Научная статья на тему 'DAVLATNING KELIB CHIQISHI TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYALAR: MADANIY OMILLARNING USTUVORLIGI MASALALARI'

DAVLATNING KELIB CHIQISHI TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYALAR: MADANIY OMILLARNING USTUVORLIGI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
631
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / davlatchilik / teokratik davlat / huquqiy davlat / diniy mamlakatlar / konsepsiya / diniy mifologik qarashlar / davlatchilikka formatsion yondashish / ijtimoiy formatsiya. / state / statehood / theocracy / rule of law / religious countries / concept / religious mythology / modern approach / social format.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ismayilov, Akmal Zidillayevich

Ushbu maqolada davlat, xususan huquqiy davlatning kelib chiqishi borasidagi ayrim tarixiy qarashlarga alohida to‘xtalib o‘tiladi. SHuningdek, davlatning kelib chiqishida madaniy omillarning o‘rni va roli asosiy bo‘lganligiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORIES OF THE ORIGIN OF THE STATE: ISSUES OF THE PRIORITY OF CULTURAL FACTORS

This article highlights some of the historical views of the state, in particular, the origin of the rule of law. The role and importance of cultural factors in the origin of the state is also emphasized.

Текст научной работы на тему «DAVLATNING KELIB CHIQISHI TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYALAR: MADANIY OMILLARNING USTUVORLIGI MASALALARI»

DAVLATNING KELIB CHIQISHI TO'G'RISIDAGI NAZARIYALAR: MADANIY OMILLARNING USTUVORLIGI MASALALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11661154

Ismayilov Akmal Zidillayevich

Perfect university oliy ta'lim tashkiloti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada davlat, xususan huquqiy davlatning kelib chiqishi borasidagi ayrim tarixiy qarashlarga alohida to'xtalib o'tiladi. SHuningdek, davlatning kelib chiqishida madaniy omillarning o 'rni va roli asosiy bo 'Iganligiga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: davlat, davlatchilik, teokratik davlat, huquqiy davlat, diniy mamlakatlar, konsepsiya, diniy mifologik qarashlar, davlatchilikka formatsion yondashish, ijtimoiy formatsiya.

ТЕОРИИ ПРОИСХОЖДЕНИЯ ГОСУДАРСТВА: ВОПРОСЫ ПРИОРИТЕТА КУЛЬТУРНЫХ ФАКТОРОВ АННОТАЦИЯ

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещаются некоторые исторические взгляды государства, в частности, происхождение верховенства права. Также подчеркивается роль и значение культурных факторов в происхождении государства.

Ключевые слова: государство, государственность, теократия, правовое государство, религиозные страны, концепция, религиозная мифология, современный подход, социальный формат.

THEORIES OF THE ORIGIN OF THE STATE: ISSUES OF THE PRIORITY OF CULTURAL FACTORS

ABSTRACT

This article highlights some of the historical views of the state, in particular, the origin of the rule of law. The role and importance of cultural factors in the origin of the state is also emphasized.

Keywords: state, statehood, theocracy, rule of law, religious countries, concept, religious mythology, modern approach, social format.

