Научная статья на тему 'DETALLARNI KESISHDA SOVUTISH-MOYLASH SUYUQLIGINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

DETALLARNI KESISHDA SOVUTISH-MOYLASH SUYUQLIGINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
662
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mashinasozlik sanoati / sovutish-moylash suyuqligi tarkiblari / melal kesish dastgohlari / tokarlik va kesish dastgohlarida ishlatiladigan keskichlar. / Mechanical engineering / coolant (lubricating fluid) / cutters used in lathes and cutting machines.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Xusanboy Baxtiyor O‘G‘Li Xaydarov, Oybek Abdullajonovich Abdujabborov, Mavlyudaxon Maxamadjonovna Xodjimuxamedova

Ushbu maqolada hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni,metallarga mexanik ishlov berishning usullari, bu jarayonda ishlatiladigan har xil jihozlar va kesuvchi asboblar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE LUBRICANT-COOLING LIQUID WHEN CUTTING PARTS

This article will tell about the process of cutting metals and non-metallic materials in modern mechanical engineering, about the methods of metal machining, about various equipment and cutting tools used in this process.

Текст научной работы на тему «DETALLARNI KESISHDA SOVUTISH-MOYLASH SUYUQLIGINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

DETALLARNI KESISHDA SOVUTISH-MOYLASH SUYUQLIGINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Xusanboy Baxtiyor Oybek Abdullajonovich Mavlyudaxon Maxamadjonovna o'g'li Xaydarov Abdujabborov Xodjimuxamedova

Andijon mashinasozlik instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni,metallarga mexanik ishlov berishning usullari, bu jarayonda ishlatiladigan har xil jihozlar va kesuvchi asboblar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Mashinasozlik sanoati, sovutish-moylash suyuqligi tarkiblari, melal kesish dastgohlari,tokarlik va kesish dastgohlarida ishlatiladigan keskichlar.

STUDY OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE LUBRICANT-COOLING LIQUID WHEN CUTTING PARTS

ABSTRACT

This article will tell about the process of cutting metals and non-metallic materials in modern mechanical engineering, about the methods of metal machining, about various equipment and cutting tools used in this process.

Key words: Mechanical engineering, coolant (lubricating fluid), cutters used in lathes and cutting machines.

KIRISH

Mashinasozlik xalq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri deb hisoblanadi. Uning mahsulotlaridan foydalangan holda boshqa tarmoqlar rivojlanadi. Mashinalarni loyihalash va ishlab chiqarish mashinasozlikning asosini tashkil etadi. Ular ish unumdorligini, mehnat samaradorligini va mahsulot sifatini oshiradilar.

Zamonaviy mashinalarga yuqori talablar qo'yilgan. Bu talablardan asosiylari: yuqori aniqlik va tezlik; issiqlikka chidamlilik; kichik vazn va hajm; mustahkamlik va ishonchlilikdir.

Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va texnologik savollarni qisqa vaqt ichida echish masalasini qo'ymoqda. O'zining turmush hayotida metall buyumlardan foydalana boshlangandan beri odamlar uni quyish, ishlov berish va undan foydali yig'ma hosil qilishga harakat qilganlar.

96

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ASOSIY QISM

Hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni xilma xildir. Metallarga mexanik ishlov berishning usullari ko'p. Buning uchun har xil jihozlar va kesuvchi asboblar ishlatiladi. Masalan, metall qirqish dastgohlari XII asrdayoq paydo bo'lgan.

Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan mashinalarga aytiladi.

Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlarpi bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yuqori sifatli va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani qollanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarni, o'lchamlari bir necha metrlarga eytadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarkibiga juda ko'p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi.

Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda.

Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va shakllari mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar bilan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi.

