Научная статья на тему '“DEVONU LUG‘OTIT TURK”ASARI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA'

“DEVONU LUG‘OTIT TURK”ASARI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarix / devon / turkiy tillar / eski turk adabiyoti / Indeks lug‘ati / geografik joylashuv

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qo‘chqarov Bahodir

Ma’lumki Mahmud Koshg‘riyning,,Devonu lug‘otit turk’’ asari qomusiy asar hisoblanib,unda XI asr turkiy xalqlar hayoti,urf-odatlari,tili,hududiy joylashish o‘rni va boshqalar haqida guvohlik beruvchi nodir majmua hisoblanadi.Asar yozilgan paytdan beri hozirga qadar yetuk mutaxassislar,olimlar-umuman ilm ahllari tomonidan o‘rganib kelinmoqda.O‘zbekistonda ham asarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor bir qator O‘zbekistonlik ilm ahllari tomonidan o‘rganilgan va hamon o‘rganilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“DEVONU LUG‘OTIT TURK”ASARI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA»

"DEVONU LUG'OTIT TURK"ASARI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA

Qo'chqarov Bahodir Abdullajanovich

Turan International university Gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti o'qituvchisi

baxodirquchqarov@73.mail ru

Annotatsiya: Ma'lumki Mahmud Koshg'riyning,,Devonu lug'otit turk'' asari qomusiy asar hisoblanib,unda XI asr turkiy xalqlar hayoti,urf-odatlari,tili,hududiy joylashish o'rni va boshqalar haqida guvohlik beruvchi nodir majmua hisoblanadi.Asar yozilgan paytdan beri hozirga qadar yetuk mutaxassislar,olimlar-umuman ilm ahllari tomonidan o'rganib kelinmoqda.O'zbekistonda ham asarni o'rganishga bo'lgan e'tibor bir qator O'zbekistonlik ilm ahllari tomonidan o'rganilgan va hamon o'rganilmoqda.

Kalit so'zlar:Tarix,devon,turkiy tillar,eski turk adabiyoti,Indeks lug'ati,geografik joylashuv

« ДЕВОНУ ЛУГОТИТ ТУРК » КАК ОБЪЕКТ ИССЛЕДОВАНИ

Кучкаров Бахадир Абдулладжанович

Преподаватель факультета гуманитарных наук и педагогики Международного

университета Туран

Аннотация: Известно, что труд Махмуда Кошгари «Девону Луготит Тюрк» считается энциклопедическим произведением и представляет собой редкий сборник, свидетельствующий о быте, обычаях, языке, территориальном расположении и т. д. тюркских народов XI века. С момента написания произведения до сих пор его изучают передовые специалисты, учёные, люди науки в целом. В Узбекистане внимание к изучению произведения изучалось рядом узбекских учёных и изучается до сих пор.

Ключевые слова: История, Диван, тюркские языки, древнетюркская литература, Указательный словарь, географическое положение.

151

"DEVONU LUGOTIT TURK" AS AN OBJECT OF RESEARCH

Kochkarov Bahadir Abdullajanovich

Teacher of the Faculty of Humanities and Pedagogy of Turan International University

Annotation: It is known that Mahmud Koshgri's work "Devonu Lugotit Turk" is considered an encyclopedic work, and it is a rare collection that testifies about the life, customs, language, territorial location, etc. of the 11th century Turkic peoples. From the moment the work was written until now, it has been studied by advanced specialists, scientists, people of science in general. In Uzbekistan, the attention to studying the work has been studied by a number of Uzbek scientists and is still being studied.

Key words: History, Divan, Turkic languages, Old Turkic literature, Index dictionary, geographical location.

O'zbekistonda "Devon" ga oid ilk tadqiqot ishlarini olib borgan olim Abdurauf Fitrat hisoblanadi. Uning "Devon "bo'yicha yaratgan tadqiqotlari, kuzatishlari nafaqat o'zbek ilmida, balki turkiyshunosliqdagi eng muhim ishlardan deb baholash mumkin. Abdurauf Fitrat o'zining bir necha asarlarida "Devon" ga munosabat bildirgan, o'zbek tili tarixining bevosita shu asarga borib taqalishini birinchi bor qayd etgan.

