Научная статья на тему 'DIQQAT SIFATLARINI TEKSHIRISHDA “SHULTE JADVALLARI” DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

DIQQAT SIFATLARINI TEKSHIRISHDA “SHULTE JADVALLARI” DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
486
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shulte jadvallari / diqqat / xotira / fiksatsiya / konsentratsiya / diqqat oralig'i / samaradorlik / ruhiy barqarorlik / diqqatning tezligi / diqqat miqdori / таблицы Шульте / внимание / память / фиксация / концентрация / продолжительность концентрации внимания / работоспособность / психическая устойчивость / скорость внимания / количество внимания.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Urinova Latofat Shovkatovna

Maqolada diqqat sifatlarini tekshirishda “Shulte jadvallari”dan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati, metodika orqali sinaluvchilarning diqqat oralig'i, mustaqil ish samaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qidiruv tezligi va diqqat miqdorini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ «ТАБЛИЦЫ ШУЛЬТЕ» В ПРОВЕРКЕ КАЧЕСТВ ВНИМАНИЯ

Из «Таблицы Шульте» в статье о проверке качества внимания с помощью методики проанализирована научная и практическая значимость использования, возможность определения объема внимания испытуемых, работоспособности самостоятельной работы, психической устойчивости, поисковой скорости внимания и объема внимания

Текст научной работы на тему «DIQQAT SIFATLARINI TEKSHIRISHDA “SHULTE JADVALLARI” DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Urinova Latofat Shovkatovna,

Qarshi davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi psixologiya fani o'qituvchisi

DIQQAT SIFATLARINITEKSHIRISHDA "SHULTE JADVALLARI"DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

UO'K: 155.2 (045) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_3_4

URINOVA L.SH. DIQQAT SIFATLARINI TEKSHIRISHDA "SHULTE JADVALLARI" DAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Maqolada diqqat sifatlarini tekshirishda "Shulte jadvallari"dan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati, metodika orqali sinaluvchilarning diqqat oralig'i, mustaqil ish samaradorligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qidiruv tezligi va diqqat miqdorini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan.

Tayanch so'z va tushunchalar: Shulte jadvallari, diqqat, xotira, fiksatsiya, konsentratsiya, diqqat oralig'i, samaradorlik, ruhiy barqarorlik, diqqatning tezligi, diqqat miqdori.

УРИНОВА Л.Ш. ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ «ТАБЛИЦЫ ШУЛЬТЕ» В ПРОВЕРКЕ КАЧЕСТВ ВНИМАНИЯ

Из «Таблицы Шульте» в статье о проверке качества внимания с помощью методики проанализирована научная и практическая значимость использования, возможность определения объема внимания испытуемых, работоспособности самостоятельной работы, психической устойчивости, поисковой скорости внимания и объема внимания.

Ключевые слова и понятия: таблицы Шульте, внимание, память, фиксация, концентрация, продолжительность концентрации внимания, работоспособность, психическая устойчивость, скорость внимания, количество внимания.

URINOVA L.SH. FROM THE «SCHULTE TABLE» IN CHECKING THE QUALITIES OF ATTENTION THE IMPORTANCE OF USING

From the «Schulte Table» in an article on checking the quality of attention with the help of the methodology, the scientific and practical significance of the use, the possibility of determining the amount of attention of the subjects, the performance of independent work, mental stability, the search speed of attention and the amount of attention are analyzed.

Key words and concepts: Schulte tables, attention, memory, fixation, concentration, attention span, performance, mental stability, attention speed, amount of attention.

Kirish. Shulte jadvallari periferik ko'rishni yaxshilashga, konsentratsiyani rivojlantirishga va matnni tez idrok etish qobiliyatini o'stirishga xizmat qiluvchi texnikadir. Shulte jadvallari turli darajadagi qiyinchiliklarga ega bo'lib, eng ko'p tarqalgan jad-val turi 25 katak ya'ni 5 qator va 5 ustundan ibo-rat kvadratdir. Kataklarda 1 dan 25 gacha bo'lgan sonlar tartibsiz shaklda joylashtirilgan bo'ladi. Jad-valdan foydalanuvchi kishi sonlarni o'sish tartibi bo'yicha yoki teskari tartibda topishi lozim.

