Научная статья на тему 'DVGATELNING YUKLAMA XARAKTERISTIKALARINI O’RGANISH VA ULARNI TADQIQ QILISH'

DVGATELNING YUKLAMA XARAKTERISTIKALARINI O’RGANISH VA ULARNI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
61
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KATALITIK NEYTRALIZATORSIZ PURKASH / DROSSEL ZASLONKASI / INDIKATOR BOSIMI

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Alijonov O.I.

Dvigatellarning rivojlanish istiqbollari yoqilg’i tejamkorligi va chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalarni kamaytirish bilan uzviy bog’liq. Shu maqsadda kichik yuklama va salt holat rejimlarida silindrlarning bir qismini o’chirish usuli qo’llaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY AND STUDY THE LOAD CHARACTERISTICS OF THE ENGINE

Prospects for the development of engines are closely linked to fuel economy and the reduction of emissions. For this purpose, the method of deactivation of part of the cylinders is used in low load and single mode modes.

Текст научной работы на тему «DVGATELNING YUKLAMA XARAKTERISTIKALARINI O’RGANISH VA ULARNI TADQIQ QILISH»

УДК 67.05

Alijonov O.I.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi dotsenti

Farg'onapolitexnika institute

DVGATELNING YUKLAMA XARAKTERISTIKALARINI O'RGANISH

VA ULARNI TADQIQ QILISH

Annotatsiya. Dvigatellarning rivojlanish istiqbollari yoqilg'i tejamkorligi va chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalarni kamaytirish bilan uzviy bog'liq. Shu maqsadda kichik yuklama va salt holat rejimlarida silindrlarning bir qismini o 'chirish usuli qo 'llaniladi.

Kalit so'zlar. Katalitik neytralizatorsiz purkash, Drossel zaslonkasi, indikator bosimi.

Alijonov O.I. associate professor descriptive geometry and engineering graphics Fergana Polytechnic Institute

STUDY AND STUDY THE LOAD CHARACTERISTICS OF THE

ENGINE

Annotation. Prospects for the development of engines are closely linked to fuel economy and the reduction of emissions. For this purpose, the method of deactivation of part of the cylinders is used in low load and single mode modes.

Keywords. Spray without catalytic neutralizer, throttle valve, indicator pressure.

Katalitik neytralizatorsiz purkash tizimiga ega dvigatellar barcha sharoitlarda zaruriy quvvatlarga kerak bo'lgan yoqilg'i aralashmasining optimal tarkibini va unga mos ravishda, eng yuqori samaradorlikni ya'ni indikatorli FIK (^i) ning eng yuqori qiymatini ushlab turish uchun sozlanadi. Bunda quvvat ortishi bilan indikatorli FIK ning qiymati oshib boradi. Injektorlardagi yoqilg'i aralashmasini boyitilganda, uni silindrlarga to'ldirilishi yomonlashishi oqibatida indikator FIK kamayadi. Drossel zaslonkasini kichik burchak ostida ochilganda (kichik yuklamalarda) indikator FIK kamayishi qoldiq gazlar miqdorining nisbatan ko'payishi, aralashma tarkibining buzilishi va issiqlik yo'qotilishning ko'payib ketishi tufayli yonish jarayonining yomonlashishi bilan izohlanadi. Yoqilg'i-havo aralashmasi tarkibi chiqindi gazlar neytralizatoriga ega dvigatellarning deyarli barcha rejimlarida stexeometrik nisbatga yaqin bo'ladi, shu sababli, indikatorli FIK (^) va solishtirma yoqilg'i sarfining(ge) quvvatga bog'liqligi boshqacha xarakterga ega.

Mexanik FIK quyidagi bog'liqlik orqali aniqlanadi:

Pr,

Pi

^ (1)

O'rtacha indikator bosimining (pt) kattaligi asosan silindrning to'ldirish koeffitsiyenti (qv), (^ )/a munosabat kabi kichik oraliqlarda o'zgaradi. Mexanik yo'qotishlarining o'rtacha bosimi (pM.n.) n = const bo'lganda amalda doimiy o'zgarmaydi.

