Научная статья на тему 'DAVLAT XIZMATCHISINING QONUNGA XILOF RAVISHDA MODDIY QIMMATLIKLAR OLISHI YOKI MULKIY MANFAATDOR BO’LISHI JINOYATINING SUBYEKTI'

DAVLAT XIZMATCHISINING QONUNGA XILOF RAVISHDA MODDIY QIMMATLIKLAR OLISHI YOKI MULKIY MANFAATDOR BO’LISHI JINOYATINING SUBYEKTI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Davlat xizmatchisi / davlat organi / davlat ishtirokidagi tashkilot / fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari / moddiy qimmatlik olish / mulkiy manfaatdor bo`lish / mansabdor shaxs / umumiy subyekt / maxsus subyekt / shaxs / jamiyat / davlat. / Civil servant / state body / organization with state participation / self-governing bodies of citizens / obtaining material value / property interest / official / general subject / special subject / person / society / state.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Pulatov Asatbek Shuxratovich

Mazkur maqolada davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organi xizmatchisining moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo`lishi jinoyatining subyekti xizmatchini pora evaziga og`diruvchi har qanday jisomoniy shaxs (umumiy subyekt) hamda davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining moddiy qimmatliklarni olgan yoki mulkiy manfaatdor bo‘lgan xizmatchisi (maxsus sub’yekt) hisoblanishi, “davlat xizmatchisi” hamda “mansabdor shaxs” tushunchalarining o`zaro o`xshash va farqli jihatlari , shuningdek, jinoyat qonunchiligiga subyekt borasida ayrim o`zgartirishlar va takliflar berish bo`yicha qoidalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUBJECT OF THE CRIME OF ILLEGAL RECEIPT OF MATERIAL VALUES OR ACQUISITION OF PROPERTY INTEREST BY STATE OFFICIALS

In this article, the subject of the crime of receiving material assets or having a property interest of an employee of a state body, an organization with state participation, or a citizen self-government body is any physical person (general subject) who bribes the employee, as well as the state body, the organization with the participation of the state or citizens being considered as employees (special subjects) of the self-governing body receiving material values or having property interests, mutual similarities and differences between the concepts of "public servant" and "official" , as well as the provisions on making some changes and suggestions to the subject of the criminal law.

Текст научной работы на тему «DAVLAT XIZMATCHISINING QONUNGA XILOF RAVISHDA MODDIY QIMMATLIKLAR OLISHI YOKI MULKIY MANFAATDOR BO’LISHI JINOYATINING SUBYEKTI»

é

Ws,

ARTICLE INFO

SUBJECT OF THE CRIME OF ILLEGAL RECEIPT OF MATERIAL VALUES OR ACQUISITION OF PROPERTY INTEREST BY STATE OFFICIALS PULATOV ASATBEK SHUXRATOVICH

Master's student at the Law Enforcement Academy of the Republic of

Uzbekistan e-mail: asadbek6471@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11371485

ABSTRACT

Received: 21th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024

KEYWORDS Civil servant, state body, organization with state participation, self-

governing bodies of citizens, obtaining material value, property interest, official, general subject, special subject, person, society, state.

In this article, the subject of the crime of receiving material assets or having a property interest of an employee of a state body, an organization with state participation, or a citizen self-government body is any physical person (general subject) who bribes the employee, as well as the state body, the organization with the participation of the state or citizens being considered as employees (special subjects) of the self-governing body receiving material values or having property interests, mutual similarities and differences between the concepts of "public servant" and "official" , as well as the provisions on making some changes and suggestions to the subject of the criminal law.

