Научная статья на тему 'DIRIJOR B.NEYMAR IJODIY MAKTABI XUSUSIDA'

DIRIJOR B.NEYMAR IJODIY MAKTABI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
30
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
DIRIJOR / DIRIJORLIK SAN'ATI / IJODIY MAKTAB / ASARLAR / FAOLIYAT / SHOGIRD TARBIYASI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilmurotov M.O.

Mazkur maqola muallifning ilmiy ishidan debocha bo’lib, o’zbek dirijorlik san’atining rivojlanishi va bugungi kuni o’rganib chiqildi (tahlil etildi) hamda ushbu san’atning yorqin vakillaridan biri, butun umri davomida o’zbek dirijorlik san’atini rivojlantirish va yuksaltirishga intilgan, o’z ijodiy maktabiga ega ustoz Neymar ijodiga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ONDUCTOR B.NEYMAR ON CREATIVE SCHOOL

This article is a prelude to the author's scientific work, which studies (analyzes) the development and present of the art of Uzbek conducting and is one of the brightest representatives of this art, the development of Uzbek conducting art throughout his life and focused on the creativity of teacher Neymar, who has his own creative school, striving to improve.

Текст научной работы на тему «DIRIJOR B.NEYMAR IJODIY MAKTABI XUSUSIDA»

Dilmurotov M. O.

O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi "Vokal va cholg'u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash" kafedrasi o'qituvchisi

DIRIJOR B.NEYMAR IJODIY MAKTABI XUSUSIDA

Kalit so'zlar: dirijor, dirijorlik san'ati, ijodiy maktab, Neymar, asarlar, faoliyat, shogird tarbiyasi.

Anotatsiya: Mazkur maqola muallifning ilmiy ishidan debocha bo'lib, o'zbek dirijorlik san'atining rivojlanishi va bugungi kuni o'rganib chiqildi (tahlil etildi) hamda ushbu san 'atning yorqin vakillaridan biri, butun umri davomida o'zbek dirijorlik san'atini rivojlantirish va yuksaltirishga intilgan, o'z ijodiy maktabiga ega ustoz Neymar ijodiga qaratilgan.

Dilmurotov M. O.

teacher

Uzbek State Conservatory " Vocal and instrumental performance" training department

ONDUCTOR B.NEYMAR ON CREATIVE SCHOOL

Keywords: conductor, art of conducting, creative school, Neymar, works, activities, student education.

Annotation: This article is a prelude to the author's scientific work, which studies (analyzes) the development and present of the art of Uzbek conducting and is one of the brightest representatives of this art, the development of Uzbek conducting art throughout his life and focused on the creativity of teacher Neymar, who has his own creative school, striving to improve.

Moxir dirijorning qo'lida bejirim yog'och tayoqchani o'ynatishi va harakati ilk bor musiqa san'atiga qadam qo'ygan har bir insonni o'ziga rom etib, tinglovchilarni sehrli ohang olamiga yetaklab olib kirishi sir emas, albatta.

Jahonga mashhur Arturo Toskanini, Gerbert fon Karayan, Valeriy Gergiev, Klaudio Abbado, Vladimir Spivakov, Ernest Anserme, Djon Tauner Ulyams va boshqalar dunyo dirijorlik san'atida o'z nomlarini qoldirgan va o'ziga hos maktab dirijorlar nomi bugungi davrgacha esga olinadi.

O'zbekistonda ko'zga ko'rinarli yetuk dirijorlar- Doni Zokirov, Muxtor Ashrafiy, Aliksey Kozlovskiy, Aleksandr Glazunov, Naum Goldman, Zoxid Haknazarov, Quvonch Usmanov, Fazliddin Yuqubjonov, Farrux Sodiqov, Botir Rasulov, Sulaymon Shodmonov, Viktor Medulyanov, Eldor Azimov, Anvar Ergashev, Feruza Abduraximova, Vladimr Neymer shular jumlasidan. Bugunda esa ular qatoriga yosh avlod vakillari Aziz Shohakimov, Kamoliddin O'rinboev, Gayrat Abrarov, Bobomurod Xudoyqulov kabilar qo'shilib o'z kasbini professional va ite'dodli egalari sifatida o'zbek dirijorlik san'ati rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

Dirijorlik san'atini ilk namunasi sifatida, qadimgi eng oddiy musiqiy jo'rlik-chig'anoq va yog'ochli nay, jonivorlar terisidan tortilib jaranglagan ilk urma soz do'mbira zarblari bilan hamohang xarakatlangan sardorning tana xarakati tomoshabin bo'lib turgan qabiladoshlari uchun raqsning qanday tarzda davom ettirilishini belgilab beradi. Bu, ehtimol bilan insoniyat tarixida "dirijorlik" qilishning ilk sahnasi deyish mumkin. O'sha davrdan bugungi kunga qadar bu an'ana biroz o'zgargan xolda davom ettirilib kelinmoqda. Turli cholg'udagi sozanda va xonandalar guruhi boshida - dirijor turadi. Yerga urib taqillatib dirijorlik qilish o'pera teatrlari, konsert zallari va cherkovlarda juda shovqini evaziga katta noqulayliklar tug'dirgan. Dirijorlik san'atining tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlarini ko'rib chiqish, ijro etuvchi jamoaga ta'sir qiladigan qo'l imo-ishoralari va yuz ifodalarining umumjahon ahamiyatidan iborat bo'lgan dirijorlikning mohiyatini tushunishga imkon beradi.