KIRISH

Ijtimoiy, jumladan siyosiy va huquqiy hodisalarni bilish ijtimoiy voqealikni muayyan falsafiy tushunish doirasida ham yuz beradi. Ilgari barcha ijtimoiy hodisalarni bilish tarixni materialistik tushunish doirasida olib borilar edi. "Hamma narsa, - deydi yu.f.d., prof. H.Boboev, - shu jumladan, davlat, huquq, qonun, siyosat ham faqat yagona o'lchov bilan o'lchanishi va yagona usul bilan, ya'ni materialistik nuqtai nazardan va marksizm-leninizm ta'limotiga binoan o'rganilishi kerak edi. Unga mos kelmaydigan har qanday ta'limot va shu jumladan davlat va huquq haqidagi dunyoqarash shafqatsiz tanqid qilinib, "boshqacha" fikrlovchilar ta'qib ostiga olindilar"[1, 3]. Shuning uchun ham mamlakatimizda ushbu tushunishning dialektik inkori sifatida tarix, jumladan huquqni dialektik madaniy tushunish shakllana boshladi. Bu haqda yu.f.d., prof. Z.M.Islomov shunday yozadi: "Huquq kishilar o'rtasidagi munosabatlarning muayyan jihatlaridir. Ular ob'ektiv xususiyatga ega. Aslida kishilar o'rtasidagi aksariyat munosabatlar ongli, maqsadli xususiyatga, ya'ni madaniy ahamiyatga molik bo'ladi. Bunday munosabatlarni muayyan darajada tushunishga asoslanib, muayyan normalarda aks ettirish ham madaniy jarayondir. Shu bois keyingi vaqtda tarix, jumladan, huquqni dialektik madaniy tushunish ham tarkib topmoqda"[2, 18]. Shuningdek, fanda davlatchilikka substansional yondashish ham qaror topmoqda[3, 543-551]. Ammo huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga substansional yondashish tarixni dialektik madaniy tushunish doirasida alohida holida tadqiq qilinmagan.

Markaziy Osiyo, jumladan o'zbek xalqining davlat mustaqilligiga erishganligi mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yangi tuzum - demokratik fuqarolik jamiyatiga xos yangilanishlarning ulkan istiqbollarini ochib berdi. Jahon tajribalaridan ma'lumki, ozodlikni qo'lga kiritgan har bir xalq o'z taraqqiyot yo'lini izlaydi va yangi jamiyat qurishda milliy davlatchilikning huquqiy tizimini ishlab chiqishga intiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Davlat, fuqarolik va jamiyatning o'zaro bog'liqligi kabi masalalarga Sharqda qadimdan boshlab eng yangi davrga qadar Konfutsiy, Mao Shao, Li Gou, Nizomulmulk, Kaykovus, Mahmud Qoshg'ariy, YUsuf Xos Hojib, Farobiy, Burxoniddin Marg'inoniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, XIX-XX asrlarda Axmad Donish, Fitrat, Behbudiy, Cho'lpon kabi davlat arbobi va allomalar o'z davriga monand holda e'tibor berishganlar.

G'arbda qadimgi davrdan hozirgi davrgacha davlat, jumladan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati masalalariga Salon, Pifagor, Platon, Aristotel, N.Makiavelli, G.Grotsiy, B.Spinoza, Dj.Milton, O.Sidney, T.Gobbs, J.Lokk, SH.Monteskyo,

J.Russo, I.Kant, V.Fon. Gumboledt, G.Gegel, D.Jefferson, A. de Tekvil, K.Popper, N.Berdyaev, N.Karkunov, V.Solovev, S.Alekseev, D.Kerimov, V.Nersesyans, K.Gadjiev, Yu.Xabermas, V.Ilin, A.Solovev, Yu.Rednik kabi mutafakkir va tadqiqotchilar ham e'tibor berishganlar.

Mustaqil O'zbekistonda davlat, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati va huquqiy ong masalalari asosan yuridik va qisman siyosiy adabiyotlarda ishlandi. Bu borada A.A.A'zamxadjaev, A.A.Azizxadjaev, H.B.Boboev, Z.M.Islamov, H.T.Odilqoriev, A.Raxmonov, U.Tajixanov, J.U.Toshqulov, A.Saidov, R.Qayumov, E.X.Xalilov, SH.Z.O'razaev, M.M.Fayziev, SH.Mamadaliev, K.V.Djavakova, F.Musaev va boshqalarning xizmatlari kattadir. Demak, davlat, huquqiy davlat va huquqiy ong masalalari o'tmish davrlardan boshlab mutafakkirlarning e'tiborini tortgan. Ammo bugungi kunda mazkur masalalar ijtimoiy falsafa sohasida kam o'rganilmoqda. Holbuki, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va huquqiy ong masalalarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish bu haqdagi siyosiy va huquqiy ta'limotlarga nisbatan uyg'unlashtiruvchi (koordinatsion), ya'ni metodologik kuchga ega bo'lishi kerak. Ushbu ilmiy bo'shliqni to'ldirish uchun esa, bizningcha, hozirgi kunda mazkur masalalarga substansional yondoshish lozim, deb o'ylaymiz.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to'g'risidagi ta'limotlarning falsafiy metodologik darajasining ikkinchi qismi ijtimoiy falsafadir. Ijtimoiy falsafa jamiyat mavjudligi, taraqqiyoti va amal qilishining umumiy qonunlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi fan ekan, u ham ijtimoiy ontologiya, ijtimoiy dialektika va ijtimoiy falsafiy bilish nazariyalaridan iborat.