СУБЪЕКТ ПРЕСТУПЛЕНИЯ НЕЗАКОННОГО ПОЛУЧЕНИЯ МАТЕРИАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ ИЛИ ПРИОБРЕТЕНИЯ ИМУЩЕСТВЕННЫХ ИНТЕРЕСОВ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ СЛУЖАЩИМИ

Пулатов Асатбек Шухратович

Магистр правоохранительной академии Республики Узбекистан. e-mail: asadbek6471@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11371485

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 21th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024 KEYWORDS

Государственный служащий,

государственный орган, организация с

государственным участием, органы

самоуправления граждан, приобретение

В настоящей статье субъектом преступления приобретения или имущественного интереса материальных ценностей служащим государственного органа, организации с государственным участием или органа самоуправления граждан является любое физическое лицо (общий субъект), уклоняющее служащего за взятку, а также служащий государственного органа, организации с государственным участием или органа самоуправления граждан, получивший материальные ценности или имеющий имущественный интерес (специальный субъект) расчет, освещаются сходства и различия

é

Ws,

материальных ценностей, имущественный интерес, должностное лицо, общий субъект, специальный субъект, физическое лицо,

общество, государство.

между понятиями" государственный служащий "и" должностное лицо", а также Положения О внесении некоторых изменений и предложений в уголовное законодательство в отношении субъекта.

DAVLAT XIZMATCHISINING QONUNGA XILOF RAVISHDA MODDIY QIMMATLIKLAR OLISHI YOKI MULKIY MANFAATDOR BO'LISHI

JINOYATINING SUBYEKTI PULATOV ASATBEK SHUXRATOVICH

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchisi, e-mail: asadbek6471@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11371485

ABSTRACT

Mazkur maqolada davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fUqarolar o^zini o^zi boshqarish organi xizmatchisining moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bolishi jinoyatining subyekti xizmatchini pora evaziga og^diruvchi har qanday jisomoniy shaxs (umumiy subyekt) hamda davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining moddiy qimmatliklarni olgan yoki mulkiy manfaatdor bo'lgan xizmatchisi (maxsus sub'yekt) hisoblanishi, "davlat xizmatchisi" hamda "mansabdor shaxs" tushunchalarining o^zaro o^xshash va farqli jihatlari , shuningdek, jinoyat qonunchiligiga subyekt borasida ayrim o^zgartirishlar va takliflar berish bo^yicha qoidalaryoritilgan.

ARTICLE INFO

Received: 21th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024

KEYWORDS Davlat xizmatchisi, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot, fuqarolarning o^zini-o^zi boshqarish organlari, moddiy

qimmatlik olish, mulkiy manfaa tdor bolish,

mansabdor shaxs, umumiy subyekt, maxsus subyekt, shaxs, jamiyat, davlat.

Jinoyat tarkibining subyektiv belgilariga jinoyat subyekti va subyektiv tomoni kiradi. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi jinoyatining subyekti xizmatchini pora evaziga og'diruvchi har qanday jisomoniy shaxs (umumiy subyekt) hamda davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining moddiy qimmatliklarni olgan yoki mulkiy manfaatdor bo'lgan xizmatchisi (maxsus sub'yekt) hisoblanadi. Ya'ni, JK 214-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti maxsus subyekt davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisi. Dastlab davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fukarolar o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog'liq jinoyatlarning umumiy sub'yektini taxlil qilsak.

é

Ws,

Milliy jinoyat qonunchiligida faqat inson jismoniy shaxs jinoyatning subekti bo'lishi mumkin, degan fikr ustuvorlik qiladi. Shu sababdan, JKning 17-moddasida aynan "jismoniy shaxslarning javobgarligi" masalasi tartibga solingan. Yu. V.Gracheva, A.I. Chuchayev ta'kidlaganidek, jinoyatning sub'yekti faqat jismoniy tabiatga ega bo'lgan shaxs bo'lishi mumkin. M.H. Rustambayev, Q.R. Abdurasulova, S.Niyozova, N.Kurbonovning quyidagi fikrlarini e'tirof etish o'rinli deb hisoblaymiz: "subyekt shaxsning o'zi emas, balki shaxsga xos belgilar yig'indisidir, negaki agar jismoniy shaxs subyektning zaruriy belgilariga ega bo'lmasa, u subyekt hisoblanmay, balki jinoyat alomatlariga ega bo'lgan qilmishni sodir etgan shaxs bo'ladi. Shunday ekan, jinoyat subyekti shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun zarur bo'lgan belgilar yig'indisidir, jismoniy shaxs esa subyektining jinoyatlarni zaruriy belgilaridan biridir"1.

