Научная статья на тему 'DAVRIYLIK FIZIKA TA’LIMINING PEDAGOGIK QONUNIYATI SIFATIDA'

DAVRIYLIK FIZIKA TA’LIMINING PEDAGOGIK QONUNIYATI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
42
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
N.F.Talizina / ta’lim jarayoni logikasi / M.A.Danilov / «davriy boshqaruv» / «didaktik davr» / «o‘qitish davri» / Psixologik va didaktik tadqiqot / didaktika.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Shahzod Sayfiddin O‘Gʻli Isroilov

Pedagogikaning hozirgi taraqqiyot bosqichida didaktik bilimlarni rivojlantirish, ularni yangilashning asosiy yo‘llaridan biri ta’limning davriyligini asoslashdir. Zotan, ta’limning davriyligi pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining markaziy muammosi bo‘lib, uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslash ta’lim jarayoni xususidagi tasavvurlarning kengayishi, didaktik hodisalar to'g'risidagi qarashlaming rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVRIYLIK FIZIKA TA’LIMINING PEDAGOGIK QONUNIYATI SIFATIDA»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

DAVRIYLIK - FIZIKA TA'LIMINING PEDAGOGIK QONUNIYATI

lW

>

SIFATIDA

<:>9 ]> j )> •:>

Shahzod Sayfiddin o'g'li Isroilov

Navoiy viloyati Navbahor tumani

27-umumiy o'rta ta'lim maktabining fizika fani oqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6954502

ß-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Pedagogikaning hozirgi taraqqiyot bosqichida didaktik bilimlarni rivojlantirish, ularni yangilashning asosiy yo'llaridan biri ta'limning davriyligini asoslashdir. Zotan, ta'limning davriyligi pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining markaziy muammosi bo'lib, uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslash ta'lim jarayoni xususidagi tasavvurlarning kengayishi, didaktik hodisalar to'g'risidagi qarashlaming rivojlanishi uchun ijobiy ta'sir etadi.

Kalit so'zlar: N.F.Talizina, ta'lim jarayoni logikasi, M.A.Danilov, «davriy

>

*

boshqaruv», «didaktik davr», «o'qitish davri», Psixologik va didaktik tadqiqot, didaktika.

*

m?

Davriylik tabiat, jamiyat va ong hodisalarida amal qiladigan umumiy qonuniyat bo'lib, jarayonlarning uzluksiz takrorlanishi, ularning takrorlana turib, rivojlanishini ta'minlaydi. Fasllar almashinuvi qishdan keyin bahor, bahordan keyin yozning kelishi davriylik qonuniyatiga ko'ra yuz beradi. Shubhasiz, maktabda fizika ta'limi ham o'z davrlariga ega. Ammo bu masala haligacha didaktikada alohida, mustaqil muammo sifatida ilmiy o'rganilgan emas. Psixologik va didaktik tadqiqotlarda «davriy boshqaruv», «didaktik davr», «o'qitish davri» kabi atamalar ishlatiladi. Ammo bu atama va ularga oid tushunchalarning ma'nolari atroflicha tahlil qilinib, har birining o'ziga xos mazmuni chegaralanganicha yo'q. Taniqli didakt olim M.A.Danilov birinchilardan bo'lib, «ta'lim jarayoni logikasi», «ta'lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlari», «ta'lim jarayoni bo'g'inlari» kabi qator tushunchalarni asoslagan edi. Uning ta'kidlashicha, ta'lim jarayoni logikasi o'quv predmeti mazmuni va uni o'zlashtirish psixologiyasining o'zaro qo'shilib ketishidan iborat, ta'lim

J-jt

jarayoni harakatidagi eng kichik birlik, ta'limda o'quvchilar oldiga qo'yilgan

intellektual va amaliy topshiriqlar ta'lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlaridir. T a'lim jarayonida qo'yilgan intellektual va amaliy topshiriqlar, o'quv muammolari va mustaqil ishlar o'zining murakkabligi, qiyinligi bilan o'quvchi ongida bilish-

w*'

! K*

o'rganishga oid ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi ongida amal qiladigan ziddiyatlar ikki turli bo' lad i: 1. Salbiy ziddiyatlar. Ziddiyatlarning bu

cu i icu 11cuaigcii i Z.IUU1J ciiicii irv rv i iui 11 uu iciu i. i . ucuuij ¿IUUIJ ciucii. ¿JIUUIJ ciiiciiiinig ULI

turi o'z vaqtida bartaraf etilishi zarur. Negaki, ular ta'limning, binobarin, o'quvchilar

bilishi va o'rganishining oqilona kechishiga to'sqinlik qiladi. 2. Ijobiy ziddiyatlar.

31><}>

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

Ta'lim jarayonining oqilona harakat qilishi uchun zarur, kerakli ziddiyatlar.

Ziddiyatlarning bu turi bartaraf qilinmaydi, aksincha, ular ta'limda maxsus usullar orqali shakllantiriladi, hatto tashkil etiladi. Ijobiy ziddiyatlarni qiyin jarayon sifatida

--------^----^^^ ---------L-J—J——

sezish, ularni hal qilishga intilish o'quvchilarni mustaqil fikrlash, tafakkur va xotiraga

•m-4 j

zo'r berib aqliy hamda amaliy muammolarni samarali yechishga yetaklaydi. Ta'lim jarayonidagi pozitiv - kerakli ziddiyatlar o'quv-tarbiya ishlari rivojining harakatlantiruvchi kuchlaridir. N.F.Talizinaning dasturlashtirilgan ta'lim

muammolariga oid izlanishlarida «davriy boshqaruv» atamasi ishlatilib, unda o'quvchilar o'zlashtirishi mo'ljalga olingan. Uning fikricha, ta'limda ko'zlangan oxirgi natijaga erishish uchun shu natijaga olib keluvchi jarayon boshqarilishi shart. Chunki oxirgi natijani boshqarib bo'lmaydi. L.Ya.Zorina «didaktik davr» atamasini umumiy didaktika nuqtayi nazaridan qo'llagan. «Ta'lim, - deb yozadi u, - o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro bog'liq harakatlari tizimidir. Uni ma'lum vaqt ishga tushirish uchun shunday birlikni ajratish kerakki, unda yaxlitlikning mohiyati aks etsin.

