Научная статья на тему 'DUAL TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH UYG‘UNLIGI ZAMONAVIY TA’LIM KONSEPSIYASI'

DUAL TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH UYG‘UNLIGI ZAMONAVIY TA’LIM KONSEPSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1469
383
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / dual ta’lim / mehnat bozori / nazariy mashg‘ulot / amaliy mashg‘ulot / tashkilot / o‘qitish / malakaviy amaliyot. / образование / дуальное образование / рынок труда / теоретическая подготовка / практическая подготовка / организация / обучение / профессиональная практика.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.L. Umurov

maqolada O‘zbekistonda dual ta’limni tashkil etilishi va rivojlanishi, dual ta'lim tizimining an’anaviy ta’limga nisbatan afzalliklari, mohiyati, maqsad va vazifalari xususida fikr bayon etilgan. An’anaviy ta’limga talabalar bo‘sh vaqtlarida turli sohalarda, asosan savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda ishlab pul topgan bo‘lsa, dual ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ham o‘qib, ham ishlab pul topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dual ta’lim tizimi – zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan samarali ta’lim shak bo‘lib, bu tizim nafaqat talabalar, balki ish beruvchilar va ta’lim muassasalari uchun ham foydali hisoblanadi. MAQSAD: O‘zbekistonda dual ta’lim qamrovini kengaytirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DUAL EDUCATION AND PRODUCTION COMPATIBILITY MODERN EDUCATION CONCEPT

в статье излагается мнение об организации и развитии дуального образования в Узбекистане, преимуществах, сути, целях и задачах системы дуального образования перед традиционным образованием. В то время как студенты традиционного образования зарабатывают деньги в свободное время, работая в различных сферах, в основном в торговле, сфере услуг и других секторах, в системе дуального образования у них есть возможность и учиться, и зарабатывать по специальности. Система дуального образования — эффективная форма обучения, отвечающая требованиям современного рынка труда и сочетающая теорию и практику. Эта система выгодна не только студентам, но и работодателям и учебным заведениям.

Текст научной работы на тему «DUAL TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH UYG‘UNLIGI ZAMONAVIY TA’LIM KONSEPSIYASI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Z.L. Umurov1H_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada O'zbekistonda dual ta'limni tashkil etilishi va rivojlanishi, dual ta'lim tizimining an'anaviy ta'limga nisbatan afzalliklari, mohiyati, maqsad va vazifalari xususida fikr bayon etilgan. An'anaviy ta'limga talabalar bo'sh vaqtlarida turli sohalarda, asosan savdo-sotiq, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda ishlab pul topgan bo'lsa, dual ta'lim tizimida o'z yo'nalishi bo'yicha ham o'qib, ham ishlab pul topish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Dual ta'lim tizimi - zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirgan samarali ta'lim shak bo'lib, bu tizim nafaqat talabalar, balki ish beruvchilar va ta'lim muassasalari uchun ham foydali hisoblanadi.

MAQSAD: O'zbekistonda dual ta'lim qamrovini kengaytirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu maqolada dual ta'lim va ishlab chiqarish uyg'unligi zamonaviy ta'lim konsepsiyasini o'rganish uchun bir necha metodlar qo'llanildi: adabiyotlarni tahlil qilish, so'rovnoma o'tkazish, amaliyotga oid tadqiqotlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu maqolada dual ta'lim va ishlab chiqarish uyg'unligi zamonaviy ta'lim konsepsiyasi tahlil qilindi. Tahlillar O'zbekistonda dual ta'lim professional ta'limda tez suratlarda qullanilib, o'zini oqlayotganini ko'rishimiz mumkin. Dunyoning yetakchi ta'lim shakllaridan biri bo'lgan dual ta'limni oliy ta'lim shasida qo'llash bugungi kunning dolzarb muammolaridan deb bilamiz. Dual ta'lim tizimi - zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirgan samarali ta'lim shak bo'lib, bu tizim nafaqat talabalar, balki ish beruvchilar va ta'lim muassasalari uchun ham foydali hisoblanadi.

XULOSA: dual ta'lim tizimi O'zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ish beruvchilarning amaliy talablariga mos ravishda tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlarning bosqichma-bosqich muvozanati ta'lim jarayonini samarali va natijaviy qiladi. Shu sababli, dual ta'lim tizimini amaliyotga joriy etish O'zbekiston ta'lim tizimi uchun istiqbolli qadam hisoblanadi.