Demak, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshkarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog'liq jinoyatlar umumiy subyektining birinchi qoidasi - subyekt albatta jismoniy shaxs bo'lishi shart.

Umumiy ma'noda jinoyat subyekti jinoyat sodir etgan shaxsdir. Ya'ni jinoyat subyekti jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan sodir etgan, jinoiy javobgarlikka tortilishga qodir bo'lgan shaxsdir2. Jinoyatchi shaxsining barcha ko'p sonli xususiyatlaridan qonunda uning jinoiy javobgarlikka tortilish qobiliyatini ko'rsatuvchi faktorlar ajratib ko'rsatilgan. Bu jinoyat subyektini tavsiflovchi belgilardir. Jinoyat subyektini tavsiflovchi jinoyat huquqi normalariga asoslanib shuni aytish mumkinki, jinoyat subyekti jinoyat sodir etgan shaxsni tavsiflovchi, uni jinoiy javobgarlikka tortish zarur bo'lgan eng kam belgilar majmui hisoblanadi.

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning umumiy majburiy shartlaridan yana biri shaxsning qonunda belgilangan yoshga yetishidir. Jinoyat huquqi adabiyotida yosh shaxsning aybdorlik qobiliyatiga tenglashtiriladi. M.M. Kochenov aniqlaganidek, yosh tushunchasi qonunda faqat bir ma'noda _ inson yashagan vaqtini ko'rsatuvchi belgi sifatida ishlatiladi va jinoiy javobgarlikka tortish uchun shaxsning yoshi hamda jinoyat sodir etilgan paytdagi xatti-harakatlarni tartibga solish qobiliyati sabab bo'ladi3.

V.P. Kashepovning ta'kidlashicha, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning sharti sifatida ma'lum bir yoshga yetish _ bu shaxsning o'z harakatlarining ijtimoiy ijtimoiy ahamiyatini anglash yoki unga rahbarlik qilish qobiliyatining obyektiv tavsifi hisoblanadi4. Shu bilan birga, biz shuni ta'kidlaymizki, jinoyat huquqida yosh bu sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikning boshlanishi uchun o'ziga xos mezon, biroq jinoyat sodir bo'lmaganda, bu muhim emas. Milliy jinoyat huquqi barcha jinoyatlar sub'yekti uchun umumiy bo'lgan eng kichik yoshni belgilashni emas, balki har jinoyatning xususiyatidan kelib chiqadigan g'oyaga asoslangan. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligining qoidalari BMTning voyaga yetmaganlar

1Rustambayev M.X. Abdurasulova K.R. Niyozova S.S., Qurbonov N.B. Odam savdosiga kara muammolari. Monografiya. Toshkent: TDI, 2011. - B. 44.

2 Уголовное право Армении и России. Общая и Особенная части / отв. ред. С.С.Аветисян, А.И.Чуца «КОНТРАКТ», 2014-C.41.

3 Коченов М.М. Теоретические основы судебно-психологической экспертизы: Автореф. дис. д-ра корид -М., 1991-С.34.

4 Уголовное право Российской Федерации: Учебник / А.А.Гравина, В.П.Кашепов, Т.О.Кошаев и др. - М., 1999 -C. 85.