Ushbu texnika Nemis psixologi va psixoterapevti Valter Shulte tomonidan 1962 yilda fanga kiritilgan. Dastlab texnika inson diqqatining xususiyatlarini o'rganish uchun tajribalar paytida psixodiagnostik test sifatida qo'llanilgan. Shundan so'ng uchbu usul psixiatrlar va psixoterapevtlarning keng doiralarida qo'llanila boshlandi. Usul tadqiqotlar davomida xotira, diqqat va aqlni rivojlantirish uchun samarali ekanligi isbotlandi. Psixiatriya va psixologiya soha-sidagi ayrim olimlarning asarlarida shulte jadvali-dagi belgilarni izlayotgan odamning holati medi-tatsiya mashg'ulotlarini bajarayotgan kishining hol-atiga o'xshatiladi. Bunday holat miyaning ishlash faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi1.

Shulte jadvallarining ahamiyatli tomoni nimada? Aksariyat kishilar matnni o'qish jarayonida gorizan-tal yo'nalish bo'ylab bir tekis o'qiydi. Bunday o'qish jarayonida o'quvchi matnning murakkablik daraja-siga qarab turli darajadagi fiksatsiyalar (to'xtalishlar) qiladi. Bu fiksatsiyalar o'quvchining matnni idrok etishiga qarab 2-3 so'zni o'z ichiga olishi mumkin. Agar kitob matnining bir qatorida 10-12 ta so'z bo'lsa, o'rtacha ko'nikmasi shakllangan o'quvchi shu so'zlarni o'qish uchun taxminan to'rt yoki besh marta fiksatsiya qiladi. Bu fiksatsiyalarda kishi qanchalik ko'p pauza qilsa, o'qish tezligi shunchalik past bo'ladi. O'quvchi bitta fiksatsiyada qanchalik ko'p so'zlarni qamrab olishga harakat qilsa, o'qish tezligi ham shunchalik oshadi2.

Mavzuning dolzarbligi._Shulte jadvallarini

mashq qilish orqali kishida matnni yaxlit ko'rish va undagi kerakli so'zlarni tezroq topish qobili-yati shakllanadi. Bu qobiliyat tezkor o'qish va zarur ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida qidirib topishda muhim rol o'ynaydi. Usul orqali diqqat, xotira va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qilgan

1 https://akme.uz/psixologiya/shulte-jadvali-bolalar-va-kattalar-uchun-raqamlarni-topish-texnikasi/#

2 https://honstar.ru/uz/gorbova-shulte-chernaya-krasnaya-onlain-eti-deti-vozrastnaya-psihologiya-razvitie. html

kishi undan muntazam ravishda foydalanib turishi lozim.

Maqolaninig maqsadi. "Shulte" jadvallari meto-dikasi sinaluvchilarning o'quv faoliyati samarador-ligini oshirish, periferik ko'rishni o'rgatish va ken-gaytirish, diqqat oralig'I, mustaqil ish samarador-ligi, ruhiy barqarorlik, diqqatining qidiruv tezligi va diqqat miqdori kabi sifatlarini tadqiq qilish maqsad-ida qo'llaniladi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili. Ushbu texnika Nemis psixologi va psixoterapevti Valter Shulte tomonidan 1962 yilda fanga kiritilgan. Keyinchalik Garbov tomonidan qizil va qora stol versiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu variant sinaluvchilarning fikrlash qobiliyatini tezlashtirish maqsadida qo'llanadi. Raqamlar qizil va qora rangda berilgan versiyani dastavval, 1 dan 24 gacha bo'lgan barcha qizil raqamlarni o'sish tartibida, so'ngra 25 dan 1 gacha qora raqamlarni kamayish tartibida qidirib topish lozim. Garbov versiyasini qo'llash natijasida qizil va qora ranglar ta'sirida sinaluvchilarning miyasida qon aylanish yaxshilangani tajribalarda aniqlangan. "Shulte" jadvallari metodikasini qayta ishlash orqali sinaluvchilarning ish samaradorligi, vazifani bajarish qobiliyati va aqliy barqarorlik sifatlarini o'lchash me'zonlari psixolog A.Yu.Kozyreva tomonidan ishlab chiql-gan. Malkatimizda Z.Nishonova, Z.Ibodullayev, A.Rasulovlar tomonidan metodikaning talabalar bil-ish jarayonlariga ta'siri va ularda diqqat sifatlarining samaradorlik darajasi o'rganilgan.

