3.054:621.43

DVIGATELNING SALT ISHLASH REJIMIDA YONILG'I SARFINING ATROF-

MUHITGA TA'SIRI

Normirzaev Abduqayum raximberdievich NamMQI, t.f.n., dotsent, tel.: +99(891) 3624409, E-mail nabducaum@mail.ru

To'xtaboyev Mirzoxid Axmadjanovich NamMQI, PhD, dotsent, tel.: +99(897) 7600462, E-mail: mirzoxidt_2011@mail.ru

Qodirova Oyshaxon Abdurashidxon qizi NamMQI, talaba, tel.: +99(893) 934014230, E-mail: oyshaxonqodirova5@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada avtomobil transporti shahar sharoitidagi harakati davomidagi ichki yonuv dvigatelidan chiqadigan zaharli gazlarning atrof-muhitga ta'siri to'g'risida tahlil natijalari keltirilgan. Bunda shaharlardagi chorrahalarda svetoforning qizil chirog'ida transport vositalarining to'xtab turishi natijasida dvigatelning salt ishlashi hisobiga yonilg'i behudaga isrof bo'ladi. Svetoforning qizil chirog'i yonib turganda tirbandlikni yuzaga keltirib va avtomobillarni atrof-muhitga juda ko'p miqdorda zaharli gaz chiqarishiga sabab bo'ladi. Hozirgi kunda dunyo shaharsozligi tajribasiga ko'ra, ko'priklar, yer osti o'tish yo'llarini ko'paytirish orqali svetoforlarni kamaytirish hamda tirbandlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Аннотация. В статье представлены результаты анализа воздействия на окружающую среду токсичных газов, выбрасываемых двигателем внутреннего сгорания при движении автотранспорта в городских условиях. В этом случае происходит перерасход топлива из-за работы двигателя на холостом ходу в результате остановки транспортных средств на красный сигнал светофора на перекрестках в городах. Красный сигнал светофора создает пробки и заставляет автомобили выбрасывать в окружающую среду большое количество токсичных газов. В настоящее время по опыту мирового градостроительства особое значение придается сокращению количества светофоров и предотвращению пробок за счет увеличения количества мостов и подземных переходов.

Abstract. The article presents the results of the analysis of the environmental impact of toxic gases emitted by the internal combustion engine during the movement of motor vehicles in urban conditions. In this case, fuel is wasted due to engine idling as a result of vehicles stopping at red traffic lights at intersections in cities. When the traffic light is red, it creates traffic jams and causes cars to emit a large amount of toxic gases into the environment. Currently, according to the experience of world urban planning, special importance is attached to the reduction of

traffic lights and the prevention of traffic jams by increasing the number of bridges and underpasses.

Kalit so'zlar: avtomobil, dvigatel, transport, yonilg'i, ekologiya, drossel, salt ishlash rejimi, uzatma, shahar, tormozlanish.

Ключевые слова: автомобиль, двигатель, транспорт, топливо, экология, дроссель, холостой ход, трансмиссия, город, торможение.

Keywords: car, engine, transport, fuel, ecology, throttle, idle mode, transmission, city, braking.

Kirish. Ma'lumki, avtomobil transporti shahar sharoitidagi harakatining 18-25 foizi davomida dvigatel majbliriy salt ishlashiga to'g'ri keladi. Masalan, avtomobil dvigatel yordamida tormozlanganda yoki uzatma o'zgartirilayotgan vaqtda yoki avtomobil o'z ine rsiyasi bilan harakatlanganda va hokazo. Bunday hollarda karbyuratorli drossel to'siqchasi to'liq yopiq, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi esa salt ishlashdagidan yuqori bo'ladi. Majburiy salt ishlash rejimida dvigateldan quvvat berish talab qilinmaydi, shuning uchun silindrlarga uzatilayotgati yonilg'i foydali ishlatilmaydi va uning yonishi atrof -muhitning yanada ko'proq ifloslanishiga olib keladi [1,2,3].

Ayniqsa katta shaharlardagi chorrahalarda svetoforning qizil chirog'i yonganida transport oqimining to'xtab ko'p miqdordagi yonilg'i dvigatelning salt ishlashi hisobiga isrof bo'ladi. Bunda yonilg'ini chala yonishi natijasida ko'p qurum va zaharli chiqindilar miqdori oshadi [4,5].