é

Ws,

uchun odil sudlovni amalga oshirishning minimal standart qoidalari (1985 yil) qoidalariga mos keladi. JKning 17-moddasida jinoiy javobgarlik uchun turli yosh chegaralarini belgilangan. Bunda JK 214-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun shaxs jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to'lgan bo'lishi talabi qo'yilgan. Jinoiy javobgarlik yoshini belgilashda, bu yoshga kelib, nafaqat shaxsning o'z harakatlarining ijtimoiy ma'nosini anglashi va ularga rahbarlik qilish qobiliyati, balki shaxsning jismoniy, axloqiy va psixologik jihatlariga bardosh berish, shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlikning ma'nosini tushunish va anglash, jinoiy javobgarlikka tortilishi ishi munosabati bilan jinoiy jazo yoki boshka jinoiy-huquqiy xarakterdagi qiyinchiliklarga dosh bera olish qobiliyati ham hisobga olingan.

Demak, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining moddiy qimmatlik olishi va mulkiy manfaatdor bo'lishi bilan bog'liq jinoyatlar umumiy subyektining ikkinchi qoidasi _ subyekt jinoyat sodir etilgan paytda albatta 16 yoshga to'lgan bo'lishi shart.

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini aniqlashda amal qilish lozim bo'lgan qator qoidalar ishlab chiqilgan: 1) shaxs tug'ilgan kuni emas, balki tug'ilgan kuni o'tganidan so'ng, ya'ni keyingi kunning nol soatidan boshlab jinoiy javobgarlik boshlangan yoshga yetgan hisoblanadi5; 2) tug'ilgan kuni jinoyat sodir etilganda, shaxs jinoiy javobgarlik yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yoshga yetgan hisoblanmaydi.

Jinoyat huquqi fanida shaxsning aqliy va ruhiy xususiyatlariga ham alohida e'tibor qaratiladi, zero mazkur xususiyatlarning muayyan birikmasi shaxsning jinoyat huquqi uchun birinchi darajali ahamiyat kasb yana bir xossasi _ aqli rasolikni belgilaydi. Aqli rasolik jinoyat subyektining yana bir muhim belgisi xisoblanadi. Jinoyat sodir etgan shaxsning aqli rasoligi va qonunda belgilangan yoshga to'lganligi, jinoyat subyektining belgilari sifatida, bir-biri bilan uzviy bog'liq va jinoyat tarkibida bir-birini to'ldiradi. Ya.M.Braynin fikriga ko'ra, jinoyat-huquqiy tushuncha sifatidagi jinoyatning subyektini shu ikki belgisiz tasavvur qilish ham mumkin emas6.

Aqli rasolik shaxsning o'zi sodir etgan jinoiy qilmish uchun javobgar bo'lish subyektiv imkoniyatini anglatadi.

Jinoyat qonunida aqli rasolik tushunchasi mavjud bo'lmaganda uning ta'rifi yuridik adabiyotlarda har xil talqin qilinadi. Masalan, Sh.S.Rashkovskaya aqli rasolik deganda shaxsning jinoyat sodir etayotgan paytda o'z harakatlari to'g'risida o'ziga hisob berish va ularni boshqarish qobiliyatini tushunadi7.

O'zbekiston Respublikasi JK 18-moddasida "aqli rasolik" tushunchasi - quyidagicha ta'riflanadi: "Jinoyat sodir etish vaqtida o'z kilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs akli raso deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaktida aqli noraso holatda bo'lgan, ya'ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy xolati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruxiy kasalligi sababli o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki -xarakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi".

5 Уголовно-процессуальное право: Учебник/Под ред. В.М.Лебедева. - М.:Норма,2011.-С.237.

6 Брайнин Я.М. Уголовная ответственность и ее основание в уголовном праве. - М., 1993. - С. 218.

7 Расковская Ш.С. Субъект преступления. М., 1990. - С.8.

