Научная статья на тему 'DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SANʼATINING OʼZIGA XOS HAMDA BEQIYOS OʼRNI'

DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SANʼATINING OʼZIGA XOS HAMDA BEQIYOS OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
412
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muqova / forzats / kitob / kitobxonlik / qog‘oz / ipak / paxta / kanop / qamish / poxol / tut novdasi. / cover / binding / book / reading / paper / silk / cotton / hemp / reed / straw / mulberry branch.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qurbonova, Barchinoy Mirzahamdamovna

Maqolada kitobat san’atining bugungi jarayonlari haqida gap boradi.Yosh avlodning kitobxonlikka jalb qilish borasida so‘zboradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNIQUE AND UNIQUE PLACE OF EASTERN LIBRARY ART IN WORLD CULTURAL DEVELOPMENT

The article talks about the modern processes of book art, about attracting the younger generation to reading.

Текст научной работы на тему «DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SANʼATINING OʼZIGA XOS HAMDA BEQIYOS OʼRNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS HAMDA BEQIYOS O'RNI

Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovna

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri, katta o'qituvchi qurbonovamirzahamdamovnabarchn@gmaiL com

ANNOTATSIYA

Maqolada kitobat san'atining bugungi jarayonlari haqida gap boradi. Yosh avlodning kitobxonlikka jalb qilish borasida so 'zboradi.

Tayanch so'zlar: muqova, forzats, kitob, kitobxonlik, qog'oz, ipak, paxta, kanop, qamish, poxol, tut novdasi.

В статье говорится о современных процессах книжного искусства, о привлечении к чтению подрастающего поколения.

Ключевые слова: обложка, переплёт, книга, чтение, бумага, шёлк, хлопок, пенька, тростник, солома, ветка тутового дерева

The article talks about the modern processes of book art, about attracting the younger generation to reading.

Key words: cover, binding, book, reading, paper, silk, cotton, hemp, reed, straw, mulberry branch.

Kitob - olis o'tmishni kelajakka bog'lovchi insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyotlardan biridir. Kitob odamzodning yo'ldoshi, va uni asrlardan asrlarga olib o'tuvchi ziyo mash'alidir. Halqimiz azal-azaldan ilm olishga, kitob o'qishga chanqoq. Ko'p asrlik qadimiy ma'daniyatimiz durdonalarini hayolan tasavvur etar ekanmiz, me'moriy yodgorliklarimiz, amaliy san'at asarlari bilan bir qatorda kitobat san'ati ham ulkan xazina bo'lib nafosat barq urgan sahifalari yarqirab ko'zga tashlanadi. Sehrgar qo'llar o'z ishining mohir ustalari bo'lgan hunarmandlar, musavvirlar va usta naqqoshlarimiz nafosat durdonalarini kitob sahifalarida jilolantirib, inson kashfiyoti va zakovatining nozik, ko'z ilg'amas qirralarini tengsiz mahorat bilan namoyish etganlar.

Manbalarda qayd etilishicha, kitobat san'ati eramizning I asrlarida shakllana boshlagan. Ungacha bo'lgan davrlarda kitob turli xalqlarda Misr, Yunoniston,

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Markaziy Osiyoda tosh, sopol, teri, daraxt po'stlog'i kabi tabiiy xom-ashyolarga bitilgan. Odamlar o'zlarini o'rab turgan tabiat mahsulotlaridan foydalanib yozuv ashyolarini tayyorlaganlar.

Eramizdan uch ming yil oldingi taraqqiy etgan Messopotamiya, Shumer, Akkad, Vavilon, Ossuriya kabi davlatlarda loydan tayyorlangan g'ishtlar sirtiga belgilarni botirib izini tushirish orqali loy, sopoldan o'z "kitob"larini tayyorlaganlar. Tarixnavislarning dalolatiga ko'ra, ilk yozuvga o'xshagan obidalar tarixi eramizdan avvalgi 8000 yillarga qadar borib taqalsada, yozuvni eramizdan avvalgi 3500 yillarda shumerlar tomonidan ixtiro qilingan deb hisolanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yozuvning ilk vazifasi "hisob-kitob daftar yuritish"dir. Shumer yozuvining ilk tarqalgan namunalari qishloq xo'jalik mahsulotlarining taqsimotini yuritishda aks etgan. Yozuv - turli xildagi shakllar loyga tushirish asnosida sanash tizimidan kelib chiqqan.

Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizig'ini, zaminni, detallarni chizib, so'ng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) bo'yagan. Muqovachi qo'lyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, bo'yoqlar, oltin bilan bo'yalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqog'i yog'ochdan ba'zan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, o'yma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar b-n bezatilgan. O'rta asrlar (8—12-a. lar)da mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida (Xorazmiyning «Kitobi surat al-arz» — «Er tasviri kitobi», 1036; Beruniyning «Osor ulboqiya» — «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», 14-a. va b.), keyinchalik (10—19-a. lar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506)dan boshlab turkiy — o'zbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida e'tibor berilgan. Saroy kutubxonalari va nufo'zli shaxslar uchun tayyorlangan qo'lyozmalar Kitobat san'atining yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va b.) asarlari, bukj allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek va b.)ning ilmiy asarlari qo'lyozmalari shu usulda tayyorlangan Kitobat san'atining nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati O'zbekiston FA Sharqshunoslik inti fondida saqlanadi. Jumladan, shoira Nodira buyurtmasiga binoan xatgot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan 19-a. da Qo'qonda ko'chirilgan Alisher Navoiyning she'rlar to'plami — «Devoni Alisher Navoiy» qo'lyozma kitobi ishlangan bezaklariga ko'ra, dunyoda Kitobat san'atida yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot Navoiy asarlari insoniyatga Kuyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. Kitobat san'ati 20-a. gacha

240

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davom etgan. 20-a. 70—80-y. larida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, 111. Muhammadjonov va b.) sa'y-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida an'anaviy qo'lyozma kitob yaratish san'ati — K. s. qayta tiklandi. Sh. Muhammadjonov Kitobat san'ati sda samarali ijod qilmokda: «Navoiy lirikasi», «Kalila va Dimna», «Devonu lug'otit turk», «Ipak yo'li hikoyalari» va b. kitoblarni Kitobat san'ati usulida nafis bezaklar, tasvirlar bilan bezatib tayyorladi.

Ko'hna Sharqda, xususan, O'rta Osiyoda kitobatchilik sohasining shakllanishi va taraqqiy etishi Sharq dunyosida ilk bor ayni shu hudud bag'rida qog'oz ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilganligi bilan uzviy bog'liqdir. Tarixiy manbalarga ko'ra, qog'oz dastlab Chin (Xitoy)da paydo bo'lgan. Eramizning II asrida Xitoyda qog'ozning kashf etilishi va ishlab chiqarila boshlanishi dunyo miqyosida kitobatchilikning tez sur'atlarda rivojlanishiga turtki bo'ldi.

Xitoyliklar qog'oz ishlab chiqarishni qanchalik sir tutishlariga qaramay O'rta Osiyo hududida ham qog'oz ishlab chiqarish Samarqand, Buxoro, Qo'qon, Hirot shaharlarida taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tgan. Samarqandda ham qog'ozining Xitoy qog'ozi singari sifatliligi jihatidan qolishmasligi bu zaminda qog'oz ishlab chiqarish uchun kerakli bo'lgan hom ashyolarning barcha turlari - ipak, paxta, kanop, qamish, poxol, tut novdasi va po'sti kabi mahsulotlarning ko'pligi bilan ham alohida ahamiyatlidir.

Manbalarga asoslansak, kitob tayyorlash va miniatyura san'atining markazi Samarqand bo'lganligini bilishimiz mumkin. Afrosiyobda topilgan qadimiy tasviriy san'at obidalari ham buni tasdiqlaydi. Shu jihatdan olib qaraganda Samarqand qog'oz ishlab chiqarishning qadimiy vatani ekanligi ham katta ahamiyat kasb etadi. O'rta Osiyoda qog'oz ishlab chiqarish Samarqandda VI asrdan boshlanib, keyinchalik VII-X asrlarda yanada takomillashgan va dunyoning ko'plab mamlakatlariga tarqalgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston san'ati. O'zbekiston Badiiy Akademiyasi san'atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti. Toshkent-2001 y.

2. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.

3. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T.-2006 y.

4. A.Axmedov. O'zbekiston tarixi manbaalari.-Toshkent.-2001 y.

5. "San'at". O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2010 y.

6. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2000 y.

7. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent-2002 y.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent-1992 y.

9. Klavixo Rui Gonzales. Dnevnik putishestviya ko dvoru Temura v Samarkande v 1403-1406 gg. M.,-1990.

10. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

11. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

12. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

13. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

14. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

15. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

16. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

17. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

18. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

19. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

20. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.