Научная статья на тему 'DUTOR ANSAMBLLARI UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMALARI VA DARSLIKLARI TANQISLIGI MUAMMOSI, ADABIYOTLAR TAHLILI'

DUTOR ANSAMBLLARI UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMALARI VA DARSLIKLARI TANQISLIGI MUAMMOSI, ADABIYOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
407
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sozandalik / qonunchilik / qo‟llanmalar / darsliklar / ansambl / dutor / muammo. / music / legislation / textbooks / ensemble / dutar / problems

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Latofat Nuriddin Qizi Mo’Minova

Dutorda ansambl ijrochiligi xalqimizning boy ma'naviyati, qadriyatlarini o'zida mujassam etgan san'at turlaridan biridir. Mazkur maqolada so'nggi yillarda “Ansambl ijrochiligi” faniga bag'ishlangan adabiyotlarni o'rganib, dutor ansambl ijrochiligi risolalarning tanqisligi muammosi, kamchiliklari, afzalliklarini ilmiy asoslaymiz va tahlil qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ensemble performance on the dutar is one of the types of art that embodies the rich spirituality and values of our people. In this article, we will study the literature on the topic "Ensemble performance" in recent years, scientifically substantiate and analyze the problem of deficiency, advantages and disadvantages of the manual on ensemble performance on the dutar.

Текст научной работы на тему «DUTOR ANSAMBLLARI UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMALARI VA DARSLIKLARI TANQISLIGI MUAMMOSI, ADABIYOTLAR TAHLILI»

DUTOR ANSAMBLLARI UCHUN O'QUV USLUBIY QO'LLANMALARI VA DARSLIKLARI TANQISLIGI MUAMMOSI, ADABIYOTLAR TAHLILI

Latofat Nuriddin qizi Mo'minova

O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Respublika musiqa va san'at kolleji o'qituvchisi mominovalatofat@gamil.com

ANNOTATSIYA

Dutorda ansambl ijrochiligi xalqimizning boy ma'naviyati, qadriyatlarini o'zida mujassam etgan san'at turlaridan biridir. Mazkur maqolada so'nggi yillarda "Ansambl ijrochiligi" faniga bag'ishlangan adabiyotlarni o'rganib, dutor ansambl ijrochiligi risolalarning tanqisligi muammosi, kamchiliklari, afzalliklarini ilmiy asoslaymiz va tahlil qilamiz.

Kalit so'zlar: sozandalik, qonunchilik, qo'llanmalar, darsliklar, ansambl, dutor, muammo.

ABSTRACT

Ensemble performance on the dutar is one of the types of art that embodies the rich spirituality and values of our people. In this article, we will study the literature on the topic "Ensemble performance" in recent years, scientifically substantiate and analyze the problem of deficiency, advantages and disadvantages of the manual on ensemble performance on the dutar.

Keywords: music, legislation, textbooks, ensemble, dutar, problems.

Musiqa madaniyati o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bizga ma'lumki, musiqa janrlari ichida eng murakkab ammo ko'ngilning istalgan burchagiga yetib bora oladigan xususiyatga ega bo'lgan turi bu sozandalik, ya'ni xalq cholg'u asboblarida chalishdir. Sozandalik - o'zbek musiqa ijrochiligi san'atining qadimiy turlaridan biri bo'lib, insoniyat hayoti, ma'naviyatimiz ruhiyati va rivojiga beqiyos madad beruvchi omildir. Sozandallik shu boisdan ham uzoq o'tmishdan o'ziga xos an'analar vujudga kelgan. Bu an'analar xalq orasida ardoqlanib, turli ko'rinish, uslub va yo'nalishlarda rivojlanib, avlodlardan avlodlarga o'tib, o'z ma'naviy salohiyatini saqlab k elmoqda. Boshqacha qilib aytganda, sozandalik san'ati - jonli jarayondir. Ayniqsa ular

ansambl bo'lib ijro etganda bor ma'naviy go'zalligini namoyon qiladi. Albatta sozandalar uchun poydevor bo'lib xizmat qiluvchi moddiy manbalar, risolalar, adabiyotlar, o'quv qo'llanmalarning o'rni ahamiyatlidir.