Maqolaning ilmiy mohiyati. "Shulte" jadval-larini talabalarda qo'llash orqali ularning diqqat sifatlarini yanada rivojlantirish mumkin. Metodika talabalarning matnni pereferik ko'rish qobiliyatini rivojlantirish, irodaviy sifatlarini vazifaga safarbar qilish orqali diqqatining kuchini oshirish, chidam-lilik sifatini shakllantirish orqali tashqi ta'sirlarga chalg'imaslik, matnni yaxlit ko'rish orqali tez o'qish ko'nikmasiga ega bo'lish, bir vaqtning o'zida katta hajmdagi matnni idrok qila olish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotning ob'yekti. Tadqiqotning ob'yekti sifatida universitet talabalari tanlangan. "Shulte" jadvallari orqali talabalarda periferik ko'rish xususi-yati, diqqat sifatlarining mavjud holati va meto-dikani qo'llash ko'nikmasidan keyingi ko'rsatgich o'rtasidagi farqlar o'rganilgan.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. Shulte jadvallari yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda qo'llaniladi. Jadvalni qo'llash jarayonida raqamlar ikki xil usulda: o'sish tartibiga ko'ra yoki kamayish tartibiga ko'ra qidiriladi. Ushbu maqolamizda meto-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

1-jadval. Shulte jadvali

2 8 15 6 23

11 10 3 22 17

5 14 1 12 24

25 7 20 16 4

13 19 18 21 9

dikani jamoaviy usulda qo'llash va raqamlarni o'sish tartibida topishning ahamiyatiga e'tibor qaratamiz. Bunda tarqatmali material blankasiga tushirilgan "Shulte" jadvallarini talabalar belgilangan vaqt mobaynida raqamlarni o'sish tartibiga ko'ra to'g'ri ketma-ketlikda bajarishga ulgurishlari lozim.

Shulte jadvalini mashq qilish jarayonida raqa-mlar yoki harflarni o'sish tartibida topish uchun jadvalning markaziga diqqat fokusini qaratish lozim. Bunda bajaruvchi dastavval, raqamlarning barchasini bir nigohda ko'ra olish uchun jadvaln-ing markaziy nuqtasini topib olishi lozim. Bajaruvchi raqamlar va harflarni tartib bo'yicha qanchalik tez topa olsa, uning natijasi shunchalik yaxshilanib boradi. Faqat kishi mashq qilish jarayonida diqqa-tni vazifaga yo'naltirgan holda boshqa hech nar-saga chalg'imaslikka harakat qilishi lozim. Quy-idagi 1-jadvalda eng ko'p tarqalgan namuna 25 hujayradan iborat kvadrat keltirilgan.

Texnikani bajarayotgan kishining vazifasi bar-cha elementlarni to'g'ri tartibda nomlash, ularga ko'rsatgich bilan ishora qilish yoki agar qulay bo'lsa, qalam bilan chizishdir. Rag'batlantiruvchi material-ning an'anaviy versiyasi 5 ta jadvaldan iborat. Har bir varaq 1 dan 25 gacha raqamlar yozilgan 25 kvadratga bo'linishi kerak.

Metodikani an'anaviy tarzda qo'llash uchun sinaluvchiga 1-jadvaldagi kabi 5 ta jadval ketma-ket ko'rsatiladi. Sinaluvchining topshiriqlarni bajar-ish ko'rsatgichiga qarab natijalar quyidagicha qayta ishlanadi.