Fitrat "Sarf' asarida "Devon" tili "Qutadg'u bilig", "Hibbat ul haqoyiq" va Ahmad Yassaviy hikmatlari tili bilan juda yaqinligi, keyinchalik chig'atoy tili deb nomlangan tilga asos bo'lganligini qayd etgan. Olim bu fikrni "Eng eski turkiy adabiyot namunalari" asarining "So'zboshi"sida ham alohida ta'kidlab o'tgan64.

Fitrat "Eng eski turk adabiyoti namunalari"ning "Bir ikki so'z" deb nomlangan so'z boshisida turkiy tillarning tasnif masalalariga, xususn, V.V.Rodlov va A.N.Samaylovich tasniflariga to'xtalgan. Mahmud Ko'shg'ariy tomonidan qilingan

64 Xudoyberdiyev J. Mahmud Koshg'ariy hayoti va uning,,Devonu lug'otit turk" bo'yicha yaratilgan asarlari ko'rsatkichi.-T. :Akademnashr. 2011. B-12

~ 152 ~

tasnif keyingi tasniflarda aynan keltirimasa ham, asos sifatida olinishini alohida ta'kidlab o'tgan65.

Fitratning " Eng eski turk adabiyoti namunalari" asari 2008-yilda "Mumtoz so'z" nashriyotida qayta chop etildi. Asarni O.Hamroyeva nashrga tayyorlagan, professor H.Boltaboyev tahrir qilgan. Ushbu nashrning 3-8-betlarida muharrirning "Qadimgi turkiy manbalar Fitrat talqinida" nomli maqolasi, 9-111-betlarida "Eng eski turk adabiyoti namunalari" asarining krill alifbosidagi matni, 112-121-betlarida nashrga tayyorlovchining "Devonu lug'otit turk"ning Fitratga qadar o'rganilishi va "Eng eski turk adabiyoti namunalari" majmuasi" nomli maqolasi, undan keyin esa asarning arabcha nusxasi berilgan66.

"Eng eski turk adabiyoti namunalari" ning qayta chop etilishi, aksincha, uning arab alifbosidagi asl nusxasi matni bilan berilishi ushbu nashrning yutug'idir.

Fitratning "Eng eski turk adabiyoti namunalari" asari juda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fitratning "Devon" bo'yicha yaratgan tadqiqotlari turkiy xalqlar tarixini o'rganishda favqulodda hodisalardan deb baholash mumkin.

"Eng eski turk adabiyoti namunalari" asari turkiy xalqlar hayotidagi ikki buyuk shaxs ilmiy faoliyati bilan bog'liq bo'lib, yaxshi maqsadda chop ettirilgan va "Oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistr va tadqiqotchilari hamda o'zbek mumtoz adabiyoti ixlosmandlariga mo'ljallangan.

Fitratdan keyin "Devon" bilan astoydil shug'ullangan zabardast olimlardan biri Solih Mutallibov hisoblanadi. Olim "Devon"ni o'zbek tiliga tarjima qildi. Bu tarjima sobiq Ittifoq davrida yaratilgan ko'plab tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qildi.1967-yilda asarning "Indeks lug'at"i tuzilib, uning oxirida "Kishi nomlari", "Xalq, urug' va qabila nomlari", "Shahar va qishloq nomlari", "Mamlakat, viloyat, vodiy, dara, yaylov, jarlik, tepalik, dovon va yo'l nomlari", shuningdek, Q.Mahmudov tomonidan tuzilgan "Grammatik ko'rsatkich", G'.Abdurahmonov va Sh.Shukurov tomonidan tayyorlangan "XI asr eski turkiy tilining grammatik ocherki" berilgan.

65 Xudoyberdiyev J. Mahmud Koshg'ariy hayoti va uning„Devonu lug'otit turk" bo'yicha yaratilgan asarlari ko'rsatkichi.-T. :Akademnashr. 2011. B-24

66 Xudoyberdiyev J. Mahmud Koshg'ariy hayoti va uning,,Devonu lug'otit turk" asarining o'rganilishi.-T.2010.B-24

153

"Devon"ning o'zbek tilida chop etilishi va tadqiq etilishida G'.Abdurahmonovning xizmatlari ham katta bo'ldi.