XX asrga qadar yozilgan risolalar soni cheksizdir. Lekin ularni o'rganish mobaynida rivojlantirish, yangi texnologik metodlar yaratish, innovatsion risolalarni ko'paytirish zamon talabi darajasiga ko'tarilyapti. Bugungi kun zamon zayli bilan ta'lim va tarbiya tizimida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida" ((Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) PQ-112 02.02.2022) qarorida aynan madaniyat va san'at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham ko'zda tutilgan. Ijrochilik an'analariga asoslanib yaratilgan adabiyotlarda aynan nazariy, tarixiy, an'anaviy, uslubiy hamda tahliliy jihatlari yoritib boriladi. Quyida sozandalar ansambli uchun mustaqillik yillarida chop etilgan shunday o'quv qo'llanma va darsliklarni sanab o'tamiz.

O.A.Asaidov hamda Sh.N.Rahimovlarning "Cholg'u ansambli" deb nomlangan o'quv qo'llanmasi (2011), Abduvahob Sahiyevning "Milliy cholg'u ansambllari uchun asarlar" o'quv-uslubiy qo'llanmasi (2016), Zulxorbek Turapov "Ansambl sinfi" (xalq cholg'ulari) o'quv qo'llanmasi (2007) va "Ansambl sinfi" darsligi (2019), Ahadjon Mamadaliyevning "Ansambl sinfi" (o'zbek xalq cholg'ulari) o'quv qo'llanmasi (2019), Azizov Orifjon G'anievichning "Cholg'uchilar ansambllarini tashkil etish metodikasi" o'quv qo'llanmasi (2019), Mirzayev O'ktam Oripovichning "Cholg'u ijrochiligi va ansambli" o'quv qo'llanmasi (2019), Komiljon Mirzayevning "Sozandalar ansambli" (2020) va boshqalar. Ularning mohiyati shundan iboratki, o'quvchilarning iste'dodini, madaniy saviyasini, ijrochilik maxoratlarini, eshitish qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish bilan birga badiiy didini shakllantirish va dunyoqarashini kengaytirish, milliy va jahon musiqalarining yuksak namunalari bilan tanishtirish hamda ijrochi - sozandalarni tarbiyalash kabi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi. Shunday ekan, ularni kamchiliklardan holi va zamon talablariga mos tarzda, o'quvchi, talabalar uchun tushunarli va sodda tilda bayon etilishiga e'tibor qaratish lozim. Bu adabiyotlar ansambllar tarixi, ilk ansambllarning tashkil etilishidan tortib, eng mashxur ansambllar va ansambl tarkibi ijro uslublarigacha yoritib berilgan. Ba'zi adabiyotlarda ansambl cholg'ularining ko'rinishi fotosur'atlarda aks ettirilgan, strukturaviy tuzilishi, ijro postanovkasi, tovush chiqarish usullari hamda ansambllardagi ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud. Muhimi, turli cholg'ular ansambllari uchun yozilgan o'zbek va jahon kompozitorlari asarlari keltirilgan. Ammo aynan dutor ansambllari ijrochiligi uchun adabiyotlar ro'yxatini sanash,

dutorchi sozandalar uchun achinarli hol. Va holangki, O'zbekistonda dutorchilar ansambli bir turdagi cholg'u ansambllari ichida eng ko'p tarqalgan ansambl turidan hisoblanadi. Endi aynan dutor ansambllari to'g'risida yoritilgan adabiyotlarni ko'rib chiqamiz.

2002-yil BOQIJON RAHIMJONOV muallifligida "DUTORCHILAR ANSAMBLI" darsligi yaratildi. Ushbu darslik "G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" tomonidan nashr qilingan bo'lib, musiqa va san'at kollejlari hamda litseylari uchun mo'ljallangan.

Annotatsiyaga ko'ra, darslik xilma-xil dutorlardan tuzilgan ansambllar uchun mo'ljallangan. U uslubiy va amaliy qismlardan iborat. Uslubiy qism dutor zarblari, pozitsiya va applikatura, turli usullarda gammalarni o'zlashtirishga bag'ishlangan. Amaliy qismda esa ansambl mashg'ulotlarini o'zlashtirish uchun 18ta asar izohlari bilan berilgan.

Amaliy qismda o'zbek xalq kuyi "Yallama yorim", V.N. Vasilev "Bolalar ashulasi", o'zbek xalq kuyi "Qari Navo" va hokazo kuylar dutor oilasi - dutor prima, dutor sekunda, dutor alt, dutor bas uchun, Xoji Abdulaziz Abdurasulov "Bozurgoniy", o'zbek xalq kuyi "Sharop I", "Ajam I tarona" kabi asarlar unison dutorchilar ansambli uchun kiritilgan.