Svetoforning qizil chirog'i yonib turganda tirbandliklar hosil bo'lib, yo'lovchilar ko'p vaqt yo'qotishiga olib keladi. Avtomobillar atrof-muhitga juda ko'p miqdorda zaharli gaz chiqaradi, bundan yo'lning har ikkala tomonida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashaydigan odamlarga zarar yetish darajasi oshadi. Hozirgi kunda dunyo shaharsozligi tajribasiga ko'ra, ko'priklar, yer osti o'tish yo'llarini ko'paytirish orqali svetoforlarni kamaytirish hamda tirbandlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda ham keyingi vaqtlarda bunga alohida e'tibor berilmoqda.

Bir qator tadqiqotchilar tomonidan o'rganishlar natijasiga ko'ra, magistral yo'llar yaqinida havo ifloslanishini kamaytirish uchun bir nechta chora-tadbirlar guruhini taklif qilishgan [6]. Bular: ifloslanishning tarqalishiga to'sqinlik qilish va ularni turli usullar bilan tozalash; kun davomida yo'lning transport yuklanishining bir xilligini ta'minlash; yo'l harakati ishtirokchilarini axborot bilan ta'minlashni takomillashtirish; ko'p qavatli chorrahalar, yer osti o'tish yo'llari va boshqa muhandislik inshootlarini qurish hisobiga svetoforlar sonini kamaytirish; yuk terminallari va cho'ktirgichlar tarmog'ini rivojlantirish.

Bundan tashqari, "Aqlli svetofor" tizimining yo'l harakati holatiga ta'sirini o'rganish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirilishi avtomobilning harakatlanish vaqtini deyarli 25 foizga, tirbandlikda o'tkazish vaqtini esa 40 foizdan ko'proqqa qisqartirishi mumkin. Bunda atmosferaga zararli chiqindilar deyarli 21 foizga kamayadi [7].

Hozirgi vaqtda ko'plab shaharlardagi yo'llarning holati muammosi juda keskin bo'lib avtotransport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan chiqindilarning umumiy hajmida asosiy hissa katta qo'shayotganligini kuzatishgan. Bunda: statsionar manbalardan chiqadigan chiqindilar ulushi 9,9 foizni, avtotransport vositalarining ulushi 90,1 foizni tashkil etmoqda. Eng katta miqdordagi ifloslantiruvchi moddalar avtomobilni tezlashtirish paytida, ayniqsa tez harakatlanayotganda, shuningdek, past tezlikda harakatlanayotganda chiqariladi. Uglevodorodlar va uglerod oksidining nisbiy ulushi tormozlash va bo'sh harakatlanish paytida, azot oksidlarining ulushi - tezlashishda eng yuqorini tashkil qilgan. Kuzatish natijalaridan ma'lum bo'lishicha, avtomobillar havoni ayniqsa, ko'proq to'xtab turish va past tezlikda harakatlanish vaqtida kuchli darajada ifloslantiradi [8,9].

Materiallar va metodlar. O'rganish natijalariga ko'ra, 20 daqiqa davomida "chuqur" oldidagi tiqilinchda 142 ta avtomobil 2,257 kg (taxminan 16 g/avtomobil), 500 m uchastkadagi 20 daqiqa davomida harakatlanayotgan avtomobillardan esa 20 000 baravar kam zararli moddalar chiqargan. Yo'lning holati atmosfera havosining holatiga malakali "sozlash" va ichki yonuv dvigatellarining to'g'ri ishlashidan kam bo'lmagan ta'sir ko'rsatadi [10,11].

Shu bois shahar sharoitida avtomobillarning harakatlanish va svetoforda to'xtab turish vaqtlarini optimal rejalashtirish lozim bo'ladi. Buning uchun transport vositasini bir chorrahadan keyingi chorrahagacha bo'lgan oraliqdagi harakatlanish vaqtini svetoforning yashil chirog'i yonishiga sinxronlash talab etiladi. Shunda avtomobilni chorrahalardan qisman to'xtamay o'tishini kamayishi hisobiga salt ishlash rejimida turishini kamaytirishga erishish mumkin. Natijada, atrof-muhitga chiqariladigan zaharli chiqindilar miqdori minimal bo'ladi.