NATIJALAR

Davlatning, jumladan, huquqiy davlatning paydo bo'lishi to'g'risidagi qarashlar ham o'z tarixiga ega. Agar qadimgi davrda diniy-mifologik dunyoqarash, o'rta asrlarda diniy dunyoqarash ommaviy ravishda keng quloch yoygan va ustunlik qilgan bo'lsa, yangi davrdan boshlab dunyoviy falsafiy dunyoqarash ommaviylashib bordi. Xuddi o'z vaqtida ustuvor, ommaviy bo'lgan dunyoqarash bosqichlariga bog'liq holda va keyinchalik ijtimoiy amaliyot, fan va texnika yutuqlariga bog'liq holda davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi konsepsiyalar ham yuzaga kelgan. Bu borada biz quyidagi fikrlarni ilgari surmoqchi edik: davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi birinchi konsepsiya diniy-mifologik bo'lsa, ikkinchisi esa diniy konsepsiyadir. Diniy nazariya davlatning kelib chiqishini yakka xudo bilan bog'laydi, uning ijodiy faoliyati natijasi sifatida qaraydi, "shohlik ham xudodan"dir, degan tezisni mahkam ushlaydi va himoya qiladi. O'rta asrlardagi mavjud bo'lgan davlatlar ana shu qarashlarning ifodasidir, hozirgi kunda ham mavjud diniy mamlakatlar (masalan, Vatikan davlati, Eron Islom Respublikasi va boshqalar)

davlatchilik to'g'risidagi diniy konsepsiyalarning amalda hayotga insonlar tomonidan tatbiq etilishidir.

Voqealik, jumladan, davlatchilikning kelib chiqishi to'g'risidagi diniy-mifologik qarashlarda yakka iloh emas, balki bir necha ilohlar ishtirok etadilar, faoliyat ko'rsatadilar va ular jonlantirilib, mubolag'alashtirilib tasvirlanadilar. Masalan, qadimgi Bobilda davlat boshqaruvi bosh xudo-Maat xudosi nomidan amalga oshirilgan. Davlatning kelib chiqishini diniy-mifologik tushunish barcha xalqlarda, jumladan, qadimgi Hind, Xitoy, Eron, Turon va Yunon xalqlarida mavjudligini ko'ramiz. Demak, davlatchilikka oid diniy-mifologik qarashlarni kishilik tarixida davlatning kelib chiqishiga oid birinchi yo'nalish deyish mumkin.

Keyinchalik, kishilik tarixida davlatchilikka oid diniy-mifologik qarashlar negizida davlat kelib chiqishining diniy (teologik)-teokratik va diniy patriarxal konsepsiyalari tarkib topdi. Xristian ilohiyotchilaridan Avreliy Avgustin (354-430 yillar) "Xudo shahri haqida" asarida davlat barcha masalalarda cherkovga bo'ysingan holdagina xudo shahri bo'la olishi haqidagi g'oyani o'rtaga tashladi. Ilohiyotchilar o'rta asrlarda va hozirgi kundagi mavjud teokratik davlatlarning mavjudligini asoslashda davlatning kelib chiqishi haqidagi diniy konsepsiyalardan foydalanadilar va foydalanmokdalar . Xullas, bu konsepsiyada davlat xudo tomonidan yaratilganligi ilgari suriladi.