H.Hasanov Mahmud Koshg'ariyning geografiyaga oid qarashlarini chuqur o'rganib, qator maqolalar e'lon qildi. Mahmud Koshg'ariyning hayoti va faoliyati, geografiq merosi haqidagi kitobini yozdi.

Yana A.N.Bernshtam va S.Umurzoqovlar Koshg'ariy xaritasining Qirg'iziston qismini tahlil qilib, unga tuzukkina izoh berdilar.

Asarda keltirilgan turkiy maqol va adabiy parchalarda tabiat manzaralarining tasviri anchagina borligi haqida - lug'atning geografik ahamiyati to'g'risida S.Mutallibov, o'zbekcha nashrining so'z boshida shularni aytgan: "Devonu lug'otit turk"da yo'l-yo'lakay berilgan geografik ma'lumotlar ham diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg'ariy o'z asarida shuncha keng va katta hududda o'sha davrda bo'lgan hamma shahar va qishloqlardan, dengiz va ko'llardan, ularning tarixidan, jug'rofik mavqeidan, ularda yashovchi xalqlardan, hatto ba'zan unda bor hayvon va o'simliklardan ham ancha keng ma'lumot beradi. Bu jihatdan asarning qiymati benihoya ulug' va tengsizdir"67.

Xullas, Mahmud Koshg'ariyning geografik merosiga bag'ishlangan ana shunday maqola va mulohazalardan xabardor bo'lganimiz holda, biz ham bu merosga qiziqib, uni yuqori sinf o'quvchilarida milliy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik asoslarini o'rgana boshladik. Kitobning o'zbekcha tarjimasi chiqishi bilan tekshiruvchilarning ishi ancha osonlashdi va yaxshilashdi.Biz ham ishimiz mavzuidan kelib chiqib,yuqoridagi adabiyotlarga suyangan holda ilmiy ish olib bordik hamda uni yuqori sinf o'quvchilarida qay darajada effekt berishini hisobga olib,obyekt sifatida tanlab oldik.Tadqiqot ishimizda asarning milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi pedagogik xarakteriga e'tiborni qaratdik.

Yuqoridagilardan ayon bo'lib qoladiki, hali Mahmud Koshg'ariyning pedagogik merosi to'g'risida ancha ish qilsa bo'ladi. Hatto, eng ko'p tekshirilgan doiraviy

67 Xudoyberdiyev J. ,,Devonu lug'otit turk"ning O'zbekistonda o'rganilishi.// Tilshunoslikning dolzarb masalalari-T.2008.B-69

~ 154 ~

xaritaning ham talay sirlari haligacha muammo ekanligini ko'rishimiz bilan birga pedagogik qarashlari deyerli o'rganilmagan.

G'aybulla Boboyorov 2008-yil 5-7-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Mahmud Koshg'ariy tug'ilganining 1000 yilligiga bag'ishlangan xalqaro "Devonu lug'otit turk" simpoziumida "Biruni ve Kashgarali Mahmud'un Bazi Orta Asya Yer Adlarini Turklerle ilishqilendirmesi Uzerine"68 nomli maqolasi bilan ishtirok etdi. Maqolada Mahmud Koshg'ariy va Abu Rayhon Beruniy asarlari toponimikasi ilmiy jihatdan taqqoslab, isbotlab berilgan.

Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'otit turk" asarining har bir bo'limida geografik ma'lumotlar bergan, turkiylarning yashagan hududlarini ko'rsatgan dunyo xaritasini bergan69.

Beruniy va Koshg'ariyning har ikkisi ham Samarqand toponimiga to'xtalib o'tgan. Beruniy: " Samarqand turkchaga, "Semizkentdir, semizlar qalin shahar", deb yozgan bo'lsa, Mahmud Koshg'ariy " Samarqand katta bo'lganligidan shunday deyilgandir", deb yozadi70.