Salt holatda n = const bo'lganda pM.n. = pi va ge ^ ro bo'lib, bunda gazlarning barcha bajargan ishlari agregatlarning uzatmalardagi va ishqalanish kuchlarini yengish uchun sarflanadi. Dvigatel quvvati ortishi bilan indikator va ayniqsa mexanik FIK ortadi, bu esa solishtirma yoqilg'i sarfining kamayishiga olib keladi. Indikator va mexanik FIK larining mahsuldordorligi (ularning ko'paytmasi ya'ni - ni • nM) solishtirma yoqilg'i sarfining (ge) oqim xarakterini belgilab beradi. Solishtirma yoqilg'i sarfining (ge) eng kichik qiymati indikator va mexanik FIK larining mahsuldorligining (ularning ko'paytmasi ya'ni - ni • nM) eng katta qiymatiga (ko'pincha, effektiv quvvatning (Ne max) 80% miqdoriga) to'gri keladi. Keyinroq (zaslonkaning ochiq holatida) quvvat ortishi bilan injektorlarning ochilish vaqti uzayib, yoqilg'i-havo aralashmasining boyitilishi va to'la yonishning yomonlashishi (ni kamayishi) sodir bo'lishi solishtirma yoqilg'i sarfining ortib ketishiga olib keladi.

Yuqoridagi bo'limlardan ma'lumki, yoqilg'i aralashmasi silindrdan tashqarida tayyorlanib, ichida yondiriladigan dvigatellarda silindrlarni o'chirish tizimlari samaraliroq qo'llanilgan.

Malumki, bunday dvigatellar uchun:

ne = Aa 9AP) (2)

Bundan tashqari

ne = ni ■ VM,(3)

bu yerda n^ = f(9Ap); ni = f(a)

Quyida ko'rsatilgan 2-rasm yordamida silindrlarning yuklamalari ortishi bilan effektiv va mexanik FIK ning (ne va nM) ortadi deb xulosa qilishimi mumkin.

1-rasm. Benzinli dvigatellarning boshqaruvchi xarakteristikalari [1].

Egriliklar silindrlari turli sonlarda o'chirilgan dvgatelning solishtirma effektiv yoqilg'i sarfining o'zgarishini ko'rsatadi (2-rasm).

T/<K.H I -*J> ili ftW *CLHJ

JiO

«go

-4 1 lï .1JO

jau

i

2-rasm. Turli usullarda silindrlari o'chirilgan dvgatelning yuklama

xarakteristikalari [2]: 1 - yoqilg'i uzatishi to'xtatilgan; 2 - o'chirilayotgan silindrlarni

drossellanishi vayoqilg'i uzatishi va to'xtatilgan; 3 - klapan tuzilmasi o'chirilgan; 4 - barcha silindrlari ishlamoqda; 5 - mexanik yo'qtishlar bilan

Bunda silindrlarning bir qismi o'chirilganda Ne = 20 kW (bu holda yuklama to'la yuklamaning 30% atrofida) bo'lganda solishtirma yoqilg'i sarfining kamayishi 15 - 17% ni tashkil etadi. Dvigatelning yuklamasi 20% atrofida bo'lganda esa, solishtirma yoqilg'i sarfining kamayishi hattoki 22% ni tashkil etadi. Bularning barchasiga silindrlarni yarmini o'chirgan holda erishiladi. Yoqilg'i sarfidan yanada ko'proq yutish uchun kichik yuklamalarda to'rttadan ham ko'proq silindrlarni o'chirish mumkin.