Sovutish-moylash suyuqliklari tarkibini tanlashda suyuqlik asbob va keskich materiallarini yaxshi namlashi, materiallar ichiga kirishi yaxshi bo'lishini inobatga olish kerak. Detalll va asboblarning yuzalarini suyuqlikning yaxshi namlashi xususiyati, Sovutish-moylash suyuqliklarini yog'lash, yuvish, sovutish, o'zgaruvchanlik xususiyatlarini shakllanishiga dastlabki shart-sharoit xisoblanadi. Yomon namlovchanlik sovutish-moylash suyuqliklarini kesish jarayoni tasiriga shubxa uyg'otadi. Kesish jarayonida asbob va ishlov beriladigan yuzani namlanishi katta tezlik bilan amalga oshishi kerak. Namlanish tezligini qattiq tananing gorizontal yuzasidan tomayotgan suyuqlik tomchilari tezligiga qarab baho berish mumkin. Suyuqliklarni oqish tezligi, ishlov berilayotgan yuza g'adir- budurligiga va asbob tig'i yuzasiga (notekislik burchagi va balandligi va boshqalar), qovushqoqligiga va suyuqlikning sirt

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

taranglik kuchiga bog'liq. Sovutish-moylash suyuqliklarining kesuvchanlik xususiyatlari deganda ishlov berilayotgan metallning yupqa yuza qatlamini suyuqlik muhiti ta'sirida mustaxkamligi pasayishi(yumshashi) tushuniladi. Ishlov berilayotgan materialning yuza energiyasining pasayishi xisobiga uning oquvchanlik chegarasi, siljishlarga qarshiligi va kesish kuchi kamayadi. Kontakt yuzalarning g'adir-budurligiga ruxsat etilgan eyilish bilan kesuvchi asbobning bardoshliligini bog'lovchi aloqa tenglamalari taklif qilingan. Komponentlarning funktsional xususiyatlariga qarab tanlab olish maqsadga muvofiq ekanligi ko'rsatib o'tilgan, bu gidravlik suyuqliklar uchun avtomobil va aviatsiya yog'lariga qo'shimchalarni sintezi bilan shug'ullanayotgan sovutish-moylash suyuqliklarini ishlab chiqishga ko'plab mutaxasislarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Sovutish-moylash suyuqliklarini tanlash va ishlab chiqish usulublari taklif qilingan. Sovutish-moylash suyuqliklarini yog'lash xususiyatlari natijalarini va ayrim yangi sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga qo'shish uchun tanlab olingan qo'shimchalarning miqdoriy bahosi keltirilgan.

Rebinder effekti tabiatda, texnikada va ilmiy izlanishlar amaliyotida kuzatilayotgan ko'plab hodisalar asosida yotadi. Absorbsiya xisobiga yuza energiyasi kamayadi, bu kuchlanishlar ostida bo'lgan atomlararo bog'lanishlarni uzishni osonlashtiradi. Bo'linishlar zonasida yoriqlarni tarqalish sxemasiga mos ravishda YFM (yuzaki faol modda) atomi-metall atomi bog'lamasini metal atomi YFM atomi bog'lamasiga almashtiradi, natijada metal mustahkamligi keskin pasayadi. Ayrim YFM lar metal kristal strukturasini buzilishigacha olib boradi. YFM molekulalari kesish jarayonida hosil bo'lgan mikro yoriqchalarga o'rnashib oladi, misoli ponaday uni yoradi. Kesish jarayonida atomlararo bog'lanishlarning kuchsizlanishi ishlov berilayotgan metallni deformatsiyalanishini va uzilishini osonlashtiradi.

Rebinder effektining paydo bo'lish shakli ishlov berilayotgan metallning kimyoviy tabiati, uning strukturasi, kesish shartlariga bog'liq. Bu effekt quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin: adsorbsiyalangan malham sifatida(plastik deformatsilanishni engillashtirib), absorbsiyalanib mustaxkamlikni pasayishi va qatiq tana strukturasini o'z o'zidan o'zgarishi ko'rinishida.

Rebinder effekti molekulyar tabiatiga ko'ra qattiq jisimlarga yaqin suyuqliklar qo'llanilganda kuchliroq namoyon bo'ladi. Shuni xisobga olish kerakki suyuqlikning komponentlari qattiq tana bilan reaksiyaga kirishadigan bo'lsa, mustaxkamlikning absorbsion kamayishi effekti kuzatilmaydi.