Darslikning kamchiliklari juda kam. Masalan, dutor zarbidani "oddiy zarb" belgisi muallif tomonidan yangilik sifatida pastga (v) tepaga zarbi (л) sifatida kiritilgan. Ammo bu darslikkacha va darslikdan keyin ham barcha adabiyotlarda bir xil pastga (n) tepaga (v) zarbi belgisi qo'llanilib kelgan. Shu tomonlama o'quvchida "pastga tepaga" oddiy zarbi belgisi shtrixlarni o'zlashtirishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

Qolaversa yangilikka o'ch bo'lgan Boqijon Rahimjonov o'zining bir necha kashfiyotlari bilan ham mashxur. U dutor oilalarini rekonstruksiya qilish borasidagi urinishlaridan kopchilik xabardor. Ya'ni, dutor cholg'usini kosa qismini yassi ko'rinishda takomillashtirib yedirilib ketadigan yog'och lad pardalari o'rniga met al lad pardalalar o'rnatib chiqqan. Natija juda ham ijobiy bo'lmadi. Chunki yassi kosali dutorlarni ushlash juda qiyinchilik tug'dirdi. Qolaversa, metall ladlar chap qo'l barmoqlarini hamda ladga yaqin chalinganda o'ng qo'l barmoqlarini shikastlab ijrochida yomon tassurotlar qoldirishiga olib keldi. Balki bu kashfiyot ijobiy natija berishi uchun usta dutorchilardan boshqacharoq material, boshqacharoq andozalar talab qilish kerakdir. Ammo Petrosyans tomonidan takomillashtirilib, bugungi ko'rinishga kelgan dutorlarni ham kuchli va chiroyli tovush notasini chiqarib chalish darajasiga yetkazsa bo'ladi. Albatta bu dutor primalarda biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Soz jihatdan to'g'ri sozlanadigan va oktava tovushlarini o'rnida toza chiqaruvchi dutor prima cholg'usini ijrochi tomonidan ortiqcha fizik tovushlarsiz,

musiqiy tovushlarda ijro qilinishi ijrochining texnik mohirligidan dalolat beradi. Shunday ekan, B.Rahimjonovning ixtirolaridan xavaskorona o'rganuvchilar foydalanib, kuylar ijro qilishsa bo'ladi. Ammo doimiy shug'ullanuvchilarga bu cholg'u biroz qiyinchilik tug'dirishini inobatga olishimiz zarur.

Rekontrusiya qilingan dutor oilalariga to'xtalganimizda dutor orkestrlarini ham izohlab o'taylik. Dutor ansambli va dutor orkestrlarining farqi nimada? Ikkalasi ham dutor oilalaridan tashkil topgan bo'lsa, ikkalasi ham bir ovozli, ham ko'p ovozli asarlarni ijro eta oladi. Ularning farqi shundaki, dutor ansamblida 1ta dutor bas bo'lsa, dutor orkestrida bu raqam 4tagacha yetishi mumkin. Ya'ni, orkestrlarda bir xildagi cholg'uning o'zi bir nechtagacha ko'p bo'lishi mumkin. Bu esa ko'p ovozli kuylarni bir xil ijrosini ta'minlash uchun dirijor talab qiladi. Ansambl esa o'zining kichik tarkibligi, kam sonli cholg'ulari bilan orkestrdan ajralib turadi.

2004-yilda MANZURA AKMALJONOVAning "DUTOR ORKESTRI" deb nomlangan o'quv qo'llanmasi "G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" tomonidan chop etildi. Musiqa va san'at kollejlari uchun mo'ljallangan.

Annotatsiyaga ko'ra, mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma ikki qismdan iborat. Birinchi qismda "Dutor orkestri bilan tanishibgina qolmay, dutor tarixi, uning turlari, takomillashuvi va buning natijasida orkestr cholg'ularining paydo bo'lishi haqida so'z boradi. Ko'povozlik jamoa talablariga javob bergan, tovush bo'yoqlarining o'ziga xosligi bilan ajralib turadigan dutor orkestrini tashkil qilish, dastur tanlash va mashg'ulotlarni qanday olib borish haqidagi ko'rsatmalar ushbu qismning asosiy maqsadidir.