Aytish mumkinki, kichik yuklamalarda samaradorlikni oshirishda o'chirilayotgan silindrlarning yoqilg'i ta'minotini to'xtatib qo'yish asosiy rolni o'ynaydi. Ish hajmini boshqarish orqali dvigatelni samaradorligini oshirish usulida samaradorlikni qo'shimcha ravishda oshirish uchun o'chirilayotgan silindrlarni drossellanishini to'xtatish hamda bu silindrlarning klapan tuzilmalarini to'xtatib qo'yish orqali amalga oshirish mumkin. kam sonli silindrga ega dvigatelning samaradorligini oshirish imkoniyatini ko'rsatmoqda. Ushbu rejimda to'la yuklamaning 28% miqdorida deyarli 12% yoqilg'ini tejashga erishish mumkin. Shuni qayd etish kerakki, yuqoridagi holatda bo'lgani kabi, bitta silindrni faol ishlatib turganda, ya'ni uchta silindrni o'chirib qo'yganda ham yanada ko'proq samaradorlikka erishish mumkin [1].

Yuqoridagi xarakteristikalar kichik yuklamalarda ishlayotgan uchqunli o't oldiriladigan dvigatellarning samaradorligini oshirish uchun alohida sikllarni o'chirish tizimini ishlatish maqsadga muvofiqligini ko'rsatadi. Elektron boshqaruvga ega dvigatel bilan jihozlangan zamonaviy avtomobillar uchun bunday muammolarni hal etish katta texnik qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi [48].

3-rasmda ko'rsatilgan xarakteristikalar gibrid o'rnatmalarni yaratishni tasdiqlaydi. Ko'rinib turibdiki, yirik dvigatellarni kichikroq hajmli dvigatelga almashtirish yaxshigina iqtisodiy samara berishi mumkin. Biroq dvigatelning ish paytida, kichik yuklamalar kattaligiga bog'liq holda turli miqdordagi silindrlar sonini o'chirish orqali uning ish hajmini o'zgartirish imkonsizligi yanada ko'proq iqtisodiy samara olishni cheklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov, R. (2021). PLANNING OF BELT BRIDGE FOR UNSYMMETRICAL PROGRESSIVE STAMPING. Scientific progress, 2(2), 616-623.

2. Karimov, R. J. O. G. L., & Toxtasinov, R. D. O. (2021). FEATURES OF CHIP FORMATION DURING PROCESSING OF POLYMER COMPOSITE MATERIALS. Scientific progress, 2(6), 1481-1487.

3. Karimov, R. J. O. G. L., O'G'Li, S. S. D., & Oxunjonov, Z. N. (2021). CUTTING HARD POLYMER COMPOSITE MATERIALS. Scientific progress, 2(6), 14884. Botirov, Alisher Akhmadjon Ugli, Turgunbekov, Akhmadbek Makhmudbek Ugli INVESTIGATION OF PRODUCTIVITY AND ACCURACY OF PROCESSING IN THE MANUFACTURE OF SHAPING EQUIPMENT // ORIENSS. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/mvestigation-of-productivity-and-accuracy-of-processing-in-the-manufacture-of-shaping-equipment (дата обращения: 22.04.2022).

5. Abdullayeva, Donoxon Toshmatovna, Turg'Unbekov, Axmadbek Maxmudbek O'G'Li ПРОДЛЕНИЕ СРОКА ХРАНЕНИЯ ЛИСТОВЫХ ДЕТАЛЕЙ ПРОКАТНОГО ОБОРУДОВАНИЯ // ORIENSS. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/prodlenie-sroka-hraneniya-listovyh-detaley-prokatnogo-oborudovaniya (дата обращения: 22.04.2022).

6. Muxtorov, Abdumajidxon Murodxon O'G'Li, Turg'Unbekov, Axmadbek Maxmudjon O'G'Li, Maxmudov, Abdulrasul Abdumajidovich AVTOMOBIL OLD OYNAKLARINI VAKUUMLASH JARAYONIDA VAKUUMLASH TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI // ORIENSS. 2022. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avtomobil-old-oynaklarini-vakuumlash-jarayonida-vakuumlash-texnologiyasining-ahamiyati (дата обращения: 22.04.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.