Muxitning (masalan, kesish jarayoni) ishtirokida mexanik kuchlanishlar ta'siri ostida paydo bo'lishi mumkin. Mana shu Rebinder effektining qattiq tanalar mexanik xususiyatlariga ta'sir etuvchi boshqa hodisalar muxitining ta'siridan tubdan farq qilishini ko'rsatadi, jumladan, zanglash va eritma hosil bo'lish jarayonlari-tananig

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

parchalanishi mexanik kuchlanishlar bo'lmagan holatda muxitning ta'siri ostida sodir bo'ladi. Sovutish-moylash suyuqliklari sovitish xususiyatlari asboblar turg'unligiga, ishlov aniqligiga, yuza g'adir-budurligiga, yuza qatlamidagi qoldiq kuchlanishlarga va boshqalarga ta 'sir qiladi. Ular sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga, alohida komponentlarningfizik-kimyoviy va issiqlikfizik kattaliklariga bog'liq bo 'ladi. Organik va mineral tuzlar bug'plyonkasi turg'unligini kamaytirishi mumkin. Sovutish-moylash suyuqliklari sovutish qobilyatiga qovushqoqlik, issiqlik o'tkazuvchanlik, solishtirma issiqlik sig'imi, uning komponentlari bug'lanish issiqligi ta'sir ko'rsatadi. Metallarni yuqori tezliklarda qattiq qotishmali asboblardan foydalanib kesishda sovutish-moylash suyuqliklarini mo'l-ko'l qilib va uzluksiz quyish tavsiya etiladi. Ayrim operatsiyalarda , masalan frezalash jarayonida qattiq qotishmali plastinalarni tez tez qaytariluvchi kirish-chiqishlari xisobiga siklik kuchlanishlarni ortishi yoriqchalar hosil bo'lishiga va asboblar turg'unligini pasayishiga olib keladi. To'g'ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari ishqalanish kuchini va kesish kuchini kamaytiradi, bu esa ajralayotgan issiqlikni pasaytiradi. Kesish jarayonida asosiy issiqlik manbai strujka hosil bo'luvchi zonalar va asbobning old va orqa uchastkalari, qaysiki ishlov berilayotgan yuza va strujkani kontakt yuzalari xisoblanadi. Issiqlik ajralishi kesish tezligi ortishi bilan va ozroq uzatish va chuqurlikning ortishi bilan ortadi. Issiqlikning ajralishi plastik materiallarga (po'latlarga) ishlov berishda, mo'rt materiallarga (cho'yanga) ishlov berishga qaraganda ko'proq bo'ladi.

XULOSALAR

1. Sovutish-moylash suyuqliklarini turli operatsiyalarda sinab ko'rildi: tokarlik, parmalash, rezba ochish va tokarlik-vint o'yish va ko'ndalang parmalash stanoklarida. TiC va TiN yeyilishga bardoshli qoplamali BK8 qattiq qotishmali plastinalar bilan qurollangan P18, P6M5 tez kesuvchi po'latdan tayorlangan asboblardan foydalanildi. Po'lat 45 materialiga ishlov berildi. Noto'g'ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari strujkaning tayanch tomonini qattiq bo'lib qolishiga sabab bo'ladi va natijada asbobning turg'unligini pasaytiradi

2. To'g'ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari ishqalanish kuchini va kesish kuchini kamaytiradi, bu esa ajralayotgan issiqlikni pasaytiradi. Kesish jarayonida asosiy issiqlik manbai strujka hosil bo'luvchi zonalar va asbobning old va orqa uchastkalari, qaysiki ishlov berilayotgan yuza va strujkani kontakt yuzalari hisoblanadi. Issiqlik ajralishi kesish tezligi ortishi bilan va ozroq uzatish va chuqurlikning ortishi bilan ortadi. Issiqlikning ajralishi plastik materiallarga (po'latlarga) ishlov berishda, mo'rt materiallarga (cho'yanga) ishlov berishga qaraganda ko'proq bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Rebinder effekti molekulyar tabiatiga ko'ra qattiq jismlarga yaqin suyuqliklar qo'llanilganda kuchliroq namoyon bo'ladi. Shuni xisobga olish kerakki suyuqlikning komponentlari qattiq tana bilan reaksiyaga kirishadigan bo'lsa, mustaxkamlikning absorbsion kamayishi effekti kuzatilmaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Смазочно-охлаждающие технологические средства для обработки металлов резанием: Справочник / Под общей ред. С.Г. Энтелиса, E.M. Берлинера. - M.: Машиностроение, 1986, - 352 с..