Ma'lumki, tarixni dialektik madaniy tushunish bo'yicha, diniy madaniyat diniy hayotning ishlov berib yaratilgan qismidir. U quyidagi substansional elementlardan iborat: 1) dindorlar; 2) anglangan diniy ehtiyoj; 3) diniy ong; 4) diniy ijodkorlik; 5) diniy ijodkorlik mahsullari (diniy bilim, diniy norma, diniy muassasa, diniy munosabatlar); 6) diniy ijodkorlik natijalarining realizatsiya qilinishi, ulardan foydalanish [4. 207-240 - betlar]. Demak, diniy ong va uning ijodiy xususiyati - diniy bilish, diniy ehtiyoj va diniy ijodkorlik o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydi va diniy madaniyatning gnoseologik asosi hisoblanadi. Diniy ijodkorlik natijalari (ya'ni, diniy madaniyatning beshinchi elementi) esa ayni vaqtda diniy ta'limotlarni va unga muvofiq keluvchi muassasalarni ham o'z ichiga oladi. Diniy ong (ya'ni, ehtiyojlarni diniy anglash) diniy madaniyatning uchinchi substansional elementi hisoblanadi. Diniy ta'limot esa diniy madaniyat tizimida beshinchi o'rinda - diniy ijodkorlik natijalari tizimida o'rin olgan. Diniy ong va diniy ta'limotni bunday ajratish nisbiydir, chunki diniy ta'limot ham diniy ongning bir qismidir. Ammo diniy ta'limot, jumladan, teokratik davlat to'g'risidagi ta'limot tizimlashtirilgan ekan, u bevosita diniy ijodkorlik natijasidir, ulamolarning ijodiy mehnat natijasidir. Demak, shunday ekan, teokratik davlat to'g'risidagi konsepsiya ham madaniy hodisa hisoblanadi. Ammo masalaga ilohiyotchilik nuqtai nazaridan qarasak, uning mazmuni - davlat xudo tomonidan o'rnatilgan ekan, bu jarayonga ham onglilik, maqsadga muvofiqlik xos-ku?! Onglilik, maqsadga muvofiqlik madaniylikning parametrlaridan-ku?! Xudo davlatni yaratishdan avval uning sub'ektlari, boshqaruvchilari - insonlarni yaratgan-ku?! Demak, davlatning yuzaga

kelishi insonsiz yuz bermagan. Va yana demak, davlatning kelib chiqishi haqidagi diniy ta'limotning o'zi ham madaniydir.

Davlatning kelib chiqishida diniy mifologik qarashlar katta rol o'ynagan. Diniy qarashlar esa o'rta asrlarda davlatchilikning rivojlanishidagi muhim g'oyaviy manba sifatida o'z vazifasini bajargan. Hozirgi kunda diniy ta'limotlar modernizatsiyalashgan bo'lib, bir qator mamlakatlarda, masalan, Islom Respublikalarida davlatchilikning bevosita g'oyaviy manbai bo'lib, dunyoviy mamlakatlarda esa bevosita qiyosiy-tahlil manbai sifatida xizmat qilmoqda. Fanda ilohiy faktlar ko'p. Ammo asoslanganlik etarli bo'lishi kerak. Demak, davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi diniy ta'limotlarni ham bilishda bo'rttirish tadqiqotda cheklanishlarga olib boradi.

Davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi navbatdagi konsepsiya-patriarxal nazariya ham birinchi navbatda diniy-mifologik qarashlardan oziqlangan bo'lib, uning "tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqan, monarx hokimiyati esa go'yoki oilaning barcha a'zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo'lib o'tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Arastu (Aristotel) asarlarida asoslab berilgan.