Majburiy salt ishlash rejimi va dvigatel bilan tormozlash avtomobil harakati umumiy vaqtining 20 foizini tashkil qiladi. Bu rejimlarda karburatorli dvigatelning kiritish quvurlarida katta siyraklanish hosil bo'ladi, yonish jarayoni yomonlashadi, natijada sikllarning 90 foizida umuman yonish bo'lmaydi va dvigatel noto'rg'i ishlaydi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi bir necha marta ortib ketadi. Bundan tashqari, katta siyraklanish natijasida karter moyining yonish kamerasiga ko'plab o'tishi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida qurum hosil bo'lishiga va dvigatelning tutun chiqarib ishlashiga olib keladi [12,13,14].

Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarni yo'qotishning eng qulay usullarida biri dvigatelning kiritish quvurini atmosfera bilan maxsus siyraklanishni cheklagich deb ataluvchi klapan orqali bog'lash va ekonomayzer orqali yonilg'i berishni to'xtatishdir. Bunday cheklagich siyraklanishning kamayishiga qaramasdan klapanning keskin ochilishini va ochiq holatda bo'lishini ta'minlashi kerak [14,15].

Markaziy salt ishlash ekonomayzerining elektron boshqarish tizimi dvigatel majburiy salt ishlaganda yonilg'ini uzatilishini to'xtatish uchun xizmat qiladi. Bu tizim joriy qilinishi yonilg'ini 2-3 foizga tejash va chiqindi gazlardagi zaharli moddalar miqdorini 15-30 foizga kamaytirish imkoniyatini beradi.

Avtomobillarni shahar sharoitida kuzatish natijalariga ko'ra, ular tekis harakat qilishi uchun 15-25 foiz, harakat tezlanishini olishi uchun 30-45 foiz, harakat sekinlashishi va salt yurish uchun esa 30-40 foiz vaqtini sarflaydi. Shahar sharoitida avtobus dvigatellari uchun salt ishlash rejimi umumiy ish vaqtining 30% ni tashkil qiladi [17-23].

Mutaxassislarning fikricha, atmosferaga avtomobil transporti chiqindilari uglerod oksidi uchun 90 foizgacha va azot oksidi uchun 70 foizni tashkil qiladi. Birlik maydoniga eng ko'p avtomobillar to'g'ri keladigan ba'zi yirik shaharlarda atmosferadagi zararli moddalar miqdori inson salomatligi uchun xavfli konsentratsiyaga yetgan. Biroq, muammoning jiddiyligini kamaytirishning boshqa usullari ham mavjud. Agar svetoforda to'xtash vaqtida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ACS) dvigatelni 12 daqiqaga o'chirsa, yonilg'i sarfi 10 -15 foizga, zararli moddalar chiqindilari esa 10-20 foizga kamayishi mumkin. Bundan tashqari, shovqin effekti kamayadi [24].

Xulosa. Shaharda avtomobilning harakatlanish va svetoforda to'xtab turish vaqtlarini sinxronlash hisobiga salt ishlash rejimida turishini kamaytirishga erishish mumkin. Natijada, atrof-muhitga chiqariladigan zaharli chiqindilar miqdori minimal bo'lishiga erishiladi. Bundan tashqari yonilg'i sarfini kamaytirish uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi: dvigatelni ortiqcha qizdirishmaslik, bunga 1-2 daqiqa yetarli, yuqori tezlik bermasdan harakatni davom ettirish (qiziguncha); haydash uslubi, ravon harakatlanish; sifatli yonilg'i to'ldirish; g'ildiraklarni sirpanishini kamaytirish; ortiqcha yuklanishni oldini olish; maqbul (optimal) marshrutni tanlash; avtomobil yonilg'i sarfini kuzatib borish (biror buzilishning sababini oldindan baholash uchun); dvigatel moyining qovushoqligi yuqori bo'lganini quymaslik; shinalar yeyilishini kuzatib borish, yonilg'i sarfiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi; shinaning ichki havo bosimini me'yorida bo'lishi.

ADABIYOTLAR

1. Maxmudov G'., Hoshimov D. Avtomobil elektr va elektron jihozlari. - Toshkent, 2003.

2. Normirzaev A. et al. Technical and economic assessment of efficiency of measures on regulation of traffic on mountain roads //Journal of Mechanical and Civil Engineering. India. -2016. - Т. 29.

3. Normirzaev A. et al. Light-emitting diode sources of lightning as a source of lowering costs of service and energy consumption of traffic lights, high level of traffic movement safety //Journal of Mechanical and Civil Engineering. India. - 2016. - Т. 29. - С. 30-50.

