Научная статья на тему 'DORIVOR O‘SIMLIKLАRNING АHАMIYATI, TАRQАLISH АREАLLАRI, TURLI TUPROQ-IQLIM SHАROITLАRIDА YETISHTIRISH'

DORIVOR O‘SIMLIKLАRNING АHАMIYATI, TАRQАLISH АREАLLАRI, TURLI TUPROQ-IQLIM SHАROITLАRIDА YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
571
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
Dorivorlik / alkoloid / agrotexnologiya / shifobaxsh / mineral o‘g‘itlar / introduksiya / tuproq-iqlim sharoit / bo‘z tuproq. / Medicine / alkaloids / agricultural technology / medicine / mineral fertilizers / application / soil and climatic conditions / gray soil.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xalikov Baxodir Meylikovich, Po‘latov Sarvar Mustafoyevich

Respublikamiz hududida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona ba’zasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muasassalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish lozim. Shu maqsadda ushbu mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF MEDICINAL PLANTS, AREAS OF DISTRIBUTION, GROWTH IN VARIOUS SOIL AND CLIMATIC CONDITIONS.

To create a unified base of scientific research on the cultivation and processing of medicinal plants on the territory of our republic, to study the advanced scientific developments of foreign countries, to establish cooperation with leading scientific institutions, to introduce modern technologies and scientific developments in the republic, and it is necessary to strengthen the effective use of opportunities. For this purpose, scientific research on this topic was carried out.

Текст научной работы на тему «DORIVOR O‘SIMLIKLАRNING АHАMIYATI, TАRQАLISH АREАLLАRI, TURLI TUPROQ-IQLIM SHАROITLАRIDА YETISHTIRISH»

DORIVOR O�SIMLIKL�RNING �H�MIYATI, T�RQ�LISH �RE�LL�RI, TURLI TUPROQ-IQLIM SH�ROITL�RID� YETISHTIRISH

Xalikov Baxodir Meylikovich1 � q.x.f.d., professor,

e-mail: [email protected]

Po�latov Sarvar Mustafoyevich2 � erkin tadqiqotchi.

e-mail: [email protected]

1Paxta seleksiyasi urug�chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar

ilmiy-tadqiqot instituti.

2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7979382

Qabul qilindi: 28.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-234-242

���: 632.08

�nnotatsiya: Respublikamiz hududida dorivor o�simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona ba�zasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg�or ilmiy ishlanmalarini o�rganib borish, yetakchi ilmiy muasassalar bilan hamkorlik o�rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish lozim. Shu maqsadda ushbu mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Kalit so�zlar: Dorivorlik, alkoloid, agrotexnologiya, shifobaxsh, mineral o�g�itlar, introduksiya, tuproq-iqlim sharoit, bo�z tuproq.

THE SIGNIFICANCE OF MEDICINAL PLANTS, AREAS OF DISTRIBUTION, GROWTH IN VARIOUS SOIL AND CLIMATIC CONDITIONS.

Abstract: To create a unified base of scientific research on the cultivation and processing of medicinal plants on the territory of our republic, to study the advanced scientific developments of foreign countries, to establish cooperation with leading scientific institutions, to introduce modern technologies and scientific developments in the republic, and it is necessary to strengthen the effective use of opportunities. For this purpose, scientific research on this topic was carried out.

Key words: Medicine, alkaloids, agricultural technology, medicine, mineral fertilizers, application, soil and climatic conditions, gray soil.

KIRISH.

Respublikamiz hududida dorivor o�simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg�or ilmiy ishlanmalarini o�rganib borish, yetakchi ilmiy muasassalar bilan hamkorlik o�rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida, O�zbekiston Respublikasi Prezidentining �Dorivor o�simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug�chiligini yo�lga qo�yishni rivojlantirish bo�yicha ilmiy tadqiqotlar ko�lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to�g�risida� 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-sonli qarori, dorivor o�simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta?lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida, O�zbekiston Respublikasi Prezidentining �Yovvoyi holda o�suvchi dorivor o�simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to�g�risida� 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-sonli qarori, farmatsevtika sanoati va aholini dorivor o�simlik xom-ashyosiga bo�lgan talabini qondirish va o�simlik xom-ashyosi asosida zamonaviy dori-darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, O�zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 222-sonli majlisi bayonining 3-bandida ko�rsatilgan �Dorivor o�simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o�simliklarni sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish� va 2015-yil 20-yanvardagi 5-sonli �2015-2017 yillarda o�rmon ho�jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o�simliklar xom-ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to�g�risida�gi majlis bayonnomasining 1.12-bandi ijrosini ta?minlash bo�yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

ASOSIY QISM.