Darxaqiqat dirijorlik - bu musiqiy ijro san'atining eng murakkab turlaridan biri. Bugunda ijro guruhlarining turlari bo'yicha opera va simfonik orkestri dirijorligiga bo'linadi. Akademik dirijorligi, xalq xori va harbiy musiqa dirijorligiga bolinadi. Simfonik dirijor ulardan eng murakkab turlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu yo'nalishda dirijorlarni o'qitish turli xil milliy maktablar va musiqa tarixi davrlariga tegishli simfonik, opera, balet va kamer ansambli repertuarlarini mukammal o'zlashtirishni talab qiladi. Qo'l manual va dirijorlik texnikasini takomillashtirish, asarlarni tahlil qilish va talqinlarni bajarish bo'yicha uslubini bilishi zarur. Zamonaviy professional dirijor uchun ham professional, ham ijodiy, shuningdek shaxsiy, kommunikativ fazilatlar juda muhim bo'lib chiqadi.

Yurtimizda dirijorlik san'atining boshlang'ich rivojlanishi XX -asrning 30-yillariga borib taqaladi. Umuman olganda, mahalliy dirijorlik san'atini shakl topib rivojlanishi Evropa san'at uslublari - opera, balet, operetta, drama va bir qancha yangi sohalarning yurtimizga kirib kelishi bilan uzviy bogliq bo'lib, o'z navbatida dirijorlik san'tining rivojlanishiga ham katta turtki bo'ldi. Bu sohani ravnaqiga Doni Zokirov, To'xtasin Jalilov, Tolibjon Sodiqov, Muhtor Ashrafiy, Naum Abramovich Goldman, Aliksey Fidorovich Kozlovskiy, Aliksandr Konstantinovich Glazunov kabi kompozitor va dirijorlari, simfonik orkestr bilan yonma -yon faolliyat olib boruvchi mohir xormeysterlar -S.Vasilenko, A.Sultonov, R.Xublarov, V.Kaltman, B.Umidjonov, A.Xamidov, B.Lutfullayev, J.Shukurov, D.Qurbonova, L.Shamsina, F,Fayziy, Q.Mirzayev, Sh.Yormatov va boshqa mutahasisslar, shunungdet kasbi boyicha yorqin dirijor bo'lgan Quvonch Usmonov, Gani To'laganov, Dilbar Abduraxmonova, Zohid Xaqnazarov kabi ustozlarlarning yurtimizda dirijorlik san'ati gullab yashnashiga o'zlarining benihoya katta hissalarini qo'shganlar.

O'zbek dirijyorlik san'atiga ulkan hissa qo'shgan hamda o'ziga hos maktab yaratgan Vladimr Borisovich Neymer O'zbekiston davlat konservatoriyasining professori, O'zbekiston respublikasida xizmat ko'rsa tgan yoshlar murabbiyi, O'zbekiston milliy simfonik orkestri, yoshlar orkestri, hamda "Uspenskiy " nomli respublika maxsus musiqaga ixtisoslashtirilgan

akademik litseyining simfonik orkestrlarida dirijor lavozimida ko'p yillar davomida ijod qilib kelgan.

V.Neymer o'zining dirijorlik faoliyati bilan o'zbek maktabining rivojlanishiga katta xissa qo'shdi, umri davomida doimo o'z kasbiga fidokorona munosabatda bo'ldi. Ko'plab jahonga mashhur sahnalarda dirijor sifatida turfa konsert dasturlari bilan ishtirok etdi. Konsertlarda qatnashish va chiqishlardan tashqari V.Neymer yosh dirijyorlarga maslahat darslarini xam olib bordi.

Dirijyorning birgina Mustaqillik yillaridan song ishtirok etgan festivallari xaritasi nufuzli va e'tiborga loyiqdir : 2003 - 2004 yillar Volga shaxri "Yozgi musiqa kechasi", 2005-yil "Yevroorkestr Rossiyada", 2005-yil "Yevroorkestr Fransiyada", 2006-yil "Kiyev yozgi musiqa kechasi", 2006-yil "Klassik open fest", 2010-yil " Klassik open fest", 2011-yil " Klassik open fest", 2012-yil " Klassik open fest", 2013-yil "Klassik open fest", 2008-yil " Volgada klassika", 2009-yil " Volgada klassika", 2018 yil " Volgada klassika", sessiyalar: 2003-yil "To'rtinchi sessiya", 2004-yil " Rossiya va O'zbekiston" xamkorlikdagi sessiya, 2004-yil " Moskvada konsert", 2005-yil " Beshinchi sessiya", 2005-yil "Oltinchi sessiya", 2005-yil " Moskvada konsert', 2006-Yil " Yettinchi sessiya", 2006-yil " Sakkizinchi sessiya", 2007-yil " To'qqizinchi sessiya", 2007-yil "O'ninchi sessiya", 2008-yil " O'n birinchi sessiya", 2008-yil " O'n ikkinchi sessiya ", 2009-yil O'n uchinchi sessiya", 2010-yil " O'n to'rtinchi sessiya", 2011-yil " O'n beshinchi sessiya ", 2012-yil " O'n oltinchi sessiya", 2013-yil " O'n sakkizinchi sessiya", 2018-yil " O'n to'qqizinchi sessiya" va bir qancha konsert va festivallarni sanab o'tishimiz mumkin.