E'tibor beraylik: kishilik tarixida hozirgacha hokimiyat boshlig'i asosan erkaklar bo'lib kelgan. Bunga sabab, tabiatning tayyor mahsulotlarini o'zlashtirish bosqichidan ishlab chiqarish bosqichiga o'tilishi bilan, matriarxatlik o'rnini ko'pgina o'lkalarda asta-sekinlik bilan patriarxatlik egallashi bilan jamiyatda ishlab chiqarish va boshqaruvda erkaklarning o'rni oshib borgan, nasl-nasabni otalik bo'yicha belgilash egallab borgan. CHunki eng tajribali, zukko va kuchli erkak boshqaruvchilar qabilalarga boshchilik qilgan. Xuddi shu holat davlatchilik yuzaga kelishining zaminidir. Bu holat otalik boshqaruvidan oqsoqollik boshqaruviga va undan davlat boshqaruviga o'tish evolyusiyasi madaniy ekanligini isbotlaydi.

E.V.Rtveladze, A.X.Saidov va E.V.Abdullaevlar davlatchilik kelib chiqishida patriomonial konsepsiya ham mavjudligini ta'kidlashgan: "patriomonial nazariya vakillari (A.Galler, XIX asrda yashagan fransuz olimi) davlat erga mulkchilik huquqidan kelib chiqqan, deb hisoblashadi (patrimonimum). Erga egalik qilish huquqidan hokimiyat bevosita u erda yashovchi odamlarga yoyiladi. Feodal syuzerenitet mana shu tarzda asoslanadi" [5]. Demak, davlatchilik kelib chiqishida ushbu madaniy holat, to'g'rirog'i iqtisodiy-siyosiy madaniy holat muhim omil sifatida ishtirok etgan.

Davlatning kelib chiqishiga doir yangi davrda yuzaga kelgan shartnoma nazariyasiga ko'ra, davlat ongli ijod mahsuli, odamlar kelishilgan ahd natijasi. Davlat - o'zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bo'lib, ana shu shartnoma asosida ular o'zlarining erkinliklarini va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar" Demak, shartnoma ham ongli, maqsadli xarakterga ega "ijtimoiy

munosabatlarning maxsus tuguni" sifatida madaniy hodisa hisoblanadi. Davlatning kelib chiqishida kelishuvchilik, shartnoma madaniy hodisa sifatida asosiy rol o'ynagan.

Davlatning kelib chiqishiga oid "zo'rlik nazariyasi (Gumplovich, Kautskiy)ga ko'ra, davlatning kelib chiqishi asosida zo'rlik harakati, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi yotadi. Davlat g'olibning hokimiyatini mustahkamlash uchun tuziladi"[6]. Demak, zo'rlik ishlatish jarayoni ham madaniy jarayon sifatida hokimiyatchilikning kelib chiqishida, shartnomaning kelib chiqishida muayyan rol o'ynagan.

Davlatning kelib chiqishiga oid irrigatsiya nazariyasiga ko'ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari SHarqda ulkan irrigatsiya inshootlarini qurish za ulardan foydalanish bilan bog'liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfonlning "SHarq istibdodi" asarida ifodalab berilgan". Obikor erlarga suv olib kelishi, oddiy ariq o'tkazishdan kanallar qurishgacha bo'lgan jarayonlar texnologik madaniy hodisalar hisoblanadi, xo'jalik madaniyatining birinchi tarkib tomoni hisoblandi, unga bog'liq holda xo'jalik madaniyatining ikkinchi tomoni - iqtisodiy madaniyat, jumladan, mulkchilik boshlanadi. Qadimgi Bobil, Turon zamin o'lkalarida sug'orish tizimi jamoaning kuchini, ularni birlashtirishni taqozo etgan. Xo'sh, bu xo'jalik madaniy jarayoni hokimiyatsiz, boshqaruvsiz bo'lishi mumkinmi-di?! Yo'q, albatta. Bu madaniy jarayon hokimiyatchilikni taqozo etgan va davlatchilik yuzaga kelishining moddiy zaminlaridan bo'lib xizmat qilgan.