Kalit so'zlar. ta'lim, dual ta'lim, mehnat bozori, nazariy mashg'ulot, amaliy mashg'ulot, tashkilot, o'qitish, malakaviy amaliyot.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Umurov Z.L. Dual ta'lim va ishlab chiqarish uyg'unligi zamonaviy ta'lim konsepsiyasi. // Inter education & global study. 2025. №3. B. 185-192.

ДУАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И СОВМЕСТИМОСТЬ ТРУДА: СОВРЕМЕННАЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ КОНЦЕПЦИЯ_

© З.Л. Умуров1И

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье излагается мнение об организации и развитии дуального образования в Узбекистане, преимуществах, сути, целях и задачах системы дуального образования перед традиционным образованием. В то время как студенты традиционного образования зарабатывают деньги в свободное время, работая в различных сферах, в основном в торговле, сфере услуг и других секторах, в системе дуального образования у них есть возможность и учиться, и зарабатывать по специальности. Система дуального образования — эффективная форма обучения, отвечающая требованиям современного рынка труда и сочетающая теорию и практику. Эта система выгодна не только студентам, но и работодателям и учебным заведениям.

ЦЕЛЬ: расширить сферу дуального образования в Узбекистане.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в статье представлены несколько методов изучения современной образовательной концепции дуального образования и промышленной интеграции. Были использованы методы: анализ литературы, анкетирование, практические исследования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в статье анализируется современная образовательная концепция дуального образования и промышленной интеграции. Анализ показывает, что дуальное образование активно внедряется в профессиональное образование в Узбекистане и доказывает свою эффективность. Мы считаем, что применение дуального образования, одной из ведущих в мире форм обучения, в системе высшего образования является одной из самых актуальных проблем современности. Система дуального образования — эффективная форма обучения, отвечающая требованиям современного рынка труда и сочетающая теорию и практику. Эта система выгодна не только студентам, но и работодателям и учебным заведениям.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: система дуального образования играет важную роль в повышении качества высшего образования в Узбекистане и подготовке выпускников в соответствии с практическими требованиями работодателей. Постепенный баланс теоретической и практической подготовки делает процесс обучения эффективным и продуктивным. Поэтому внедрение дуальной системы образования является перспективным шагом для узбекской системы образования.

© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 3

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ключевые I слова: образование, дуальное образование, рынок труда, теоретическая подготовка, практическая подготовка, организация, обучение, профессиональная практика.

Для цитирования: Умуров З.Л. Сочетание дуального образования и производства — современная образовательная концепция // inter education & global study. 2025. №3(1). С. 185-192.

DUAL EDUCATION AND PRODUCTION COMPATIBILITY MODERN EDUCATION CONCEPT_

© Zarif L. Umurov1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article presents the organization and development of dual education in Uzbekistan, the advantages, essence, goals and objectives of the dual education system over traditional education. While students in traditional education earn money in their free time by working in various fields, mainly trade, service and other areas, in the dual education system they have the opportunity to both study and earn money in their field. The dual education system is an effective form of education that meets the requirements of the modern labor market, combining theory and practice, and this system is useful not only for students, but also for employers and educational institutions.

AIM: to expand the scope of dual education in Uzbekistan.

MATERIALS AND METHODS: in this article, several methods were used to study the modern educational concept of dual education and production integration: literature analysis, questionnaire survey,

practical research.

DISCUSSION AND RESULTS: in this article, the modern educational concept of dual education and production integration was analyzed. Analysis We can see that dual education is rapidly being used in professional education in Uzbekistan and is proving to be effective. We consider the application of dual education, which is one of the leading forms of education in the world, in higher education to be one of the current problems. The dual education system is an effective form of education that meets the requirements of the modern labor market, combining theory and practice, and this system is useful not only for students, but also for employers and educational institutions.

CONCLUSION: the dual education system plays an important role in improving the quality of higher education in Uzbekistan, preparing graduates in accordance with the practical requirements of employers. The gradual balance of theoretical and practical training makes the educational process effective and productive. Therefore, the implementation of the dual education system in practice is a promising step for the education system of Uzbekistan.

© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 3

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал Mo"}

Scientific theoretical and methodical journal 2025, №3

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Keywords: Education, dual education, labor market, theoretical training, practical training, organization, training, qualification practice.