Har doim konsertlari omadli va muvaffaqiyatli o'tgan. V.B.Neymerning V.Spivakov bilan do'stona , ham ijodiy hamkorligi ortida juda ko'p ijodiy loyhalar amalga oshirildi, Jumladan V.B.Neymer V. Spivakov boshchilik qiladigan "Moskva Virtuozlar" orkestri bilan Polsha, Germanya , Ukraina va Sibirning bir qancha shaharlarida juda ko'p gastrol konsertlarida bo'lgan. V.Spivakov juda katta xayriya ishini V.B.Neymer bilan maslahatlashib Rossiya davlatida butun sobiq ittifoq davlatlarining yosh iqtidorli san'atkor va musiqachilari uchun fond ochishida maslakdosh bo'lgan.

Spivakov Fondi yoshlarni bir-birlari bilan ijodiy malaka oshirishlari uchun bir yilda bir marotaba yig'ilib, bir oy mashg'ulot o'tkazib so'ngra gostrol safarlarida bo'lishadi. Yurtimizdan ham ko'plab yosh , iqtidorli sozanda va opera solistlari shu fondda bugungi kunga qadar muntazam ravishda qatnashib kelishmoqda. V.B.Neymer o'zining qiziqarli va boshqalarning dasturiga o'xshamagan konsert dasturlari bilan alohida mehr qozondi .

Ma'lumki, V.B.Neymer o'zining boy ijodiy faoliyati davomida juda ko'plab shogirtlar yetishtirib chiqardi. Ularni faoliyatini alohida o'rganish mumkin. Ustoz hozirda ham ko'plab shogirtlari bilan bugungi kunga qadar darslar o'lib bormoqda.

V.B.Neymer o'qituvchi va dirijorlikni kasb qilib olgan talabalar uchun juda kerakli "Dirijorlik psixologiyasi" deb nomlangan o'quv qollanmani tayorlab, 2010-yili nashr etdi. Ushbi qo'llanma sahifalarida V.B.Neymer ko'p yillik ijodiy, pedagogik tajribasi, bilimlarini va shu qatorda o'zining

xayotida o'rin olgan muhim xotiralari bilan o'rtoqlashadi. Uning dirijor bo'lib etilishida kimlarnning o'rni va ro'li haqida ham ma'lumotlar o'rin olgan. Yoshligidanoq ko'p ajoyib va buyuk dirijorlarni ko'rgani, hatto ba'zilari bilan birga ishlashga muvoffiq bo'lgani eslaydi- Muhtor Ashrafiy, Aleksey Fedirovich Kozlovskiy, Aleksandr Konstantinovich Glazunov, Naum Abramovich Goldman va boshqa bir qancha ajoyib inson va mutahassislarni sanab o'tgan. Darhaqiqat bunday doholardan saboq olib , ularning ba'zilari bilan birga hamkasb sifatida ishlash juda katta baxt deb biladi. V.B.Neymar o'z kitobida har birlari bilan bo'lgan ajoyib ijodiy vaziyatlar to'g'risida to'xtalib o'tganlar. Zero, qo'llanmaning asosiy maqsadi dirijor psixologiyasini ochish edi.

V.B.Neymerning "Dirijorlik psixologiyasi" kitobi yurtimizda mazkur yo'nalish bo'yicha yozilgan birinchi o'quv va uslubiy qollanma hisoblanib, opera va simfonik dirijorlarni o'qitishning eng muhim masalalariga bag'ishlanadi. O'rganilayotgan asarlarning musiqiy va sahnaga qo'ilishi bilan bog'liq bo'lgan holatlar, mashg'ulot jarayonlari va konsert ijrolarida dirijyor ijrosining psixomantiqiy jihatlari qanchalik muhimligi bu kitobda tushunarli va ma'lum samarali o'qitish usullari keltirilgan. Yana bu kitob dirijor faoliyati bilan bog'liq juda keng va xilma-xil muammolarni o'ziga qamrab oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azimov K. O'zbekiston dirijorlari. -Toshkent, 2001.

2. Barsova I. Kniga ob orkestre. - Moskva,1969.

3. Konnova E.Istoriya dirijerskogo iskustva.-Tashkent, 2018.

4. Neymer V.Psixologiya dirijirovaniya.-Toshkent, 2010.

5. Xaqnazarov Z. Dirijyorlik haqida / O'quv-qo'llanma. - T., 2012.

6. Musin I. Texnika dirijirovaniya - .L.,1967.

7. Myunsh Sh. Ya-dirijyor.-Izd.3.--Moskva.1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.