Bunda ishning samaradorligini hisoblash uchun (bajarish uchun sarflangan vaqt va yo'l qo'yilgan xatolar soni bo'yicha) quyidagi formuladan foy-dalaniladi:

ER (sekundlarda) = (t1 + t2 + t3 + t4 + t5) / 5,

bu erda t1 - 1-jadval bilan ishlash vaqti, t2 -2-jadval bilan ishlash vaqti va boshqalar; 5 - ko'rib chiqilayotgan materiallar soni. Samaradorlik sinov-dan o'tgan shaxsning ko'rsatgichini hisobga olgan holda baholanadi (qanchalik yuqori ball bo'lsa, natija shunchalik yaxshi bo'ladi):

Ishga yaroqlilik darajasi (mavzu vazifaga qanchalik tez kirishilganligi) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Vr = ti / ER.

Olingan ko'rsatkich birdan kam bo'lsa, unda sifat yaxshi darajada ko'rinadi. Vr qiymati qanchalik bal-and bo'lsa, talabaning ishga kirishishi shunchalik qiyin bo'ladi.

Aqliy barqarorlik (talaba ma'lum bir qidiruv vazi-fasiga qancha vaqt diqqatini jamlashi mumkin) quyidagicha ta'riflanishi mumkin:

PU = t4 / ER.

E'tibor bering: 4-sonli jadval bilan ishlashga sarflangan vaqt hisobga olinadi. Agar natija 1 dan kam bo'lsa, bu sub'ektning yaxshi ruhiy barqarorli-giga ega ekanligini anglatadi. Yuqori ball uzoq vaqt davomida har qanday faoliyatga diqqatni jamlash qobiliyatining yomonligini ko'rsatadi.

Oxirgi ikkita mezon har qanday yoshdagi ta'lim oluvchilar uchun teng ravishda baholanadi1.

"Shulte jadvallari" qanday qo'llanadi? Buning uchun test jarayonida sinaluvchiga navbatma-nav-bat 1 dan 25 gacha raqamlar tasodifiy joylashtiril-gan beshta jadval taklif etiladi. Shulte jadvallari yacheykalarda tasodifiy tartibda joylashtirilgan raqamlar to'plamidir (1 dan 25 gacha). Sinaluvchi berilgan ketma-ketlikda (qoida tariqasida, birdan yigirma beshgacha ko'tariladi) barcha raqamlarni ko'rsatishi va nomlashi kerak. Bir qatorda beshta bir xil bo'lmagan Shulte jadvallari taklif etiladi, ularda raqamlar boshqa tartibda joylashtirilgan. Psixolog sub'ektning har bir jadvaldagi raqamlarning butun seriyasini ko'rsatish va nomlash uchun sarflagan vaqtini alohida qayd etadi. Quyidagi ko'rsatkichlar qayd etilgan:

1) jadvallarda bir qator raqamlarni ko'rsatish va nomlash uchun sarflangan standart (40-50 s) vaqt-dan oshib ketish;

1 https://honstar.ru/uz/gorbova-shulte-chernaya-krasnaya-onlain-eti-deti-vozrastnaya-psihologiya-razvitie. html

2) barcha besh jadval uchun so'rov jarayonida vaqtinchalik ko'rsatkichlar dinamikasi1.

Sinovning maqsadi

• diqqat oralig'i;

• mustaqil ish samaradorligi;

• ruhiy barqarorlik;

• diqqatning qidiruv tezligi;

• diqqat miqdori2.

Shulte jadvalini qo'llash uchun ko'rsatmalar. Dastavval birinchi jadval taqdim etiladi: «Ushbu jadvalda 1 dan 25 gacha raqamlar aralash holatda berilgan. Keyin jadval yopiladi va davom ettiriladi: tadqiqotchi tomonidan 1 dan 25 gacha bo'lgan tartibda barcha raqamlarni ko'rsatish va nomlash topshirig'i beriladi. Buni imkon qadar tez va xato-siz bajarishga harakat qilish lozimligi uqtiriladi. Jadval ochiladi va vazifa boshlanishi bilan bir vaqt-ning o'zida sekundomer yoqiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi jadvallar hech qanday ko'rsatmalarsiz taqdim etiladi3.

Sinov natijalarini qayta ishlash va talqin qilish.

Natjalarni baholash: Barcha jadvallar bo'yicha jami qidirish vaqtini 5 ga bo'linadi.

Asosiy ko'rsatkich - bu bajarilish vaqti, shun-ingdek, har bir jadval uchun alohida xatolar soni, diqqat oralig'i va tezligi.