Davlatning kelib chiqishiga oid sinfiy nazariya bo'yicha, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik antogonistik sinflarni keltirib chiqardi, natijada hukmron sinf o'z hukmronligini o'rnatish uchun siyosiy hokimiyatini o'rnatdi va uning vositasida yuridik qonunlarini joriy qildi. Demak, bu ta'limot bo'yicha ham davlat insonlar tomonidan yaratilgan va o'rnatilgan. Demak, mulk va davlat madaniy hodisalardir.

Davlatning kelib chiqishiga oid asosiy konsepsiyalar tahlilidan ko'rinib turibdiki, ularda u yoki bu madaniy omillar asos qilib olingan, ularning o'rni va rollari o'z o'rnida ishlatilmasdan, mubolag'alashtirilgan holda, absolyutlashtirilgan holda berilgan. Bizning fikrimizcha, davlatning kelib chiqishida bu madaniy omillarning barchasi ishtirok etgan, qaysidir regionda u yoki bu madaniy omilning roli asosiy bo'lgan. Shartnomani davlat yuzaga kelishining barcha madaniy omillarining pirovard natijasi va maqsadi, deb hisoblash mumkin.

Yuqorida davlat kelib chiqishining sinfiy nazariyasi bilan tanishdik. Demak, bu ta'limot bo'yicha, quldorlik ijtimoiy formatsiyasining asosiy sinflari quldorlar va qullar, asosiy bo'lmagan sinflari esa dehkonlar va quldorlik davrining so'nggi davrlarida shakllanib kelayotgan feodallar edi. Bu sotsial fakt qadimgi Gretsiya va Rimga nisbatan olingan. Ammo, ushbu sotsial strukturani Sharqqa nisbatan yoki Rossiyaga nisbatan to'liq qo'llab bo'lmaydi. Chunki Sharqqa qullik uy xo'jaligi darajasida edi, asosiy omma erkin dehqon, chorvador va mulkdorlar edi. Rossiya esa

quldorlik davrini bosib o'tmagan, ibtidoiy jamoadan feodalistik formatsiya tomon o'sib o'tgan. Evropa va Sharqda o'rta asrlarda asosiy sinflar feodallar va dexqonlar (krepostnoy dehqon, chorikorlar) edi, asosiy bo'lmagan sinflari esa o'rta asrlarning boshlaridan asosan o'rtalarigacha saqlanib qolingan quldor va qullar, o'rtalaridan so'nggi davrlarigacha esa sex egalari, keyinchalik kapitalistlar va yollanma ishchilar bo'lgan. Evropada kapitalistik formatsiyada asosiy sinflar kapitalistlar va yollanma ishchilar hisoblansa, asosiy bo'lmagan sinflari esa feodallar va dehqonlar edi. Kommunistnk formaniyaning birinchi fazasi - sotsializm davrida ishchi va dexqonlar sinfi, ziyoli va xizmatchilari qatlami mavjud edi, mulkdorlar sinf esa yo'q edi. Kommunistik formatsiyaning yuqori fazasi - kommunizmda esa sinflar barham topishi to'g'risida bashorat qilingan edi. Hukmron sinflar esa o'z hokimiyati, diktaturasi, davlatchiligini o'rnatgan.

MUHOKAMA

Xo'sh, davlatchilikning jamiyatning bu sotsial-sinfiy strukturalari bilan bog'liq holda talqin qilinishi qaysi ijtimoiy-falsafiy tushunish bilan izohlangan?