For citation: Zarif L Umurov. Dual education and production compatibility - a modern educational concept. // Inter education & global study. 2025. №3(1). pp. 185-192

Mehnat bozoridagi real ehtiyojlar, korxona (tashkilot)lar, iqtisodiyot tarmoqlaridagi aniq ish o'rinlari bo'yicha mehnat faoliyati bilan ta'limni uyg'unlashgan holda tashkil etish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dolzarb muammolardan biri sanaladi. Kadrlarni an'anaviy tarzdagi ta'lim tizimi asosida tayyorlanishi bugungi kundagi mehnat bozori talabiga javob bermaydi. 2020- yil 23- sentyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni O'zbekistonda dual ta'limning kirib kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 15-moddasida ta'lim olish shakllari keltirilgan bo'lib dual ta'lim alohida ta'lim shakli sifatida belgilangan va ushbu Qonunning 17-moddasida esa dual ta'lim shakli ta'rifi keltirilgan: "dual ta'lim ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilgan bo'lib, ularning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi"

Dual ta'limning an'anaviy ta'limga nisbatan afzalliklarni keltiramiz: ishlab chiqarish va ta'limni integratsiya qilish (nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarning bog'liqligi); amaliy ko'nikmalar (talabalar nazariy bilimlarni real ish sharoitlarida qo'llash imkoniga ega bo'ladilar); ish tajribasi (talabalar o'qish davomida ish tajribasiga ega bo'ladilar); mehnat bozoriga moslashish (bitiruvchilarni mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar sifatida tayyorlash); ishga joylashish imkoniyati (ko'p hollarda talabalar ishlab chiqarishda tajriba o'tagan joyida ishga qoladilar); ish beruvchilar bilan hamkorlik (oliy o'quv yurtlari va korxonalar o'rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi); ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta'lim (talabalar ishlab chiqarish jarayoniga mos ravishda tayyorlanadilar). Qolaversa avval talabalar bo'sh vaqtlarida turli sohalarda, asosan savdo-sotiq, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda ishlab pul topgan bo'lsa, dual ta'lim tizimida o'z yo'nalishi bo'yicha ham o'qib, ham ishlab pul topayotganini alohida qayd etish lozim. Ko'rib turganimizdek, dual ta'lim tizimi - zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirgan samarali ta'lim shaklidir. Bu tizim nafaqat talabalar, balki ish beruvchilar va ta'lim muassasalari uchun ham foydali hisoblanadi.

Dual ta'limni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat: korxona (tashkilot)dagi ishlab chiqarish sharoitlari bilan ta'lim muassasalari o'quv jarayonlarini o'zaro bog'lash; o'quvchilarni mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta'limning ishlab chiqarish bilan bog'liq amaliy qismini korxona (tashkilot)larda hamda nazariy va o'quv-amaliy qismini ta'lim muassasalarida tashkil etish; hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish hamda iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda

© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 3

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kadrlar tayyorlashni takomillashtirish; korxona (tashkilot)lar hamda ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorlik formatlari va modellarini ishlab chiqish; ta'lim dasturlarini mehnat faoliyati bilan uyg'un amalga oshirgan holda kompetensiyalarni shakllantirish; ta'lim dasturlarini ish beruvchilarning talablari va ulardagi texnologik yangilanishlar asosida takomillashtirib borish; kadrlarni tayyorlash va ta'lim dasturlarini amalga oshirishni moliyalashtirish; korxona (tashkilot)lar va ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini takomillashtirish; bitiruvchilarni baholashda korxona (tashkilot)lar ishtirokini yanada kengaytirish; turli yoshdagi aholi qatlamini tegishli kasb (mutaxassisliklar) bo'yicha kvalifikatsiyalarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish.

O'zbekistonda Germaniya tajribasi asosida dual ta'lim shaklini tizimli rivojlantirish masalasiga e'tibor berilib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020- yil 6- noyabrdagi PF-6108-son Farmonida 2021/2022 o'quv yilidan boshlab, amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim tizimi joriy etish belgilandi. Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 29- martdagi "Professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida" 163-son qarori qabul qilindi va "Professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida nizom" tasdiqlandi.

2021/2022 o'quv yilida dual ta'lim shakli bo'yicha kollej va texnikumlarga maktabgacha ta'lim, temir yo'l va qurilish kabi sohalarga 2 mingdan ortiq o'quvchilar o'qishga qabul qilingan. Korxonalarning ushbu ta'lim shaklida o'zlari uchun o'rta bo'g'in kadrlar tayyorlashga ehtiyojining oshib borishi natijasida 2022/2023 o'quv yilida professional ta'lim muassasalariga 4,5 mingga yaqin yoshlar dual ta'lim shaklida o'qishga qabul qilingan hamda qo'shimcha ravishda axborot texnologiyalari, yengil sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda ham ushbu ta'lim shaklida o'rta bo'g'in kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan

Shuningdek, bugungi kunda O'zbekistonda 234 ta professional ta'lim muassasalaridagi 13 ming nafarga yaqin o'quvchilar dual ta'lim shaklida ta'lim olmoqda. O'quvchilarga korxona (tashkilot)larning 3144 nafar malakali xodimlari "ustoz" sifatida biriktirilgan bo'lib, ular tomonidan o'quvchilarning amaliy ko'nikmalari bevosita ish joylarida shakllantirilmoqda. Ayni vaqtda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi, maktabgacha ta'lim, yengil sanoat va xizmat ko'rsatish kabi yo'nalishlarda dual ta'limning ulushi boshqa sohalarga qaraganda ko'p. O'zbekistondagi 3600 dan ortiq korxona va tashkilotlar dual ta'limda ishtirok etayotgani hamda 109 nafar pedagog kadrlarning Germaniya va Shveytsariya davlatlarida malakasi oshirilganligi qayd etilgan [4].

Professional va malakali o'rta bo'g'in kadrlarni tayyorlash tizimli ravishda takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, o'rta bo'g'in kadrlariga bo'lgan ehtiyojning yanada oshishi natijasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'muriy islohotlar doirasida

© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 3

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023- yil 3- iyuldagi PQ-200-son qarorida korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim shaklida yil davomida o'quvchilarni o'qishga qabul qilish tizimini joriy etish belgilanganligi ushbu ta'lim shaklini rivojlantirishga katta turtki bo'ldi.

Tahlillar O'zbekistonda dual ta'lim professional ta'limda tez suratlarda qullanilib, o'zini oqlayotganini ko'rishimiz mumkin. Dunyoning yetakchi ta'lim shakllaridan biri bo'lgan dual ta'limni oliy ta'lim shasida qo'llash bugungi kunning dolzarb muammolaridan deb bilamiz. Respublikamizda bu sohadaham qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2023- yil 12- iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni bunga misol bo'la oladi. Farmondan ko'zlangan asosiy maqsad uyushmagan yoshlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, bunda ishtirok etgan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va oliy ta'lim tizimida "Kasb egasi" dual ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yishdan iboratdir. Farmon bilan oliy ta'lim tizimida "Kasb egasi" dual ta'lim tizimini tajriba tariqasida ishga tushirish, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida 3- va 4-kurs talabalari uchun ushbu tizimni joriy qilish belgilandi.

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida respublika oliy ta'lim muassasalari orasida birinchilardan bo'lib 2022/2023 o'quv yilida dual ta'lim tizimida tajriba-sinov tariqasida o'qitish tashkil qilgan. Buning uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan 57 ta korxona bilan shartnoma imzolangan va 3-kursdagi 864 nafar talaba dual ta'lim shaklida o'qitilgan. Bunda ularning o'quv rejasidagi mutaxassislik fanlarining o'rtacha 50 foiz yuklamasi, ya'ni amaliy qismi korxonalarda o'tilishi yo'lga qo'yilgan. Talabalarga korxonaga qatnashi uchun korxona tomonidan transport ajratilgan, tushlik tashkillashtirilgan, aksariyat korxonalar tomonidan talabalarga bajargan ishiga qarab oyiga 1 000 000 so'mgacha oylik ish haqi to'langani qayd etilgan. 2023/2024 o'quv yilida institutda 3- va 4-kursda tahsil olayotgan barcha talabalar "Kasb egasi" dual ta'lim tizimi asosida o'qitish tizimiga to'liq o'tkazilgan. 3-kursda tahsil olayotgan 805 nafar talaba 57 ta korxonada, 4-kursda tahsil olayotgan 854 nafar talaba 62 ta korxonada belgilangan grafik asosida haftaning uch kunida institutda nazariy darslar, qolgan uch kunida korxonada amaliy darslar asosida dual ta'lim shaklida tahsil olmoqda. Bunda talabalarga korxonaning malakali mutaxassislari rahbar etib tayinlangan [5].