4. Нормирзаев А. Р., Нуриддинов А. Д., Валиева Г. Ф. Влияние автомобильного транспорта на окружающую среду //Точная наука. - 2017. - №. 10. - С. 6-9.

5. Туманбоева Б., Нормирзаев А. Р., Тухтабоев М. А. Dvigatellarning texnik holati va ekspluatatsion xususiyatlariga ta'sir qiluvchi omillar //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 136-142.

6. Манафов Ш.С. Федюнина М.В. Охрана атмосферного воздуха в условиях урбанизированных и промышленных территорий // Экология региона: проблемы и пути их решения: материалы сборник научных статей регионалной научно-практической конференции. - Волгоград: ФГБОУ ВО Волгоградский ГАУ, 2015, - С. 88-91.

7. https://trasscom.ru/blog/umnye-svetofory/

8. Манафов Ш.С. Федюнина М.В. Охрана атмосферного воздуха в условиях урбанизированных и промышленных территорий // Экология региона: проблемы и пути их решения: материалы сборник научных статей региональной научно-практической конференции. - Волгоград: ФГБОУ ВО Волгоградский ГАУ, 2015, - С. 88-91.

9. Нормирзаев А. Р. Дизел двигателини газ ёнилгисига конвертация килиш муаммолари //илмий маколалар туплами. - 2017. - С. 86.

10. Шуваев Н. С., Русу Л. С. Влияние состояния дорожного полотна на атмосферный воздух городов и других населенных пунктов (на примере г. Астрахань) //Географический вестник. - 2019. - №. 3 (50). - С. 91-101.

11. Рустамов И. Влияние автомобильного транспорта на окружающую среду и методы их снижение //Материалы конференции «Issues of modern education in the condition of globalization Collection international scientific conference». Россия. - 2017. - Т. 2. - С. 115121.

12. Атаханов Х. Б., Ёкуббеков Ш. Т., Тургунов З. Х. Автомобилда мотор мойини сарфига богли; муаммолар //Механика и технология. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 160-167.

13. Атахонов Х., Хидиров У., Аъзамбоев М. Разработка методики экономической оценки расходов автомобильного топлива на автомобильном транспорте //Экономика и социум. - 2019. - №. 6 (61). - С. 133-136.

14. Аъзамбоев М., Хидиров У., Атахонов Х. Разработка оперативных мероприятий по снижению финансовых расходов на материальные ресурсы //Экономика и социум. -2019. - №. 6 (61). - С. 143-146.

15. Атахонов Х., Хидиров У. Разработка оперативных мероприятий по снижению финансовых расходов на материальные ресурсы //Мировая наука. - 2018. - №. 6 (15). - С. 92-95.

16. To'xtaboyev M., Ataxanov X. X. R. Сhorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - 2021.

17. To'xtabayev M. A., Mamirov U. X., Turg'unov Z. X. Jamoat transportida yo'lovchi tashish samaradorligi //Mexanika i texnologiya. - 2022. - №. Spetsvbipusk 2. - S. 62-67.

18. Raximberdiyevich N. A., Akhmadjanovich T. M. Namangan shahrida veloyo 'lak

tashkil etishning samarasi //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. №. 7. - С. 80-97.

19. To'xtaboyev M. A., Tumanbayeva B. Chorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o'rganish. Транспорт ва логистика: Республика транспорт-транзит салоhиятини ривожлантиришда раqамли технологиялар: Республика илмий-техника анжуман материаллари туплами. - 2021.

20. To'xtaboеv M. A., Mamirov U. X. Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (Namangan shahri misolida) //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 101-108.

21. Тухтабаев М. А., Мамиров У. Х., Тургунов З. Х. Жамоат транспортида йуловчи ташиш самарадорлиги //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 2. - С. 62-67.

22. Akhmadjanovich M. T. X. et al. Namangan shahrining Navoi va Qo 'qon chorrahasidagi tirbandlik //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 87-92.

23. Аббасов, А. Усовершенствование дорожной инфраструктуры в городе Намангана // Развитие логистики и управления цепями поставок / материалы III Международной научно-практической студенческой конференции. - Минск: БНТУ, 2023. - С. 332-337.

Грабовский А. А., Миронов В. А. Обеспечение экологических и экономических показателей ДВС //Вестник Самарского государственного аэрокосмического университета им. академика СП Королёва. - 2011. - №. 3-1. - С. 68-74.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.