Vnvll+1lVni A'f7inn nl/-f1 ûffl rrrnn O nnnrl OT T Kl ft 1 l/m rlirlnlH-l It" rl r»T J-f nan n+OT fmi r-w\\ T^iHoIH-iIa

Yaxlitlikni o'zida aks ettirgan shunday birlikni didaktik davr deb ataymiz». Didaktik

davr ma'lumot mazmunining bir qismini talab darajasida optimal o'zlashtirish vazifasini bajaradi. Olima shu fikrga asoslanib, ta'lim jarayonida beshta davrni ajratgan: didaktik vazifalami qo'yish va ulami o'quvchilarning qabul qilishi; o'quv

ïw -

materialining bir qismini e'lon qilish va uni o'quvchilarning ongli idrok qilishi; yangi bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni tashkil qilish va uni o'quvchilarning tatbiq qilishi; teskari aloqani o'rnatish va o'quvchilarning o'z-o'zini nazorat qilishi; o'quvchilarni maktabdan tashqari faoliyatga tayyorlash. L.Ya.Zorina ajratgan birliklarni didaktik davr yoki sikl sifatida qabul qilib bo'lmaydi. Ular M.A.Danilov tadqiqotlarida asoslangan ta'lim halqalari — aktlarini eslatadi. Davr nisbatan keng, mazmundor hodisa bo'lib, o'zida ta'lim aktlari, bosqichlari tizimini qamrab oladi. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa, ta'lim davrlarini ajratish o'lchovlarini belgilamasdan turib, ta'lim jarayoni davrlari xususida fikr yuritish mumkin emas. Shu bilan birga, o'rganilgan o'quv materialining o'quvchilar faoliyatida takrorlanish shakli, maqsadi, vositasi, natijalarini oldindan qayd etmasdan turib, ta'lim jarayoni davrlari xususida fikr yuritish qiyin. M.V.Klarin «o'qitish davri» atamasini pedagogik texnologiya g'oyalari nuqtayi nazaridan qo'llagan. Fikrimizcha, «o'qitish davri» atamasi o'qitish faoliyati -

J-jt

o'qitishga ishora. Uning yozishicha, o'qitish davrining quyidagi holatlari mavjud: ta'limning umumiy maqsadini belgilash; ta'lim maqsadini umumiy shakllantirishdan aniqlashtirishga o'tish; o'quvchining tayyorgarlik darajasini tashxislash - diagnozlash; o'quvchilar bilimini korreksiyalash; natijani tekshirish. Shu bosqichlarga ko'ra ta'lim «model» xarakterini oladi. M.V.Klarin «model» atamasini o'qitishning berilgan vaqt mobaynida takrorlanib, bir holatdan yangi, rivojlangan sifatga o'tishini tavsiflash

uchun ishlatgan. U ta'lim jarayonining shu sifati - oldingi holatdan yangi holatga

„u^u^______________j____... „,11_____

o'tishini nazarda tutib, «o'qitishning takrorlanadigan davri» iborasini qo'llagan Ba'zi

31><}>

u>,* ^ t<ns

ы> >>

* : >

й*

>>

^ >3> 1

I ]>■ у.

и>

>3»

ЩУ

Ы>

< >S# ♦g*

эй Ы )> Я*

Ы>

Ы )>

• >4>

+И >

щ

ш>

ЭЙ* *ф>

>€>

Ы >

i >j>

+H >

л w> -

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

taqdiqotlarda maqsad, vosita, natija kategoriyalariga rioya qilib, ta'limning davriyligini asoslashga harakat qilingan. «Didaktika» darsligida yozilishicha, ta'lim jarayoni akt, bosqich, davrlardan iborat. Akt - ta'lim jarayonining eng kichik birligi. Ta'lim jarayoni aktlari rivojlanib, ta'lim bosqichlariga, bosqichlar taraqqiy etib davrlarga aylanadi. Ta'limning davriy harakatini ikki yo'l bilan tavsiflash mumkin: umumiydan xususiyga qarab borish yo'li bilan ta'lim hodisalarini bayon qilish. Bu yo'l bilan ta'lim jarayoni o'rganilganda ta'lim jarayoni to'g'risidagi umumiy tasavvurdan uning akt, bosqich, davrlariga qarab boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Bozorova S., Norov Sh. Fizika darslarida ta'lim samaradorligini oshirish usullari// Xalq ta'limi. -2003. №4.

2. Qahhorov S.Q. Fizika ta'limida o'quvchilarning biluv faoliyatini davriy boshqarish. - Buxoro, 2003.

3. www.ziyouz.com

>> Ы*

jW^ y

q ж**

ЩУ>

!> О

j

Шщ

* I l>

.J

qj

q )йн. >

Ы:>

»V>

и*-

q

Ш >

q

Щ >

Ш >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

m >

i> * q

Ц >р

-^fV-liT f---^SfV-^ï f.—

195

Ъ}> q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.