Maqolani yozish jarayonida asarning o'rganilishi uch davrga bo'lindi: Birinchisi- XX asrning birinchi yarmidagi tadqiqotlar. Bular jumlasiga, V.V.Bartold, I.Samoylovich, P.K.Juze, S.E.Malov, S.P.Tolstov, A.N.Kononov, A.K.Vorovkov, I.Y.Krachkovskiy, N.A.Baskakov, V.I.Belyayev, A.Fitrat, J.Gerxard, A.N.Bernshtam, S.Umurzoqov, S.Volin kabi olimlarning tadqiqotlarini aytib o'tish mumkin.

Akademik V.V.Bartold rus tadqiqotchilari orasida birinchilardan bo'lib "Devonu lug'otit turk"ni o'rgangan va unga sharh yozgan olim hisoblanadi. S.E.Malov, I.Y.Krachkovskiy, Juze kabi olimlar "Devon"ga bag'ishlab maqolalar yozishgan bo'lsa, I.N.Umnyakov va S.Volin "Devon" ni kartografiyaga oid jihatlarini o'rganishgan.

68 Caybulla Babayar. Biruni ve Kashgarali Mahmud'un Bazi O'rta Asia Yer Adlarini Turklerle ilishkilendirmesi Uzerine//Mahmud Kashgari 1000 Dodum Yildonomu Dolaysila Uluslar arasi. Divanu Lugatit-Turk. Sempoziyomu Ayribasim. Istanbul. 2008.s.313-321

69 Caybulla Babayar. Biruni ve Kashgarali Mahmud'un Bazi O'rta Asia Yer Adlarini Turklerle ilishkilendirmesi Uzerine//Mahmud Kashgari 1000 Dodum Yildonomu Dolaysila Uluslar arasi. Divanu Lugatit-Turk. Sempoziyomu Ayribasim. Istanbul. 2008. B.319

70

155

A.Fitrat esa asarni tilshunosliqk va tarixiy jihatlarini yoritib bergan. Ikkinchisi - XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan tadqiqotlar. G'.Abdurahmonov, S.Mutallibov, A.Y.Yakubovskiy, A.M.Shcherbak, S.K.Ibrohimov, M.Q.Hamroyev kabi olimlar tadqiqot olib borishgan.

Solih Mutallibov "Devon"ni o'zbek tiliga to'liq tarjima qilgan bo'lsa,

A.E.Yakubovskiy, A.M.Shcherbak kabi olimlar asarga yuksak baho berib, til va kartografik jihatdan o'rganishgan. S.Q.Ibrohimov esa devonga bag'ishlab maqolalar yozgan.

Uchinchisi- "Devonu lug'otit turk" yuzasidan mustaqillik yillarida A.Aliyev, Q.Sodiqov, V.Valixo'jayev, X.Dadaboyev, Q.Qarimov, A.Muxtorov, U.Tursunov,

B.O'rinboyev, J.Xudoyberdiyev, G'.G'ofurov, Z.Saidboyevlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.

J.Xudoyberdiyev va G'.Abdurahmonovlar "Devonu lug'otit turk"ni o'rganilishiga oid tadqiqotlar olib borishgan bo'lsa, Z.Saidboboyev"Devon"dagi kartografik ma'lumotlarni o'rgangan.

Mazkur tadqiqotlar "Devonu lug'otit turk"ni o'rganishimizga nihoyatda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ham "Devon" bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va kelgusida ham olib borilishiga ishonchimiz komil.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xudoyberdiyev J. Mahmud Koshg'ariy hayoti va uning,,Devonu lug'otit turk" bo'yicha yaratilgan asarlari ko'rsatkichi.-T.:Akademnashr. 2011. B-12

2. Xudoyberdiyev J.,,Devonu lug'otit turk"ning O'zbekistonda o'rganilishi.// Tilshunoslikning dolzarb masalalari-T.2008.B-69

3.Caybulla Babayar. Biruni ve Kashgarali Mahmud'un Bazi O'rta Asia Yer Adlarini Turklerle ilishkilendirmesi Uzerine//Mahmud Kashgari 1000 Dodum Yildonomu Dolaysila Uluslar arasi. Divanu Lugatit-Turk. Sempoziyomu Ayribasim. Istanbul. 2008.s.313-321

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.