Научная статья на тему 'DIN PSIXOLOGIYASI VA SHAXS TARBIYASINING PEDAGOGIKPSIXOLGIK MUAMMOLARI'

DIN PSIXOLOGIYASI VA SHAXS TARBIYASINING PEDAGOGIKPSIXOLGIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIN PSIXOLOGIYASI VA SHAXS TARBIYASINING PEDAGOGIKPSIXOLGIK MUAMMOLARI»

DIN PSIXOLOGIYASI VA SHAXS TARBIYASINING PEDAGOGIK-

PSIXOLGIK MUAMMOLARI.

Dilbaroy Sa'dullayevna Fayzullayeva

Farg'ona viloyati Beshariq tumani 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi

psixologi. dilbaroyfayzullayeva 83@gmail.com

Bugun bizning mamlakatimiz Ona O'zbekistonni tarixiy rivojlanishining yangi bir davriga bosqichma-bosqich o'tayotgan bir paytida kelajagimiz egalari bo'lgan aziz farzandlarimizning ma'naviy barkamolligi barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.

Jamiyatimizda har bir fuqaroni o'z ma'naviyati,odob-axloqi inson sifatidagi shaxsiy rivoji va uni bugungi kundagi kamoloti,shaxs va jamiyatdagi manfaatlarini uyg'unligi har qachongidanda muhim qadriyat sifatida chuqur o'rganilmoqda.Tinch va farovon yurtimizda o'sib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mukammal,irodasi mustahkam,sof vijdonli,chuqur bilimli va yuksak salohiyatli qilib kamolga yetishi uchun eng avvalo ularni iymonli,o'z diniga bo'lgan e'tiqodini mustahkam,ma'naviyati boy,dunyoqarashi keng qilib tarbiyalashimiz lozim.

Hozirgi zamon psixologiyasi zamonaviy ta'limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishi,insonning psixik rivojlanishi uchun shaxs sifatida shakllanishi,o'zini-o'zi anglashi,xarakteri va shaxsi bolalikning ilk yillaridanoq shakllanib boradi.Farzandlarimizni kelajagidan umidvor bo'lgan jamiyat bu jarayonga faol ishtirok etishi va bo'lajak Vatan fuqarolari shaxsini kamolga yetkazish borasida pedagogik-psixologik nuqtai nazardan yondashishimiz maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda quyidagi amaliy takliflarimni bayon etama:

a) bugun biz tarbiyalayotgan shaxsni,ya'ni,farzandni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashni va uni shaxs sifatida takomillashtirish bosqichlarini o'rganishimiz lozim;

b) ularga umuminsoniy va diniy qadriyatlarimiz,ya'ni,islom dinini yoshlarimiz ongi va shuuriga pedagogik-psixologik jihatdan davlat qonun-qoidalaridan chetga chiqmagan holatda ularga to'g'ri va samarali usullarda tushuntirish va yo'nalishlar berib borish.

c) yoshlarimizni ma'naviy-axloqiy ehtiyojlarini, yosh doirasini hisobga oolib, bu tizimni samarali yo'lga qo'yishimiz

kerak;

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi,ulaming kamoloti,aqliy qobiliyati va dunyoqarashi taraqqiyotiga bo'lgan e'tibor va bu sohadagi ilmiy izlanishlar uzoq o'tmish tarixga borib taqaladi.Buyuk ajdodlarimiz tomonidan inson shaxsining psixologik qonuniyatlarini muayyan aniq bir ilmiy jihatdan o'rganilmagan bo'lishi ham mumkin,biroq allomalarimizning yozgan qo'lyozmalarida inson shaxsining yaxlit psixik holatlarini namoyon bo'lishi va inson kamoloti borasidagi ularning o'z davrida bildirgan qimmatli fikrlari bugun o'z isbotini topgan . Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlardayoq yoshlarning ta'lim va tarbiyasi diniy va dunyoviy bilimlari bilan bog'liq psixologik muammolarini yirik olimlar,faylasuflar va yozuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'rganilib kelingan.

Buyuk alloma, hadisshunos olim Imom Al-Buxoriy to'plagan hadislarni o'qiganimizda,shunday jumlalar yozilgan.

-Insonni ma'naviy pokligiga,axloqiy komilligi haqida yozgan satrlarida insonning haqiqiy musulmon hamda iymonli,vijdonli o'z diniga e'tiqodli va xalqiga,oilasiga diyonatli bo'lishga da'vat etadi.

Imom Al-Buxoriy ta'kidlashicha:

-islom dini o'zida uchta xislatni mujassam etgan insonni iymoni butun,fikri teran,irodasi mustahkam va barcha qilgan ibodatlarini mukammal hisoblagan.

a)Insofli va o'z xalqiga adolatli bo'lish.

b) har qanday kishiga har qanday holatda xoh boy,xoh miskin holatda bo'lishiga qaramay musulmon ahlidek salom berish.

c) kambag'al bo'lishiga qaramay o'zi qatori kishilarga va miskinlarga Alloh yo'lida xayriya berishni ta'kidlagan.

Islom dinida inson e'tiqodi Allohni tan olish,uni yagona deb bilish, e'tiqodda doim qalban va ruhan mustahkam bo'lish, "La ilaha illalloh" deyish qayd etilgan.

Biz bugun pedagoglar,ota-onalar yoshlarimizga farzandlarimizga islom dini va dunyoviy bilimlarni chuqur qalblariga,ongiga,ruhida singdirishimiz lozim.Avval aytib o'tganimizdek,Imom Al-Buxoriyga qaytsak,kishi musulmon ahlidek salom berishi joizligi aytilmoqda.Bugun oilada,mahallada,ta'lim tizimida, insoniyat ishlaydigan barcha jabhalarda yoshlarimiz oddiygina insonlar e'tibor qilmaydigan salom berish odobini yoshlarimiz tarbiyasida ko'proq takror-takror singdirsak maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Oddiygina salom berish islomda musulmonlik darajasini ko'zguga solgan axloqdek ko'rinadi.

Psixologiyada salom berish inson tushunchasi va ong psixologiyasini mujassam etadi.Psixologik tarafdan salom berish:

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

a) jahldor,agressiv holatdagi kishiga salom berilsa,bir pog'ona jahldan pasayadi.Inson psixik holatida tana va ruh jarayonidagi yuzaga kelgan tortishishni oldini oladi.

b) oilada shaxslararo munosabatda ota-o'g'il orasidagi ziddiyatda salom farzand bilan ota o'rtasidagi mehrni,hurmatni psixologik tushkunlikni,ko'ngildagi g'araz niyatni amalga oshirishni ma'lum darajada to'xtatadi.

Din va psixologiya insoniyat mavjud ekan doim bir yo'nalishda, uzviy bog'liqdir.

Taklif va yechimlar:

1) O'quvchilarga ota-onalar,pedagoglar tomonidan islom dinimiz haqida farzandlariga tushunchalar berishni to'g'ri tashkil etish.

2) Ta'lim tizimidagi darsliklar majmuasida Imom Al-Buxoriy hadislari,Alisher Navoiy,Ahmad Yassaviy va Jaloliddin Rumiy hikmatlaridan ko'proq foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

REFERENCES

1.Shayx Abdulaziz Mansur. "Dinda savolim bor".- Toshkent.: Movarounnahr nashriyoti.-138-sahifa.

WWW.gglit.uz, e-mail: iptdgulom@sarkor.uz

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.