2. Бердичевский У.Г. Смазочно-охлаждающие средства для обработки материалов. Справочник. М.: Машиностроение, 1984, - 224 с.

3. Norkhudjayev, F. R., Mukhamedov, A. A., Djalolova, S. T., Ergashev, D. M., & Hudayberdiyev, O. R. (2020). Technological capabilities of application of thermocyclic processing (Tcp) tool steel. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(8),

4. Акбаров, Х. У., Абдуллаев, Б. И., & Мирзаев, М. А. У. (2021). АКУСТИК СИГНАЛЛАРДАН ФОЙДАЛАНГАН ^ОЛДА КЕСИШ ЖАРАЁНИДА КЕСУВЧИ АСБОБ МАТЕРИАЛЛАРИ ТАЪСИРИНИ ВА КЕСИШ ШАРОИТЛАРИНИ УРГАНИШ. Scientific progress, 2(2), 1614-1622. 5^ Turakhodjaev, N., Kholmirzaev, N., Saidkhodjaeva, S., & Kasimov, B. (2021). Quality improvement of the steel melting technology in an electric arc furnace. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(7), 48-54.

6. Murat o'g'li, K. B. (2021). Experimental Determination of the Depth and Degree of Riveting of the Surface Layer of Batan Teeth. Middle European Scientific Bulletin, 18,

7. Norkhudjayev, F. R., Mukhamedov, A. A., & Ergashev, D. M. (2019). FEATURES OF THERMAL PROCESSING OF INSTRUMENTAL ALLOYED STEELS. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15(2), 68-71.

8. Акбаров, Х.У. (2020). МАТЕМАТИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ ПОГРЕШНОСТЕЙ ОБРАБОТКИ НА ПРЕЦИЗИОННЫХ ТОКАРНЫХ СТАНКАХ С ЧПУ. Universum: технические науки, (11-1 (80)), 49-51.

9. N Kholmirzaev, B Kasimov, B Abdullayev, A Sunnatillo.- media.neliti.com INCREASING THE LIFETIME OF TILLAGE MACHINE OF PLOWSHARES MADE STELL MADE BY FOUNDRY TECHNOLOGIES Page 1 NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 7, ISSUE 11, Nov.

1866-1874.

169-171.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

10. Норхуджаев, Ф. Р., & Эргашев, Д. M. (2020). ТЕРМОЦИКЛИЧЕСКАЯ ОБРАБОТКА (ТЦО) НЕТЕПЛОСТОЙКИХ ИНСТРУМЕНТАЛЬНЫХ СТАЛЕЙ. Univereum: технические науки, (ll-l (80)), 73-77.

11. Norkhudjayev, F. R., Mukhamedov, A. A., Khudayberdiev, O. R., Ergashev, D. M., & Norkhudjayeva, R. F. (2020). Development of Machine-Building Materials and Details of Machines from the Powders received from Waste of Raw Materials in the Industry of Uzbekistan. Test Engineering and Management, 83(5-б), б39-б4б.

12. Акбаров, Х. У., & Акбаров, Т. Х. (20l9). Математическая модель погрешностей обработки на токарном станке с ЧПУ (Doctoral dissertation, Белорусско-Российский университет).

13. Норхуджаев, Ф. Р., Худайбердиев, О. Р., & Абдукаримов, М. Р. У. (2021). РАЗРАБОТКА МАШИНОСТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ И ДЕТАЛЕЙ МАШИН ИЗ ПОРОШКОВ ПОЛУЧЕННЫХ ИЗ ОТХОДОВ СЫРЬЯ ПРОМЫШЛЕННОСТИ УЗБЕКИСТАНА. Scientific progress, 2(2), 530-542.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.