Ushbu test yordamida quyidagilar aniqlanadi (by A.Yu.Kozyreva):

• ish samaradorligi (ER),

• ish qobiliyati darajasi (VR),

• aqliy barqarorlik (PU).

Samaradorlik (ER) quyidagi formula bilan hiso-blanadi:

ER = (T 1 + T 2 + T 3 + T 4 + T 5 ) / 5 , qayerda

• Ti- i-chi bilan ishlash vaqti.

ERni baholash (sekundlarda) sub'ektning yoshini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Ishga yaroqlilik darajasi (VR) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

BP = T 1 / ER

1 Urinova L.Sh. Diqqat va uning sifatlari. Analytical Journal of Education and Development. 26.01.2022. 57-60 b.

2 Urinova L.Sh. Diqqatning MDH psixologlari tomonidan o'rganilishi. O'zMU xabarlari jurnali. Yanvar 2023. 199-202 b.

3 Soatov A.J. Diqqat va uning ta'limiy ahamiyati. "Xalq

ta'limi" ilmiy-metodik jurnalning 3-maxsus soni. 2021.

55-58 b.

Natija 1,0 dan kam - yaxshi ishlash ko'rsatkichi, mos ravishda, bu ko'rsatkich 1,0 qanchalik yuqori bo'lsa, sub'ekt asosiy ishga tayyorlanishi kerak.

ruhiy barqarorlik (chidamlilik) quyidagi formula bilan hisoblanadi:

PU = T 4 | ER

Natija ko'rsatkichi 1,0 dan kam bo'lsa, yaxshi ruhiy barqarorlikni ko'rsatadi, mos ravishda bu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, sub'ektning vazifalarni bajarish uchun aqliy barqarorligi shunchalik yomon bo'ladi4.

Ushbu test natijalariga ko'ra, sub'ekt diqqatining quyidagi xususiyatlari aniqlanadi:

Diqqat yetarlicha jamlangan - agar sub'ekt Shulte jadvallarining har birida standartga mos kel-adigan vaqt sarflasa.

Diqqat yetarlicha jamlanmagan - agar sub'ekt Shulte jadvallarining har birida standartdan oshib ketadigan vaqt sarflasa.

Diqqat barqaror - birdan beshgacha jadvallarn-ing har biridagi raqamlarni hisoblashda sezilarli vaqt farqlari bo'lmasa.

Diqqat beqaror agar har bir keyingi jadvalga sarflangan vaqtni ko'paytirish tendentsiyasisiz jadvallar bo'yicha natijalarda sezilarli tebranishlar mavjud bo'lsa.

Diqqat kuchli - har bir jadvalda sub'ekt tomonidan sarflangan vaqtning kamayib borish tendentsi-yasi kuzatilsa.

Diqqat yo'qoladi - har bir jadvalda sub'ekt tomonidan sarflangan vaqtning ko'payib borish tendentsiyasi kuzatilsa5.

Shulte jadvali bilan ishlash jarayonida ko'zni gorizontal va vertikal shaklda harakatlantirmas-dan sonlarni yaxlit ko'rishga harakat qilish lozim. Buning uchun ko'z bilan jadval o'rtasidagi masofa 30-40 santimetr oralig'ida bo'lgani ma'qul. Jadvalga yetarli uzoqlikdagi masofadan qaralsa barcha sonlarni bir vaqtning o'zida ko'ra olish mumkin. Jadval bilan muntazam shug'ullanib turish ta'lim oluvchi-lar uchun foydali mashg'ulotdir. Mashq qilish jarayonida natijadorlik pasaya boshlasa shug'ullanishni to'xtatib 15-20 daqiqa dam olish lozim. Dam olish vaqtida aqliy faoliyat bilan shug'ullanmaslik va

4 Urinova L.Sh. Diqqat va uning sifatlari. Analytical Journal of Education and Development. 26.01.2022. 57-60 b.

5 Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. Qarshi: Fan va ta'lim. 2022. - 177 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

2-jadval. Shulte jadvalíníng harfli shaklí

J G R M H

T L P X U

B O' A K O

N D Y G' F

E V Q S I

texnik vositalardan fodalanmaslik maqsadga muvo-fiq.