H.Nuriddinovning fikricha, eramizdan oldingi VI asrda yunon faylasufi �naksimandr yer kurrasini havo o�rab turganligini isbotladi. �mmo havoning tarkibida qanday moddalar borligini aniqlash uchun olimlar 24 asrdan keyin jazm etdilar. Shisha qalpoq ichiga qamalgan sichqonlar undagi kislorodni sarf qilib bo�lgach halok bo�ladi. Havoning qolgan qismini karbonat angidriddan tozalagach u nafas olish uchun mutlaqo yaroqsiz ekanligini kuzatgan ingliz olimi Daniel Rezerford bu gazga �Zaharli havo� deb nom berdi. Keyinchalik bir nechta olimlar bu tajribani boshqacha uslubda tekshirib hosil bo�lgan gazga turlicha nom berishdi. 1776-yili fransuz olim Lavuaze bu tajribalarning hammasini tekshirib ko�rib, turli nomlar bilan atalgan gazlar aslida bir moddaning o�zi ekanligini isbotladi va uni azot deb atadi [7].

O�.�hmedov, �.Ergashev, �.�bzalovlarning ma?lumotlariga ko�ra, dorivor o�simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o�rganish borasida katta xizmatlar qilgan. Uning shogirdlari bo�lmish akademiklar O.Sodiqov, S.Yunusov, N.�bubakirovlar ham respublikamizda dorivor o�simliklarni biokimyoviy o�rganish maktabini yuzaga keltirdilar. Respublikamizdagi dorivor o�simliklarni o�rganish 20 asrlarda keng miqyosda o�tkazildi. Respublikamizning turli iqlim va tuproq sharoitli xududlarida o�sadigan turli glikozidlarga, alkaloidlarga, flavonoidlarga, saponinlar, kumarinlarga va boshqa biologik faol moddalarga boy bo�lgan dorivor o�simliklarni izlab topish, tarkibini o�rganish, tibbiyotda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash kabi ilmiy tadqiqot ishlari �.�xmedov, X.Xolmatov, �.Qosimov, O�.�xmedov kabi olimlar tomonidan o�tkazilgan [4].

E.�xmedov, E.Berdiyevlarning ilmiy izlanishlarida, dorivor o�simliklarni madaniy holda yetishtirish uchun turli ekish sharoitlariga ega yer maydonlari ajratilishi mumkin. Bu holat ularni yetishtirishda muayyan sharoitga mos agrotexnik tadbirlarni qo�llashni taqozo etadi. Yer maydonlariga dorivor o�simliklarni joylashtirishda dorivor o�simlik turining biologik va ekologik xususiyatlarini ham e?tiborga olish zarur. Dorivor o�simliklar yetishtiriladigan plantatsiya uchun joy tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Joy tanlash uchun maxsus tadqiqot ishlari o�tkaziladi, joyning agrokimyoviy, gidrologik, entomologik xususiyatlari atroflicha o�rganiladi va shundan so�ng qaror qabul qilinadi [5].

Ma?lumki, dorivorlik xususiyatlari mavjud bo�lgan shifobaxsh o�simliklardan tayyorlanadigan dori preparatlari insoniyat organizmi uchun zararsizligi tufayli ularga bo�lgan talab tobora ortib bormoqda. Lekin, dorivor o�simliklarning tarqalish areallari tabiatda qisqarib borayotganligi sababli ularni madaniy holda ko�paytirish, biomorfologik xususiyatlarini va kimyoviy tarkibini o�rganish, introduksiya qilish hamda ilmiy asoslangan holda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

O�simlik dunyosini asrash, ularni noyob yo�qolib borayotgan turlarini asrab avaylash borasida ko�plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda. O�simliklarning biologik xilma-xilligi va biologik faol moddalarning ko�proq hosil bo�lishi ularni parvarishlash jarayonida o�simlikning o�sib-rivojlanishi uchun qulay sharoitni yaratib berilishidadir.

Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo�jaligi bo�yicha xalqaro tashkilotning (FAO) ma?lumotlariga qaraganda butun dunyoda 50000 dan oshiq dorivor o�simliklar tibbiyotda davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida mahalliy flora vakillaridan foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori, Hindistonda bu ko�rsatkich 20%ni, Xitoyda 19%ni tashkil etadi. Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmakopeyalarida dorivor o�simliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilgan preparatlar keng o�rinni egallaydilar.

N.G.�ndrianovaning tadqiqotlarida shifobaxsh o�simliklardan tayyorlanadigan dori preparatlari inson organizmiga zararsizligi sabab, aholining ularga bo�lgan talabi ortib borishi bilan, dorivor o�simliklar areallari tabiatda qisqarib bormoqda. Shu sababli, ozuqabop va dorivor o�simliklarni madaniy holda ko�paytirish, biomorfologik, ekofiziologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini o�rganish, introduksiya qilish ilmiy asoslangan holda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo�lishi mumkin.

Hozirgi kunda Ural o�lkasida dorivor xususiyatlari mavjud ekinlardan efir moyli o�simliklarining yangi turlarini yetishtirish keng yo�lga qo�yilmoqda. O�simlikning tarkibidagi efir moyining miqdori va sifat ko�rsatkichlarini o�zgarishi ko�plab omillarga bog�liq bo�lib, ekin turi, tuproqning holati, mineral o�g�itlarni qo�llash, yetishtirish usullari, rivojlanish davrining davomiyligi, havoning harorati va namligiga bog�liqdir.

I.Belolipov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o�simlik dunyosini asrash, uni noyob yo�qolib ketayotgan turlari va turkumlarini asrab avaylash borasida ko�plab ilmiy ishlar va natijalarga erishilmoqda. Olimlarimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilish uni ekologik jihatidan saqlab qolish nobud qilmaslikni va uni oldini olish chora-tadbirlari olib borilmoqda. O�simliklarning biologik xilma-xilligi va biologik faol moddalarning ko�p hosil bo�lishi yoki bu sharoitda ularning biologik faollik darajasining yuksak ko�rsatkichda bo�lishidir.

B.To�xtayev va boshqalarning ilmiy izlanishlarida, alohida ta?kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o�zlari mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O�z navbatida dorivor o�simliklarni yetishtirish texnologiyasi fani ham dehqonchilik, o�simlikshunoslik, botanika, dendrologiya, farmakognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, o�simliklar fiziologiyasi, o�simliklar biokimyosi, o�simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o�z oldiga qo�ygan maqsadlarga erisha oladi. Dorivor o�simliklarning inson organizmiga ta?siri ularning tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog�liq. Bu birikmalar o�simlikning har xil organlarida turli miqdorda to�planadi. Dori tayyorlashga o�simlikning kerakli organlari turli muddatlarda yig�iladi. Masalan, po�stloq, kurtak erta bahorda, barg o�simlik gullashi oldidan yoki qiyg�os gullaganda, meva va urug�lari pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi [12].

D.O�rinov, Z.Ismoilovalarning ilmiy izlanishlarida Mineral o�g�itlarning eng to�liq o�zlashtirilishi uchun ularni berish me?yorlarini muayyan sharoitlarga muvofiq holda to�g�ri aniqlash juda muhimdir. Sug�oriladigan tipik bo�z tuproqlarda o�simlik mineral o�g�itlarning har xil ta?sir etishi shuni ko�rsatadiki, mazkur tuproqlar o�zining unumdorligi bo�yicha turlichadir. Bu tuproqlarda mineral o�g�itlarni berish me?yori tuproq unumdorligi va olinadigan hosil o�lchamini hisobga olgan holda farqlanishi lozim [13].