Bu holat tarixni materialistik tushunish bilan, uning markaziy kategoriyalaridan biri-"ishlab chiqarish" usuli tushunchalari bilan izohlangan. K.Marksning 1859 yilda kelgusida sobiq SSSR hududida amalga oshirilgan totalitar tuzumning ijtimoiy falsafiy metodologik asoslarini izohlab bergan "Siyosiy iqtisod tanqidiga doir" asarining so'z boshigacha e'tibor beraylik: "Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman hayotning sotsial, siyosiy va ruhiy protsesslariga sababchi bo'ladi. Kishilarning ongi ularning borlig'ini belgilamaydi, aksincha, ularning ijtimoiy borligi ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari o'z taraqqiyotining ma'lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish munosabatlariga yoki buning yuridik ifodasigina bo'lgan mulkchilik munosabatlariga zid bo'lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag'rida rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish normalaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda sotsial revolyusiya davri boshlanadi. Iqtisodiy asos o'zgarishi bilan butun bir g'oyat katta ustqurtmada ham ozmi-ko'pmi tezlik bilan tub o'zgarish yuz beradi. Bunday o'zgarishlarni tekshirganda, har vaqt ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridagi moddiy o'zgarishni yuridik, siyosiy, diniy, badiiy, falsafiy, xullas, ideologik formalaridan farq qilmoq zarurdirki, kishilar bu konfliktni ana shu formalarda anglaydilar va uni hal qilish uchun kurashadilar"[7, 556]. Bu qarashlarda tarixni materialistik tushunishning mohiyati uz ifodasini topgan. "Umuman aytganda, -deydi K.Marks, - Osiyo tartibidagi, antik, feodal tartibdagi va hozirgn zamon burjua tartibidagi ishlab chiqarish usullarini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning progressiv zamonlari deb aytmoq mumkin"[7, 557]. Moddiy ne'matlarni ishlab

chiqarish usuli, marksizm-leninizmda, beshtadan iboratligi ko'rsatilgan: ibtidoiy ishlab chiqarish usuli (u ham o'z navbatida o'zlashtiruvchilik davri va ishlab chiqaruvchilik davri bosqichlariga bo'linadi); quldorlik ishlab chiqarish usuli; feodalistik ishlab chiqarish usuli; kapitalistik ishlab chiqarish usuli; sotsialistik ishlab chiqarish usuli. Iqtisodiy uklad esa mamlakat, jamiyatdagi asosiy bo'lmagan ishlab chiqarish usulidir. Asosiy va hukmron moddiy ishlab chiqarish usullari asosiy sinflarni, ularning davlatlarini keltirib chiqargan va unday jamiyat formasi usul nomi bilan "ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya" deyilgan. Demak, jamiyatning muayyan sotsial makon va zamondagi formasi "ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya" deyilgan. "Ijtimoiy" so'zi jamiyatga xoslikni, "iqtisodiy" so'zi moddiy ishlab chiqarish usulining belgilovchiligini, "formatsiya" so'zi "formasi", "shakli" degan ma'no-mazmunni ifodalaydi. Demak, asosiy ishlab chiqarish usulidan unga muvofiq keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya keltirib chiqarilgan. Ijtioiy-iqtisodiy formatsiya strukturasida esa asosiy sinflar va ularning davlatchiligi ko'rsatilgan.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o'rin almashinuvi, birinma-ketin kelishi tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaralgan. To'g'ri, jamiyatning rivojlanishi oddiydan murakkablikka tomon boradi, chunki jamiyat negizi-madaniy borliqning rivojlanishi evolyusion yo'l bilan quyidan yuqori tomon boradi. Bu jamiyat rivojlanishi va uning formalarining o'rin almashinuvining tabiiyligini ifodalaydi. Qiyosiy foydalanish uchun olaylik: kishini o'rtacha umrini 75 yil deylik. Lekin uning umri davomida formalari organizmning o'zgarish tempiga bog'liq holda o'zgarib boradi-ku?! Go'daklik, bolalik, o'smirlik, navqironlik va keksalik davrlari kishining almashinuv formalaridir. Kishi o'smirlik formasini tashlab bolalikdan birdaniga keksalik yoki navqironlik formasiga o'tmaydi-ku?! Formatsiyalar almashinuvining tabiiy, ya'ni ob'ektiv jarayonligi xuddi shunday qaraladi. Bu birinchidan. Lekin ijtimoiy formatsiyalarni hususan kishi umriga aynanlashtirish noto'g'ri. Jamiyat va uning rivojlanishi aynan biologik organizm emas. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanishi, undagi ijtimoiy formatsiyalar ketma-ketligi tarixiy jarayon sifatida ham qaraladi.