Ikkinchi qism dutor orkestri uchun moslashtirilgan va cholg'ulashtirilgan o'zbek xalq kuyi "Rajabiy" (V.Rahimjonov yozib olgan), tojik xalq kuyi "Tog' navosi" (A. Lenskiy qayta ishlagan) qoraqalpoq xalq kuyi "Nozli" (G.Mushel qayta ishlagan), M.Moshkovskiy musiqasi "Ispancha raqs", rus xalq kuyi "Kamarinskaya" (I.Feoktistov qayta ishlagan)nota matnlaridan iborat. Darslik musiqa va san'at kollejlari uchun dirijyorlik va orkestr sinfiga oid manba sifatida tavsiya etiladi.

Manzura Akmaljonovaning boshlagan ishi juda o'rinli bo'lgan edi. Va holangki, bugungi kunda musiqa maktablaridan tortib, kollejlar, oliy ta'lim muassasalarida dutor chalishga ishtiyoqi va iqtidori baland o'quvchilarning soni juda ko'p. Xalq cholg'ulari yo'nalishiga topshiruvchi abituriyentlarning 50 foizi dutor mutaxassisligi bo'yicha o'qishni xohlaydi. Ammo dutor cholg'usi kollejlarda ham, oliy ta'lim muassasalarida ham soni bor sifati yo'q darajaga yetib boryapti. Chunki dutorchi yoshlar bilan shug'ullanadigan, ularni ansambllarda, shu bilan birga orkestrlardagi o'rni va ahamiyatini yuzaga chiqaruvchi omillar juda kam. Orkestrda har bir cholg'u tarkibida 3 yoki 4 tadan cholg'uchi bo'lsa, dutorchilar tarkibi 10ta, ba'zan esa ularning soni 20, 30 tadan ortyapti. Hattoki, bu tarkib o'quvchilarni dars

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

paytida olib o'tirishga majbur bo'lgan dirijor o'qituvchining "me'dasiga tekkan" degan gaplar ham qulog'imizga chalinadi. Bu esa juda achinarli holat. Demak, biz bu masalaga yechim sifatida o'quv tarifikatsiya rejasiga "Dutorchilar orkestri" darslarini alohida kiritishimiz zarur. Bu esa dutor orkestri sinfi orqali dutorchi ijrochilar sifat darajasini oshirishiga ishonamiz.

Adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, Respublikamizda mustaqillik yillarida ansambl ijrochiligi fanidan salmoqli adabiyotlar yaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Albatta, bu quvonarli hol. Ammo har bir fan ma'lum ta'lim darajalaridan iborat bo'lganidek, ansambl ijrochiligi ham bundan mustasno emas. Ko'rganingizdek, dutor ansambl ijrochiligiga oid adabiyotlarni shakllantirish ehtiyoji oldimizga ko'ndalang chiqib turibdi. Sozandalar ansambl ijrochiligi uslubiy qo'llanmalarning aksariyati oliy ta'lim muassasalari uchun tayyorlangan. O'rta ta'lim bo'g'inida ansambl ijrochiligi fanini o'qitish uslubiyoti masalasi hali o'z yechimini topganicha yo'q. Yuqorida o'rganilgan o'quv-uslubiy qo'llanmalar musiqa kolleji va litseylarida ansambl ijrochiligi fani bo'yicha yanada chuqur yoritilgan adabiyotlar yaratilishiga asos bo'lishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son

2. Raximjonov B. "Dutorchilar ansambli". Darslik. G'ofur - G'ulom nash. T. 2002-yil

3. Akmaljonova M. "Dutor orkestri". O'quv qo'llanma. G'ofur - G'ulom nash. T. 2004-yil

4. O.A.Asaidov va Sh.N.Rahimovlar. "Cholg'u ansambli". T. 2011.

5. Abduvahob Sahiyev. "Milliy cholg'u ansambllari uchun asarlar". O'quv-uslubiy qo'llanmasi. T.2016

6. Zulxorbek Turapov "Ansambl sinfi" (xalq cholg'ulari) o'quv qo'llanma. T. 2007

7. Zulxorbek Turapov "Ansambl sinfi" darsligi T. 2019.

8. Ahadjon Mamadaliyev "Ansambl sinfi" (o'zbek xalq cholg'ulari) o'quv qo'llanmasi. T. 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.