I.Belalipov, �.Islomovlar tomonlaridan olib borilgan tadqiqotlarda dorivor o�simliklarni yillar davomida o�rganilishi natijasida ularning bir qancha turlari va oilasi bilan yaqindan tanishganlar. Pirovardida shifobaxsh o�simliklarni xalq tabobatidagi o�rnini naqadar beqiyos ekanligini namoyon etishgan.

Y.Mlechko o�zining tadqiqotlari Volgograd davlat universitetining agrobiologik stansiyasining tuproq-iqlim sharoitida efiopiya shalfeyi (Salvia aethiopis L.) bo�yicha tadqiqotlar olib borgan. Ikki yillik o�simlik bo�lib, bo�yi 25-100 sm.ga yetadi. Bu o�simlik tuproq tanlamaydi, issiqlikni yaxshi ko�radi, urug�larning maqbul unish harorati 24-28 0C dir. -30 0C gacha bo�lgan sovuqqa bardosh bera oladi. Bu o�simlik azot va fosforga talabchan bo�lib, -20-30 g/m2 (nitrat shaklida) va fosforli o�g�itlar (superfosfat) 15-20 kg/m2 me?yorlarda qo�llanilgan. �vgust-sentyabr oylarida urug�lar terilib, 10-12 kun davomida quritiladi va tuproqqa 3-4 sm chuqurlikka ekiladi. Qator oralig�i 45 sm.dan 70-80 sm.gacha, o�simliklar orasi esa 30-40 sm masofada ekilganligi to�g�risida ma?lumotlar berilgan [6].

U.I.Ruzmetov va boshqalarning olib borgan ilmiy tadqiqotlarida Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida Asteraceae oilasiga mansub istiqbolli dorivor o�simliklarga barcha agrotexnik tadbirlar hamda mineral o�g�itlarning turli xil me?yorlarini qo�llash o�simliklarning bo�yiga o�sishi, tana diametri, biomassasi, shoxlanishi, barg sathi, xom ashyosi va urug� hosildorligiga ta?sirlari o�rganilgan [8].

�grokimyoviy tadqiqotlarda 15N izotopning qo�llanishi o�g�it-tuproq-o�simlik tizimida azotning ilgari noma?lum bo�lgan jihatlarini ochib berdi. �grokimyoviy tadqiqotlarda azotning keng qo�llanishi natijasida azotli o�g�itlarning mohiyatiga chuqur kirib borish imkoni tug�ildi. Bungacha, o�simlik tomonidan azotning ishlatilishi tajriba (NPK) va nazorat (PK) variantlarida azot chiqishi aniqlangan. O�simliklar qo�shimcha ravishda o�zlashtirgan azotning hammasi o�g�itdan olingan deb hisoblanardi, uning ekilishi asosan biologik immobilizatsiya natijasida tuproqqa bog�langan deb hisoblangan.

B.To�xtayev va R.�llaberdiyevning ma?lumotlarida introduksiyaning asosiy vazifasi tabiiy florada mavjud bo�lgan manzarali, dorivor, oziq-ovqat, efir moyli, asal beruvchi va yem-xashak o�simliklarni aniqlash va ularni madaniylashtirishdan iboratdir [10].

B.To�xtayev va boshqalarning ma?lumotlarida dorivor o�simliklar introduksiyasi � import hisobiga keltirilayotgan xom ashyo sarf xarajatlarini kamaytiribgina qolmay, mahalliy sharoitimizdagi bioxilma-xillikni boyitib, aholining dorivor o�simliklarga bo�lgan talabini qisman qondiradi. Shunday indrodutsentlar qatoriga kiruvchi Salvia officinalis L.�yasnotkaguldoshlar oilasiga mansub bo�lgan mavrak o�simligi xalq tabobatida qadimdan ma?lum bo�lib, shifobaxsh o�simlik sifatida qo�llanib kelinmoqda [11].