XULOSA

Xullas, agar "ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya" tushunchasida asosiy belgilovchi omil sifatida moddiy ishlab chiqarish usuli e'tirof etilsa, "ijtimoiy formatsiya" tushunchasida belgilovchi omil sifatida madaniy borliqdan kelib chiqiladi. Bunda moddiy ishlab chiqarish usuli madaniy hodisa sifatida madaniy borlikning tarkibiy qismi sifatida amal qiladi. Demak, jamiyat o'z rivojlanish tarixida ijtimoiy formatsiyalardan, ijtimoiy formatsiyalar esa sivilizatsiyalardan tashkil topgan. Davlatchilik evolyusiyasiga formatsion va sivilizatsion yondashishda huddi shu tamoyillarga tayandik.

Jamiyat tabiatga ishlov berish orqali ajralib chiqqan ekan, ushbu ishlov berib yaratilgan borliq madaniy borliq bo'lib, uning o'ziga xosligi, bosqichliligi o'ziga xos mamlakatlarni, ya'ni sivilizatsiyalarni keltirib chiqaradi. Sivilizatsiya aniq, o'z nomiga, sub'ektiga ega mamlakat ekan, u o'z davlati va fuqarolariga ega bo'ladi. "Bizningcha, - deydi S.O.Abduxoliqov, - sivilizatsiya muayyan tizimga ega madaniy borliq tomonidan belgilanadigan fuqarolik jamiyatidir". Demak, har qanday sivilizatsiya bilan birgaliqda unga xos davlatlar kelib chiqadi, o'rnatiladi va u barham topishi bilan unga mos davlatlar ham barham topadi, yoki o'zgaradi. Mana, davlatchilikka sivilizatsion yondashishning mohiyati.

Demak, davlatchilikka sivilizatsion yondoshish alohida davlatni ifodalab, unda ma'lum bir tarixiy davrdagi davlatlarga xos umumiylik (ya'ni, xususiylik) momentlari ham, qadimdan to hozirgacha barcha davlatlarga xos eng umumiylik momentlari ham mavjudligini ko'rsatadi. Bu borada davlatlarning sivilizatsiyalarga bog'liqligi qonuniyati kelib chiqadi. Har bir sivilizatsiya o'ziga muvofiq keluvchi davlatlarni yuzaga keltiradi va u o'zgarishi bilan unga muvofiq keluvchi davlatlar ham o'zgaradi.

Xullas, davlatning kelib chiqishining turli xil nazariyalari mavjud bo'lib, ularning negizida madaniylik yotadi. Madaniy borliqning tarixiy tiplari -sivilizatsiyalar o'z fuqarolari va davlatiga ega mamlakatlarni keltirib chiqaradi. Huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari esa sivilizatsiyalarga bog'liq holda amal qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Boboev H. Amir Temur va uning qarashlari. - T.: "O'zbekiston", 1992. 3-bet.

2. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. - T.: "Adolat", 2007. 18-bet.

3. Проблемы общей теории права и государства. - М.: НОРМА-ИНФРА, 1999 - С. 543-551.

4. Аквинский Ф. Ормузд управления правителей // Политические структуры эпоксидного феодализма в Западной Европе. - Л.: 1990.Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O'zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. - T.: "Adolat", 2001.

5. Saidov A., Tadjixanov U. Davlat va huquq asoslari. - T.: "Sharq", 2000.

6. Marks K. Siyosiy iqtisod tanqidiga doir. So'z boshi // K.Marks va F.Engels. Tanlangan asarlar. 1-tom. - T.: "O'zbekiston", 1980. 556-557-betkfh.

7. Rustamboev M.H., Abduxoliqov S.O. Huquq metodologiyasi: huquqni falsafiy tushunish bo'yicha izlanishlar. 1-kitob. - T.: 2005.

8. Vohidov H.F. Siyosiy va huquqiy ta'limotlarni o'rganish metodologiyasi // Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi. Darslik. - T.: TDYUI nashriyoti, 2003. 8-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.