Yuqoridagilarga muvofiq xulosa qilish mumkinki, jihatdan, jinoyat subyektining aqli raso bo'lishi talabi ham normativ jihatdan, ham nazariy jihatdan yakdil qo'llab-quvvatlangan. Jumladan, P.Bakunov "muayyan yoshga to'lgan jinoyat sodir qilish paytida aqli raso bo'lgan jismoniy shaxslar jinoyat subyekti bo'la oladilar"8, deb qayd etadi. Xuddi shunday jinoyat subyektining aqli raso bo'lishiga doir talab M.H.Rustambayev"9, A.C. Yoqubov10 va boshka qator olimlar tomonidan ham qayd etilgan. O'z navbatida, mazkur talab davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar u o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog'liq jinoyatlar subyektiga ham taalluqlidir.

Demak, JK 214-moddalarda javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat subyektining uchinchi qoidasi aqli raso bo'lishi shart.

Jinoyatning umumiy subyektidan tashqari, jinoyat huquqi nazariyasidan "jinoyatning maxsus subyekti" tushunchasi ham mustahkam o'rin algan. Zero, JK Maxsus qismida shunday normalar borki, shaxsning aqli raso va muayyan yoshga yetganligining o'zi, uni o'sha jinoyatning subyekti deb hisoblashga asos bo'la olmaydi. O'sha jinoyatning asosiy belgilaridan tashqari qonun talab etgan yana boshqa maxsus belgisining bo'lishi zarur11.

Jinoyatning maxsus subyekti deganda, jinoyat subyektining umumiy belgilari (jismoniy shaxs ekanlik, muayyan yoshga to'lganlik, aqli rasolik) bilan bir qatorda, muayyan jinoyat tarkibi uchun muqarrar qo'shimcha belgilarga ham ega bo'lgan shaxslar tushuniladi. Jinoyat-huquqiy adabiyotlarda jinoyatning maxsus subyektiga e'tibor qaratilgan bo'lsa-da, amaldagi jinoyat qonunchiligida "jinoyatning maxsus subyekti" umumiy tushunchasi mavjud emas. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu xususda hali-hanuz turli-tuman fikrlar ilgari suriladi. M.H.Rustambayevning fikricha, jinoyatning maxsus subyekti - jinoyat subyekti zaruriy belgilaridan tashqari yana JK Maxsus qismi moddalarida belgilangan va shu jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo'lgan qo'shimcha belgilari ham mavjud bo'lgan subyektdir12. A.S. Yokubov jinoyat subyekti belgilarini umumiy va maxsus belgilarga ajratadi hamda asosiy deb e'tirof etilgan belgilardan tashqari Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan xususiyatlarni maxsus belgilar sifatida ajratadi13 hamda shu orqali jinoyatning maxsus subyektini ta'riflaydi. Q.R.Abdurasulovaning qayd etishicha, "jinoyatning maxsus subyekti - bu jinoyat umumiy subyektining belgilari (jinoiy javobgarlik yoshi va aqli rasolik) bilan bir qatorda jinoyat qonunida nazarda tutilgan yoki undan bevosita kelib chiqadigan hamda mazkur qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan shaxslar doirasini aniqlaydigan qo'shimcha belgilarga ham ega bo'lgan shaxsdir"14.M. Usmonaliyevning qayd etishicha, " jinoyatning maxsus subyekti deb, jinoyatning maxsus xususiyatini ifodalovchi,

8 Bakunov P. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish jinoyati: O'quv qo'llanma.- Toshkent: TDYI, 2008. - B27

9 Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta'limot. Darslik. 2 -nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.

10O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. / Z.X.G'ulomov, R.A.Zufarov, R.Kobulov va boshq. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1997.-B.32

11 Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi.Umumiy qism: Darslik. - Toshkent: Nasaf, 2010. - B.244

12 Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta'limot. Darslik. 2-nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.-257 bet

13 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. / Z.X.G'ulomov, R.A.Zufarov, R.Kobulov va boshq. - Toshkent: O zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1997.-B.32

14 Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: O'quv qo'llanma. - Toshkent: TDYI, 2005.-B.43

jinoyat huquqiy normaning dispozitsiyada nazarda tutilgan, jinoyat subyektining umumiy belgilari ( aqli rasoligi, qonunda belgilangan yoshga yetganligi) dan tashqari qo'shimcha maxsus belgilarga ega bo'lgan shaxsdir"15.