X.Qarshiboyev va boshqalarning ma?lumotlarida o�simliklar introduksiyasi sohasida o�tkaziladigan tadqiqotlar flora tarkibini yanada boyitish, tabiiy o�simliklar resurslaridan samarali foydalanish, respublikamiz aholisi va ishlab chiqarishi uchun kerakli bo�lgan foydali o�simlik turlarini tanlab olish va madaniylashtirish, seleksiya ishlarini yanada kengaytirish, istiqbolli yangi o�simlik navlarini yaratish, pirovard natijada, vatanimizning oziq-ovqat va ekologik xavfsizligini ta?minlanishiga zamin yaratadi [15].

X.�tabayeva va boshqalar tomonidan muskat mavragi tarkibidagi efir moyi (0,35 %) bo�lib, parfumeriya, oziq-ovqat va qandolat sanoati hamda vinochilikda ishlatiladi. Krasnodar o�lkasida o�stiriladi. Gullari hosildorligi esa 0,3-0,4 t/ga.ni tashkil etadi. O�simlikning bo�yi 70-130 sm. Gullari asosan pushti yoki oq rangda bo�ladi. 1000 ta urug�ining vazni 3-4 g. Urug�larni keng qatorlab (45 sm) ekilganda 2 mln, oddiy qatorlab (15 sm) ekilganda esa 3-4 mln gektariga urug� saraflanadi. Urug�lar 2-3 sm chuqurlikka ekilib, urug�lar 10-12 �C da unib chiqishni boshlaydi. Mavrak o�simligi issiq va namlikni yaxshi ko�radi. Mavrakni almashlab ekilmaydigan joyga ekilib, 2-3 yil davomida yetishtiriladi. Gektariga 20-25 tonna go�ng beriladi. Hosildorlikni terib olishning eng qulay muddati bu � urug�larning qizarishi bilan boshlanadi [3].

S.Isxakovning ta?kidlashicha dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50 %i dorivor o�simliklar xom ashyosidan tayyorlanmoqda. �yniqsa, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77 %i jigar va oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74 %i, balg�am ko�chiruvchi dorilarning 73 %i, qon to�xtatuvchi dorilarning 60 %i dorivor o�simliklar xom ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda.

X.�tabayevaning fikricha, tuproq va o�g�itning oziqa elementlarini o�zlashtirish koeffitsienti tuproq turiga, haroratga, yog�ingarchilik miqdoriga, o�g�it turiga, shakliga, sug�orish tizimiga bog�liq bo�ladi [2].

N.Safarova, B.Safarov, J.Sirojiddinovlarning ta?kidlashicha, Toshkent viloyatining eskidan sug�orib dehqonchilik qilinadigan tumanlari tipik, och to�q tusli bo�z eroziyaga moyil tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining iqlim sharoiti keskin kontinental, qishda keskin o�zgaruvchanligi, yozda haroratning yuqoriligi, quruqlikda qor qatlamining saqlanish davri kamligi, bug�lanishning yuqoriligi shimoliy-sharq yo�nalishi bo�yicha shamolning esib turishi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Dala tuprog�i eroziyaga moyil tipik bo�z bo�lib, ozuqa moddalar bilan kam darajada ta?minlangan. Sug�orish natijasida tuproq qatlami zichlashib boradi. Sug�orishdan va yog�ingarchilikdan keyin qatqaloq hosil bo�lishi ko�plab kuzatiladi [9].

O�zbekiston Respublikasining �Qizil kitobi�ga kiritilgan o�simliklar 48 oilaga mansub 313 turdagi o�simliklarni o�z ichiga oladi, shular jumlasidan mavrak (Salvia L.) o�simligining 6 turi �Qizil kitobi�ga kirgan bo�lib, ayrimlari madaniylashtirilgan, ammo bu turlar tabiiy va antropogen omillar sabab yo�qolib ketgan. Zebo marmarak (Salvia insignis Kudr.), Korolkov marmarak (Salvia korolkovii Regel et Schmalh.), Margarita marmarak (Salvia margaritae Botsch.), Tyan-shan (Salvia tianschanica Makhm.), to�mtoq marmarak (Salvia submutica Botsch. Et Vved.), havorang marmarak (Salvia IiIacinocaeruIea Nevski.) o�simliklari to�g�risida ma?lumotlar keltirib o�tilgan [1].

XULOSA.