Ko'rib turganizdek O'zbekistonda dual ta'lim qusqa muddatda jadal so'ratlarda ta'lim tizimiga kirib bormoqda. Nazarimizda O'zbekistonda dual ta'lim qamrovini kengaytirish lozim. Jumladan, oliy ta'limning pedagogik sohalarida qo'llash ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" PF-152-son Farmoniga 2025/2026 o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha dual ta'lim shaklini joriy etish belgilangan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025- yil

© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 3

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

16- yanvardagi "Oliy ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"14- sonli Qarori bilan "Oliy ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom" tasdiqlandi. Nizomning 2-bobida dual ta'limning maqsadi va asosiy vazifalari belgilangan. Dual ta'limning maqsadi quyidagilardan iborat: talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash; talabalarda ta'lim olayotgan ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirish; talabalar uchun tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, korxonalarda ishlab chiqarish (shuningdek, tashkiliy -boshqaruv) faoliyatiga oid tajribalarni o'rganishni tashkil etish; talabalarning kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish; bitiruvchilarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlashi uchun zarur amaliy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishini ta'minlash; oliy ta'lim tashkiloti va korxonada o'qitish, shuningdek, oliy ta'lim tashkilotining o'quv jarayoniga yangi o'qitish texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarning raqobatbardoshligini oshirish. Dual ta'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: mehnat bozori ehtiyojlariga, iqtisodiyot tarmoqlarini va rivojlanish istiqbollariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlash; ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish; oliy ta'lim tashkilotining ta'lim dasturlari mazmuni va tuzilmasining mobilligini ta'minlash; ishlab chiqarish sharoitidagi kasbiy tajribani o'rgatish uchun talabalarga yetarli sharoit yaratish; talabalarga o'qish va ishlash imkoniyatlarini yaratish.

Bularning barchasini albatta pedagogik sohada dual ta'limni joriy etishning poydevori hisoblanadi. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha ham kadrlarni dual ta'lim asosida tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq deb bilamiz. O'zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta'lim muassasalarida dual ta'lim shaklida o'quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg'ulotlar ulushini qo'yidagicha bo'lishini taklif etamiz.

3 yillik oliy ta'lim dasturlarida nazariy va amaliy mashg'ulotlar ulushi:

1-bosqich: 80% nazariy, 20% amaliy

2-bosqich: 50% nazariy, 50% amaliy

3-bosqich: 30% nazariy, 70% amaliy

Ushbu modelning asosiy maqsadi dastlabki bosqichda nazariy bilimlarni chuqur egallash va keyingi bosqichlarda amaliy tajribani kuchaytirishdir.

4 yillik oliy ta'lim dasturlarida nazariy va amaliy mashg'ulotlar ulushi:

1-bosqich: 80% nazariy, 20% amaliy

2-bosqich: 40% nazariy, 60% amaliy

3-bosqich: 30% nazariy, 70% amaliy

4-bosqich: 20% nazariy, 80% amaliy

Bu model bosqichma-bosqich amaliyot ulushining ortib borishini ko'rsatadi. Bu esa talabalar uchun real ish sharoitlariga moslashishni osonlashtiradi.

Dual ta'lim tizimi O'zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ish beruvchilarning amaliy talablariga mos ravishda tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlarning bosqichma-bosqich muvozanati ta'lim jarayonini samarali va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

natijaviy qiladi. Shu sababli, dual ta'lim tizimini amaliyotga joriy etish O'zbekiston ta'lim tizimi uchun istiqbolli qadam hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida" GI O'RQ-637-son Qonuni. https://lex. uz/docs/-5013007.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son.

3. Oliy ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida NIZOM. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025 y., 09/25/14/0063-son.

4. https://uzbekembassy.com.my/uzb/news_press/events_in_uzbekistan/yil_oxirigacha_ uzbekistonda_50_ming_kishi_dual_talim_tizimi_bilan_qamrab_olinadi.html.

5. https://uza.uz/uz/posts/malakali-kadrlar-tayyorlashda-dual-talimning-ahamiyati_541908?q=%2Fposts%2Fmalakali-kadrlar-tayyorlashda-dual-talimning-ahamiyati_541908).

6. Есенина Е.Ю. Дуальное обучение: возможности, ограничения, условия и практика использования / Е.Ю. Есенина // Профессиональное образование и рынок труда. - 2015. - № 8. - С. 16-1

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

eUmurov Zarif Latifboyevich, Buxoro davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), [Умуров Зариф Латифбоевич, Профессор Бухарского государственного педагогического института, доктор философии педагогических наук (PhD)], [Zarif L. Umurov, Professor of the Bukhara State Pedagogical Institute, Doctor of Philosophy of Pedagogical Sciences (PhD)]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh., Gulobiyon ko'chasi, 5-uy [адрес: Узбекистан, ул. Гулобиён, 5, г. Бухара], [address: Uzbekistan, 5, Gulobiyon st., Bukhara city] E-mail: [email protected]. Orcid: 0000-0001-5021-964X.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.