Yuqoridagi tahlilarni inobatga olgan holda aytish mumkin, JK 214-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti biz yuqorida tahlil qilgan umumiy belgilar, ya'ni jismoniy shaxs, 16 yoshga to'lish va aqli raso bo'lish talablari bilan birga jinoyat sodir etgan shaxs, albatta, davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisi - maxsus subyekt bo'lishi shart.

Davlat xizmatchisi tushunchasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli fikrlarni uchratish mumkin. Bunday fikrlarning xilma-xilligi asosan davlat xizmatchisi tomonidan turli ijtimoiy funksiyalarning amalga oshirish bilan bog'liq. Bu tabiiy holat bo'lib, davlat xizmatchisi tushunchasini belgilashda aniq bir mezondan kelib chiqishni istisno etadi. Jumladan, E.T.Hojiyev, G.S.Ismailova, M.A.Rahimova davlat xizmatchilari-huquqning individual subyektlaridan iborat bo'lgan ijtimoiy guruh bo'lib, ma'lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshiradilar16. Ushbu tushunchaga muvofiq, davlat xizmatchisi davlat organlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi hamda ushbu funksiyalar muayyan haq evaziga bajarilishi lozim, degan xulosa chiqarish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 363-sonli "Boshqaruv xodimlarining sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan xarajatlarni maqbullashtirish chora-tadbirlari to'grisida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining Boshqaruv, xizmat ko'rsatuvchi va texnik xodimlarining lavozimlari ro'yxati mulk shaklidan va moliyalash manbaidan qat'i nazar davlat va xo'jalik boshqaruvi organlaridagi boshqaruv, xizmat ko'rsatuvchi va xodimlarning lavozimlarini o'z ichiga oladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi PF-5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga ishlab chiqilgan "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonuni17da davlat fuqarolik xizmatchisi tushunchasiga davlat lavozimida faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi iyerarxik tarzda tashkil qilingan davlat lavozimlarining ro'yxatiga qo'shilgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, deb ta'rif berilgan. Ushbu tushunchadan davlat xizmatchisi davlat lavozimida faoliyatini amalga oshirishi, davlat xizmatchilarining maxsus ro'yxatiga kiritilishi ham O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi lozim, degan xulosa chiqarish mumkin. Yuqorida qayd etilgan tushuntirishlar ma'muriy-huquqiy munosabatlar doirasida ta'riflangan.

Davlat xizmatchisi tushunchasi keng kamrovli va ko'plab tarmoqlarda o'ziga xos jihatini inobatga olgan holda, ushbu qonunchiligida ham alohida ta'rif berilgan. Jumladan, "Atamalarning huquqiy ma'nosi" bo'limiga ko'ra, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat

15 Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi.Umumiy qism: Darslik. - Toshkent: Nasaf, 2010. - B.244

16 Xojiyev E.T., Ismailova G.S., Raximova M.A. Davlat xizmati: o'quv qo'llanma. Toshkent: Baktria press, 2015.-B.45.

17 O'zbekiston Respublikasining, https://lex.uz/uz/docs/-6145972

08.08.2022 yildagi "Davlat fuqarolik xizmati "to'g'risida O'RQ-788-son Qonuni.

shartnomasi yoki fuqarolik huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo'lmagan shaxs xisoblanadi. xizmatchi tushunchik

Demak, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshkarish organi xizmatchisi:

1) davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organida mehnat faoliyatini amalga oshirishi lozim. Bunda mehnat faoliyati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida tashkil etiladi;

2) mansabdor shaxs alomatlariga ega bo'lmasligi kerak.

Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo'yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Ya'ni, xodim va ish beruvchi o'rtasida mehnat munosabatlari aynan shartnomasi asosida yuzaga keladi. Mehnat kodeksiga mehnat faoliyati fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida bo'lishi mumkinligi nazarda tutilmagan. Klassik yurisprudensiya nazariyasiga ko'ra, fuqarolik-huquqiy shartnoma fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ya'ni, mehnat-huquqiy munosabatlarda fukarolik-huquqiy shartnoma tatbiq etilmaydi. Shu sababdan, davlat xizmatchisining fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishi haqidagi nuqtayi nazar munozarali hisoblanadi.

Bizningcha, JKning "Atamalarning huquqiy ma'nosi" bo'limida xizmatchi tushunchasiga berilgan ta'rifdan "yoki fukarolik-huquqiy shartnoma" so'zlarini chiqarib tashlash lozim.

Davlat xizmatchisining keyingi muhim belgisi bu mansabdor shaxs alomatlariga ega bo'lmasligi hisoblanadi.

JKning "Atamalarning huquqiy ma'nosi" bo'limiga ko'ra, mansabdor shaxs doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo'yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o'zini o'zi boshkarish organlarida, mulk shaklidan qat'i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshkaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalkaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chikaruvchi, ijro etuvchi, ma'muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs.

"Davlat xizmatchisi" va "mansabdor shaxs" tushunchalarning mazmuni ularda quyidagi o'xshash va farqli jihatlar mavjudligini ko'rsatdi.

1) ikkala subyekt ham davlat xizmatidagi vazifa va funksiyalarni bajaradi. Ammo davlat xizmatchisidan farqli ravishda mansabdor shaxs hokimiyat vakili vazifalarini bajarishi, tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy- xo'jalik vazifalarini amalga oshirishi va yuridik ahamiyatga ega xarakatlarni sodir etishga vakolatli bo'lishi mumkin;

2) ikkala subyekt ham o'z vazifasini doimiy yoki vaqtincha amalga oshirishi mumkin. Ammo davlat xizmatchisidan farqli ravishda mansabdor shaxs saylanadigan lavozimlarga saylangan yoki maxsus vakolat bo'yicha tayinlangan bo'lishi mumkin;

3) davlat xizmatchisi doim muayyan haq evaziga mehnat faoliyatini amalga oshirsa, mansabdor shaxs ham haq evaziga, ham jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatishi mumkin.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

References:

1. Rustambayev M.X. Abdurasulova K.R. Niyozova S.S., Qurbonov N.B. Odam savdosiga kara muammolari. Monografiya. Toshkent: TDI, 2011. - B. 44.

2. Уголовное право Армении и России. Общая и Особенная части отв. ред. С.С.Аветисян, А.И.Чуца «КОНТРАКТ», 2014-C.41.

3. Коченов М.М. Теоретические основы судебно-психологической экспертизы: Автореф. дис. д-ра корид -М., 1991-С.34.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Уголовное право Российской Федерации: Учебник / А.А.Гравина, В.П.Кашепов, Т.О.Кошаев и др. - М., 1999.-C. 85.

5. Уголовно-процессуальное право: Учебник/Под ред. В.М.Лебедева. _ М.:Норма, 2011._С.237.

6. Брайнин Я.М. Уголовная ответственность и ее основание в уголовном праве. - М., 1993. - С. 218.

7. Bakunov P. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish jinoyati: O'quv qo'llanma.- Toshkent: TDYI, 2008. - B27

8. Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta'limot. Darslik. 2-nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.

9. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. / Z.X.G'ulomov, R.A.Zufarov, R.Kobulov va boshq. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1997.-B.32

10. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. - Toshkent: Nasaf, 2010. - B.244

11. Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: O'quv qo'llanma. - Toshkent: TDYI, 2005.-B.43

12. Xojiyev E.T., Ismailova G.S., Raximova M.A. Davlat xizmati: o'quv qo'llanma. Toshkent: Baktria press, 2015.-B.45.

13. O'zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yildagi "Davlat fuqarolik xizmati "to'g'risida O'RQ-788-son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-6145972

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.