O�zbekiston hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak o�simliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Hozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o�simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo�lib, ularning 80 %ini tabiiy holda o�suvchi o�simliklar tashkil etadi. O�zbekistonda dorivor o�simliklarni turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirish, ularning bioekologik xususiyatlarini o�rganish bo�yicha ham tadqiqotlar amalga oshirilmoqda [14].

FOYD�L�NILG�N �D�BIYOTL�R RO�YX�TI:

1. O�zbekiston Respublikasi ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo�mitasi. O�zbekiston Respublikasining �Qizil kitobi� I jild, O�simliklar. Toshkent, 2019. B. 4, 258-263.

2. �tabayeva X.N. �O�simlikshunoslik� Toshkent, �Mehnat�, 2000. � B. 22.

3. �tabayeva X.N., Umarova N.S. Shalfey muskatniy. V knige Rastenievodstvo. Tashkent, 2014. - S. 309-310.

4. �hmedov O�., Ergashev �., �bzalov �. Dorivor o�simliklar va ularni o�stirish texnologiyasi. Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi, 2011. 232-bet.

5. �xmedov E., Berdiyev E. Dorivor o�simliklarni yetishtirish texnologiyasi fanidan o�quv qo�llanma Toshkent, 2017. 25-bet.

6. Dorivor va ozuqabop o�simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini tayyorlash bo�yicha yo�riqnoma, Toshkent, 2015, - B. 35-37.

7. Nuriddinov H, �zot � tiriklik sharti. Qishloq hayoti gazetasi, 2023 yil 23 yanvar. 1-3 betlar.

8. Ruzmetov U., Safarova N., Muxsimov N., Ulugova S., Xayitov J. Tavsiyanoma. �Asteraceae oilasiga mansub istiqbolli dorivor o�simliklarni (tirnoqgul, moychechak, exinatseya) jadal yetishtirish agrotexnikasi�. Toshkent, 2021. B. 45.

9. Safarova N.K., Nikitina Ye.B., �bdullayev D.�., Safarov K.S. Razrabotka texnologicheskix priemov raznenojeniya redkix vidov dekorativn�x i lekarstvenn�x rasteniy. //Botanika sohasidagi ilmiy-amaliy yutuqlar va dolzarb muammolar. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materillari. Samarqand, 2014. - B. 67-68.

10. To�xtayev B.Y., �llaberdiyev R. Botanika bog�i � O�zbekistonda o�simliklar genofondini saqlash va boyitishga yo�naltirilgan ilmiy maskan //O�simliklar introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari. Respublika anjuman materiallari. 2013. B. 10-12.

11. To�xtayev B.Y., Safarov �.S., Eshonkulov B.I. Buxoro vohasining sho�r tuproqlarida dorivor o�simliklar introduksiyasi va xususiyatlari. //O�simliklar introduksiyasi: muammolari va istiqbollari: Ilmiy-amaliy koferensiyasi materillari. Xiva, 2003. B. 96-98.

12. To�xtayev B.Y. O�zbekistonning sho�r yerlarida dorivor o�simliklarning introduksiyasi//Dis. dok. biol. nauk. Toshkent, 2009. B. 307.

13. O�rinov D, Ismoilova Z, Mineral o�g�itlardan foydalanishning o�simliklarining o�sib rivojlanishiga ta?siri. Mejdunarodniy nauchniy jurnal, �Novosti obrazovaniya: issledovanie v XXI veke� 2022 g, 4 (100), chast-1, 153-155 betlar

14. Sharipova F.O. Dorivor o�simliklarning shifobaxshlik xususiyatlari// �Biologiya va q.x. yutuqlari, muammolari va istiqbollari� mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi materiallar to�plami � Urganch. UrDU. 2018 B. 67-68.

15. Qarshiboyev X.Q., �bduxoliqov F., Tog�ayeva D. Manzarali va dorivor o�simliklarni introduksiya qilish sohasidagi muammolar. O�simliklar introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018. - B. 16-19-bet.

16. Qurbonaliyeva M.B., Turdiboyev O.�. O�zbekiston florasida Salvia L. turkumi turlari. O�simliklar introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018. - B. 277-278.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.