Ushbu jadval orqali yaxshi natijaga erishgan kishi uning murakkab turlariga ya'ni З0 yoki З6 hujayradan iborat kvadratga o'tsa bo'ladi. Foy-dalanuvchi layoqatiga qarab hujayrali kvadratlarni yanada ko'paytirishi ham mumkin.

Shulte jadvali bilan muntazam shug'ullangan kishi uning harfli shakldan iborat variantini baja-rishni mashq qilsa yanada foydali bo'ladi. Buning uchun foydalanuvchi avval, lotin grafikasidagi 25 ta harflarning joylashuv ketma-ketligini yodlab chiqi-shi lozim. Yodlash jarayonida xotira ham mashq qildiriladi. Quyidagi 2-jadvalda 25 harfdan iborat Shulte jadvalining harfli shakli keltirilgan.

Xulosa va tavsíyalar. Demak diqqat sifatla-rini rivojlantirshni maqsad qilgan ta'lim oluvchilar "Shulte jadvallari"dan foydalanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari lozim:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Shulte jadvallarining eng keng qo'llanadigan turi 25 katak ya'ni 5 qator va 5 ustun-dan iborat turidan foydalanish;

- jadvaldan foydalanish jarayonida sonlarni o'sish tartibi bo'yicha yoki teskari tartibda topishni mashq qilish;

- jadval bilan shug'ullanish orqali matnni yax-lit ko'rish va undagi kerakli so'zlarni tezroq topish qobiliyatini shakllantirishga harakat qilish;

- raqamlarning barchasini bir nigohda ko'ra olish uchun jadvalning markaziy nuqtasini topib olish va mashq qilish jarayonida diqqatni vazi-faga yo'naltirgan holda boshqa hech narsaga chalg'imaslikka harakat qilish;

- Shulte jadvali bilan muntazam shug'ullangan kishi uning murakkab turlaridan va harfli shaklidan iborat variantini bajarishni mashq qilishi;

- usul orqali diqqat, xotira va aqliy qobili-yatlarini rivojlantirishni maqsad qilgan kishi undan muntazam ravishda foydalanib turishi lozim.

Xulosa qilib aytganda "Shulte jadvallari" bilan shug'ullanish orqali nafaqat diqqat sifatlarini, balki, xotirani ham bir muncha rivojlantirish mumkin. Chunki kerakli raqam va so'zlarni tez qidirib topish uchun ularni eslab qolishga harakat qilinadi. Muntazam mashq qilish jarayonida esa esga olib qolish sifati yaxshilanadi. Jadval bilan shug'ullanish jarayonida vizual ko'nikmani shakllantirishga e'tibor qaratish lozim. Shuning uchun jarayon davomida foydalanuvchi vazifani tezroq tugatish haqida emas, balki, uni to'g'ri bajarishga harakat qilishi lozim. Mashq boshida sonlarni yaxlit ko'rishda qiyinchilik-lar bo'lishi mumkin, lekin jarayon muntazam davom etsa, bajaruvchi sonlarni an'anaviy qidirishga nis-batan yoki avvalgi ko'rsatgichlariga qaraganda tezroq topayotganligini amalda seza boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. - Qarshi: Fan va ta'lim. 2022. - 177 b.

2. Soatov A.J. Diqqat va uning ta'limiy ahamiyati. // "Xalq ta'limi" ilmiy-metodik jurnalning 3-maxsus soni. 2021. 55-58 b.

3. Urinova L.Sh. Diqqat va uning sifatlari. // Analytical Journal of Education and Development. 26.01.2022. 57-60 b.

4. Urinova L.Sh. Diqqatning MDH psixologlari tomonidan o'rganilishi. // O'zMU xabarlari jurnali. Yanvar 2023. 199-202 b.

5. https://honstar.ru/uz/gorbova-shulte-chernaya-krasnaya-onlain-eti-deti-vozrastnaya-psihologiya-razvitie.html

6. https://akme.uz/psixologiya/shulte-jadvali-bolalar-va-kattalar-uchun-raqamlarni-topish-texnikasi/#

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.